tgindex

Startaper kundaligi | MyTeacher

описание

Startaper - har kunini umrining birinchi kuni deb hisoblaydi! Shaxsiy fikrlarim, kechinmalarim hamda rejalarimni shu kanalda ulashib boraman. - Sardor Xudoyberdiyev www.myteacher.uz loyihasi ham-asoschisi.

237
подписчиков
Охват к подписчикам
241,4%
ERR
Реакции к просмотрам
2,38%
401 на 29 постов
Пересылки к просмотрам
0,21%
36
Постов в день
0,0
всего 29

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 9 авг.🔴 [BUGUN | 20:00 ] Ingliz tilini o'rganishda vaqt va dangasalik muammosi! Jonli bepul dars - Sardor Xudoyberdiyev bilan! DARS YANGI MYTEACHER AI ILOVAMIZNING “KURSLAR” BO’LIMIDA BO’LIB O’TADI, ILOVANI YUKLAB OLGAN BO’LISHINGIZ KERAK! YUKLAB OLISH6,49%
  • 21 июл.Muvaffaqiyat bu ... Muvaffaqiyat bu chidash sanʼatidir ✔ Ogʻriqlarga, ✔ Uyqusiz tunlarga, ✔ Natijasi oʻxshamagan ilk qadamlarga, ✔ "Katta odam" boʻlmaganing uchun kamsitishlariga, ✔ Pulsizlikka, ✔ Doʻstsizlikka, ✔ Sevgisizlikka... Ha, chidaysan, ortga qaramaysan, otilgan toshlarga yigʻlamaysan, doʻstim eding-ku..demaysan, sevgim eding-ku..demaysan. Nima uchun faqat men...demaysan, ishlayverasan, ishlayverasan. Meni hech kim bilmayapti, koʻrmayapti demaysan, adolat qani demaysan. Saqov boʻlasan, kar boʻlasan, koʻr boʻlasan, davom etasan. Yiqilasan turasan, yiqilasan turasan... Va bir kuni choʻqqidasan! Ortga qaraysan... Shunda koʻrasanki, seni doim Koʻrgan, seni doim Eshitgan, seni doim Qoʻllagan! Oʻsha sinovlar orqali, oʻsha yoʻqotishlar orqali, oʻsha ogʻriqlar orqali seni bugungi kun uchun Toblagan! U doim sen bilan Boʻlgan!... Unga qilgan barcha eski shikoyatlaringdan uzr soʻraysan. Oʻshanda vaqtincha adolatsizlikday koʻringan Adolatini koʻra olmaganing uchun uyalasan. Lekin bugun oʻsha gʻoʻr, oʻtmishdagi oʻzingni ham kechirasan. Chunki bugun sen umuman boshqa odamsan! Hozircha esa sen bilan sening ulkan maqsadlaring bor... Qani unda tur oʻrningdan, hamma dam olayotgan paytda biz ishlaymiz va chidaymiz... Choʻqqida koʻrishamiz...5,83%
  • 16 апр. 2025 г.без подписи4,84%
  • 20 янв. 2025 г.без подписи4,71%
  • 12 дек.“Allohim, Sardorga keng rizq eshiklarini ochgin. Unga kuch, sabr, hikmat va to‘g‘ri qarorlar ber. Uning yo‘lini oson qil, qalbini taskin qil va uni dunyo ham oxiratda yuksalt. U intilayotgan halol yo‘llarini barakali qil, uni yordam bilan qo‘llab-quvvatla. Omin.” 🤲4,66%
  • 22 апр.Biz insonmiz va hayotimizda hammasi “toza” bo’lishini xohlaymiz, ammo agar jamiyatda o’sib natijaga va kattaroq narsaga ega bo’lishni istasak, o’zimizga bog’liq bo’lmagan ba’zi “botqoqliklarga” kirib, “rasvo” bo’lib chiqishimizga afsuski to’g’ri keladi! Eng yomoni botqoqdan chiqa olmaslik. Botqoqdan chiqish uchun birinchi qadam — bu panika qilmaslik! Panika bilan hech qachon botqoqdan chiqib bolmaydi.3,89%
  • 8 февр. 2025 г.без подписи3,11%
  • 2 дек. 2024 г.без подписи2,95%
  • 4 июн.Man qayttim😎2,86%
  • 27 февр.Boylikni bo‘lishish emas, ko‘paytirish san’ati Biznesda, tadbirkorlikda va hatto oilada ko‘pchilik xato tushunadigan bitta fundamental qoida bor. Odamlar hayotni “jang maydoni” deb o‘ylashadi. “Men yutishim uchun, kimdir yutqazishi kerak.” “Mening cho‘ntagim to‘lishi uchun, birovning cho‘ntagi bo‘shashi kerak.” Bu — Zero-Sum Game (Nol yig‘indili o‘yin) deb ataladi. Bu kambag‘allarning, diktatorlarning va o‘rtamiyonalarning fikrlash tarzidir. Lekin dunyodagi eng buyuk ekotizimlar, eng katta kompaniyalar va eng boy jamiyatlar butunlay boshqa qoida asosida qurilgan. Bu — Positive-Sum Game (Musbat yig‘indili o‘yin). Keling, iqtisodiyotni bitta katta pirog (tort) deb tasavvur qilaylik. Zero-Sum tafakkuri: Pirogning hajmi o‘zgarmaydi. Agar men katta bo‘lakni kesib olsam, senga kichkina bo‘lak qoladi. Shuning uchun biz pichoq ushlab, bir-birimiz bilan urishamiz. Bu yerda raqobat — yo‘q qilishga qaratilgan. Positive-Sum tafakkuri: Bizning maqsadimiz pirogni talashish emas. Bizning maqsadimiz — oshxonaga kirib, yana bitta pirog pishirish. Yoki mavjud pirogni 10 barobar kattalashtirish. Startap ekosistemasi — bu pirog talashadigan joy emas. Bu — pirog pishiradigan novvoyxona. Bizning madaniyatimizda uzoq vaqt davomida “resurslar cheklangan” degan qo‘rquv hukmronlik qilgan. “Suv kam, yer kam, pul kam.” Shuning uchun ong ostida qo‘shnining yutug‘i — bizning zararimizdek tuyuladi. “Qo‘shnim yangi mashina oldi, demak mendan o‘zib ketdi (men yutqazdim).” Lekin innovatsiya bu qoidani buzadi. Ilm, g‘oya va texnologiya — cheklanmagan resurslardir. Bir dona shamdan mingta shamni yoqish mumkin, bundan birinchi shamning nuri kamayib qolmaydi. Aksincha, xona yorug‘roq bo‘ladi. Bu — klassik Positive-Sum Game. Biz “Startup Garage” yoki “Imkon VC”ni qurayotganimizda aynan shu matematikani ishlatyapmiz. Zero-Sum dunyosida: Agar bitta startap investitsiya olsa, boshqasiga pul qolmaydi, deb o‘ylashadi. Positive-Sum dunyosida (Real ekotizimda): Bitta startap (”X”) muvaffaqiyatli bo‘lib, “Exit” qiladi (sotiladi yoki IPOga chiqadi). Asoschilar va investorlar boyib ketadi. Ular bu pulni sandiqqa bosmaydi. Ular endi ”Angel Investor”ga aylanadi. Ular keyingi 10 ta yosh startapga pul tikadi. Bozorga chet ellik yirik o‘yinchilar qiziqib qoladi (”O‘zbekistonda ham unicorn chiqibdi” deb). Natijada: Bitta g‘alaba butun bozor uchun kapital va imkoniyatlar eshigini ochadi. Sizning raqobatchingizning g‘alabasi — aslida sizning kelajakdagi imkoniyatingizdir. Ko‘tarilgan to‘lqin barcha kemalarni yuqoriga olib chiqadi. Ko‘pchilik hamkorlikni (collaboration) raqobatga dosh berolmaslik deb tushunadi. Aslida esa, Positive-Sum o‘yinida hamkorlik — bu multiplikator (ko‘paytiruvchi). Sizda g‘oya bor, menda pul bor. Alohida ikkalamiz ham “yarimtamiz”. Birlashsak — butun imperiya quramiz. Sizda texnologiya bor, menda bozor (mijozlar) bor. Birlashsak — monopoliyaga aylanamiz. Hasadgo‘ylar va “qisqichbaqalar” (Crabs) buni tushunmaydi. Ular o‘zlarining kichkina katakchalarida “qirol” bo‘lishni xohlaydilar. Positive-Sum o‘yinchilari esa kichkina qirollikdan ko‘ra, katta imperiyaning bir qismi bo‘lishni afzal ko‘radilar. Hayotda muvaffaqiyatga erishishning ikki yo‘li bor: Ekstraksiya (Tortib olish): Birovning borini tortib olish orqali boyish. (O‘g‘rilik, korrupsiya, monopoliya). Bu — qisqa muddatli va halokatli. Kreaniya (Yaratish): Yo‘q joydan qiymat yaratish orqali boyish. (Startaplar, san’at, ishlab chiqarish). Agar siz ekosistema qurmoqchi bo‘lsangiz, atrofingizga faqat “Pirog pishiruvchilar”ni yig‘ing. Pichoq ko‘tarib, bo‘lak talashayotganlardan uzoqroq yuring. Ular nafaqat o‘zlarini, balki sizni ham och qoldiradi. Positive-Sum Game o‘ynang. Raqobatlashmang — yarating. Chunki raqobat — o‘xshashlar o‘rtasida bo‘ladi. Yaratuvchilarning esa raqobatchisi bo‘lmaydi, ularning faqat izdoshlari bo‘ladi.2,66%
  • 27 мар. 2025 г.без подписи2,50%
  • 10 февр. 2025 г.без подписи2,34%