Шофиркон | Shofirkon Yangiliklari
СтатистикаSHOFIRKON - Hududdagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz! 📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot
- Последний пост
- 9 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 31
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 135
- 1/48двое суток
- 154
- 1/72трое суток
- 166
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
#Kasb_bayrami Shofirkon: Yangilanish nafasi va bunyodkorlar e’zozlangan kun Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududlarni har tomonlama rivojlantirish va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan ezgu tashabbuslar hayotning barcha jabhalarida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Ana shunday ezgu sa’y-harakatlar Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ham izchil davom ettirilib, bugun tumanning qiyofasi tubdan o‘zgarib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari asosida Shofirkon tumani bo‘ylab aholiga qulay infratuzilma yaratish yo‘nalishida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman miqyosida 149 ta obyektda qariyb 500 mlrd so‘mlik loyihalar hayotga tatbiq etilib, bugungi kunda bunyodkorlik ishlari qizg‘in va avj pallaga kirgan. Mazkur loyihalar doirasida tumanda quyidagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda: Zamonaviy talablarga javob beradigan tibbiy xizmat maskanlari hamda ta’lim muassasalari barpo etilib, rekonstruksiya qilinmoqda. Aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida kommunikatsiya tarmoqlari yangilanib, irrigatsiya tizimlari tubdan yaxshilanmoqda. Tuman aholisi va mehmonlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida ko‘rkam saylgohlar hamda dam olish maskanlari tashkil etilmoqda. Har qanday obodlik, go‘zallik va taraqqiyot ortida o‘z kasbiga sodiq, tunu kun tinim bilmay mehnat qilayotgan soha vakillarining fidokorona mehnati yotadi. Shofirkon tumanida amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar va bunyodkorlik ishlarining boshida turgan me’morlar, quruvchilar hamda muhandislar bugun o‘zlarining kasb bayramini yuqori kayfiyatda nishonladilar. Tantanali bayram tadbirida tuman rahbari shaxsan ishtirok etib, soha vakillariga samimiy tabrik so‘zlarini yo‘lladi. Unda quruvchi va me’morlarning fidokorona mehnati, tuman ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etilib, ularga yuksak hurmat ko‘rsatildi. “El-yurt farovonligi, vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining har bir g‘ishtida sizlarning halol mehningiz, yuksak mahoratingiz mujassam,” – deya ta’kidlandi tadbir davomida. Bayram yakunida o‘z kasbining fidoiysi bo‘lgan bir guruh soha vakillariga tuman hokimligining tashakkurnomalarihamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Xulosa o‘rnida Shofirkon tumanida olib borilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari nafaqat hududning iqtisodiy salohiyatini oshiradi, balki har bir shofirkonlikning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini, yashash sharoitlaridan rozi bo‘lish tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi. Tunni kun, kunduzni tun deb mehnat qilayotgan me’moru quruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli Shofirkon ertaga yanada go‘zal va obod maskanga aylanishi shubhasiz. Bayramingiz muborak aziz Bunyodkorlar 👉 Шофиркон хабарларига аъзо бўлинг👉 https://t.me/+audizwXis1xmYzA6
Buxoro ko'rishguncha ❤️🔥 Barcha Buxorolik muxlislarimizni 14-Avgust, soat 19:00da Buxoro shahridagi "Yoshlar markazi"da bizning katta shou konsertimizda kutib qolamiz 🤩 Ma'lumot uchun: 90-415-0105 90-081-0105 👉 Шофиркон хабарларига аъзо бўлинг👉 https://t.me/+audizwXis1xmYzA6
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Live "SES" ning nazorati qayerda? Tuman hokimi Mo‘min Amonov tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida tuman markazidagi ko‘chalardan birida faoliyat yuritayotgan nonvoyxona ham ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida aniqlangan holatlar sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi borasida jiddiy savollarni yuzaga keltirdi. Fotosuratlarda aks etgan holatlar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda belgilangan me’yorlarga to‘liq amal qilinmayotganini ko‘rsatmoqda. Tabiiy savol tug‘iladi: ushbu yo‘nalishda doimiy davlat nazoratini amalga oshiruvchi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan bunday holatlarga nega o‘z vaqtida e’tibor qaratilmagan? Nazorat tadbirlari qay darajada samarali olib borilmoqda? Fuqarolar salomatligi bilan bog‘liq masalalarda loqaydlikka o‘rin bo‘lishi mumkin emas. Har bir mas’ul tashkilot o‘z vakolati doirasidagi vazifalarni vijdonan va qat’iy bajarishi shart. Chunki sanitariya talablariga amal qilinmasligi birgina korxonaning muammosi emas, balki yuzlab iste’molchilarning salomatligiga daxldor masaladir. Tuman hokimligi tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashmaydi. Ammo aholining hayoti va salomatligi, sanitariya-gigiyena talablari hamda qonunchilik ijrosi haqida gap ketganda murosaga o‘rin yo‘q. Qonun barcha uchun barobar, uning ijrosi ustidan nazorat esa mas’ul idoralar zimmasidagi eng muhim vazifadir. 👉 Шофиркон хабарларига аъзо бўлинг👉 https://t.me/+audizwXis1xmYzA6
#Dolzarb_40_kunlik #Sultonobod_MFY Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” ekologik tadbirlari doirasida Shofirkon tumanining Sultonobod mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
без подписи
без подписи
без подписи
#seminar #Dolzarb_40_kunlik Shofirkon tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish hamda “Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasida Shofirkon tumanida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va daromadlarni oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida bugun tuman hokimligi tashabbusi bilan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Markaziy bank Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi, Buxoro viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Shofirkon tuman hokimligining mas’ul xodimlari, hokim yordamchilari, mahalla bankirlari va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyati hamda ularni joylarda samarali amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Xususan, hokim yordamchilari va mahalla bankirlarining faoliyat samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamini doimiy o‘rganish, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnat bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va subsidiya mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Seminar davomida hokim yordamchilari va mahalla bankirlarining vazifa hamda mas’uliyatlari, “Dolzarb 40 kunlik” doirasida amalga oshiriladigan ustuvor chora-tadbirlar, aholi bandligini ta’minlash, yangi biznes loyihalarini shakllantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilariga amaliy tavsiyalar berilib, joylarda tizimli va manzilli ishlash, har bir mahallada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи