tgindex
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati

Статистика

Веб-сайт: https://gov.uz/uz/cirns Манзил: 100011, Тошкент ш., А.Навоий 27 Facebook: facebook.com/sanoatxavfsizligi1scis Instagram: https://www.instagram.com/sanoat_xavfsizligi/ Ишонч телефони: 712030239 Эл.почта: info@cirns.uz ЯИДХП: my.gov.uz

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
23:05
Постов за неделю
38
Всего постов
123
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 964
−23 за 4 дн.
Сутки
−13
−0,44%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
691
40 постов
Вовлечённость
23,3%
к подписчикам
Постов в день
5,4
всего 123
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
492
1/48двое суток
563
1/72трое суток
608

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🇺🇿Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! 🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati 👉Telegram | 💬Facebook | 📷Instagram | ▶️YouTube | 🌐Veb-sayt

  • Donolar bisotidan Qancha yo‘l bosganing emas, yo‘lda qanday inson bo‘lib qolganing muhim. Robindranat Tagor

  • KORRUPSIYAGA OLIB BORADIGAN YO‘L QAYERDAN BOSHLANADI? Korrupsiyaning ilk qadami har doim ham katta qonunbuzarlikdan boshlanmaydi. Ayrim hollarda u “mayli, bu safar shunday bo‘la qolsin” degan kichik yon berishdan boshlanadi. Bir insonga boshqasidan ortiqcha imtiyoz berish, tanish-bilishni qoidalarдан ustun qo‘yish yoki “unga yordam berib qo‘ya qolay” degan qarash — adolat mezoniga putur yetkazishi mumkin. ❗️Yaqinlik, tanishlik yoki shaxsiy munosabat qonun talablarini chetlab o‘tish uchun sabab bo‘la olmaydi. Adolat hamma uchun bir xil bo‘lgandagina qadrlidir. Kichik yon berishlar katta muammolarga aylanmasin. Qarorlarda shaxsiy manfaat emas, qonun ustuvor bo‘lsin! Adolatni asraylik — tanish-bilishchilikka emas, qonuniylikka tayanaylik! 🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati 👉Telegram | 💬Facebook | 📷Instagram | ▶️YouTube | 🌐Veb-sayt

  • SANOAT, RADIATSIYA VA YADRO XAVFSIZLIGI SOHASIDA YANGI RAQAMLI DAVR BOSHLANDI O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar tarixiy burilish nuqtasiga chiqdi. Bu davrda nafaqat tizim modernizatsiya qilindi, balki butunlay yangi — raqamli boshqaruv va ta’lim ekotizimi ishga tushirildi. 🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati 👉Telegram | 💬Facebook | 📷Instagram | ▶️YouTube | 🌐Veb-sayt

  • ⚠️ GAZ TASHISHDA EHTIYOTSIZLIK — OG‘IR OQIBATLARGA OLIB KELISHI MUMKIN 🌏 Xorijda sodir bo‘lgan ushbu hodisada suyultirilgan gaz tashiyotgan maxsus avtotransport vositasining yo‘l-transport hodisasiga uchrashi, oqibatda gaz sizib chiqishi va keyinchalik portlash sodir bo‘lgani aks etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga haydovchining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan. 📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori bilan yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida avariya hamda noxush hodisalarning oldini olish, inson hayotiga xavf soluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan minimal xavfsizlik talablari belgilangan. ⚠️ Unutmang: suyultirilgan gaz tashuvchi maxsus avtotransport vositalarining texnik sozligi, xavfsizlik qurilmalarining holati va ularni ekspluatatsiya qilishda belgilangan talablarga rioya etilishi — haydovchi, mas’ul xodim va tashkilot rahbari zimmasidagi muhim mas’uliyatdir. Birgina ehtiyotsizlik — inson hayoti, atrofdagilar xavfsizligi va katta moddiy zarar bilan yakunlanishi mumkin. 🛡Xavfsizlik qoidasi — talab emas, hayot kafolati! 🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati 👉Telegram | 💬Facebook | 📷Instagram | ▶️YouTube | 🌐Veb-sayt

  • ⛽️ YOQILG‘I QUYISH SHOXOBCHALARI VA GAZ TO‘LDIRISH INSHOOTLARIDA XAVFSIZLIK: YANGI TALABLAR Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida avariya va noxush hodisalarning oldini olish, inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi omillarni bartaraf etish hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishini kuchaytirishga qaratilgan. Mazkur qaror bilan ushbu obyektlarning yong‘in, sanoat va texnika xavfsizligi, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya hamda belgilangan texnologik jarayonlarga muvofiqligi bo‘yicha minimal talablar belgilandi. 🏭 Sanoat xavfsizligi yo‘nalishida nimalarga e’tibor qaratiladi? Qarorning 3-ilovasida yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarining sanoat xavfsizligi qoidalariga muvofiqligi bo‘yicha minimal talablar belgilangan. Jumladan: 🔹 texnologik jarayonlar va uskunalarning xavfsiz ishlashi; 🔹 gaz o‘tkazgichlari, rezervuarlar va boshqa texnologik qurilmalarning sozligi; 🔹 saqlovchi klapanlarning belgilangan muddatlarda tekshirilishi; 🔹 kompressor va nasoslarda bosim oshib ketishining oldini oluvchi avtomatik himoya tizimlarining mavjudligi; 🔹 obyekt hududidan odamlar va transport vositalarini evakuatsiya qilish rejasining mavjudligi kabi talablar nazarda tutilgan. 315-son qarorga muvofiq, mazkur minimal talablarga rioya etilishi tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan nazorat qilinadi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarining sanoat xavfsizligi qoidalariga muvofiqligini ta’minlash uchun mas’ul etib belgilangan. Shuningdek, qaror doirasida inson hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga, atrof-muhitga hamda sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan obyektlarni aniqlash va ularni bosqichma-bosqich xavfsiz hududlarga ko‘chirish bo‘yicha chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan. ⚠️ Nega bu muhim? Yoqilg‘i va gaz bilan bog‘liq obyektlarda xavfsizlik talablarining buzilishi kichik kamchilikdan katta avariyagacha olib kelishi mumkin. Shu bois har bir texnologik qurilmaning sozligi, himoya tizimlarining ishlashi va belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi inson hayoti va atrof-muhitni muhofaza qilishning muhim shartidir. 315-son qaror — yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni tizimlashtiruvchi muhim hujjatdir. 📌 Eslatma: qarorda belgilangan talablar nafaqat nazorat qiluvchi organlar, balki mazkur obyektlardan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun ham xavfsizlikni ta’minlashda muhim mezon hisoblanadi. Xavfsizlik — talabdan boshlanadi. Talabga rioya qilish — avariyaning oldini olish demakdir. 🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati 👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt

  • ⚠️LIFT XAVFSIZLIGI — E’TIBORSIZLIKNI KECHIRMAYDI Ijtimoiy tarmoqlarda lift kabinasiga ko‘p sonli yo‘lovchilar kirishi ortidan uning keskin pastga harakatlangan holati aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur hodisa O‘zbekiston hududida sodir bo‘lmagan, biroq undagi holat liftlardan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish zarurligini yana bir bor eslatadi. 🛡 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining "Sanoat xavfsizligi" davlat muassasasi ogohlantiradi! Liftlardan foydalanishda: ⭕ kabinada ko‘rsatilgan maksimal yo‘lovchi sig‘imi va yuk ko‘tarish me’yoriga rioya qiling; ⭕ liftga belgilangan me’yordan ortiq odam yoki yuk kiritmang; ⭕ liftning nosozligi yoki g‘ayritabiiy harakati kuzatilsa, undan foydalanmang va mas’ul xizmatga xabar bering. 📌Shuningdek, lift uskunalarini ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, montaj tashkilotlari va distribyutorlar liftlar hamda ularning xavfsizlik qurilmalarining amaldagi texnik reglament va xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlashi lozim. 🛡 Lift xavfsizligi — umumiy mas’uliyat. Xavfsizlik talablariga rioya qiling va o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang! 🌐Veb-sayt| 👉Telegram | 💬Facebook | 📷Instagram | ▶️ YouTub

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🇺🇿 Mustaqillik bayrami — xavfsizlik va hamjihatlik bilan! Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va qadrli bayrami. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan poytaxtimizda ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada, eng muhimi, fuqarolar xavfsizligini to‘liq ta’minlagan holda o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🔹 Shu maqsadda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda poytaxtimizning belgilangan hududlarida profilaktik va nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda. 📅 Joriy yilning 14-avgust kuni tashkil etilgan navbatdagi tadbirlarda Ichki ishlar,Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyai hamda boshqa huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh. Maxamatdjonov ham ishtirok etib, belgilangan lokatsiyalarda xavfsizlik choralarining holatini o‘rganish ishlarida qatnashdi. 🛡 Ayniqsa, aholi gavjum bo‘ladigan hududlarda o‘rnatilgan katta ekranlar, sahnalar, turli konstruksiyalar va boshqa qurilmalardan xavfsiz foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda texnik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi, qurilmalarning barqarorligi hamda ulardan foydalanish jarayonida fuqarolar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish muhim vazifa sifatida belgilanmoqda. Zero, ommaviy tadbirlarning mazmunan boy va ko‘tarinki ruhda o‘tishi bilan bir qatorda, har bir fuqaroning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlash eng asosiy mezondir. Tegishli idoralar o‘rtasidagi hamkorlik, muntazam nazorat va profilaktik chora-tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini osoyishta, tartibli va xavfsiz o‘tkazish, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun munosib bayram kayfiyatini yaratishdir. 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi yuksak g‘urur, birdamlik va xavfsizlik muhitida nishonlansin! 🇺🇿 Maqsad — Mustaqillik bayramini har bir yurtdoshimiz uchun xavfsiz, osoyishta va ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashni ta’minlash. Mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin! 🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati 👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt

  • Donolar bisotidan O‘z ustingdan g‘alaba qozonish — eng buyuk g‘alabadir. Platon

  • #OAV_BIZ_HAQIMIZDA 📺 "YANGI DAVR" informatsion dasturi — Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining matbuot anjumanidan. 👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt

  • 13 авг.1 80243

    🏗 MINORALI YUK KO‘TARISH KRANLARIDAN XAVFSIZ FOYDALANISH — MUHIM TALABLAR Qurilish obyektlarida keng qo‘llaniladigan minorali (bashennyy) yuk ko‘tarish kranlari yuqori xavfli texnik qurilmalar hisoblanadi. Ularni noto‘g‘ri o‘rnatish, texnik nosoz holatda ishlatish yoki malakasiz xodimlarga boshqartirish inson hayoti va sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlaridan foydalaniladigan obyektlar xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga kiradi. Shu sababli minorali krandan foydalanishdan oldin quyidagi talablar ta’minlanishi zarur: 🔹 Kran pasporti va texnik hujjatlari mavjudligi; 🔹 Muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat mavjudligi; 🔹 Kran montaji va o‘rnatilishi tegishli loyiha asosida bajarilganligi va dalolatnomalar rasmiylashtirilganligi; 🔹 O‘rnatilgandan so‘ng belgilangan tartibda texnik ko‘rik, statik va dinamik sinovlar o‘tkazilganligi; 🔹 Harakatlanuvchi kranlarda kranosti yo‘lining sozligi va tegishli hujjatlari; 🔹 Kran yordamida ishlarni bajarish uchun PPRK — ishlarni bajarish loyihasi mavjudligi; 🔹 Kran elektr jihozlarining sozligi va yerga ulash (zazemleniye) tizimi bajarilganligi; 🔹 Kranlardan xavfsiz foydalanish uchun malakali mas’ul shaxs tayinlanganligi; 🔹 Kran mashinisti va yuk iluvchilarning maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi hamda tegishli malaka hujjatlariga ega ekanligi; 🔹 Kranlarning belgilangan muddatlarda texnik ko‘rik, diagnostika va sinovlardan o‘tkazilishi; 🔹 Xizmat muddatini o‘tagan kran bo‘yicha, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosasi mavjudligi. 📌 Muhim: 2026-yil 11-fevraldagi Vazirlar Mahkamasining 53-son qarori bilan yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishning amaldagi tartibi belgilangan. Unda yuk ko‘tarish qurilmalarini majburiy davriy texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ekspluatatsiya jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda nosoz yoki xizmat muddatini o‘tagan qurilmalardan foydalanishning oldini olish masalalari tartibga solingan. ⚠️ ENG MUHIMI! Minorali kranni shunchaki “kran bor va ishlayapti” degan tamoyil asosida ekspluatatsiya qilish mumkin emas. Kran → hujjatlar → to‘g‘ri montaj → texnik ko‘rik va sinov → xavfsizlik qurilmalari → malakali xodimlar → davlat reyestri → ruxsatnoma → xavfsiz ekspluatatsiya. Kran belgilangan tartibda davlat reyestrida hisobga olingan va qonunchilikda talab etilgan hollarda undan foydalanish uchun tegishli ruxsatnoma olinganidan keyingina ekspluatatsiya qilinishi lozim. 💰 MOLIYAVIY JAVOBGARLIKNI HAM UNUTMANG! O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-701-son “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tegishli ruxsatnomasiz faoliyat yuritish yuridik shaxsga nisbatan BHMning 200 baravari miqdorida jarima qo‘llanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati 👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt

  • 📣 HUQUQBUZARLIKLAR HAQIDA XABAR BERISHNING YANGI TARTIBI Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan yangi tartib joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-maydagi 223-son qarori bilan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoidalarini buzish holatlari to‘g‘risidagi foto va videomateriallarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi belgilandi. ⭕ Endilikda fuqarolar xavfli ishlab chiqarish obyektlari va texnik qurilmalardan foydalanishda: sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoidalari buzilishi; avariya, portlash yoki yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan; inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi holatlarni foto yoki video orqali qayd etib, Qo‘mitaning axborot tizimi orqali yuborishlari mumkin. 🔎 Murojaat qanday ko‘rib chiqiladi? 📌 Yuborilgan materiallar Qo‘mitaning hududiy boshqarma va bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. 📌 Zarur hollarda holatni o‘rganish uchun joyiga chiqiladi. 📌 Aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi. 💰 RAG‘BATLANTIRISH Huquqbuzarlik haqida haqqoniy va yetarli ma’lumotni birinchi bo‘lib taqdim etgan shaxs undirilgan jarimaning Qo‘mitaga o‘tkazilgan qismidan pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. 🛡 Shu bilan birga, huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxsning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi va xavfsizligi kafolatlanadi. ⚠️ Eslatma: yuboriladigan foto va videomateriallar tahrirlanmagan bo‘lishi, unda huquqbuzarlikning mohiyati, hodisa sodir bo‘lgan joy, sana va vaqt aniq aks etishi lozim. Xavfsizlik — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz. Agar siz xavfli ishlab chiqarish obyektlari yoki texnik qurilmalardan foydalanishda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablarining buzilishiga guvoh bo‘lsangiz, befarq bo‘lmang — bu haqda xabar bering.➡️ ekotizim.cirns.uz👈 ✅ Mazkur tartib 2026-yil 1-avgustdan amalda. 🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati 👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt

  • Donolar bisotidan Chuqur iz qoldirmagan umr qadam sayin o‘chib boraveradi. A. I. Gersen

  • ⚠️ XAVFNI OLDINDAN ANIQLASH — AVARIYA VA BAXTSIZ XODISALARNING OLDINI OLISH DEMAKDIR 🏬 Batafsil mutaxassis mulohazalarida. 👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati — tgindex