English faculty
СтатистикаOfficial channel of English Faculty University life is about challenging, questioning, enjoying good people and good friends, and pushing yourself to the limit. Connect with us: @Jurnalist_nutqi
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 29
- Всего постов
- 272
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Языки
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 184
- 1/48двое суток
- 210
- 1/72трое суток
- 227
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Mustaqillik — buyuk va muqaddas ne’mat! O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ingliz tili fakulteti tyutori Ubaydullayeva Farangiz Rustamovnaga biriktirilgan 2521-guruh talabalari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar yurtimizning mustaqillik yillari davomida erishgan ulkan yutuqlari, tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati, Vatanga sadoqat va yoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, talabalar Registon maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan o‘zlarining samimiy tilaklari va ezgu fikrlarini ifoda etgan holda nutq so‘zladilar hamda mazkur jarayon asosida videorolik tayyorladilar. Ushbu tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va mustaqillik ne’matiga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz porloq bo‘lsin! 🇺🇿
🇺🇿 Mustaqillik — millatimizning bebaho ne’mati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ingliz tili fakulteti tyutori Ubaydullayeva Farangiz Rustamovnaga biriktirilgan 2520-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan ushbu videorolik — Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat, faxr va sadoqat ifodasidir. 🎉 35 yillik Mustaqillik — xalqimizning o‘zligini anglagan, milliy qadriyatlari va buyuk kelajagiga ishonch bilan qadam qo‘yayotganining yorqin timsolidir. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin! Mustaqilligimiz — faxrimiz, g‘ururimiz va bebaho boyligimiz! 🇺🇿 #Mustaqillik35Yil #YangiO‘zbekiston #VatanimFaxrim #2520guruh #MustaqillikBayrami
без подписи
без подписи
без подписи
2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik 2026–2027 o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish, viloyat va tumanlardan tashrif buyuruvchi talabalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti tyutorlari Z. Achilova, S. Narziyeva va Y. Mardiyevalar tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, yangi o‘quv yilida tahsil olish uchun boshqa hududlardan kelgan talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish, ularga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini topishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Talabalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi bunday ishlar yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlashga xizmat qiladi. Ingliz tili fakulteti — talaba manfaatlari yo‘lida! 🇺🇿📚
❓Masofaviy taʼlim shaklida oʻqish tartibi qanday? Hukumatning 2022-yil 3-oktyabrdagi 559-son qaroriga ko‘ra, oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan. Mazkur shakl bo‘yicha o‘qitish va bilim baholash jarayonlari to‘liq raqamli platformalar orqali olib boriladi. 📌Masofaviy ta’lim faqat kunduzgi ta’lim shaklida mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida tashkil etiladi. Bunda bir yo‘nalishga qabul qilinadigan talabalar soni bakalavriat uchun 300 nafardan, magistratura uchun 30 nafardan oshmasligi kerak. ✔️2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlangan. 🗓 Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qish davomiyligi kunduzgi ta’lim shakli bilan bir xil davomiylikda olib boriladi. Masofaviy ta’limda o‘quv mashg‘ulotlari sinxron (real vaqt rejimida) va asinxron (oldindan yozib olingan) shakllarda olib boriladi. ❗️Yakuniy nazorat turlari, davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasi esa an’anaviy, ya’ni yuzma-yuz shaklda o‘tkaziladi. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
#Samarqand_ziyosi "Samarqand ziyosi" radiosining "Mutolaa" dasturi Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
❓Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? 2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. 📌Unga ko‘ra, 31-avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya’ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat’i nazar, qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shuningdek, 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram kuni sifatida dam olinadi. Shu sababli: — 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 4 kun dam oladi; — 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 30-avgust, yaks Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Talabalar_turar_joyi Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B. Xoliqov yangi o‘quv yili hamda kuzgi-qishki mavsum oldidan oliygoh tasarrufidagi talabalar turar joylarida (TTJ) olib borilayotgan tayyorgarlik va taʼmirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ayni paytda ushbu maskanlarda talaba yoshlarning zamon talablari darajasida, shinam muhitda yashashlari, maroqli hordiq chiqarishlari hamda darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. O‘rganishlar davomida rektor talabalar uchun yaratilayotgan qulayliklarni yanada takomillashtirish, shuningdek, institut hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha masʼul shaxslarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt
без подписи