tgindex
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)

Статистика

SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI. Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy 📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling. Янгиликлар учун. @surxondaryoadliya 🌐 www.surxondaryo.adliya.uz

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
19:59
Постов за неделю
171
Всего постов
1 575
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Развлечения (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
3 719
−99 за 3 дн.
Сутки
+2
+0,05%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
165
40 постов
Вовлечённость
4,4%
к подписчикам
Постов в день
24,4
всего 1 575
Упоминаний
150
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
168
1/48двое суток
192
1/72трое суток
207

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.1903из adliyangiliklari

    #adliya_xabari ⚔️ Hududlarda “Adliya ayoli — 2026” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari o‘tkazildi ✅ Navoiy viloyati⁠: “Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirokchilar huquqiy bilimlari va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini namoyish etdilar. ✅ Sirdaryo viloyati⁠: 7 nafar xodima ishtirok etgan viloyat bosqichida Sevara G‘apparova 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. ✅ Farg‘ona viloyati⁠: 11 nafar xodima huquqiy bilim va dolzarb masalalar yechimiga doir takliflari bo‘yicha bellashib, g‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. ✅ Andijon viloyati⁠: 13 nafar xodima ishtirok etgan saralash bosqichida Oysaraxon Rustamova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘l oldi. ✅ Qashqadaryo viloyati⁠: 6 nafar xodima o‘rtasidagi bellashuvda Feruza To‘layeva 1-o‘rinni egalladi. ✅ Surxondaryo viloyati⁠: Huquqiy test va qonunchilikka oid takliflarni himoya qilish shartlari yakunida D. Yo‘ldosheva g‘olib deb topilib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. ✅ Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti⁠: 5 nafar xodima ishtirok etgan saralash bosqichida Sevara Olimboyeva mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning final bosqichiga yo‘llanma oldi. ✅ Namangan viloyati⁠: 12 nafar xodima ishtirok etgan viloyat bosqichida Shodiya Turg‘unova g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. ✅ Xorazm viloyati⁠: Matluba Masharipova hududiy bosqich g‘olibi deb topilib, “Adliya ayoli” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. ✅ Samarqand viloyati⁠: Kattaqo‘rg‘on tumani FHDY bo‘limi mudirasi N. Bobosherova viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. ✅ Buxoro viloyati⁠: Bosh maslahatchi Y. Nurtidinova viloyat bosqichida eng yuqori natijani qayd etib, “Adliya ayoli — 2026” tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. ✅ Jizzax viloyati⁠: Viloyat bosqichida Zomin tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Gulzoda Mamatqulova 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. ✅ Toshkent viloyati⁠: “Adliya ayoli” tanlovining saralash bosqichida Toshkent viloyati FHDY arxivi 1-toifali inspektori Go‘zal Qodirova 1-o‘rinni egalladi. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • #Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasiga qo‘yiladigan talablar belgilandi Adliya vazirligi Banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3924, 2026-yil 13-avgust). ✅ Ushbu Nizom banklarning moliyaviy ahvolini tiklash rejasining mazmuniga va yangilanishiga oid talablarni, shuningdek tiklash rejasini Markaziy bankka taqdim etish hamda baholash tartibini belgilaydi. 📖 Tiklash rejasi bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 🔎 Bankning ichki audit xizmati tomonidan yiliga kamida 1 marotaba tiklash rejasining ishlab chiqiladi, yangilanadi hamda amalga oshirilishi mustaqil baholanadi. 📋 Quyidagilar tiklash rejasining tarkibiy elementlari hisoblanadi: ▫️ tiklash rejasini boshqarishga oid ma’lumotlar; ▫️ strategik tahlil; ▫️ tiklash ko‘rsatkichlari; ▫️ tiklash chora-tadbirlari; ▫️ tiklash ssenariylari; ▫️ tiklash rejasi doirasida kommunikatsiya qilish tartibi; ▫️ tiklash rejasini amalga oshirishga qaratilgan ▫️ tayyorgarlik choralari. 📜 Bank tiklash rejasini har yili yoki bankning tashkiliy tuzilmasi, faoliyati yoxud moliyaviy ahvolida tiklash rejasiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan sezilarli o‘zgarishlardan keyin yangilaydi. 📌 Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

  • #Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Davlat organini mansabdor shaxsining ma’muriy sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlash tartibi belgilandi 🧾 Qonun bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga ma’muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sudga kelmaganligi oqibatlari to‘g‘risidagi norma kiritildi. ✅ Unga ko‘ra, ma’muriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan berilgan arizani (shikoyatni) ko‘rishda mansabdor shaxsning yoki uning vakilining sud majlisidagi ishtiroki majburiy hisoblanadi. 🔎 Ushbu arizani (shikoyatni) ko‘rishda mansabdor shaxs yoki uning vakili sud majlisida ishtirok etmagan taqdirda sud muhokamasi keyinga qoldiriladi. 💰 Ma’muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sud muhokamasida ishtirok etmaganligi sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, sud mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasini qo‘llashga haqli. ❗️ Ma’muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtiroki ishning har tomonlama, to‘liq va to‘g‘ri hal qilinishiga to‘sqinlik qilmagan taqdirda, ish davlat organi mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. 💸 “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagilar davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish asoslari sifatida belgilandi: 🔸 agar javobgarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa va javobgarga nisbatan taqdim etilgan talab qonunga ko‘ra to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish doirasida ko‘rilishi lozim bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilganda; 🔸 dastlabki eshituv natijalariga ko‘ra ariza ko‘rmasdan qoldirilganda. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

  • #Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Ma’muriy sud ishlarini yuritishda dastlabki eshituv instituti joriy etiladi Qonun (O‘RQ–1165-son, 14.08.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 🔘 Qonun bilan iqtisodiy sudlarning ma’muriy boshqaruv tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi. 📚 Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ma’muriy sudlar ma’muriy ishlarning muhokamasi chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 180 va 181-moddalaridagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishi belgilandi. 📖 Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga ishonchning huquqiy himoyasi prinsipi kiritildi. 📜 Shu bilan birga, ma’muriy sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etildi. 🔎 Unga ko‘ra, ma’muriy organlar, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda shaxslarning huquqlari va manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida dastlabki eshituv o‘tkaziladi. ✉️ Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 20 kundan kechiktirmay o‘tkazadi. 📄 Dastlabki eshituvni o‘tkazish chog‘ida sudya: 🔹 arizachining talablari va javobgarning e’tirozlarini aniqlashtiradi; 🔹 arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi; 🔹 arizachiga zarur dalillarni hamda javobgarga fikrini yozma ravishda taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar beradi; 🔹 arizadagi talablar va ishdagi dalillarga dastlabki huquqiy baho beradi. 🧾 Dastlabki eshituv natijasiga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirish yoki kelishuv bitimini tasdiqlash yoxud ish bo‘yicha sud muhokamasini tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

  • #Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyati tartibga solindi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun (O‘RQ–1166-son, 14.08.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining (Administratsiya) faoliyatini tartibga solishdan iborat. 🏛 Administratsiya Prezidentning davlat boshlig‘i sifatida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi va hamkorligini ta’minlashiga ko‘maklashadigan, Prezident vakolatlarini amalga oshirishni tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organidir. 🔘 Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. ✅ Administratsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Administratsiya Rahbari boshchilik qiladi. 📜 Administratsiya quyidagi asosiy vakolatlarga ega: ➖ Administratsiyaga belgilangan tartibda kiritilgan qonunchilik hujjatlarini, Prezident va Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalarini yakuniy ishlab chiqishni tashkil etish; ➖ Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Administratsiya Rahbarining farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish; ➖ davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar hamda topshiriqlar berish, ularning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot talab qilish va boshqalar. 📑 Administratsiya Rahbari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar yoki topshiriqlar chiqaradi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

  • 14 авг.112из adliyangiliklari

    #Live #Adliya_xabari Ayni vaqtda “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda. ⚖️ Konferensiyada adliya vaziri Akbar Tashkulov ma’ruza qilib, mustaqillik…

  • 14 авг.59из adliyangiliklari

    #Live #Adliya_xabari ⚔️ “Huquqiy davlat faqat qonunlar soni bilan emas, ularning sifati va asoslanganligi bilan ham baholanadi” ✅“Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov ma’ruza qildi. 💬 Ma’ruzada yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonning huquqiy davlat sifatidagi konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlangani, qonunlar nafaqat ustuvor, balki adolatli, oqilona va inson huquqlariga hurmat tamoyillariga asoslangan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. 📋 Shu maqsadda tadbirkorlik sohasidagi 42 mingdan ortiq majburiy talab qayta ko‘rib chiqilmoqda. Nomaqbul deb topilgan 2 500 dan ortiq talabni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, 1 600 dan ortig‘i bekor qilindi. 📊 Dalillarga asoslangan norma ijodkorligi va tartibga solish ta’sirini baholash natijasida 2021–2025-yillarda qariyb 10 trln so‘mlik, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 1 trln so‘mlik ortiqcha xarajatlarning oldi olindi. 📈 Qonunlarning amalda qanday natija berayotganini aniq ko‘rsatkichlar orqali o‘lchash maqsadida “qonun uchun KPI” tizimi yo‘lga qo‘yildi. 2025-yilda 100 ga yaqin qonunchilik hujjatining samaradorligi baholandi. 🤖 Shuningdek, norma ijodkorligida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, jumladan, “Law as Code” — “Qonun — kod sifatida” yondashuvini joriy etish istiqbollari qayd etildi. Huquqiy sohada innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan “Huquqiy innovatsiyalar laboratoriyasi”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda. 🇺🇿 “Biz qurayotgan davlatda qonunlar nafaqat ishlashi, balki eng avvalo adolatli, oqilona va barqaror bo‘lishi shart.” 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.124из adliyangiliklari

    #Live #Adliya_xabari Ayni vaqtda “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda. ⚖️ Konferensiyada adliya vaziri Akbar Tashkulov ma’ruza qilib, mustaqillik yillarida O‘zbekiston huquqiy tizimida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtaldi. 📌 Adliya vaziri ma’ruzasidan asosiy tezislar: 🔹 O‘zbekiston mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo‘li davlat mustaqilligini mustahkamlash, milliy huquq tizimini shakllantirish hamda inson qadri, huquq va erkinliklarini davlat siyosatining markaziga olib chiqish davri bo‘ldi. 🔹 So‘nggi o‘n yillikda huquqiy davlat g‘oyasi nazariy tamoyildan kundalik davlat boshqaruvining muhim mezoniga aylandi. 🔹 2023-yilda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonning huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilandi. 🔹 Inson huquq va erkinliklarining bevosita amal qilishi, qonunchilikdagi ziddiyat va noaniqliklarning inson foydasiga talqin etilishi konstitutsiyaviy prinsip sifatida mustahkamlandi. 🔹 Sud-huquq tizimida shaxs huquqlarini kafolatlash, qiynoqlarning oldini olish, majburiy mehnatga barham berish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik va amaliyot tubdan yangilandi. 🔹 Qonun ijodkorligining ochiqligi oshirilib, hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, tartibga solish ta’sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish mexanizmlari keng joriy etildi. 🔹 Endilikdagi asosiy vazifa qonunlar sonini ko‘paytirish emas, balki ularning sifati, barqarorligi va amalda ishlashini ta’minlashdir. Eskirgan va ortiqcha talablarni bekor qilish, fuqarolar va biznes uchun huquqiy tartib-taomillarni soddalashtirish ishlari davom ettirilmoqda. 🔹 Davlat xizmatlarining asosiy qismi elektron shaklga o‘tkazilib, fuqarolardan davlat organlarida mavjud ma’lumotlarni qayta talab qilish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. 🔹 2026-yilning birinchi yarmida 460 mingdan ortiq notarial harakat masofadan turib rasmiylashtirildi. Davlat xizmatlarining 90 foizi onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda. 🔹 Kelgusi bosqichda nizolarni sudgacha hal etish, mediatsiya va boshqa muqobil mexanizmlarni kengaytirish, professional yuridik yordam sifatini oshirish ustuvor vazifalardan bo‘lib qoladi. 🔹 Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va transchegaraviy munosabatlar huquq tizimi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Sun’iy intellekt va LegalTech imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi avlod huquqiy ekotizimini shakllantirish maqsad qilingan. “Bizning maqsadimiz — shunday huquqiy tizimni barpo etishki, unda qonun inson uchun murakkab to‘siq emas, balki uning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan ishonchli vosita bo‘lsin.” 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa) — tgindex