SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL
СтатистикаSamarqand shahri Ko‘ksaroy maydoni 1-D bino 👉 samvilqurilish.uz 👉 https://www.facebook.com/samvilqurilish 👉 https://Instagram.com/samvilqurilish 👉 Murojaat telegram: https://t.me/Xurshiduzoqov ☎️ Murojaat: +998662353580 ☎️ Komplayens: +998662332104
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 61
- Всего постов
- 137
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 247
- 1/48двое суток
- 283
- 1/72трое суток
- 305
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🏗 Qurilish obyektlaridagi ishlar hududlar kesimida ko‘rib chiqilmoqda Samarqand viloyatida qurilish obyektlarida ishlarning borishini o‘rganish va mavjud masalalarni joyida hal etishga qaratilgan navbatdagi yig‘ilishlar Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov, tuman hokimliklari mas’ullari, buyurtmachi tashkilotlar, soha vakillari hamda pudratchi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishlarda hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik loyihalarining borishi, obyektlarning tayyorgarlik darajasi, ish sur’atlari hamda qurilish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari eshitildi. Alohida e’tibor ijtimoiy soha obyektlari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda boshqa qurilish loyihalarini belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga qaratildi. Joylarda aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilanib, pudratchilardan ish sur’atlarini oshirish, qurilish sifatini ta’minlash va loyiha talablariga qat’iy rioya etish talab qilindi. Shuningdek, obyektlardagi ishlarni muntazam kuzatib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Kanalga qo‘shiling:👇 https://t.me/samvilqurilish
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Jomboyda ko‘p qavatli uylar atrofi yangi qiyofa kasb etmoqda Prezidentimizning 48-son qarori ijrosi doirasida Jomboy tumani Toshkent MFY hududidagi ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarni ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida hududdagi 8 ta ko‘p qavatli uyni ta’mirlash, shuningdek, atrofini obodonlashtirish va mavjud infratuzilmani yaxshilash ko‘zda tutilgan. Aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 5 ta bolalar, 4 ta workout va 3 ta basketbol maydonchasi, yozgi shiyponlar hamda 6 ta avtomobil turargohi tashkil etilmoqda. Mazkur ishlar viloyat hokimi o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i B. Negmatov, tegishli tashkilotlar vakillari va mas’ullar ishtirokida joyida ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi, hududni obodonlashtirish hamda loyiha talablariga rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Loyiha yakunida hududning qiyofasi yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, aholining dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi va farzandlari uchun qulay sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan. Kanalga qo‘shiling:👇 https://t.me/samvilqurilish
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи