tgindex
TerDMAU | Ma'naviyat rasmiy

TerDMAU | Ma'naviyat rasmiy

Статистика

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining yoshlar siyosati, ma'naviy-ma'rifiy va sport yo'nalishlariga oid faoliyatini yorituvchi rasmiy kanal

Последний пост
14:26
Последнее чтение
17 авг.
Постов за неделю
36
Всего постов
326
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
8 724
−32 за 6 дн.
Сутки
−1
−0,01%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
699
40 постов
Вовлечённость
8,0%
к подписчикам
Постов в день
5,1
всего 326
Упоминаний
24
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
570
1/48двое суток
653
1/72трое суток
704

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:   📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi; 📌Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;   📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi;   📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi;   📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi;   📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak;   📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;   📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi;   📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi;   📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi; 📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi; 📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 13:351511

    #dolzarb90kun “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida — G‘alaba bog‘iga sayohat Joriy yilning 18-avgust kuni “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 30 nafar talabalari va pedagog-xodimlaridan iborat jamoasi Toshkent shahriga sayohat davomida G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ishtirokchilar G‘alaba bog‘ida joylashgan “Shon-sharaf” davlat muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. Muzey Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston xalqining jasorati, matonati hamda front va front ortidagi fidokorona mehnatiga bag‘ishlangan. Muzeyda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, fotosuratlar, shaxsiy buyumlar, harbiy texnika va boshqa noyob eksponatlar orqali yoshlar o‘tmishdagi og‘ir va sinovli yillar, xalqimizning jasorati hamda Vatan himoyasi yo‘lidagi fidoyilik haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bunday ma’rifiy sayohatlar yosh avlodning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati 🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube

  • 13:351511

    без подписи

  • 13:351401

    без подписи

  • 13:351441

    без подписи

  • 13:351541

    без подписи

  • 13:351601

    без подписи

  • 13:3515312

    без подписи

  • 13:351222

    без подписи

  • 13:351131

    без подписи

  • 13:351111

    без подписи

  • 13:351212

    без подписи

  • 13:351201

    без подписи

  • 13:351181

    без подписи

  • 13:351171

    без подписи

  • 13:351091

    без подписи

  • 13:351091

    без подписи

  • 13:3511011

    #dolzarb90kun 📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida joriy yilning 18-avgust sanasida universitetning 30 nafar talaba va pedagog-xodimlaridan iborat jamoasi Toshkent shahriga tashkil etilgan sayohat davomida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ishtirokchilar yurtimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti hamda ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 🔵 tarixiy artefaktlar; 🔵 interaktiv laboratoriyalar; 🔵 virtual ko‘rgazmalar; 🔵 “Vaqt kapsulalari” va zamonaviy ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishildi. Mazkur ma’rifiy sayohat yoshlarning tarixiy xotirasi, dunyoqarashi va milliy qadriyatlarga hurmatini yanada oshirishga xizmat qildi. 📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati 🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube

  • 11:062912

    🔈 1-bosqichga qabul qilingan talabalar diqqatiga! Yotoqxona uchun arizalar qabuli boshlandi! 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilganlar bugundan (18-avgustdan) e’tiboran talabalar turar joyi uchun ariza topshirishlari mumkin. Ariza topshirish tartibi:⤵️ ✔️ my.gov.uz portal orqali ariza yuborish ✔️ Yotoxonaga navbatni tekshirish ➡️Batafsil videoda.👆 Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 07:232893

    #rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi. 18-avgustdab 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishlari mumkin. Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. ☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram