SamDCHTI | Rasmiy
СтатистикаSamarqand davlat chet tillar institutining rasmiy telegram kanali Axborot xizmatiga murojaat 👉 @Axborot_xizmatiga_murojaat_bot E'lonlar uchun 👉 @jurnalist_nutqi
- Последний пост
- 15:53
- Последнее чтение
- 06:00
- Постов за неделю
- 35
- Всего постов
- 669
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 340
- 1/48двое суток
- 2 681
- 1/72трое суток
- 2 892
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Xalqaro_hamkorlik #Minbar Samarqand davlat chet tillar instituti “Ijtimoiy fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi professori Ma’rifat Xamdamova joriy yilning 25-iyulidan 3-avgustiga qadar Xitoy Xalq Respublikasining Chjenchjou universitetida tashkil etilgan “Ipak yo‘li ilmiy va pedagogik malaka oshirish xalqaro yozgi maktabi” loyihasida ishtirok etib qaytdi. Chjenchjou universiteti Chet tillari va xalqaro munosabatlar instituti hamda Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti Malaka oshirish va qo‘shimcha ta’lim instituti hamkorligida tashkil etilgan mazkur dasturda zamonaviy ilmiy-pedagogik yondashuvlar va xalqaro tajriba almashinuvi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar olib borildi. Professor M. Xamdamova xalqaro yozgi maktab taassurotlari hamda o‘zining kelgusidagi rejalari haqida gapirib berdi. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Qabul_2026 #Muhim Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin Super-kontrakt miqdori quyidagicha: ➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi; ➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi; 👉 Agar 4,05 balldan ortiq ball yetmasa, tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin. 📢 Eslatma: Ushbu summalar bir necha yildan beri amal qilib keladi va yangi o'quv yili uchun o'zgarishi mumkin. ❗️ Ma'lumot uchun, Samarqand davlat chet tillar institutida Super kontrakt boʻyicha arizalar qabuli boshlangan. Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
SamDCHTI | Rasmiy pinned «#Diqqat Tabaqalashtirilgan kontrakt (Super-kontrakt) boʻyicha tanlov qanday qilinadi? ✅ Oʻqishga qabul qilinganlar uchun: Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xohishingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda…»
#Muhim #Qabul_2026 Samarqand davlat chet tillar institutida Call-markaz aloqa raqamlari faoliyati davom etmoqda O’zbekiston Respublikasida 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayonlari munosabati bilan, talabalikka tavsiya etilganlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida Call-markaz aloqa raqamlari hamda Maslahat markazi faoliyati davom etmoqda. ❗️Ish vaqti dushanba-juma 8:00 dan 17:00 gacha, shuningdek, shanba kuni 8:00 dan 16:00 gacha. ☎️ Call-markaz telefon raqamlari quyidagilar: +998662341257 +998662341258 +998662341260 Ushbu raqamlar orqali Samarqand davlat chet tillar instituti qabul jarayonlari bilan bog’liq ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Diqqat Tabaqalashtirilgan kontrakt (Super-kontrakt) boʻyicha tanlov qanday qilinadi? ✅ Oʻqishga qabul qilinganlar uchun: Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xohishingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shuki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. ✅Oʻqishga kirolmaganlar uchun: Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu 5 ta yoʻnalishdan istalganiga super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz bor. ✅Oʻqishga kirgan, lekin boshqa yoʻnalishni tanlamoqchi boʻlganlar uchun: Siz, masalan, 3-yoʻnalishga oʻqishga kirdingiz, lekin balingiz 4- va 5-yoʻnalishga ham yetar ekan. Bunda siz balingiz yetgan qolgan yoʻnalishni tanlay olmaysiz. Tavsiya etilgan uchinchi yoʻnalishda oʻqishga majbursiz, na 1-, 2-yoʻnalishlar, na 4-, 5-yoʻnalishlarda oʻqiy olasiz. Yagona imkoningiz grant yoki kontraktga kirgan boʻlsangiz faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqish mumkin. Oʻtgan yilgi tartibga koʻra, 2, 3, 4, 5-yoʻnalishlarda super-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berilmaydi. Bu yilgi tartib oʻzgarsa bu haqida xabar beriladi. ❗️ Ma'lumot uchun, Samarqand davlat chet tillar institutida Super kontrakt boʻyicha arizalar qabuli boshlangan. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#vazir_tabrigi Aziz yoshlar! 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi. Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir. Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman. Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud. Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Rektor_tabrigi Assalomu alaykum, qadrli yoshlar! Mamlakatimizda 2026–2027-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Bugun ilmga chanqoq yoshlarimiz, ularning fidoyi ota-onalari hamda jonkuyar ustozlari qalbida cheksiz quvonch va iftixor tuyg‘usi mavj urmoqda. Chunki aziz yoshlarimiz oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lishdek sharafli maqomga erishdilar. Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari safidan joy olgan, o‘z kelajagini aynan SamDCHTI bilan bog‘lagan barcha o‘g‘il-qizlarimizni ushbu yuksak zafar va muvaffaqiyat bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Siz tanlagan oliygoh o‘zining ilmiy-pedagogik salohiyati va boy tajribasi bilan bugun nafaqat respublikamizda, balki xalqaro akademik maydonda ham munosib o‘ringa ega. Institutimiz Yevropa Ta’lim Sifati Agentligi (EQAA) ekspertlari tomonidan institutsional akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, ushbu yutuq Yevropa ta’lim makonida oliygohimizning nufuzi ortib borayotganini, ta’lim sifati xalqaro standartlarga to‘liq javob berishini hamda bitiruvchilarimizning diplomlari dunyo bo‘ylab keng tan olinishini anglatadi. Shuningdek, institutimiz xalqaro Round University Ranking (RUR) reytingida dunyoning eng kuchli 1000 ta oliy ta’lim muassasasi safidan joy oldi (jahon reytingida 911-o‘rin, O‘zbekiston bo‘yicha 11-o‘rin). Yana bir nufuzli xalqaro HE Higher Education Ranking (AQSH) reytingida esa dunyo universitetlari orasida 64-o‘rinni, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida esa 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi. THE Impact Rankings – 2026 natijalariga ko‘ra, institutimiz umumiy reytingda dunyoning “Sifatli ta’lim”da 401–600-o‘rinlarni, “Gender tengligi” hamda “Sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma” yo‘nalishlarida 301–400-o‘rinlarni, UI GreenMetric World University Rankings – 2025 natijalariga ko‘ra esa 523-o‘rinni egalladi. Bugungi kunda institutimiz dunyoning rivojlangan davlatlaridagi 100 dan ortiq nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan yo‘lga qo‘yilgan mustahkam hamkorlik aloqalariga ega. Amalga oshirilayotgan akademik almashinuv dasturlari oliygohimizning ilmiy salohiyatini yuksaltirish bilan birga, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga ham ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Shubhasiz, bularning barchasi siz – yoshlarning porloq istiqbolingiz va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishingiz uchun xizmat qiladi. Sizlarni ushbu ezgu ishlarimizning munosib davomchilari sifatida ko‘rib, kelgusi o‘qish va ilmiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Samarqand davlat chet tillar institutini tanlab aslo adashmadingiz. Bu ilm maskani siz uchun yorqin kelajak va yuksak marralarga eltuvchi ishonchli ko‘prik bo‘lishiga ishonaman. Samarqand davlat chet tillar institutiga xush kelibsiz! Bahodir XOLIQOV, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Mustaqilligimizning_35_yilligiga Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Tashabbusingizni tashabbus.yito.uz ga yuboring. Tashabbuslar joriy yilning 31-avgustigacha qabul qilinadi. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Diqqat SamDCHTIda talaba yoshlarni talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish jarayonini samarali tashkil etish hamda ularga qulay sharoit yaratish maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 👉 Markaz orqali talabalar TTJga joylashish bo‘yicha zarur ma’lumot va amaliy yordam olishlari; 👉 ijara xonadonlarini topish va tanlash bo‘yicha ko‘mak olishlari; 👉 yashash joyi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli mutaxassislarning tavsiyalaridan foydalanishlari mumkin. Hurmatli talabalar! Agar siz TTJga joylashish yoki ijara xonadonini topish bo‘yicha yordamga muhtoj bo‘lsangiz, Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi”ga murojaat qilishingiz mumkin. 📍 Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 43-uy. ☎️ Murojaat uchun telefon: +998-66-234-12-61. SamDCHTI Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅Amaliyot ofisi: 5-mavsum ❗️Davlat idorasida ishlashni xohlaysizmi? Tajriba orttirish bilan birga stipendiya olish imkoniyatini ham istaysizmi? Unda Amaliyot ofisi aynan siz uchun! 🔰Amaliyot ofisi orqali Yoshlar ishlari agentligida real ish jarayonida qatnashib, amaliy tajriba orttirasiz va eng yaxshi amaliyotchilar uchun oyiga 1 mln so‘mgacha stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Sizni nimalar kutmoqda? • Yoshlar ishlari agentligida real amaliyot. • Stipendiya olish imkoniyati. • Trening, seminar va uchrashuvlar. • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish. • Kuchli jamoa va professional aloqalar. • Biznes, startap va ijtimoiy loyihalar bilan ishlash. Amaliyot vaqti: Dushanba–juma. Kuniga 6 soat. 📌 Ariza topshirish bosqichlari: 1️⃣ yoshlar.gov.uz saytiga kiring. 2️⃣ So‘rovnomani to‘ldiring. 3️⃣ CV'ingizni yuklang. 4️⃣ IQ testdan o‘ting. 5️⃣ Arizani yuboring. ☝️Muhim: Tegishli yo‘nalish bo‘yicha loyihangiz bo‘lishi zarur. ⏳Ariza topshirishning so‘nggi kuni 20-avgust! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Qo‘shimcha savollar uchun: @amaliyot_ofisi_menejer Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❓Masofaviy taʼlim shaklida oʻqish tartibi qanday? Hukumatning 2022-yil 3-oktyabrdagi 559-son qaroriga ko‘ra, oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan. Mazkur shakl bo‘yicha o‘qitish va bilim baholash jarayonlari to‘liq raqamli platformalar orqali olib boriladi. 📌Masofaviy ta’lim faqat kunduzgi ta’lim shaklida mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida tashkil etiladi. Bunda bir yo‘nalishga qabul qilinadigan talabalar soni bakalavriat uchun 300 nafardan, magistratura uchun 30 nafardan oshmasligi kerak. ✔️2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlangan. 🗓 Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qish davomiyligi kunduzgi ta’lim shakli bilan bir xil davomiylikda olib boriladi. Masofaviy ta’limda o‘quv mashg‘ulotlari sinxron (real vaqt rejimida) va asinxron (oldindan yozib olingan) shakllarda olib boriladi. ❗️Yakuniy nazorat turlari, davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasi esa an’anaviy, ya’ni yuzma-yuz shaklda o‘tkaziladi. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Samarqand_ziyosi "Samarqand ziyosi" radiosining "Mutolaa" dasturi Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
❓Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? 2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. 📌Unga ko‘ra, 31-avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya’ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat’i nazar, qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shuningdek, 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram kuni sifatida dam olinadi. Shu sababli: — 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 4 kun dam oladi; — 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 30-avgust, yakshanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 3 kun dam oladi. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи