SamDChTI ARM rasmiy kanali
СтатистикаSamarqand davlat chet tillar instituti Axborot-resurs markazi Murojaat uchun: @zohid2020 @t_maxinator
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 183
- 1/48двое суток
- 209
- 1/72трое суток
- 226
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#maqola #vazir Xalqaro taʼlim standartlari – raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning yangi bosqichi Soʻnggi yillarda taʼlim sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyul kuni qabul qilingan “Respublikada xalqaro taʼlim standartlari asosida oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ayni yoʻnalishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim strategik hujjat boʻldi. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning “Xalqaro taʼlim standartlari – raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning yangi bosqichi” sarlavhali maqolasi chop etildi. 👉Maqolani o‘qish Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🟢 Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi 🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! 📹 Agar sizda kreativ g‘oya, ta’sirli hikoya yaratish mahorati bo‘lsa, ushbu tanlov aynan siz uchun! 🏆Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: • 🎥 “Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun); • 🤖 “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”; • 📞 “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”. 📌 Ishtirokchilar quyidagi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin: • “Mustaqillik mening taqdirimda”; • “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”; • “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”; • “Mening Vatanim – mening faxrim”. 💰Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin — 15 million so‘m 🥈2-o‘rin — 10 million so‘m 🥉3-o‘rin — 5 million so‘m 🗓 Ijodiy ishlar 2026-yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🎉 G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi. ✨ Qobiliyatigizni namoyon eting! Ijodiy ishlar Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (SHARAFLI YO'L 2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi. Murojaat uchun telefonlar: 71 244-37-87, 71-244-64-62. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Diqqat 2026-2027 o‘quv yili uchun Samarqand davlat chet tillar institutiga texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirib, hujjat topshirgan abituriyentlar uchun suhbat jarayoni joriy yil 12-avgust kuni soat 10:00 da Samarqand shahar, Gagarin ko'chasi, 43-uyda joylashgan institut o'quv binosida o'tkaziladi. Abituriyentlar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini olib kelishlari so'raladi. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Qabul2026 ❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlash! Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud. 📥 Tanlovni amalga oshirish va tasdiqlash tartibi: 1️⃣ Rasmiy my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi; 2️⃣ “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limi tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” hamda “OTT tanlash” tugmalari bosiladi; 3️⃣ Tanlov ustuvorligi hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabul bo‘yicha tanlov belgilanadi; 4️⃣ Fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllari tanlanib, “Saqlash” tugmasi bosiladi; 5️⃣ Telefon raqamga yuborilgan SMS-kod kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Eslatma: Tanlov ma’lumotlarini 8-avgustga qadar istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi. Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo o‘z ballingiz, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, tanlov yakunlangach shakllangan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Barcha abituriyentlarga to‘g‘ri tanlov va omad tilaymiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Rektor_murojaati Samarqand davlat chet tillar instituti rektorining kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etish yuzasidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaati 👉 Murojaat bilan tanishish Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
“Mahbub ul-qulub”, “Oʻtkan kunlar”, “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” – Rektorlar qanday kitob oʻqiydi? Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqova hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov qanday kitoblarni mutolaa qiladi? Ularning mulohozalarini va tavsiyalarini bir kontentga jamladik. Videoning sifatli variantini mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Talaba_Expo_2026 #samarqand #Sarhisob “Talaba Expo – 2026” kasb ko‘rgazmasi Samarqandda Joriy yilning 2-iyul kuni Samarqand shahrida oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “Talaba Expo – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 300 dan ortiq ish beruvchi korxona va tashkilotlar ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga 2500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Ko‘rgazmada Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan 12 mingga yaqin talaba-yoshlar qatnashdi. Kun davomida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi, ishlab chiqarish korxonasiga tanishuv tashrifi, taqdirlash marosimi hamda madaniy tadbirlar tashkil etildi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/187173 👉На руcском 👉In English Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Diqqat_muhim #Qabul_2026 Hurmatli abituriyentlar! Samarqand davlat chet tillar institutida 2026/2027-oʻquv yili qabul jarayoni doirasida Jurnalistika (Xalqaro jurnalistika) yoʻnalishi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish jadvali tasdiqlandi. Imtihonlarning oʻtkazilish vaqti, manzili hamda boshqa batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: 👉 Batafsil tanishish Barcha abituriyentlarimizga imtihonlarda ulkan zafarlar tilaymiz! Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Tabrik 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqovning talaba yoshlarga tabrigi Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Tabrik Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Bahodir Xoliqovning 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan institutning Xalqaro jurnalistika ta'lim yoʻnalishi talabalari – bo‘lg‘usi jurnalistlar va ularning muhtaram ustozlari, qalamkash hamkasblarga tabrigi Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
🗣Oliy taʼlim xodimlari va pedagoglar uchun yangi imkoniyat Raqamli transformatsiya sharoitida taʼlim jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini samarali joriy etish dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda oliy taʼlim tizimi pedagoglari hamda soha mutaxassislari uchun “Pedagoglarning kasbiy faoliyatida sunʼiy intellekt” nomli qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi ishlab chiqildi. Kurs tinglovchilari: Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda soha mutaxassislari. Kurs davomida ishtirokchilar: ⚫️ sunʼiy intellektni tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishadi; ⚫️ sunʼiy intellekt modellaridan taʼlim jarayonida foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻladi; ⚫️ darslarni zamonaviy va interaktiv tashkil etish hamda taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi yondashuvlarni oʻzlashtiradi. Kursning afzalliklari: ✔️Mutlaqo bepul; ✔️ Masofaviy taʼlim shaklida, istalgan vaqt va istalgan joydan oʻqish imkoniyati; ✔️ 20 dan ortiq videodarslar hamda amaliy oʻquv materiallari. Kurs mualliflari: Mazkur kurs Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi, Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti mutaxassislari hamkorligida ishlab chiqilgan. Kasbiy kompetensiyalaringizni zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan boyitish imkoniyatidan foydalaning. 🔗 Kurs havolasi: https://mk.bimm.uz/courses/pedagoglarning-kasbiy-faoliyatida-suniy-intellekt Mazkur imkoniyat haqida hamkasblaringizni ham xabardor qilishingizni soʻraymiz. Markazning rasmiy sahifalari: Veb sayt | Telegram | Instagram |YouTube | Facebook
#Abituriyent #Statistika #Qabul_2026 ⚡️Bugun qabulning so‘nggi kuni Bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonini imkon qadar oxirgi soatlarga qoldirmasdan, ertaroq amalga oshirish tavsiya qilinadi. Kun yakunida serverga yuklama ortishi sababli kutilmagan texnik nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. ❗️To‘lovni amalga oshirishni ham unutmang! To‘lovni amalga oshirmagan ishtirokchilar test jarayoniga kiritilmaydi. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Diqqat Hurmatli institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, qadrli bitiruvchilar va ularning ota-onalari! Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti bitiruvchilari sizni “Graduation Gala 2026: The Chapters We Wrote” deb nomlangan tantanali bitiruv kechasiga taklif etadi. Talabalik yillarining unutilmas xotiralari, erishilgan yutuqlar va kelajak sari qo‘yilayotgan dadil qadamlarni o‘zida mujassam etgan mazkur bayramda bitiruvchilarning ilmiy, ijodiy va jamoat ishlaridagi muvaffaqiyatlari e’tirof etilib, talabalik hayotining eng yorqin sahifalari yodga olinadi. Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 43-uy. Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti binosining 6-qavatida joylashgan faollar zali. ❗️Vaqti: 2026-yilning 25-iyun kuni soat 16:00. Sizning tashrifingiz ushbu tantanali tadbirga ko‘tarinkilik va fayz bag‘ishlaydi! Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
без подписи
без подписи
без подписи
Kasbiy taʼlimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish choralari koʻrib chiqildi Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Kelgusi 3 yilda xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan xususiy o‘quv va baholash markazlari soni 50 tadan 200 taga yetkaziladi. Natijada har yili 500 ming nafargacha aholini kasb-hunarga o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek: 🔹 300 dan ortiq o‘quv dasturi xalqaro talablarga moslashtiriladi; 🔹 xususiy ta’lim markazlari uchun bojxona va soliq imtiyozlari joriy etiladi; 🔹 7 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi; 🔹 xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va sertifikatlash xarajatlari qisman qoplab beriladi; 🔹 bitiruvchilar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 5 mln dollarlik Venchur jamg‘armasi tashkil etiladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Eng uzoq masofa na Afrika, na Xitoy, na Hindiston, na sayyoralar va na kechalari porlagan yulduzlar... Eng uzoq masofa - bir birini tushunmaydigan ikki yaqinlar o'rtasidagi masofadir)
Amir Temur: birlamchi manbalar va talqinlar Buyuk sarkarda va temuriylar saltanati asoschisi Amir Temurning shaxsi, uning dunyo tarixida tutgan roli haqida qariyb olti asrdan buyon turli asarlar yozilgan va yozilmoqda. Bunday asarlarning aksari juda ziddiyatli va alohida tahlillarni talab qiladi. Aynan shu talabdan kelib chiqqan holda akademik Shuhrat Sirojiddinov Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid yozma manbalar sharhi va tahliliga bag'ishlangan turkum vieoma'ruzalar tayyorlamoqda. Manbashunos olimning dastlabki ma'ruzasi ham Amir Temur shaxsiga doir ko'plab noxolis talqinlarga barham berishni maqsad qilgan edi. Navbatdagi ma’ruzada esa XV–XVI asrlarga oid Muiniddin Natanziy, Tojiddin Salmon, Hofizi Abru asarlari, “Temurnoma” turkumidagi manbalar hamda eng bahsli asarlardan biri — “Malfuzoti Temuriy” (“Temur tuzuklari”) ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, manbalarning ishonchliligi, ularning o‘zaro aloqadorligi va Amir Temur tarixining turli davrlardagi talqinlari masalalariga e’tibor qaratiladi. 👉 Ma’ruzaning o‘zbek tilidagi matnini ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin: https://tsuull.uz/uz/content/akademik-maruzasi-0 👉 Rus tiidagi videoma'ruzani ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/DwPW0zkHXYI Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
без подписи