Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi
Статистикаhttps://www.facebook.com/fazliddin.siddiqov.39 https://www.instagram.com/qashantikor09.12/ https://x.com/qashantikor https://www.youtube.com/@fasco2025 Manzil: I. Karimov ko'chasi 2-uy Murojaat uchun tel: 94-334-92-95
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 73
- Всего постов
- 141
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 108
- 1/48двое суток
- 123
- 1/72трое суток
- 133
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
#ANONS XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHINING 17-22-AVGUST KUNLARI UCHUN HAFTALIK REJA (ANONS) 📅 17-avgust (Dushanba) 📍 Qarshi shahri ✅ 1-Qashqadaryo saylov okrugi deputati M.Sharapova tomonidanMahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi boʻyicha o'rganish. 👤 Mas’ul: L.Jovliyeva – viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi 📍Kitob tumani ✅ 26-Mustaqillik saylov okrugi deputati J.Raxmonov tomonidan Mahalla ichki koʻcha yoʻllari holati, koʻchalarni tunda yoritilishi, avtomobil yoʻllaridagi tirbandliklar, yoʻl transport hodisalari koʻp sodir boʻlayotgan joylarda YTHlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha o‘rganish. 👤 Mas’ul: F.Siddiqov – viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi 📅 18-avgust (Seshanba) 📍 Qarshi tumani ✅ Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi I.Xushmurodova tomonidan mahalla yettiligini faoliyatini o'rganish 👤 Mas’ullar: F.Xudalov – viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari 📍 Qarshi shahri ✅ 3-Ulugʻbek saylov okrugi deputati S.Kamilova tomonidan “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-763-sonli Qonun ijrosi boʻyicha o‘rganish. 👤 Mas’ul: L.Jovliyeva – viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi 📅 19-avgust (Chorshanba) 📍Kasbi tumani ✅ 25-Komilon saylov okrugi deputati N.Ergashev tomonidan Uylarda issiq va sovuq suv bilan taʼminlash, elektr energiyasi, gaz bilan bogʻliq masalalar boʻyicha o‘rganish. 👤 Mas’ul: F.Xudalov – viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi 📍Qamashi tumani ✅ 14-Qiziltepa saylov okrugi deputati O.Ravshanov tomonidan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘RQ-33-sonli Qonun ijrosi bo’yicha o'rganish. 👤 Mas’ul: U.Bozorov – viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi 📅 20-avgust (Payshanba) 📍Nishon tumani ✅ 40-Nuriston saylov okrugi deputati N.O'tagonova tomonidan “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-444-sonli Qonun ijrosi bo’yicha o'rganish. 👤 Mas’ul: F.Xudalov – viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi 📍Muborak tumani ✅ 8-Guliston saylov okrugi deputati N.Yusupova tomonidan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʻmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-844-sonli qonuni ijrosi boyicha o'rganish. 👤 Mas’ul: U.Bozorov – viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi 📅 21-avgust (Juma) 📍 G'uzor tumani ✅ 9-Shakarbuloq saylov okrugi deputati R.Jankuvatova tomonidan Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o'rganish. 👤 Mas’ul: U.Bozorov – viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi 📍 Mirishkor tumani ✅ 42-Mirishkor saylov okrugi deputati X.Rajabova tomonidan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-408-sonli Qonun ijrosi boʻyicha o'rganish. 👤 Mas’ul: F.Xudalov – viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi 📅 22-avgust (Shanba) ✅ Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining 2026-yil yanvar–iyul oylari davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan tahliliy axborot tayyorlash. 👥 Mas’ullar: Viloyat Kengashi kotibiyatining barcha xodimlari 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#_24_ta_masala #ish_reja_ijrosi #Kochama_kocha_aylanish_jurnal ✅MUROJAAT — O‘RGANISH — AMALIY YECHIM Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibyat mudiri R.Raupovning ish rejasiga asosan Ko'kdala tumandagi "Ko'kdala" mahalla fuqarolar yig'inida "Aholi bandlik masalasi" yuzasidan o'rganishlar olib bordi. O'rganish jarayonida viloyat Kengashi kotibyat mudiri R.Raupov, viloyat Kengashi deputati U.Julbulov, tuman Kengashi kotibyat mudiri, 19-Xushali saylov okrugi deputati F.Bektemirov, doimiy komissiya a'zolari, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i R.Temirov ishtirok etishdi. O'rganish jarayoni hududlarda aholi murojaatlarini eshitish hamda ochiq muloqot jarayonidan boshlandi. Ochiq muloqot davomida mahalla ko'chaboshilari hamda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, bandlik va tadbirkorlik bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. Bildirilgan taklif va muammolar deputatlar tomonidan joyida o‘rganilib, tegishli tartibda ko‘chama-ko‘cha aylanish jurnaliga qayd etildi va umumlashtirildi. Murojaatlarning har biri mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, aksariyat masalalarni joyida hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Fuqarolarga muammolarni hal etish tartibi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. O'rganish davomida "Ko'kdala" mahalla fuqarolar yig'inida barpo etilayotgan "Yangi O'zbekiston" ko'chasida davom ettirildi. Ushbu ko'chada ichki yo'llar holati, yoritish chiroqlari, obodonlashtirish holati hamda aholi xonadonlari ham ko'chaga hamohang ravishda zamonaviy tusga kirib borayotganligi ko'zdan kechirildi. "Yangi O'zbekiston" ko'chasini o'rganish davomida tumanda ilk bor tashkil etilgan "New Smart School" xususiy maktabi ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Maktabda 110 nafar o'quvchi ta'lim olayotganligi, o'quvchilarga 16 nafar malakali o'qituvchilar tomonidan ta'lim berib borilmoqda. Jami 16 nafar aholi bandligi ta'minlangan. Hozirda maktabda yangi o'quv yiliga qabul va imtihon jarayonlari davom etmoqda. Asosiy maqsad — murojaatlarni tinglash emas, ularning yechimini ta’minlash. Mahallalarda o‘tkazilayotgan bunday o‘rganishlar aholi muammolarini bevosita joyiga chiqib aniqlash, mas’ullarni birlashtirish va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda. Bizning ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo’ling! ✅ Telegram|📱 Facebook | 📱 Instagram | 😎 You Tube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #OAV_BIZ_HAQIMIZDA Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputatlari tomonidan viloyatning olis hududlaridan biri bo‘lgan Dehqonobod tumanida aholini qiynayotgan muammolar joyiga chiqib o‘rganildi. Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | X | Threads | Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#24_ta_tavsiya 🏡 Aholi bilan muloqot: muammolar o‘rganilib, amaliy vazifalar belgilandi 📍 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Abdimurat Bazarov hamda tuman Kengashi deputati S.Umarova tomonidan Qamashi tumanida aholi bilan uchrashuvlar, o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi. 🤝 Dastlab, “Qushkapa” MFYda mahalla yettiligi vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda hudud obodligini ta’minlash, ko‘chalar va xonadonlarda tozalikni yo‘lga qo‘yish, aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratish masalalari muhokama qilindi. 📍 “Qushkapa” mahallasida bugungi kunda 6 465 nafar aholi, 1 426 ta oila hamda 1 126 ta xonadon istiqomat qiladi. Mahalla hududida Zebiniso, Abdurauf Fitrat, Yuqori Chim, Ahlik, Qamashi tepa, Oybek va Anhor bo‘yi kabi ko‘chalar joylashgan. 🌿 “Obod ko‘cha — obod mahalla — obod xonadon” tamoyili asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq reja va chora-tadbirlar belgilandi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar ham atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🏥 Shuningdek, deputatlar “Chim” MFY, Chim qishlog‘ida joylashgan “Dostor Ashur bobo” klinikasida tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi. Muloqot davomida aholining salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi. 🥗 Sog‘lom turmush tarzi — to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish va turli kasalliklarning profilaktikasini kuchaytirish; 🧼 Sanitariya va gigiyena — xonadonlarda hamda jamoat joylarida tozalik va ozodalikka rioya qilish madaniyatini yuksaltirish; ⚖️ Korrupsiyaga qarshi kurash — tibbiyot sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” tamoyilini keng targ‘ib etish bo‘yicha fikr almashildi. 👩⚕️ Uchrashuv yakunida patronaj hamshiralarining xonadonma-xonadon ish olib borishiga alohida urg‘u berildi. Aholiga sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, atrof-muhitni ozoda saqlash va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha muntazam profilaktik tushuntirishlar olib borish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. 📌 Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va aholi murojaatlarini nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi. 🔹 Deputatlarning aholi bilan bevosita muloqoti, hududlarni o‘rganish va mavjud muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan ishlari izchil davom etmoqda. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 ✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! 😎 Facebook | 😎 Instagram | 😎 X | 😎 You Tube
без подписи
без подписи
без подписи