tgindex
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Статистика

Rasmiy sahifa. ▪️Veb-sayt: http://anticorruption.uz ▪️Facebook: https://www.facebook.com/anticorruptionUzb/ ▪️Instagram: https://www.instagram.com/anticorruption.uz ▪️Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCFLAcJYyHcpcPhHXnKddfKA

Последний пост
17 авг.
Последнее чтение
04:41
Постов за неделю
30
Всего постов
54
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
9 211
+20 за 5 дн.
Сутки
+11
+0,12%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 650
40 постов
Вовлечённость
17,9%
к подписчикам
Постов в день
4,3
всего 54
Упоминаний
67
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 507
1/48двое суток
1 727
1/72трое суток
1 862

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun “Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: surishtiruv jurnalistikasi va muqobil monitoring” tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda. Tanlovga fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi yo‘nalishlar bo'yicha loyihalari qabul qilinadi: 1. “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilish va muqobil baholash tizimini yo‘lga qo‘yish” • BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablarini monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish; • Konvensiya qoidalarining bajarilishi yuzasidan muqobil hisobotni tayyorlash (4 ta modda bo‘yicha) va o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilish; • Monitoring natijalari yuzasidan taqdimot va muhokama tadbirini tashkil etish. 2. “Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida surishtiruv jurnalistikasini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish” • Korrupsiyaga oid surishtiruv jurnalistikasini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish; • Surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha amaliy qo‘llanma va namunaviy materiallar to‘plamini tayyorlash; • Metodologiya taqdimoti va muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq tadbirni tashkil etish. Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 100 000 000 so‘mgacha. Hujjatlar 2026-yilning 19-avgustga qadar qabul qilinadi. Tanlov shartlari haqida batafsil ma'lumot bu yerda. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

  • 14 авг.1 15314

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

  • 14 авг.1 51613

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

  • 13 авг.1 70714

    без подписи

  • 13 авг.1 71514

    без подписи

  • 13 авг.1 72414

    без подписи

  • 13 авг.1 64214

    без подписи

  • 13 авг.1 59914

    без подписи

  • 13 авг.1 58514

    без подписи

  • 13 авг.1 58414

    без подписи

  • 13 авг.1 56814

    без подписи

  • 13 авг.1 61614

    без подписи

  • 13 авг.1 43314

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanini “korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha Dastur ijrosi o‘rganildi. Ma‘lumot uchun: Dastur korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt oldini olish, raqamlashtirish darajasini oshirish, davlat idoralari faoliyatini ochiq, shaffof va hisobdorligini ta’minlashga qaratilgan 98 ta chora-tadbirni qamrab olgan. O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: - tuman tibbiyot birlashmasida xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, dori vositalarini elektron hisobga olish hamda ular harakatini to‘liq nazorat qilishga qaratilgan “DMED” axborot tizimi joriy etilgani qayd etildi. Dastur doirasida 286 mingdan ortiq fuqarolarning ma’lumotlari axborot tizimiga kiritilgan bo‘lib, u orqali joriy yilning 7 oyida 880499 ta tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan va 36499 nafar bemorlarga elektron retsept yozilgan; - ishchi guruh tomonidan tumandagi 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ham o‘rganildi. Mazkur tashkilotda tarbiyalanuvchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash xizmati autsorsing asosida tashkil etilgan bo‘lib, ovqatlantirish xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida belgilangan talablarga rioya qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarining qabul qilinishi, saqlanishi va sarflanishi, tayyorlanayotgan taomlarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, shuningdek, resurslardan maqsadli foydalanish holatiga e’tibor qaratildi; O‘rganish yakunlari bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari ishtirokida tuman tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati tanqidiy muhokama qilindi. Muhokama davomida mas’ul rahbarlarning amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, har bir band ijrosi bo‘yicha shaxsiy javobgarlikni va nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

  • 13 авг.1 6775

    без подписи

  • 13 авг.1 6955

    без подписи

  • 13 авг.1 6775

    без подписи

  • 13 авг.1 7035

    Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi. — Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе подготовки к очередному открытому диалогу с предпринимателями. #Mirziyoyev #hisobot #tadbirkorlik #ochiqmuloqot ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

  • 13 авг.3 20822

    Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda korrupsiyaning oldini olish, korrupsiogen xavf-xatarlarni baholash hamda ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning birinchi yarim yilligida: - 106 ta funksiya tahlil qilinib, 1 ta "yuqori", 10 ta "o‘rta" va 95 ta "past" darajadagi korrupsiogen xavf aniqlandi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi; - manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash natijasida 35 ta holat o‘z vaqtida bartaraf etildi; - davlat xaridlari sohasida 393 ta kontragent o‘rganilib, 1115 ta xo‘jalik shartnomasi tahlil qilindi hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarlarni barvaqt aniqlash hisobiga mablag‘larning maqsadsiz sarflanishining oldi olindi; - korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida 256 ta monitoring va o‘rganishlar, shuningdek 94 ta xizmat tekshiruvlari o‘tkazildi; - o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 71 nafar xodimga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi, 14 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi, 2 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi; - sohada inson omilini qisqartirish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida elektron tizimlar soni 16 tadan 24 taga yetkazildi Ma‘lumot uchun: Huquqiy eksperiment doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan. Batafsil infografikada. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

  • 12 авг.1 81012

    без подписи

  • 12 авг.1 81112

    без подписи