SARIOSIYO TUMAN 35-MAKTAB
Статистикаsᴀʀɪᴏsɪʏᴏ ᴛᴜᴍᴀɴɪ 35-sᴏɴʟɪ ᴜᴍᴜᴍᴛᴀ’ʟɪᴍ ᴍᴀᴋᴛᴀʙɪᴅᴀ ᴛᴀ’ʟɪᴍ sɪꜰᴀᴛɪɴɪ ᴏsʜɪʀɪsʜ ᴍᴀǫsᴀᴅɪᴅᴀ ᴀᴍᴀʟɢᴀ ᴏsʜɪʀɪʟᴀʏᴏᴛɢᴀɴ ɪsʜʟᴀʀɪ ᴛᴏ‘ɢ‘ʀɪᴅᴀɴ ᴛᴏ'ɢ'ʀɪ ʏᴏʀɪᴛɪʙ ʙᴏʀɪʟᴀᴅɪ! Facebook: https://facebook.com/groups/439737210331198/ Telegram : @sar35_maktab
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 55
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 82
- 1/48двое суток
- 93
- 1/72трое суток
- 101
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️Мандат эртага, 15 август куни соат 08:00 да эълон қилинади.
❗️Eslatma: Vakant o‘rinlarga o‘qishga kirish imkoniyati yaratiladi 📄Hukumat qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarorga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. ✈️Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida ishtirok etib, minimal ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga vakant (bo‘sh) o‘rinlar qolgan yo‘nalishlarda tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi. 📌Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: ➖ imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng bir hafta o‘tib, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan vakant yo‘nalishlarga bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tiladi; ➖ abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga (reytingga) qat’iy rioya qilingan holda bo‘sh o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi; ➖ BMBA tomonidan shakllantirilgan qaydnomalar oliy ta’lim tashkilotlariga buyruq rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, 74-bandga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan: 🔹 avval ayrim qarorlar Davlat komissiyasi hisobidan qabul qilingan bo‘lsa, endilikda bu vakolat oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) hisobiga o‘tkazildi. Ya’ni, mas’uliyat va qaror qabul qilish bevosita OTM rahbari zimmasiga yuklatildi; 🔹 74-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlandi, ya’ni u endi amalda qo‘llanilmaydi; 🔹 oldingi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar endilikda mos ravishda – ikkinchi va uchinchi xatboshi deb qayta raqamlandi. 📑Abituriyentlar vakant o‘rinlar bo‘yicha o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan @mandat_javobbot orqali tanishib chiqishlari mumkin. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Abituriyentlar diqqatiga! Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni Tanlovning 2-bosqichida bugun so‘nggi kun, jarayon soat 23:59 da yakunlanadi. Barcha abituriyentlardan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashni bugun soat 23:59 gacha amalga oshirish so‘raldi. 👉 @xushnudbek 👈
Xiyonatning eng achchiq tomoni — u dushmandan emas, ishonch bergan insondan keladi. Xiyonat faqat muhabbatda bo’lmaydi. Do’st do’stini sotganda — xiyonat. Farzand ota-onasini unutganda — xiyonat. Ota-ona farzandining ishonchini sindirganda — xiyonat. Hamkasb orqangdan quduq qaziganda — xiyonat. Inson o’z vijdoniga qarshi borganda esa — eng katta xiyonat. Xiyonatning ovozi bo’lmaydi. U sekin keladi, lekin ketayotganda ichingdagi eng go’zal tuyg’ularni ham o’zi bilan olib ketadi. Shuning uchun ishonchni qozonish yillar talab qiladi, uni yo’qotish esa bir lahzalik ish. Va ba’zi xiyonatlar kechiriladi… ammo hech qachon unutilmaydi.
❗️Ertaga yo’nalish tanlashning oxirgi kuni! #abituriyent Yo‘nalish tanlash uchun 1 kun vaqt qoldi. 8-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar. To’g’ri, o’tgan yili yo’nalish tanlamaganlar uchun mandatdan keyin yana bir bora imkon berilgan, lekin unda istalgan yo’nalishni emas, balki faqat kvotasi to’lmay qolgan yo’nalishlarnigina tanlash mumkin bo’lgan edi. Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Shuningdek, ertaga soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling. Barchaga omad! 👉 @xushnudbek 👈
Мукаммалликка интилманг. Бу интилиш сизни чарчатар экан.
❗️Bugun “perevod” uchun arizalar qabuli yakunlanadi #perevod Talabalar bugun, 5-avgust kuni soat 23:59 ga qadar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin. Arizalar quyidagi saytlar orqali qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga. 👉 @xushnudbek 👈
#Диққат ❗️1 сентябрь ойи ҳам яқинлашмоқда. Фарзанди бу йил мактабга чиқиши керак бўлган ота-оналар, агар фарзандингизни мактабга қандай тайёрлашни билмаётган бўлсангиз, видеони кўринг. Сизлар учун фойдали маслаҳатларни билиб олинг. 🇺🇿@DAVLATXIZMATCHISI_UZ – Давлат хизматчилари учун ҳақиқий канал
без подписи
без подписи
🛡 Maktabimizda xavfsizlik va tartib-intizom yangi bosqichda! 🧑🏫Oʻquvchilarimizning xavfsizligini taʼminlash hamda taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini yanada oshirish maqsadida maktabimiz hududi va oʻquv xonalariga zamonaviy kuzatuv kameralari oʻrnatildi. 🎥 Bu bizga nima beradi? Xavfsiz muhit: Maktab hovlisi, yoʻlaklar va sinfxonalarda oʻquvchilar xavfsizligi doimiy nazoratda boʻladi. Sifatli taʼlim: Dars jarayonlarining samarali tashkil etilishi va sinf xonalaridagi intizom muvofiqlashtirib boriladi. Tinchlik va xotirjamlik: Ota-onalar farzandlarining maktabda xavfsiz va qulay sharoitda ekanliklaridan koʻngillari toʻq boʻladi. Biz uchun har bir oʻquvchining xavfsizligi va sifatli taʼlim olishi eng oily maqsad! 📲 Bizni kuzatib boring: 🔗 Telegram | Facebook | Instagram
#ТЕЗКОР #ТАРҚАТИНГ ⚡️ ЭНДИ ОТА-ОНАЛАР МАКТАБ ҲУДУДИГА КИРА ОЛИШМАЙДИ! Ўзбекистонда мактаблар учун янги хавфсизлик тартиби жорий этилмоқда. Энди ота-оналар фарзандини асосан КПП, яъни эшик ёнигача кузатиб қўяди холос. Мактаблар эса босқичма-босқич: 📹 видеокузатув камералари; 🚨 хавф тугмаси; 🛂 киришни назорат қилиш тизими; 🚔 қўриқлаш сигнализацияси ва КПП билан жиҳозланади. ГРУППАЛАРГА ТАРҚАТИБ ҚЎЯМИЗ. 🇺🇿@DAVLATXIZMATCHISI_UZ – Давлат хизматчилари учун ҳақиқий канал
⚡️Endi uzrli sabab bilan milliy sertifikat imtihoniga kelmagan talabgorlar to‘lovini qaytarib olishi mumkin ✔️Endi chet tili va umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikat imtihoniga uzrli sabab bilan qatnasha olmagan talabgorlarning toʻlovi kuyib ketmaydi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimi Javlonbek Nurmatov maʼlum qildi. 📌Maʼlum bo‘lishicha, chet tili va umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikat imtihonlarida uzrli sabab bilan ishtirok eta olmagan talabgorlar uchun yangi tartib joriy etiladi. Unga koʻra, imtihonga uzrli sabab bilan kela olmagan talabgorlar keyingi imtihonda qo‘shimcha to‘lovsiz qatnashishi yoki to‘lagan mablag‘ini qaytarib olishi mumkin. 🔍Mazkur tartib kasallik, xizmat safari yoki yaqin oila aʼzosining vafoti kabi uzrli sabablarga ega boʻlgan talabgorlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi talab etiladi. Shu bilan birga, imtihonga uzrsiz kelmagan, belgilangan vaqtdan kechikkan yoki imtihon qoidalarini buzganligi sababli chetlashtirilgan talabgorlarga ushbu tartib tatbiq etilmaydi. ✈️Ruxsatnomangizdagi ID raqamni maxsus Telegram-botga yuboring va mandat ro‘yxatida nechanchi o‘rinda turganingizni bilib oling! 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#кун_ҳикмати Ҳаётингда маҳкам тутадиган энг ажойиб ҳикмат – Сен ҳақингда айтиладиган гапларга аҳамият бермаслигингдир. Кимлигингни ўзинг биласан. Аллоҳ сенинг ҳолатинг ва ниятингни ўзингдан ҳам яхшироқ билади. Қилаётган ишларингни оқлаб, қадру-қимматингни тушириб юрма! Ҳаётдаги муваффақиятсизликнинг сири – барчани рози қилишга уринишдир.
❗️Bugundan oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustgacha (shu kuni ham) 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. ✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!
#imtihon_natijalari_2026 🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoqda! 🖌 Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz ✅“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan: 🖱️ Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi. ✅ Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi: 🖱️ C toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich. Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng bo‘lganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Sarijar mahalla qizlar jamoasi tuman bosqichida volebol musoboqasida 2 o'rinni egallab diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
без подписи
без подписи