Namangan viloyati adliya boshqarmasi yangiliklari
СтатистикаKanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi Instagram: https://www.instagram.com/adliyanamangan/ Facebook: https://www.facebook.com/namanganviloy
- Последний пост
- 08:05
- Последнее чтение
- 06:22
- Постов за неделю
- 113
- Всего постов
- 1 224
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Спорт (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 156
- 1/48двое суток
- 178
- 1/72трое суток
- 192
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Bilasizmi ✅ Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar quyidagi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinadi: 🔸 xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta, kasbiy ta’lim va malaka oshirish ta’limini olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari; 🔸 O‘zbekiston hududida alohida bo‘linmalari (filiallari) yoki qo‘shma ta’lim dasturlari asosida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan xorijiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari; 🔸 ro‘yxati har yili tasdiqlanadigan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari; 🔸 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash uchun O‘zbekiston vazirliklari, idoralari hamda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarning mablag‘lari hisobidan ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari; 🔸 1992-yil 1-yanvargacha xorijiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan talabgorlarning hujjatlari va boshqalar. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Xodimga intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran qancha muddatdan kechiktirmay qo‘llanishi mumkin?
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri yuritiladi Qonun (O‘RQ–1168-son, 17.08.2026-y.) ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 📚 “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, tadbirkorlar qonunchilikda belgilangan tartibda energiya manbalariga ulanish va ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilandi. 🔎 Tadbirkorlar zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi normativ hujjatlar loyihalari bevosita tadbirkorlar hamda ular birlashmalari ishtirokida muhokama qilinishi ko‘zda tutildi. ⏳ Tadbirkorlik subyektining faoliyati quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: 🤓 o‘zining arizasiga asosan; 🤓 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga – nazorat qiluvchi organlar tomonidan; 🤓 10 ish kunidan ortiq, lekin 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga – sud tomonidan. 🧾 Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjatlar va normativ-texnik hujjatlar bilan belgilangan barcha majburiy talablar davlat tomonidan Majburiy talablar reyestriga kiritiladi. 📈 Majburiy talablar reyestriga ma’lumotlar tegishli sohadagi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritiladi. 🏛 Adliya vazirligi Majburiy talablar reyestrining operatori hisoblanadi. 🚫 Tadbirkorlik subyektlari Majburiy talablar reyestriga kiritilmagan talablarni bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi. 📌 Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari ⚖️ “Madad” — huquqiy yechim izlaganlar uchun ishonchli manzil! ✅ Har bir insonning muammosi turlicha. Ammo huquqiy yechim izlayotgan insonning ehtiyoji bitta — o‘z vaqtida malakali huquqiy yordam olish. 📊 Joriy yilning o‘zida 303 mingdan ortiq fuqaroning huquqiy masalalariga yechim topishda ko‘maklashildi. 🏢 Eng muhimi, huquqiy yordam faqat bitta ofis bilan cheklanmaydi. Respublikaning barcha hududlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari faoliyat yuritadi. Ularda fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish, zarur hollarda nizolarni sudgacha yoki sud orqali hal etish uchun protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish yo‘lga qo‘yilgan. (Advice.uz) 🤝 Muammo turlicha. Maqsad bitta — qonuniy yechim topish. 💬 Yechim izlayapsizmi? Sizga “Madad” bor! 🎥 Batafsil — videoda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
без подписи
без подписи
#Adliya_hudud 🔰 Nizoli oilalarni yarashtirish yo‘lida hamkorlik ishlari olib borilmoqda To‘raqo‘rg‘on tumanida oilaviy nizolarni bartaraf etish, oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda. 📍 Yettikon va Shirinbuloq mahallalarida tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudirasi hamkorligida nizoli oilalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Jarayon davomida oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, taraflarni yarashtirish, mavjud muammolarga huquqiy yechim topish hamda oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va mas’uliyatni mustahkamlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi. 🤝 Bunday amaliy tadbirlar nizolarning oldini olish, oilalarni asrab qolish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🏢 Namangan viloyati adliyaboshqarmasi Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring Youtube | Facebook | Telegram | Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Adliya_hudud 📚Huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda Xalq deputatlari Chust tuman Kengashi va tuman adliya bo‘limi hamkorlikda joriy yilning 12-avgust kuni tumandagi "Yettiqo‘rg‘on" MFYda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi 937-son Qonuni yuzasidan targ`ibot tadbiri o‘tkazildi. 📖Targ‘ibot davomida, qonun doirasida bir marttalik to‘lovga chiqarilgan fuqarolar va mahalla yettiliga Qonunning mazmun-mohiyati, imtiyoz va qulayliklari tushuntirib berildi. Shuningdek, PQ–1-sonli qarorning mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalar, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, uning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish,fuqarolarning qonun bilan belgilangan huquq va burchlari yuzasidan targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. 🏢 Namangan viloyati adliyaboshqarmasi Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring Youtube | Facebook | Telegram | Instagram
#Adliya_xabari ⚔️ Yangi O‘zbekistonning huquqiy poydevori bugun auditoriyalarda ham yaratilmoqda ✅ Huquqiy davlatni faqat qonunlar emas, avvalo, shu qonunlarni yaratadigan, qo‘llaydigan va himoya qiladigan bilimli, mas’uliyatli hamda zamonaviy fikrlaydigan huquqshunoslar barpo etadi. Shu bois yuridik ta’limni takomillashtirish bugun strategik vazifaga aylanmoqda. 🎓 Yuridik ta’lim tizimida yangi avlod huquqshunoslarini tayyorlash uchun qator muhim yangiliklar joriy etilmoqda: 🔹 “litsey – universitet” uzluksiz ta’lim klasteri shakllantirilmoqda; 🔹 oliy ma’lumotga ega shaxslar uchun yurisprudensiya bo‘yicha ikkinchi mutaxassislik imkoniyati yaratildi; 🔹 “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” yo‘nalishlariga qabulda xalqaro standartlarga mos IQ test joriy etildi; 🔹 Toshkent davlat yuridik universiteti THE World Impact Rankings TOP-400 tarkibidan joy oldi; 🔹 ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va “Huquqiy texnologiyalar va sun’iy intellekt laboratoriyasi”ni tashkil etish belgilangan; 🔹 xorijiy universitetlar bilan 8 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishida double degree dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. 📖 Yangi davr huquqshunosi qanday bo‘lishi kerak? Yuridik ta’limdagi bu o‘zgarishlar kelajak yuristlariga qanday imkoniyatlar yaratadi? “Mustahkam yuridik ta’lim – huquqiy davlatning poydevori” maqolasida yuridik ta’limning buguni va kelajagi haqida batafsil tanishing. 👉 Maqolani to‘liq o‘qish 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
‼️ Telegramingizni o‘g‘irlashdimi? Sizga uni 30 soniyada tiklashni o‘rgatamiz Juda kerakli ma’lumot. 🏢 Namangan viloyati adliyaboshqarmasi Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring Youtube | Facebook | Telegram | Instagram
#Adliya_xabari #Adliya_va_yoshlar ⚔️ Adliya tizimida yoshlar uchun qanday imkoniyatlar bor? Bugun adliya tizimida yosh kadrning bilimi, salohiyati va natijasi uning professional o‘sishi uchun asosiy mezonlardan biriga aylanmoqda. 🎥 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi Inson resurslari shu'basi bosh maslahatchisi, 2001-yilda tug‘ilgan Salohiddin Sobirov o‘zining adliya tizimidagi karyera yo‘li va yosh xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi. Uning yo‘li hali kollejda tahsil olayotgan paytida “Yosh adliyachilar” klubidan boshlangan. Bugun esa u Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasida faoliyat yuritmoqda. 💼 Ochiq va shaffof tanlov, mentorlik va adaptatsiya, doimiy o‘qish va rivojlanish, kitobxonlik va rag‘batlantirish tizimi, “Top-50” va “Top-10” reyestrlari, markaziy apparatda ishlash hamda xorijda stajirovka o‘tash imkoniyatlari — bularning barchasi yoshlarning professional o‘sishi uchun xizmat qilmoqda. 💬 “Agar o‘z ustingizda ishlab, tinimsiz mehnat qilsangiz, adliya tizimida professional o‘sish uchun barcha sharoitlar yaratilgan!” ▶️ Bir yosh xodimning karyera yo‘li va adliya tizimidagi imkoniyatlar — videoda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Quyidagilarning qaysi biri reklama to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq emas?
Shaxsga doir ma'lumotlar bilan bog'liq holatlarni o'rganish bo'yicha SO'ROVNOMA 🔐📱 📣 Hurmatli fuqarolar! Bugungi kunda banklar, mobil aloqa operatorlari, internet-do'konlar, davlat xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli xizmatlardan foydalanishda shaxsga doir ma'lumotlar (telefon raqami, pasport ma'lumotlari, yashash manzili, bank kartasi ma'lumotlari va boshqalar) taqdim etilmoqda. Mazkur so'rovnoma fuqarolarning shaxsga doir ma'lumotlari bilan bog'liq amaliy tajribasi, uchrayotgan muammolar, tashkilotlarga murojaat qilish amaliyoti hamda ushbu sohadagi huquqlar to'g'risidagi xabardorlik darajasini o'rganish maqsadida o'tkazilmoqda. 👉 So'rovnomada ishtirok etish uchun havola: 🔗 https://forms.gle/tGTKnWYCcweA7tUK8 🔒 So'rovnoma anonim hisoblanadi. ❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim! 🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat!
#Adliya_ayoli_2026 🌷 “Adliya ayoli” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi ✨ Tadbir yakuniga ko‘ra, Turg‘unova Shodiya Shuhratjon qizi tanlovning viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Adliya ayoli” tanlovining Respublika bosqichida Namangan viloyati sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. 🏢 Namangan viloyati adliyaboshqarmasi Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring Youtube | Facebook | Telegram | Instagram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Ma’muriy sud ishlarini yuritishda dastlabki eshituv instituti joriy etiladi Qonun (O‘RQ–1165-son, 14.08.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 🔘 Qonun bilan iqtisodiy sudlarning ma’muriy boshqaruv tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi. 📚 Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ma’muriy sudlar ma’muriy ishlarning muhokamasi chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 180 va 181-moddalaridagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishi belgilandi. 📖 Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksga ishonchning huquqiy himoyasi prinsipi kiritildi. 📜 Shu bilan birga, ma’muriy sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etildi. 🔎 Unga ko‘ra, ma’muriy organlar, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda shaxslarning huquqlari va manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida dastlabki eshituv o‘tkaziladi. ✉️ Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 20 kundan kechiktirmay o‘tkazadi. 📄 Dastlabki eshituvni o‘tkazish chog‘ida sudya: 🔹 arizachining talablari va javobgarning e’tirozlarini aniqlashtiradi; 🔹 arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi; 🔹 arizachiga zarur dalillarni hamda javobgarga fikrini yozma ravishda taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar beradi; 🔹 arizadagi talablar va ishdagi dalillarga dastlabki huquqiy baho beradi. 🧾 Dastlabki eshituv natijasiga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirish yoki kelishuv bitimini tasdiqlash yoxud ish bo‘yicha sud muhokamasini tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
без подписи