QARSHI MTU filiali Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boʻlimi | rasmiy kanali
Статистика🔹 Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boʻlimi rasmiy kanali. Murojaat uchun: Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boʻlimi boshligʻi Orziyev Timur Komil o'g'li. Tel: +998990625050 Xizmat tel: 75-227-07-04 Xizmat tel: 55-351
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 13
- Всего постов
- 68
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 249
- 1/48двое суток
- 285
- 1/72трое суток
- 307
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“TABIATNI ASRA — TOZALIKNI SAQLA!” 🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlash hamda bayramga munosib tayyorgarlik ko‘rish doirasida hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Shu jumladan, “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi MTU” filiali miqyosida Qarshi stansiyasida yoshlar ishtirokida “Tabiatni asra — tozalikni saqla!” shiori ostida ekologik aksiya tashkil etildi. Aksiya davomida yosh temiryo‘lchilar stansiya hududini turli chiqindilardan tozalab, atrof-muhit obodonchiligi va sanitariya holatini yaxshilashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. 🔹 #YagonaVatanYagonaXalq 🔹 #TabiatniAsraTozalikniSaqlа 👉@qarshimtuyoshlar👈
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“Harakat xavfsizligi kuni” doirasida Toshg'uzor va G'uzor stansiyalarida texnik mashg'ulot va ijtimoiy loyihalar targibot tadbiri olib borildi 2026-yil 12-avgust kuni o‘tkazilgan “Harakat xavfsizligi kuni” “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali Mehnat muhofazasi yetakchi muhandisi X.R.Ro'ziqulov, Texnik ishlar maxsus va havfli yuklar tashish bo'yicha o'rinbosar S.B.Ziyatov hamda Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boʻlimi boshlig'i T.K.Orziyev tomonidan Toshg'uzor va G'uzor stansiyasiyalarida texnik mashg'ulot va ijtimoiy loyihalar targ'ibot tadbirlari olib borildi. Targ'ibot davomida stansiyalarda baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda xodimlarning bilim darajasini mustahkamlashga qaratilgan zaruriy tushunchalar berildi. Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz mehnat muhitini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 🔹 #yoshlarijtimoiyloyihalar 🔹 #temiryoʻlchiyoshlar 🔹@qarshimtuyoshlaritimoiyloyihalar
🎉12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni! 🌎 Bugun dunyo bo‘ylab yoshlarning huquqlari, imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladigan kun. O‘zbekiston — yoshlar mamlakati. Bugungi kunda yurtimizda har bir yigit-qizning o‘z salohiyatini namoyon etishi, sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb va xorijiy tillarni egallashi hamda o‘z tadbirkorlik va startap loyihalarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Sizning bilimga bo‘lgan intilishingiz, tashabbuskorligingiz va g‘ayrat-shijoatingiz Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi hamda harakatlantiruvchi kuchidir. 💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha yoshlarni Xalqaro yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Qadrli yoshlar! Doimo izlanishdan, katta maqsadlar sari intilishdan va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz — mamlakatimiz muvaffaqiyatidir! #WorldYouthDay #XalqaroYoshlarKuni 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
без подписи
без подписи
🇺🇿 O‘ZBEKISTONNING ENG BALAND NUQTASIDAN — TEMIRYO‘LCHILARGA BAYRAM TABRIGI! Ba’zan Vatanga bo‘lgan muhabbatni so‘z bilan ifodalash kamlik qiladi. Uni qalban his qilish, uning betakror zaminini kezish, go‘zal tabiatidan bahramand bo‘lish va ona Vatanimiz bayrog‘ini eng yuksak cho‘qqilarda mag‘rur hilpiratish kerak. Ana shunday ezgu maqsad bilan biz — temiryo‘lchilar, O‘zbekistonimizning eng baland nuqtasi — Hazrati Sulton cho‘qqisi sari ko‘tarilib, yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barcha temiryo‘lchi hamkasblarimizga, bayram tabrigimizni yo‘lladik. Bu safar biz uchun shunchaki tog‘ cho‘qqisini zabt etish emas, balki yuksak maqsadlar sari intilish, jamoaviy hamjihatlikni namoyon etish hamda belgilangan marralarni birgalikda zabt etishning ramziy ifodasi bo‘ldi. Chunki cho‘qqilar o‘z-o‘zidan zabt etilmaydi. Buning uchun jasorat, sabr, matonat, iroda va eng muhimi — bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan ahil jamoa kerak. Har kuni temiryo‘lning uzluksiz va xavfsiz faoliyatini ta’minlash yo‘lida mehnat qilayotgan minglab fidoyi temiryo‘lchilar o‘z vazifalarini sidqidildan ado etib, mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotining barqaror rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Bugungi yuksak cho‘qqiga ko‘tarilishimiz ham ana shu haqiqatni yana bir bor namoyon etdi. Birgalikda harakat qilsak, bir-birimizga suyanch bo‘lsak, eng murakkab yo‘llarni ham bosib o‘tishimiz va eng baland marralarni ham zabt etishimiz mumkin. Shu bois biz uchun Hazrati Sulton cho‘qqisi nafaqat geografik yuksaklik, balki ulug‘ maqsadlar, mustahkam iroda va kelajakka bo‘lgan ishonch timsolidir. Bugun biz ushbu cho‘qqidan turib, temiryo‘l sohasida fidokorona mehnat qilayotgan barcha hamkasblarimizga alohida hurmat va ehtiromimizni izhor etamiz. Fidoyi temiryo‘lchilar! Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz, kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz, har qanday sharoitda o‘z vazifangizni mas’uliyat bilan ado etishingiz tahsinga loyiq. Jamoamizga bildirilayotgan yuksak ishonchni oqlash, oldimizga qo‘yilayotgan vazifalarni vijdonan va sifatli bajarish, temiryo‘l tizimini yanada rivojlantirish va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish — barchamizning sharafli burchimizdir. Zero, yuksak ishonch — yuksak mas’uliyatni, yuksak marralar esa yuksak fidoyilikni talab qiladi. Barcha temiryo‘lchi hamkasblarimizni, ularning oila a’zolarini, barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Yurtimiz tinch va osoyishta, xalqimiz farovon, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Mustaqil O‘zbekistonimizning taraqqiyot yo‘li bardavom, kelajagi buyuk va istiqboli yanada porloq bo‘lsin! Temiryo‘llarimiz ravnaq topib, sohada mehnat qilayotgan har bir fidoyi xodimning xonadonida fayz-u baraka, baxt va farovonlik hukm sursin! Hazrati Sulton cho‘qqisidan — barcha temiryo‘lchilarga samimiy bayram salomi!
без подписи
без подписи
“Harakat xavfsizligi kuni” doirasida Chashma stansiyasida o‘rganish ishlari olib borildi 2026-yil 5-avgust kuni o‘tkazilgan “Harakat xavfsizligi kuni” “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali Mehnat muhofazasi hamda Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boʻlimi xodimlari tomonidan Chashma stansiyasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida stansiyada mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ijtimoiy muammolari, mehnat faoliyati davomida uchrayotgan masalalari va takliflari tinglandi. Xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz mehnat muhitini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 🔹 #yoshlarijtimoiyloyihalar 🔹 #temiryoʻlchiyoshlar 🔹@qarshimtuyoshlaritimoiyloyihalar
Channel name was changed to «QARSHI MTU filiali Yoshlar va ijtimoiy loyihalar boʻlimi | rasmiy kanali»