tgindex
ADLIYA YANGILIKLARI

ADLIYA YANGILIKLARI

Статистика
@adliyangiliklariВидеоузбекский

Adliya vazirligi 🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5 🌐 https://gov.uz/oz/adliya 📞1008 ☎️ (71)-207-04-38 📥 info@adliya.uz 📲 www.facebook.com/minjustuz 📲 www.youtube.com/c/Adliya 📲 www.instagram.com/adliyanews 🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat

Последний пост
17:04
Последнее чтение
17 авг.
Постов за неделю
96
Всего постов
1 182
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
16 217
−38 за 6 дн.
Сутки
−2
−0,01%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 398
40 постов
Вовлечённость
14,8%
к подписчикам
Постов в день
13,7
всего 1 182
Упоминаний
83
каналов
Охват размещения
по 13 постам
1/24сутки в ленте
1 836
1/48двое суток
2 104
1/72трое суток
2 269

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 17:0498884

    🟦🟦🟦 📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • 15:121 628711

    #Intellektual_mulk ⚔️ Intellektual mulk nizolarini sudgacha, tezkor va kelishuv asosida hal etish imkoniyati kengaymoqda Adliya vazirligi, Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti hamda Toshkent mediatsiya markazi hamkorligida respublika bo‘ylab “IP Mediation” loyihasiga start berilmoqda. ⚖️ Loyiha intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni tomonlar uchun qulay, tezkor va o‘zaro kelishuv asosida hal etishga xizmat qiladi. ✅ Bu esa huquq egalari va tadbirkorlar uchun nizolarni ortiqcha vaqt va xarajatlarsiz, murosaga asoslangan tartibda hal etishning yana bir samarali mexanizmini yaratadi. 🎥 “IP Mediation” qanday ishlaydi? Batafsil — videoda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • 10:471 15928

    Auksionda yer sotib olgan tadbirkor qurilishni boshlash uchun 6 oydan 1 yilgacha hujjat yig‘ib yurishiga barham beriladi. Endi hokimlar yerni qurilish ruxsati, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyihasi bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqaradi. Bunday yerni olgan tadbirkor qurilishni darhol boshlashi mumkin bo‘ladi. Infratuzilma yig‘imi bo‘yicha avans ham 20 foizdan 5 foizga tushiriladi. Banklar balansidagi 9 trillion so‘mlik 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. Uni sotib olgan tadbirkor bir yil yer va mulk solig‘ini to‘lamaydi. Birinchi navbatda mahalliylashtiriladigan 50 ta mahsulot ro‘yxati shakllantirildi. Ularni o‘zlashtirish uchun Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalarining bir qismida “Bond sanoat zonalari” tashkil etiladi. Bu zonalarga xomashyo va butlovchi qismlarni olib kirishda barcha soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Mahalliylashtirish darajasi 30-40 foizdan oshsa, mahsulotni ichki bozorga chiqarishda ham imtiyozli shartlar qo‘llanadi. “Bond sanoat zonalari”da zamonaviy R&D markazlari, laboratoriya, muhandislik va texnologik xizmatlar yagona zanjirda ishlaydi. Tadbirkorlarga infratuzilmali tayyor binolar taqdim etish uchun 50 million dollar ajratiladi. Facebook|Instagram|X

  • 09:571 797414

    #Adliya_xabari ⚔️ FHDY xizmatlari yangi modelga o‘tmoqda: davlat xizmati fuqaroning o‘ziga yaqinlashmoqda ✅ Raqamlashtirishning haqiqiy natijasi — xizmatning shunchaki onlayn bo‘lishida emas. Fuqaroning vaqti tejalishi, navbat va ortiqcha ovoragarchilik kamayishi, xizmatning tez va qulay ko‘rsatilishida. 📊 2026-yilning birinchi yarim yilligida: 🔹 FHDY tizimi orqali qariyb 600 mingta xizmat ko‘rsatildi; 🔹 nikohni qayd etish uchun arizalarning 40 foizdan ortig‘i onlayn topshirilmoqda; 🔹 92 mingdan ortiq nikoh rasmiy qayd etildi; 🔹 393 mingdan ortiq tug‘ilish holati qayd etildi; 🔹 Shayxontohur tumanida nikohni qayd etish uchun ariza berish jarayoni tajriba tariqasida 100 foiz onlayn shaklga o‘tkazildi. 💻 Bugun elektron ariza, avtomatlashtirilgan ma’lumot almashinuvi va yagona elektron arxiv orqali “fuqaro davlat idorasiga boradi” degan eski modeldan “davlat xizmati fuqaroning o‘ziga yaqinlashadi” degan yangi modelga o‘tilmoqda. 📖 FHDY tizimida yana qanday raqamli imkoniyatlar yaratilmoqda? Bu o‘zgarishlar fuqarolarning vaqti va xarajatini qanchalik tejaydi? “Yangi O‘zbekistonda inson manfaati uchun yangilanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimi” maqolasida batafsil tanishing. 👉 Maqolani to‘liq o‘qish 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • 08:091 10813

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. – Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun! – dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X

  • 07:053 17013

    без подписи

  • 07:053 24013

    без подписи

  • 07:053 22813

    без подписи

  • 07:053 09913

    без подписи

  • 07:053 09413

    без подписи

  • 07:052 885413

    #Adliya_xabari ⚔️ Sifatli ta’lim — avvalo, munosib sharoitdan boshlanadi ✅Yangi o‘quv yilida o‘quvchi darsga kirganda uni zamonaviy, qulay va sifatli ta’lim olish uchun tayyor muhit kutib olishi kerak. 🏫 Shu maqsadda TDYU huzuridagi Samarqand viloyati akademik litseyida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rilib, o‘quv binosida ta’mirlash va sharoitlarni yaxshilash ishlari olib borilmoqda. 📚 Natijada o‘quvchilar uchun: 🔹 qulay va munosib ta’lim muhiti yaratiladi; 🔹 o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun sharoitlar yaxshilanadi; 🔹 yangi o‘quv yilini yangilangan va tayyor binoda boshlash imkoniyati ta’minlanadi. ⚔️Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, asosiy e’tiborni ta’mirlashni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratishga qaratdi. 💬 Chunki ta’limdagi har bir yaxshilangan sharoit — yoshlarning bilim olishi, rivojlanishi va kelajagi uchun yaratilgan imkoniyatdir. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • 06:512 034227

    “Buxoro sho‘rdanaklari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi 📌 Buxoro sho‘rdanaklari — ko‘p asrlik o‘zbek milliy pazandachilik va dehqonchilik an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ziga xos ta’mi, sifati va tayyorlash usuli bilan ajralib turadigan an’anaviy mahsulotlardan biridir. Sho‘rdanak tayyorlash madaniyati Buxoro vohasida avloddan-avlodga o‘tib, bugungi kungacha saqlanib kelmoqda. 🌿 “Buxoro sho‘rdanaklari”ning o‘ziga xos xususiyatlari hududning tabiiy-iqlim sharoiti, mahalliy xomashyo hamda uni tayyorlashning an’anaviy usullari bilan chambarchas bog‘liq. Tarixan ushbu mahsulot Buxoro vohasida tayyorlanib, turli hududlarga keng tarqalgan. ⚖️ “Buxoro sho‘rdanaklari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani ushbu nomning huquqiy muhofazasini ta’minlaydi. 🔒 Natijada: ✅ mahsulotning Buxoro hududiga mansubligi va o‘ziga xos xususiyatlari himoya qilinadi; ✅ iste’molchilar uchun mahsulotning kelib chiqishi va haqiqiyligini aniqlash imkoniyati oshadi; ✅ Buxoro sho‘rdanaklarini mahalliy va xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun huquqiy asos mustahkamlanadi. 📈 Mazkur geografik ko‘rsatkichning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi Buxoro viloyatining milliy gastronomik merosini asrash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, hududiy brendni rivojlantirish hamda mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. 📚 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan geografik hududga mansubligini hamda uning sifati, obro‘si yoki boshqa xususiyatlari aynan shu hududga xos tabiiy sharoitlar yoki inson omillari bilan bog‘liqligini ifodalovchi intellektual mulk obyektidir. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • 17 авг.2 0178

    #Adliya_xabari ⚖️ Adliya vaziri Xorazmda: davlat xizmatlarining sifati va fuqarolar uchun qulayliklar e’tibor markazida 📣 Adliya vaziri Akbar Tashkulov Xorazm viloyatida Xiva shahar, Xiva va Xonqa tuman adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi. 🔹 Davlat xizmatlari markazlari, FHDY, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari hamda notariuslar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy va davlat xizmatlarining sifati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va xizmat ko‘rsatish jarayonlari ko‘rib chiqildi. 🔰 Asosiy e’tibor: — fuqarolarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish; — davlat xizmatlarini raqamlashtirish va onlayn xizmatlar ulushini oshirish; — fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish; — elektron platformalarni aholi uchun yanada sodda va qulay qilish masalalariga qaratildi. ✅ Shuningdek, “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” tizimida ish yuritish amaliyoti bilan tanishildi. 💬 Adliya xodimlarining taklif va fikrlari tinglanib, my.gov.uz portalidan foydalanish bo‘yicha fuqarolar ko‘nikmalarini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda raqamli transformatsiyani jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Asosiy maqsad — fuqaroga qulay, tezkor va zamonaviy davlat xizmatlarini ta’minlash. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • 17 авг.2 0777

    без подписи

  • 17 авг.2 0639

    без подписи

  • 17 авг.1 9048

    без подписи

  • 17 авг.1 8758

    без подписи

  • 17 авг.1 8707

    без подписи

  • 17 авг.1 8318

    без подписи

  • 17 авг.1 8277

    без подписи