tgindex
SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL NAZORAT INSPEKSIYASI

Статистика

Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi ☎️ +998 (55) 705-97-25 samgasn.uz https://www.facebook.com/samgasn.uz https://Instagram.com/sam_gasn Murojaat uchun: @Xondamir4006 Telegram bot: @SamGASN_murojaatbot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
50
Всего постов
116
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 981
−3 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
370
40 постов
Вовлечённость
18,7%
к подписчикам
Постов в день
7,1
всего 116
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
286
1/48двое суток
327
1/72трое суток
353

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Ijtimoiy_rolik ❤️‍🔥Hurmatli yurtdoshlar! ☝️ Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, kelajagimizga raxna soluvchi xavfli illatdir. 👮‍♀️ Agar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi faoliyatida korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang. ⚠️ Ushbu holatda Siz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 1253 qisqa raqamiga yoki Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 71-244-07-27 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin. ❔ Shuningdek, quyidagi Telegram-bot — @inspcomplains_bot orqali yoki devonxona@infoccnis.uz elektron pochta manziliga murojaatingizni yuborishingiz mumkin. 😎Bundan tashqari, Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi Ichki nazorat xizmati bilan 55-705-87-25 raqami orqali bog‘lanish imkoniyati mavjud. ❗️Unutmang, bugungi faolligingiz — ertangi muammolarning oldini oladi. Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱  Facebook • 📱 YouTube •  📱 Telegram

  • 14 авг.1711из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • 14 авг.1 6093

    ❤️‍🔥 Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida Samarqand viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. 🖥 Qabul davomida hududlardan tashrif buyurgan fuqarolar mahallalarida amalga oshirilayotgan dasturlar doirasidagi ishlar, obodonlashtirish, gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar hamda sohaga oid boshqa murojaatlari yuzasidan o‘z muammo va takliflarini bildirdilar. ✅ Har bir murojaat o‘rganilib, fuqarolarning taklif va muammolari tinglandi. Murojaatlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, ularni qonuniy va adolatli hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱  Facebook • 📱YouTube •  📱 Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • ❤️‍🔥«Siyosiy-ma’rifat soati»: bilim va mas’uliyat uyg‘unligi   👮‍♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida xodimlar ishtirokida navbatdagi «Siyosiy-ma’rifat soati» o‘tkazildi.   🖥 Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat boshqaruvidagi yangilanishlar, dolzarb ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.   ✅ Shuningdek, davlat rahbari huzurida o’tkazilgan sun’iy intellektni rivojlantirish, energetika resurslaridan barqaror foydalanish, tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, energiya samaradorligini oshirish, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish hamda davlat xizmatlarini soddalashtirish borasidagi taqdimotlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱  Facebook • 📱YouTube •  📱 Telegram

  • #Jonli_efir #Ochiq_muloqot 🔴Ayni vaqtda "Samarqand viloyati teleradiokanali" davlat muassasasida “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvining navbatdagi soni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda. 👮‍♀️ Unda Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi mas’ullari, shuningdek viloyatdagi qurilish sohasiga aloqador tashkilotlarning vakillari ishtirok etishmoqda. ✔️ Ko'rsatuv davomida mas'ullar tomonidan sohada amalga oshirilgan ishlar to'g'risida atroflicha ma'lumotlar berilib, yurtdoshlarimizdan kelib tushayotgan savollarga shu yerning o'zida javob qaytarilmoqda. Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱  Facebook • 📱 YouTube •  📱 Telegram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • ❤️‍🔥Samarqandda yana bir boshqaruv servis kompaniyasiga chora ko‘rildi   👮‍♀️ Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasiga kelib tushgan murojaatlar asosida Qorasuv massivi aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi «Nur Sharq Tess» MChJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.   🖥 O‘rganish davomida ayrim ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari sanitariya talablariga javob bermasligi, chiqindilardan tozalanmagani, ayrim joylarda suv sizishi va to‘planib qolgani aniqlandi. Shuningdek, bolalar maydonchalari ta’mirtalab, ariq va zovurlar chiqindilardan tozalanmagani, yashil hududlar o‘z vaqtida obodonlashtirilmagani, faoliyat yuzasidan mulkdorlarga hisobotlar berilishi tartiblari buzilgani ma’lum bo‘ldi.   ✅ Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan boshqaruv servis kompaniyasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-moddasi ikkinchi qismi asosida tegishli chora ko‘rildi.   ❗️Shu bilan birga, mavjud kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.   Ulaning va ulashing 📱 Web-sayt • 📱 Instagram • 📱  Facebook • 📱 YouTube •  📱 Telegram

  • без подписи

  • без подписи