SAMARQAND TAMADDUNI
СтатистикаRespublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasining rasmiy kanali 🌏 Telegram. 🎞 YouTube 📂Facebook. 🏞 Instagram
- Последний пост
- 16:35
- Последнее чтение
- 18:43
- Постов за неделю
- 72
- Всего постов
- 722
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 008
- 1/48двое суток
- 2 683
- 1/72трое суток
- 2 893
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
🌿 “ОҚИЛА АЁЛЛАР” ФОРУМИ — ТАЖРИБА, ИЛҲОМ ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР МАЙДОНИ Самарқанд шаҳрида “Оқила аёллар” форуми ўзига хос, интерактив ва амалий форматда ташкил этилди. Форумнинг асосий ғояси — аёлларни фақат тингловчи эмас, балки фикр берувчи, ташаббус кўрсатувчи ва амалий ечим яратувчи иштирокчига айлантиришдан иборат бўлди Форум маърузалар билан чекланиб қолмай, иштирокчилар учун мулоқот, тажриба алмашиш, фикр ва ташаббусларни шакллантиришга қаратилган амалий майдонлар ташкил этилди. 🔹 “Оқила аёл — оила меъмори” мулоқот майдонида оилада соғлом муҳит, фарзанд тарбияси ва ўзаро ҳурмат масалалари муҳокама қилинди. 🔹 “Менинг ташаббусим” майдонида иштирокчилар оила, хотин-қизлар, ёшлар тарбияси ва жамият ҳаётига оид ўз ғоя ва лойиҳаларини тақдим этдилар. 📌 Форумнинг энг муҳим жиҳати — муаммони муҳокама қилиш билан бирга, унинг амалий ечимига қаратилган таклифларни шакллантирилди. Якунда билдирилган энг яхши ғоя ва ташаббусларни саралаш, уларни амалиётга татбиқ этишни тизимли давом эттиришга келишиб олинди.
🌀Oʻzbek tili grammatikasida chiziqcha qaysi payt qoʻllaniladi? #xalqchildavlat Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTube | Facebook|Instagram
Trend ortidagi tarbiya muammosi Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTube | Facebook|Instagram
☀️ Yangi o‘quv yili — yangi imkoniyatlar! ⭐️ Bugun Samarqand shahar 56-maktabida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar hamda ularning sinf rahbari ishtirokida samimiy tanishuv darsi tashkil etildi. 📸 Bunday uchrashuvlar farzandlarimizning maktab muhitiga tez moslashishi, ustoz va tengdoshlari bilan do‘stona munosabat o‘rnatishiga xizmat qiladi. Ta’lim va tarbiya — kelajak poydevori! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTube | Facebook|Instagram
❗️Мандат чиқди 2026/2027 ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича якуний танлов натижалари эълон қилинди. Танлов натижаларини 3 хил усулда билиш мумкин. 1. my.uzbmb.uz сайтига абитуриентнинг паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритган ҳолда. 2. mandat.uzbmb.uz сайтига абитуриентнинг ID рақамини киритган ҳолда. 3. Олий таълим муассасаларига тақдим этилган тест натижалари қайдномаси орқали.
“Yilning eng faol davlat xizmatchisi” tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand shahar hokimligi tomonidan e’lon qilingan “Yilning eng faol davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovining birinchi – test bosqichi o‘tkazilgan edi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar tanlovning yakuniy – suhbat bosqichida ishtirok etib, o‘z faoliyati, erishgan natijalari hamda amalga oshirgan loyihalari yuzasidan taqdimotlarini namoyish etdilar. Yakuniy bosqichda ishtirokchilarning kasbiy bilim va salohiyati, tashabbuskorligi, yangicha fikrlashi hamda davlat xizmatidagi faoliyati ishchi guruhi tomonidan baholab borildi. Tanlovning yakuniy natijalari belgilangan tartibda e’lon qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTube | Facebook|Instagram
"Samarqand" gazetasining 2026-yil 15-avgust kungi 31-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. Bugungi sonda: ➡️ Yangi taraqqiyot cho‘qqilarini zabt etamiz: ➡️ Har bir bola taqdiri — ta’lim sifatining bоsh mezoni: ➡️ Fuqarolar murojaati e’tiborda: ➡️ Yurtimizga yarashgan bayram. Gazetadagi maqolalarni va Samarqand hayotiga oid yangiliklarni samarkandnews.uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda o'qishingiz mumkin. ➖➖➖➖➖➖ ⏭️ @Samarkandnews_uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlov – 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni — Указ Президента Республики Узбекистан «О Стратегии «Правосудие – 2030»: построение в Новом Узбекистане народной и справедливой судебной системы, надежно защищающей права человека» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Xayrli_tong Assalomu - alaykum, Uyg‘ondingizmi do‘stim? Ertalabdan siz uchun, Ezgu tilagim tuzdim. Tongning husni - chiroyi, Dildan g‘amni ketkazdi. Ming shukur, bizni yana, Yakshanbaga yetkazdi! Bugun haftaning so‘nggi, Yetti kunning naqshi kun. Yo‘qdir charchaganlarga, Yakshanbaday yaxshi kun?! ✍️ O‘lmasbek Samarqandiy. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTube | Facebook|Instagram
#manaviyatsiz_bir_kun Hayot — seniki. Uni qanday o‘tkazish o‘zingga bog‘liq. Tanlov seniki. O‘zgarish uchun esa hech qachon kech emas. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyat boʻlimi taqdim etadi 📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
#Siyosiy_ma’rifat_soati #Samarqandshahri Haftaning har juma kuni o‘tkazilayotgan Siyosiy- ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTube | Facebook|Instagram
#Milliylik_Samarqandda Juma- Milliy libos kuni... Samarqand shahridagi 45-maktab. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTube | Facebook|Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи