tgindex
Muhammad Yunus | Blog

Muhammad Yunus | Blog

Статистика

Preface: Har zamone Laylidin manga kitobatlar kelur Sanki majnun bo'lmasang, sardaftarimni kavlama

Последний пост
24 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Развлечения
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
352
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 274
20 постов
Вовлечённость
361,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
224
1/48двое суток
256
1/72трое суток
276

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 24 июл.25337из talim_ber

    🟢Rahimov School "Farg'ona" filialimiz 2026-2027 o‘quv yili uchun kasbining fidoyilarini o'z jamoasiga chaqirmoqdamiz 🟢 25 mln so'mgacha oylik maosh va quyidagi lavozimlarga ish taklif etamiz: 🟢 Ish vaqti: 5/2 , ish vaqti 08:30–17.30 🟢 Biz sizga nimalarni taklif qilamiz: Rasmiy faoliyat: Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq shartnoma va kafolatlangan ta’til. Barqarorlik: Oyda 2 marta maosh olish (avans va oylik). O'sish: Har o'quv yili oshirib boriladigan ish haqi. Ijtimoiy himoya: O'zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari. Work-life balance: Ish vaqtidan so‘ng ma’muriyat tomonidan bezovta qilinmaslik kafolati. Aniq bonuslar: Farzandingiz maktabimizda o‘qishi uchun 2 100 000 so'mgacha chegirma. Mazali tushlik: Maktab hududida maktab hisobidan 50% qoplanadigan mazali tushliklar. Rivojlanish: Muntazam maktab asoschisi Aziz Rahimov tomonidan trening va kurslar. Agar tanishlaringiz orasida quyidagi lavozimlar uchun mos nomzod bo‘lsa, bizga tavsiya qiling — ishga qabul qilsak sizga 50 $ miqdorida tashakkur bonusi beramiz! 💵 🟢 Pedagogik tarkib: - Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi - Matematika o'qituvchisi - Ingliz tili o'qituvchisi - Rus tili o'qituvchisi - Jismoniy Tarbiya o'qituvchisi - Arab tili o'qituvchisi - Ona tili o'qituvchisi 🟢 Ma'muriyat va Kuratorlik: - Psixolog - Yuqori sinf kuratorlari - Boshlang'ich sinf kuratorlar 🟢 Oshxona xodimlari: - Bosh oshpaz - Oshpaz 🟢Ishga kirish uchun: Quyidagi havola orqali Farg'ona filialimizni tanlab arizangizni qoldiring: havola

  • 16 июл.409122из sheroziy_fikri

    Islohot Ukajonim, har doim o’z davringni tanishing kerak. Hamma joy ham sen uchun emas, hamma davra ham seni kutib turmaydi. Agar biror joyga taklif qilinmagan bo‘lsang bundan fojia yasash shart emas, axir hamma davraga ham doimo birdek kerak bo’lavermaymiz. Agar taklif etilgan bo‘lsang, bu endi mas’uliyat. Vaqtida borishing, telefonga emas, odamlarning yuziga qarab gapirishing, boshqalarning vaqtini va e’tiborini hurmat qilishing, davraning kayfiyatini buzmaslik, bular oddiy odob emas, sening madaniyating va odobingni ko‘rsatadigan belgilar. Borgan davrangda sen eng muhim shaxs emasligingni anglashing, yuksak farosat va go’zal odob egasi ekanligingdan dalolat beradi. Odamlarni diqqat bilan kuzat, biror davraning rostdan ham yoshi kattasi, tajribasi ham ilm-u ziyosi ham yuksak bo’lgan insonlar o‘zining kattaligini isbotlashga urinmaydi. Ular ishi bilan maqtanmaydi, o‘zini muhim qilib ko‘rsatmaydi, boshqalarga noqulaylik tug‘dirmaydi. Aksincha, qancha yuksalsa, shuncha kamtar va mulohazali bo‘ladi. Ochig’ini aytganda insonning hurmati tushishiga iste’dodsizligi emas, farosatsizligi sabab bo’ladi. Odamlar bir marta kechirishi mumkin, ikkinchi marta e’tibor bermasligi mumkin, lekin doimiy noqulaylik tug‘diradigan odamdan asta-sekin uzoqlashadi. Agar shunday vaziyatga tushib qolsang sababni boshqalardan emas o’zingdan qidirib ko’r. Nasihatni dushmanlik deb emas, imkoniyat deb qabul qil. Ba’zan bitta tanbeh yillar davomida o’zingga sezilmagan kamchiligingni ochib beradi. Bunaqa vaziyatda esa nasihatni inkor qilish emas, undan foydalanib qolish foydaliroq. Hech kim bir kunda davradan uzoqlashib qolmaydi. Bunga odatda yillar davomida takrorlangan kibr, beparvolik, eshitishni istamaslik va farosatsizlik sabab bo’ladi. Insonning kimligi uning o’zi haqida aytganlari bilan emas, u davrada yo’q paytda aytiladigan gaplar bilan o’lchanadi, buni unutma. @sheroziy_fikri

  • Qanchalik so‘zlar bor so‘zimdan jasur, endi chaqirmoqqa nafasim yo‘qdir. Endi bu dunyoda o‘zimdan jasur so‘zlarni yozmoqqa havasim yo‘qdir. Yig‘ini bas qildi, tindi she’rim ham, qaridi misralar, so‘zlar men bilan. Do‘stlar yoshligicha qolar she’rimda, qarimoq istamas do‘stlar men bilan. Ramiz Rovshan

  • 6 июн.77820из yozuvchilar_uz

    Ta’ziya O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim, uyushma a’zosi Ibrohim G‘afurovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Janoza namozi ertaga, 2026-yil 7-iyun kuni bomdod namozidan so‘ng Hazrati imom (Hastimom) jome masjidida o‘qiladi. Marhum Teshik qopqoq qabristoniga qo‘yiladi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

  • 15 апр.1 070213

    Computer Science o'ldimi? Manga aytilgan asosiy verdict: bachelorda math o'qish kerak, cs - fake science, aslida u amaliy matematika xolos, shu sababli mastersda cs o'qisa yaxshi, bachelorsda cs o'qish - notog'ri investitsiya. Man buni qanday fikrlayman, tushuntirib beray. Fikrlarim faqat mantig'imga tayangan, ya'ni subyektiv. (Tabiiyroq chiqishi uchun atay imlo xato ham qilyapman, aybga buyurmesilar) Masters uchun poydevor G'arbning top universitetlarida Masters darajasi ko'pincha tor mutaxassislikka qaratilgan bo‘ladi. Agar talaba bakalavrni Math yo'nalishida olsa va Mastersda CSning eng yuqori nuqtalarini (masalan, Theoretical CS yoki Advanced ML) o‘qisa, u juda kuchli mutaxassisga aylanishi mumkin. LEKIN, bu bir yo'l xolos. Bunaqa yo'llar ko'p, yagona to'g'ri yo'l sifatida buni ko'rish to'g'ri emas, bu shunchaki boshqacha strategiya. 100% ishlaydimi, hech kim va'da bermaydi CS bu shunchaki matematika (applied math) mi? Agar hamma narsani poydevoriga qarab baholasak, unda: Kimyo soxta fan, chunki u fizikadan kelib chiqqan Fizika soxta fan, chunki uning asosi matematika. To‘g‘ri, CS matematikaga tayanadi, lekin u mutlaqo boshqa muammolarni o'rganadi. Matematika yechim borligini isbotlaydi, CS esa o‘sha yechimni real hayotda, limiti bor RAM va vaqt ichida qanday bajarishni hal qiladi. CS ning o'ziga xosligi fizika va kimyoning o'ziga xosligiga o'xshash gap. CS o'ldi, yashasin AI )) AI - avliyoning karomati yoki evolyutsiya natijasida birnechta kompyuterni birlashtirishdan paydo bo'lib qoladigan narsamas, u aynan CS (algorithms, data structure, optimization, models, distributed systems, computational complexity vahokazo. so'zlar o'zbekchada tushunarsiz bo'lib qolardi, shunchun inglizcha termlarini yozdim) ustiga qurilgan. AI rivojlanishi bilan "CS kerak emas" deyish - samolyot ixtiro qilinishi bilan "aerodinamika o'ldi" deyishdek gap. CS fundamentlarini bilgan odamgina AI yarata oladi. Ko‘pchilik CS deganda faqat dasturlashni tushunarkan. Aslida CS - computing nazariyalarini o‘rganadigan fundamental fandir. Uni tarkibiga algoritmlar, murakkablik nazariyasi (complexity theory), ma'lumotlar strukturasi, operatsion tizimlar, tarmoqlar, ma'lumotlar bazasi, kompaylerlar, kiberxavfsizlik..... kabi katta yo‘nalishlar ham kiradi. Bu yo'nalishlar matematikaning shahobchalari emas, bular axborotni qanday qayta ishlash, saqlash va tizimli ravishda uzatishni o‘rganadigan alohida tizim (yoki fan). CS matematikadan vosita sifatida foydalanadi, lekin uning asosiy fokusi yuqorida aytilgan real tizimlar bilan ishlashdir (which is beyond mathematics) AI (manimcha) CSga bo'lgan talabni oshiradi (kamaytirmaydi!). Kimdir dasturlar arxitekturalarini tuzishi kerak, kimdir performanceni optimizatsiya qilish kerak, kimdir distributed training qilishi, infrastructurelar qurishi, xavfsizlikni ta'minlashi, data pipelinelarni to'g'irlashi, modellarni to'g'ri, ishonchli deploymentlar qilishi kerak. Bularning hammasi CS bilimlarini talab qiladi. "Avval matematika o‘qi, keyin CS’ga o‘tasan" degan gapdagi mantiqiy xato: Agar inson murakkab dasturiy tizimlar qurmoqchi bo‘lsa, unda computational thinking rivojlanishi kerak. Matematikaning o'zi sizga real tizimlarning qanday ishlashi, qanday masshtablashishi yoki qurilmalar va foydalanuvchilar bilan qanday interaksiya qilishini o‘rgata olmaydi. Injiniring instinkti injiniring nazariyasi + amaliyotidan shakllanadi. Undan tashqari CS majorda shundoq ham math chuqurlashtirib o'rgatiladi. Kimnidir ish staji yoki lavozimi sizning mantig'ingizga poydevor bo'lmasin. 15 yil googleda ishlasa ham, NVIDIAga CEO bo'lsa ham, Rahimov Schoolda zauch bo'lib ishlasa ham, fikr subyektiv. Tartibsiz fikrlarimni hazrati Alining gaplari bilan yakunlayman: Kim aytganiga emas, nima deganiga qara. @yunus_blog

  • Blogim shaxsiy, o'zim uchun ochganman, o'zim o'qiganimdagi eng saralagan narsalarimni savedga forward qilingandek. Oxirgi paytda faqat she'r yubordim, chunki faqat dam olganimda qarayapman kanalga, faqat she'rlar orqali dam ololyapman. Kecha bir ukam bilan argumentlashib qoldim, computer science "fake science" o'rniga yaxshisi "applied math" yoki umumiy "math" o'qish kerak. Ancha yildan buyon programming/development sohasida yurgan va MAANGda ishlagan ayrim mutaxassislar ham cs o'qish yaxshi investitsiya emas degan fikr berayotgani asosiy argumentlardan biri bo'ldi. Rosa mulohaza qildim, kamida 3-4 soat. "Biased" bo'maslikka harakat qilib, rosa mulohaza qildim, internetdan ma'lumotlar titkilab ko'rdim. Xulosalarimni yozdim, hammasini jamlab-tartiblab shu yerga post qilaman.

  • Karimakani Alloh rahmatiga olsin, juda hurmat qilardim. Biror ijtimoiy mavzuda o'ylansam "Karim Bahriyevning shu mavzuda fikri nima ekan" deb o'ylab, maqola-videolaridan qidirib ko'rardim. Begunoh bittadir u ham osmonda Qo'lga chivin qo'ndi, quvmoqqa yo'q jon Chivinlar chumchuqlar yurgan jahonda Senga joy yo'qmidi Karimjon

  • https://youtu.be/zdcyR9VLPaY?si=8YwfhmzizeH3Mq5S

  • 2 февр.1 330335из muhammadaminsblog

    Кун бўйи телефони тинмади. Аввал онаси қўнғироқ қилди: — «Шу вақтгача чидаб келяпман. Хотинингга ҳам бир оғиз гапр-да». — «Тўғри айтасиз, она». Хотини қўнғироқ қилди: — «Мени ҳеч ким ўйламайди, мен билан ишингиз йўқ». — «Ҳақсан, хотин». Ишхонадан хабар келди: — «Бу сенинг ишинг эмас, тўғри, лекин сен ҳал қилиб берақол». — «Маъқул». Эркак гапиришдан чарчаганди. Шунда синглиси қўнғироқ қилди: — «Ака, бунақаси кетмайди. Ҳаммага “ҳақсан” дейиш билан иш битмайди, гапиринг мундай». — «Сен ҳам ҳақсан, синглим». Кечқурун уйга кирди. Зинадан чиқаётганда боши айланиб, бўйи баравар ерга йиқилди. Гурсиллаган овоз чиқди. Юқоридан хотини овоз чиқарди: — «Нима гурсиллади?» Одам ерда ётарди. Нафаси сиқиб қолган эди. Аранг эшитиладиган овозда жавоб берди: — «Пальтом ерга тушди…» Аёл нолиб ёнига келди: — «Битта пальто шунча овоз чиқарадими?» Эркакнинг нигоҳи шифтга қадалган. Пичирлаган овозда аранг гапирди: — «Ичидa… мен ҳам бор эдим». Бугунги эркаклар, Насриддин Афандига ўхшайди, кўпинча ҳақли ёки ноҳақ эканини унутиб, ҳамманинг риоясини қилишни танлайди. Жанжал қилмайди. Бақирмайди. Оғриқни ичига ютади, чунки у кучли бўлиши керак… Иқтисодий қийинчиликлар, ўртага тушиш, воситачи бўлиш — унинг кундалик ҳаёти. Фақат ўзини унутиб қўяди. Ва охирида… Ҳеч кимни хурсанд қилолмасдан, лекин ҳеч кимни ҳам хафа қилмасдан, бу дунёдан жимгина кетиб қолади… Туркчадан таржима. Ikrom Sharif

  • 31 дек.1 7511313

    https://www.azon.uz/content/views/yangi-yil-ogohlantiruvchidir

  • 31 дек.1 410161

    Quyida "Yangi Yil" deb nomlangan maqola havolasini yubordim. O'zim shu maqolani har yili 1 marta yoki 2 marta o'qiyman. Ko'pchilikka uzun yozilgan maqola yoki postlar yoqmaydi (o'zim ham siqilib ketaman ba'zida). Qo'rqmang, bu maqolada unday bo'lmaydi. PS. Maqola yangi yilni bayram qilish yoki qilmaslik haqida emas. @yunus_blog

  • 31 дек.1 2509

    An'anamga muvofiq...

  • 4 дек.3 631274

    Kel e banda, o'zungni sol Xudog'a, Qazog'a rozi bo‘l, sabr et balog'a. Yaqin bil, banda bo'lsa asli isming, Xudoning mulki bo'lsa jon-u jisming. Aningdur mol-u mulk-u, har na bori, Nechuk qilsa, O'zining ixtiyori. Bo'yunsung'il nechukkim, qilsa farmon, Bo'lurmu bandada hujjat-u darmon? Kishi kim bo'lmasa rozi qazog'a, Agar sabr etmasa, kelgan balog'a. Agar shukr etmasa, Haq ne’matig'a, Qachon loyiq bo'lur banda otig'a? Xudog'a har ishing qilsang havola, Bo'lur jannat bu o'lturg'on qavola. Ko'ngilda qolmag'ay dunyo g'amidin, Olursan bahra har o'tgan damidin. Qay-u qulg'a muyassar bo'lsa bu hol, Agar og'u ichar, bilgay ani bol. Xudoning ganjidin bul bo'lsa yaxshi, Rizojo' qul ani ko'rmasmu yaxshi? ©️ So'fi Olloyor @yunus_blog

  • 3 дек.1 294117

    Qisqacha: Rahimov school fargona filialiga stajor - shogird kerak. Batafsil: @taqiy_marginoniy ga yozing

  • ALPOMISHNING SINGLISIGA Tog‘lar yo‘lin tog‘ to‘sdi, Mushtga aylandi quloch. Ayvoningni qor bosdi, Akang qani, Qaldirg‘och? Bir munglig‘ ovoz o‘tdi, Chalinmagan soz o‘tdi, Bahor o‘tdi, yoz o‘tdi, Akang qani, Qaldirg‘och? Polvoning davraga sol, Polvonman deb yurganlar. Suyunchiga jonim ol, Alp o‘g‘lini ko‘rganlar. Mardlar yig‘ilgan maydon, Mardini kutadi el. Chohdan chiqar polvonga, Qirq polvoning boshlab kel. Qaldirg‘och, el omondir, Nomini aytib kelsang. Yurt so‘rab kelganlarga Akam qaytadi, desang. Eshikda osiq turar Alp otining taqasi. Yot ellarda qolmaydi Mard singilning akasi? Ko‘ngilga or soldimi – Yot elda oqargan soch. Kurash senga qoldimi, Akang qani, Qaldirg‘och? Botir zoti o‘lmaydi! Elga mehri so‘lmaydi, So‘lsa – botir bo‘lmaydi, Akang qani, Qaldirg‘och? Yetti yil – yetti ming yil, Alpsiz o‘tadi davron. Bobotog‘da zang bosgan To‘qson botmonli kamon. Erta tog‘ni titratar Er yigit tug‘iladi. Vatanni Vatan deya Asrovchi er bo‘ladi. Ammo titroq yo‘q bugun, Tog‘lar horg‘in o‘y surar. Olislarda bir alp bor, Tulporlarni tush ko‘rar. Olis-olis yo‘llarda, Birda to‘q-u birda och. Yov alqagan qo‘llarda, Akang qani, Qaldirg‘och? Bu Vatanga shon kerak, Jon berguvchi jon kerak. Elga qahramon kerak, Akang qani, Qaldirg‘och!?. ©Dadaxon Muhammadiyev

  • 18 сент. 2025 г.1 530201из Ustoz_kundaligi

    Кеча изоҳда савол келди: Нима учун ўғил болаларга қисқа ва аниқ, қизларга эса батафсил қилиб тушунтирилади? Ассалому алайкум. Саволингиз учун раҳмат. Бу масала гендер психологияси билан боғлиқ. 1. Чақалоқликданоқ ўғил ва қиз болаларнинг ҳис-туйғуларини ифода этишида фарқ бор. Ўғиллар учун танбеҳнинг ўзиёқ кучли таъсир қилади. Қизлар эса мулоқотга кўпроқ эҳтиёж сезади, шунинг учун уларга кўпроқ изоҳ бериш керак бўлади. 2. Ўғил болалар учун асосийси — қайси иши нотўғри бўлганини аниқ билиш. Қизлар учун эса танбеҳни ким ва қандай тарзда айтаётгани каттароқ аҳамиятга эга. 3. Ўғил болалар кўпинча жисмоний фаол ва тез чалғийди, узун шарҳларга сабри етмайди. Қизлар эса ҳиссий жиҳатдан мулоқотга мойил бўлиб, батафсил тушунтиришни қабул қила олади. Шунинг учун ўғилларга қисқа ва аниқ, қизларга эса батафсил тушунтириш самаралироқ ҳисобланади. Устоз кундалиги жамоаси @Ustoz_kundaligi

  • 18 сент. 2025 г.1 20081из Ustoz_kundaligi

    Ўқувчилар тоифалари ва улар билан ишлашда дифференциал ёндашув   Устоз деган баланд мақомимиз ўқувчиларни шунчаки “буниси бўлади, наригиси бўлмайди” тарзида тоифаларга ажратиб ташлашга йўл қўймайди. Тафаккуримиз “Бунисининг шундай томони бор экан, энди нима қиласан, наригисида бошқача хислат бор экан, бунга қандай ёндашасан?” кабилида ишлайди. Шу саволга жавоб топишда балки қуйида ўқувчилар тоифалари ва уларга нисбатан таълим-тарбияда индивидуал ёндашув бўйича фанда, педагогик амалиётда тўпланган айрим тажрибалар асқотиши мумкин. Аслида ҳар қайси озми-кўпми педагогик тажрибага эга устоз беихтиёр ўқувчиларни маълум гуруҳларга хаёлан ажратиб олади. Биров оддийгина иккичи, ўртаҳол, аълочи, деб бўлиб олади, кимдир синфдаги роллардан келиб чиқиб, лидер, аутсайдер, синф гўзали, аскиячи, ботаник (яъни ўта интизомли аълочи), пахан (жисмоний кучли) болаларни ажратади. Баъзилар ўқувчиларнинг шахсиятига асосланиб, “тепса тебранмас”, “хаяжонланувчи”, “эргашувчан”, “сергап”, “исёнкор”, “билағон”, “ўқитувчи орзуси” каби тоифаларни кўради. Албатта, бундай оддий, яъни кўриниб турган аломатларга асосланган таснифлар бўйича ҳам ўқувчилар билан ишлашда ўзаро фарқли ёндашувлар танланиши мақсадга мувофиқ. Масалан, ўғил болаларга хатосини қисқа ва аниқ баён этиш, қизларга аксинча, деталлаштириб тушунтириб ўтиш тавсия этилади. Шу қаторда характерига кўра, ўқувчилар орасида энг кўп учрайдиган гуруҳлар билан ишлашда қуйидаги тавсиялар келтирилади: 1) хавотирланувчи ўқувчилар: мулоқотни сокин, паст оҳангда олиб бориш, ўзига берадиган баҳони кўтарувчи усуллардан фойдаланиш, муваффақиятли ҳаракатларни алоҳида таъкидлаш, дўндириб бажарадиган ишларига урғу бериш, муҳимни номуҳидан ажратиб, майда-чуйдага куйинмасликка ўргатиш, айб ишлар учун жазони кечиктирмай шу пайтнинг ўзида қўллаш, мусобақалаштирувчи жараёнларга жалб этмаслик, бошқалар билан қиёсламаслик; 2) жиззаки ўқувчилар: гуруҳда доимий равишда масъулиятли вазифаси бўлишини таъминлаш, қилмишларини фақат тўлиқ “ховуридан тушгач” муҳокама этиш, мулоқотни тенглик мақомида қуриш, белгиланган чегараларда ташаббус кўрсатишга имконият бериш, суҳбатда жаргон, норасмий сўзлардан фойдаланмаслик, яхши баҳо олишга шароит яратиш, баҳони эълон қилишда дўстона изоҳлар бериш, бола ўзининг устунликка интилиш истагини қондириб олишига имкон берувчи топшириқлани танлаш, ортиқча жисмоний энергияни чиқариб юборувчи фаолият турлари (спорт, меҳнат, сафар) га урғу бериш; 3) кўргазмали хулқ-атворли ўқувчилар:ҳиссиётларга эрк бериб, мақсадга эришмоқчи бўлган вазиятларни эътиборсиз қолдириш, оқилона ёндашганда рағбат бериш, мустақил қарор қабул қилиш ва шунга яраша ўз ҳаракатларига ўзи жавоб беришини бот-бот таъқидлаш, бошқалар орасида ажралиб туриш имконини берувчи вазифалар топшириш, шахсини эмас, ҳаракати, қилиғини танқид қилиш (танқидни тез-тез эмас, уч-тўрт қилмишга битта танқид ёки жазо), тенг кучли ёки устунроқ синфдошлар гуруҳларида ишлатиш, жадал ўқув фаолияти, топшириқлар хилма хиллигини таъминлаш, мулоқотда бўлиш учун кенг имконият бериш; 4) бетоқат ўқувчилар: сабрда ўрнак бўладиган ўқувчи олдига ўтказиш, топшириқларни қисмларга ажратиб бериш, вазифани топширишга шай бўлиб турганда қайта текшириб олиш учун яна беш дақиқа бериш, ўқувчининг жавобига фақат ўзимиз чақирганда ёки қўлини кўтарганда эътибор қаратиш, туриб юриш имконини берувчи дастёрчилик ишларини таклиф этиш, топшириқлар орасида танаффуслар бериб туриш; 5) яккаланувчан ўқувчилар: болага, унинг ҳаёти, қизиқишлари ва ғояларига самимий қизиқишни намоён этиш, гуруҳий ишга фақат ўқувчининг ўзи тайёрлигини билдирганда қўшиш, бошқа болалар билан мулоқотдаги ҳар қандай муваффақиятни алоҳида эътироф қилиш, муносабатдаги ноқулайликни сусайтирувчи усуллар (ҳазил-мутойиба, шахсий ҳаётдан мисоллар айтиш) ни қўллаш, ёрдамини таклиф этса, рад этмаслик, жамоага тегишли эканликни ҳис қилдириш, топшириқни бажаришда ўз қизиқиш ва хоҳишларига монанд йўл танлаш имконини бериш. Давоми иккинчи сонда @Ustoz_kundaligi

  • ЙИЛЛАР АРМОНИ Кимгадир яхши гап айтдик, биродар, Кимдир бир умрга ранжиб ҳам кетди. Кун кеча ёш дердик ўзни бир қадар, Бугун-чи, балоғат пайти ҳам етди. Инсон ўз умрини ўйласа кўп вақт Қийнайди ўзидан ўтган қусурлар. Кимгадир айтилмай қолган бир раҳмат, Кимдандир сўролмай қолган узрлар. Мукаммал кўрмоқчи бўлдик дунёни, Етук бўлолмадик ўзимиз бироқ. О, йиллар армони, йиллар армони, Армон кўрмадим мен сендан буюкроқ. Инсонга тобемас замон, инчунун, Инсон юрагида аламлар қат-қат. Фақат бир таскин бор, барчаси учун Афсус чека билсанг — шу ҳам бир давлат. 1977 © Абдулла Орипов @yunus_blog

  • Vatan qani, sevgi qani, iymon qani, Biz ishongan, biz sig’ingan yolg’on qani, Shior qani, qadr qani, inson qani, Quyosh qani, ko’z yosh qani, osmon qani? Qismatimiz yo’qlikmidi, nochorlikmi, O’z yerida qullikmidi, xor-zorlikmi, Epladingiz, do’ndirdingiz tujjorlikni, Nega jimsiz? Itlar qani, karvon qani? Qo’rqamanki, bundan battar chog’lar kelur, Yo’limizga siz qazigan chohlar kelur, Dengiz-dengiz, to’lqin-to’lqin “oh”lar kelur, Xalq qayerda, kuch qayerda, Cho’lpon qani? Otay desam, qo’limdagi toshim yetmas, Yig’lay desam, ko’zimdagi yoshim yetmas. Qolay desam, bu tahqirga doshim yetmas, Ketay desam, boshqa O’zbekiston qani?! ©Mehrinoz Abbosova

  • 8 июн. 2025 г.1 8941 1707

    Biz bu kapının sahibi değil bekçisiyiz, Adem'im. Gelene hoş geldin, gidene hoş gittin. Gelenin yeri hazır, gidenin yolu. Tapduk Emre Biz bu eshikning egasi emas, eshikbonimiz, Odamim... Kelganga "xush keldingiz", ketganga "xush ketdingiz". Kelganga joy tayyor, ketganga yo'l. Toptuq Emro