SIRDARYO VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI
СтатистикаSirdaryo viloyati PMM ijtimoiy tarmoq kanallarimiz. 🔹YOU TUBE: https://www.youtube.com/channel/UCjOmnRRrcdAPjrV_8zys2Tg 🔹FACEBOOK: https://www.facebook.com/SirdaryoPedagogikaMarkazi/ 🔹RASMIY VEB-SAYT: https://sirdaryopmm.uz/
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 35
- Всего постов
- 232
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 312
- 1/48двое суток
- 357
- 1/72трое суток
- 385
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#SEMINAR_TRENING #HAMKORLIK ✅ Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Guliston filiali hamkorligida “O‘qituvchi + sun’iy intellekt + texnologiya: kelajak ta’limining yangi formulasi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 🔹 Tadbir ishtirokchilari sun’iy intellekt va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar. 🔹 Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Guliston filiali pedagoglari Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazining faoliyati, markazda pedagoglar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o‘quv xonalari va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. 🎙Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati Kanalga obuna bo'lish: 📱Telegram|📱Facebook |🌐Website | ▶️YouTube | 📷Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#No_comment #Ayni_damda ✅ Ayni damda Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IM Guliston filiali hamkorligida “O‘qituvchi + sun’iy intellekt + texnologiya: kelajak ta’limining yangi formulasi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. 🎙Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati Kanalga obuna bo'lish: 📱Telegram|📱Facebook |🌐Website | ▶️YouTube | 📷Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи