tgindex
SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI (rasmiy)

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI (rasmiy)

Статистика

Samarqand viloyat adliya boshqarmasining telegram kanali. Бизни кузатинг: https://www.facebook.com/groups/1845889768777670

Последний пост
03:55
Последнее чтение
20:00
Постов за неделю
101
Всего постов
738
Тип
открытый
Язык
русский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
4 756
−11 за 3 дн.
Сутки
−2
−0,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
286
40 постов
Вовлечённость
6,0%
к подписчикам
Постов в день
14,4
всего 738
Упоминаний
163
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
249
1/48двое суток
285
1/72трое суток
307

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • Bugun,  15 - avgust kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo: ☀️ +39°...+27°, Ochiq havo Hozir: ☀️ +27°, ↖️ 2.3 m/s Tong: ☀️ +32° Kun: ☀️ +38° Oqshom: ☀️ +36° Namlik: 10% Shamol: Shimoliy, 3.1 m/s Bosim: 756 mm sim. ust. Oy: O'sayotgan oy Quyosh chiqishi: 05:44 Quyosh botishi: 19:29 Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • #Live #Adliya_xabari ⚔️ “Huquqiy davlat faqat qonunlar soni bilan emas, ularning sifati va asoslanganligi bilan ham baholanadi” ✅“Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov ma’ruza qildi. 💬 Ma’ruzada yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonning huquqiy davlat sifatidagi konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlangani, qonunlar nafaqat ustuvor, balki adolatli, oqilona va inson huquqlariga hurmat tamoyillariga asoslangan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. 📋 Shu maqsadda tadbirkorlik sohasidagi 42 mingdan ortiq majburiy talab qayta ko‘rib chiqilmoqda. Nomaqbul deb topilgan 2 500 dan ortiq talabni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, 1 600 dan ortig‘i bekor qilindi. 📊 Dalillarga asoslangan norma ijodkorligi va tartibga solish ta’sirini baholash natijasida 2021–2025-yillarda qariyb 10 trln so‘mlik, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 1 trln so‘mlik ortiqcha xarajatlarning oldi olindi. 📈 Qonunlarning amalda qanday natija berayotganini aniq ko‘rsatkichlar orqali o‘lchash maqsadida “qonun uchun KPI” tizimi yo‘lga qo‘yildi. 2025-yilda 100 ga yaqin qonunchilik hujjatining samaradorligi baholandi. 🤖 Shuningdek, norma ijodkorligida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, jumladan, “Law as Code” — “Qonun — kod sifatida” yondashuvini joriy etish istiqbollari qayd etildi. Huquqiy sohada innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan “Huquqiy innovatsiyalar laboratoriyasi”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda. 🇺🇿 “Biz qurayotgan davlatda qonunlar nafaqat ishlashi, balki eng avvalo adolatli, oqilona va barqaror bo‘lishi shart.” 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #Live #Adliya_xabari Ayni vaqtda “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda. ⚖️ Konferensiyada adliya vaziri Akbar Tashkulov ma’ruza qilib, mustaqillik yillarida O‘zbekiston huquqiy tizimida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtaldi. 📌 Adliya vaziri ma’ruzasidan asosiy tezislar: 🔹 O‘zbekiston mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo‘li davlat mustaqilligini mustahkamlash, milliy huquq tizimini shakllantirish hamda inson qadri, huquq va erkinliklarini davlat siyosatining markaziga olib chiqish davri bo‘ldi. 🔹 So‘nggi o‘n yillikda huquqiy davlat g‘oyasi nazariy tamoyildan kundalik davlat boshqaruvining muhim mezoniga aylandi. 🔹 2023-yilda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonning huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilandi. 🔹 Inson huquq va erkinliklarining bevosita amal qilishi, qonunchilikdagi ziddiyat va noaniqliklarning inson foydasiga talqin etilishi konstitutsiyaviy prinsip sifatida mustahkamlandi. 🔹 Sud-huquq tizimida shaxs huquqlarini kafolatlash, qiynoqlarning oldini olish, majburiy mehnatga barham berish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik va amaliyot tubdan yangilandi. 🔹 Qonun ijodkorligining ochiqligi oshirilib, hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, tartibga solish ta’sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish mexanizmlari keng joriy etildi. 🔹 Endilikdagi asosiy vazifa qonunlar sonini ko‘paytirish emas, balki ularning sifati, barqarorligi va amalda ishlashini ta’minlashdir. Eskirgan va ortiqcha talablarni bekor qilish, fuqarolar va biznes uchun huquqiy tartib-taomillarni soddalashtirish ishlari davom ettirilmoqda. 🔹 Davlat xizmatlarining asosiy qismi elektron shaklga o‘tkazilib, fuqarolardan davlat organlarida mavjud ma’lumotlarni qayta talab qilish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. 🔹 2026-yilning birinchi yarmida 460 mingdan ortiq notarial harakat masofadan turib rasmiylashtirildi. Davlat xizmatlarining 90 foizi onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda. 🔹 Kelgusi bosqichda nizolarni sudgacha hal etish, mediatsiya va boshqa muqobil mexanizmlarni kengaytirish, professional yuridik yordam sifatini oshirish ustuvor vazifalardan bo‘lib qoladi. 🔹 Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va transchegaraviy munosabatlar huquq tizimi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Sun’iy intellekt va LegalTech imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi avlod huquqiy ekotizimini shakllantirish maqsad qilingan. “Bizning maqsadimiz — shunday huquqiy tizimni barpo etishki, unda qonun inson uchun murakkab to‘siq emas, balki uning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan ishonchli vosita bo‘lsin.” 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • #Adliya_xabari ⚔️ Bitta notarial harakat uchun yuzlab kilometr yo‘l bosish shartmi? Xizmat safaridasiz. Ammo boshqa hududdagi notarial harakatda sizning ham ishtirokingiz kerak. Safarni to‘xtatib, ortga qaytish shartmi? ❌ Endi shart emas. 💻 Ayrim notarial harakatlarni boshqa hududda, hatto xorijda turgan holda ham videokonferensaloqa orqali masofadan rasmiylashtirish imkoniyati mavjud. ⏱️ Bu — ortiqcha yo‘l va ovoragarchiliksiz, vaqtni tejagan holda huquqiy masalani hal qilish imkoniyati. 🚘 Safar — davom etadi. ✅ Ish — hal bo‘ladi. ❓ Qanday qilib? Qaysi notarial harakatlarni videokonferensaloqa orqali amalga oshirish mumkin? 🎥 Batafsil — rolikda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #Jarayon 📊 Hay’at majlisi davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilanmoqda. Dastlab, kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari O.Shodikulovning axboroti eshitilmoqda. Bizni kuzating: 📱Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #Adliya_xabari 📍Boshqarmada 2026-yilning birinchi yarim yilligi sarhisob qilinmoqda. Ayni paytda viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 2026-yilning birinchi yarim yilligida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda. Hay’at majlisida boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, DXM va YXKM, FHDY bo‘limlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etmoqda. Bizni kuzating: 📱Veb-sayt | 📱Telegram | 📱Facebook | 📱 Instagram

  • #Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyati tartibga solindi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun (O‘RQ–1166-son, 14.08.2026-y.) qabul qilindi. 🔰 Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining (Administratsiya) faoliyatini tartibga solishdan iborat. 🏛 Administratsiya Prezidentning davlat boshlig‘i sifatida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi va hamkorligini ta’minlashiga ko‘maklashadigan, Prezident vakolatlarini amalga oshirishni tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organidir. 🔘 Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. ✅ Administratsiyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Administratsiya Rahbari boshchilik qiladi. 📜 Administratsiya quyidagi asosiy vakolatlarga ega: ➖ Administratsiyaga belgilangan tartibda kiritilgan qonunchilik hujjatlarini, Prezident va Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalarini yakuniy ishlab chiqishni tashkil etish; ➖ Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Administratsiya Rahbarining farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish; ➖ davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar hamda topshiriqlar berish, ularning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot talab qilish va boshqalar. 📑 Administratsiya Rahbari O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar yoki topshiriqlar chiqaradi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI (rasmiy) — tgindex