- Последний пост
- 06:47
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 25
- Всего постов
- 130
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 5 099
- 1/48двое суток
- 5 843
- 1/72трое суток
- 6 301
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
❗️11-SINF BITIRUVCHILARI UCHUN QABUL BOSHLANDI Sirdaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi 11-sinf bitiruvchilarini zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga o‘qishga taklif etadi. ➡️ 11-sinf bitiruvchilari uchun yo‘nalishlar: ▪️Dasturiy injiniring ▪️Bino va inshootlar qurilishi ▪️Kran mashinisti Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganingizdan so‘ng, yo‘nalishingiz bo‘yicha oliy ta’lim muassasasiga 2-kursdan suhbat asosida, imtihonsiz o‘qishni davom ettirish imkoniyati mavjud. Ya’ni, avval kasb egallaysiz, amaliy tajriba orttirasiz va keyinchalik oliy ta’limda o‘z sohangiz bo‘yicha tahsilni davom ettirasiz. ‼️Qabul uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali yoki bevosita Sirdaryo ilg'or kasbiy mahorat texnikumida 10-avgustdan 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📍 Manzil: Guliston shahri Oʻzbekiston shoh koʻchasi 71-uy 📞 Bog‘lanish uchun: +998915001534 yoki +998974941011 💬 Telegram: sirdaryo_mahorat_texnikumi 📷 Instagram: sirdaryo_ikmt ➡️ Sirdaryo
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 35 nafar bolajonga sunnat to‘yi o‘tkazildi Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam taʼminlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi. Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi. Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-eʼtibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati ➡️ Sirdaryo
📹 Terrorizm tuzog‘iga tushgan shaxs 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi Bugun dunyoning notinch hududlaridan panoh topgan terroristik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarni aldab, o‘z faoliyatlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ yig‘ishmoqda. Afsuski, bunday aldovlar ta’siriga tushib qolayotganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. — Batafsil ➡️ Sirdaryo
«Huquqiy zakovat» intellektual bellashuvi o‘tkazildi Sirdaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan oila va xotin-qizlar tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari hamda xodimlari o‘rtasida «Huquqiy zakovat» intellektual bellashuvi o‘tkazildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishdagi savollar orqali o‘zlarining bilim va dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi, topqirligi, hozirjavobligi hamda jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechgan bellashuvda jamoalar o‘zaro bilim va zakovat borasida kuch sinashdi. Bellashuv yakunlariga ko‘ra, Guliston shahri jamoasi 1-o‘rin, Boyovut tumani jamoasi 2-o‘rin, Sardoba tumani jamoasi 3-o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. ➡️ Sirdaryo
#Guliston_shahri Guliston shahrining Nihol mahallasida viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi ishchi guruhi o‘tkazayotgan o‘rganishda aholi tomonidan yo‘llangan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda. Jumladan, Alpomish va Sportchilar ko‘chalari tartibga keltirilib, chiqindilardan tozalandi. Elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash va kuchlanishni meʼyoriga yetkazish maqsadida Xamza ko‘chasiga transformator o‘rnatildi. «Mahallani obod qilish bo‘yicha targ‘ibot va muammolarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda», - Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi. ➡️ Sirdaryo
📹 Sirdaryo viloyati oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi tomоnidan g‘o‘za maydonlarida uchraydigan zararkunandalar va kasalliklarning oldini olish maqsadida «Dolzarb 15 kunlik» doirasida olib borilgan tadbirlar. ➡️ Sirdaryo
Aziz sirdaryoliklar! Joriy yilning 15-avgust kuni soat 10:00 dan boshlab Guliston shahridagi istirohat bog‘ida Prezidentning Sirdaryo viloyatidagi xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi. Sayyor qabul viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlar mas'ullari ishtirok etadi. Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa murojaat qilishingiz mumkin. Manzil: Guliston shahri, Guliston istirohat bog‘i. Lokatsiya: https://maps.app.goo.gl/JDc1nuz3H6oXjshR7 ☎️ (67) 225-49-32, (67) 225-40-90. ➡️ Sirdaryo
Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoniga asosan 31-avgust qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli: ➡️ 5 ish kunida ishlovchilar 4 kun dam oladi: ▪️29-avgust – (shanba) dam olish kuni; ▪️30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; ▪️31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; ▪️1-sentabr – (seshanba) bayram; ➡️ 6 ish kunida ishlovchilar 3 kun dam oladi: ▪️30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; ▪️31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; ▪️1-sentabr – (seshanba) bayram. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ➡️ Sirdaryo
🎬 Murojaat javobsiz qolmadi: Karvonsaroyda aytilgan muammoga amaliy yechim Xovos tumanining Karvonsaroy mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda aholi chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasini ko‘targan edi. Murojaatdan so‘ng Karvonsaroy, Xovosobod va Yettiguzar mahallalarida chiqindi yig‘ish va olib chiqishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yildi. Mahallalarga maxsus elektr motoulovlar chiqarilib, ular xonadonlar va tor ko‘chalardan maishiy chiqindilarni yig‘ishni boshladi. Eng muhimi, uchrashuvda aytilgan gap qog‘ozda qolmadi. Aholi ko‘targan masala asosida mahallalarning sharoitiga mos amaliy yechim ishga tushdi. Endi vazifa — xizmatni bir maromda yo‘lga qo‘yib, chiqindi to‘planib qolishining oldini olish va mahallalar tozaligini doimiy taʼminlash. ➡️ Sirdaryo
📹 Ezgu tashabbus ➡️ Sirdaryo
#Sayyor_qabul DIQQAT, E’LON! Aholining ichimlik suvi ta’minoti sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Guliston shahri fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi. 🗓 Sana: 2026-yil 14-avgust 🕙 Vaqti: soat 10:00 Ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaat va muammolaringiz mavjud bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin. 👥 Sayyor qabul «Sirdaryo suv ta’minoti» AJ direktori Sh. Akramov ishtirokida o‘tkaziladi. 📍 Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston shahri «Navbahor» MFY Firdavsiy ko‘chasi 70-uy. ☎️ Bog‘lanish uchun telefon: +998 941665646 «Sirdaryo suv ta’minoti» AJ axborot xizmati ➡️ Sirdaryo
Guliston shahrida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi Bugun, 12-avgust kuni Guliston shahar Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul Guliston shahrining Navbahor mahalla fuqarolari yig'inida shahar hokimi Farrux O‘ktamjonov rahbarligida bo‘lib o‘tdi. — Batafsil ➡️ Sirdaryo
📹 Yangiyo’lda bayram tuhfasi – yangi uy topshirildi! 👉 Foydali va kerakli kontentlar Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati ➡️ Sirdaryo
📹 Nigohlarda porlagan quvonch 📍Xorazmda 35 nafar bolaga xatna to‘yi o‘tkazildi 👉 Foydali va kerakli kontentlar Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati ➡️ Sirdaryo
📹 Bektemirda bayram tuhfasi – yangi uy topshirildi 👉 Foydali va kerakli kontentlar Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati ➡️ Sirdaryo
📹 Toshkent shahrida bayram munosabati bilan xonadonlarga mehr va ziyo ulashildi 👉 Foydali va kerakli kontentlar Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati ➡️ Sirdaryo
📹 Yurt obod – ko’ngillar obod 📍Surxondaryoda 35 nafar bolaga xatna to‘yi o‘tkazildi 👉 Foydali va kerakli kontentlar Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati ➡️ Sirdaryo
📹 Namanganda 35 nafar bolaga xatna to‘yi o‘tkazildi 👉 Foydali va kerakli kontentlar Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati ➡️ Sirdaryo
📹 Qoraqalpog’istonda 35 nafar bolaga xatna to‘yi o‘tkazildi 👉 Foydali va kerakli kontentlar Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati ➡️ Sirdaryo
📹 Mehrga yoʻgʻrilgan bayram 📍Samarqandda bayram tuhfasi – yangi uy topshirildi 📹 Foydali va kerakli kontentlar Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati ➡️ Sirdaryo