tgindex
Street MBA / Abror Mashrabov bilan

Street MBA / Abror Mashrabov bilan

Статистика
@street_mbaузбекский

- https://cloz.uz va https://hrsevil.uz asoschisiman - "Eng Zo'rini Top" kitobi muallifiman - clck.ru/3Rf55h - Ikkinchi kanalim - @mashrabov_aa Konsultatsiya & reklama: @Abroraloqabot

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
54
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 806
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 319
40 постов
Вовлечённость
128,4%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 54
Упоминаний
8
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
541
1/48двое суток
619
1/72трое суток
668

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Oylik syurpriz bo‘lmasin Xodimlarga mukofot tizimini (KPI) joriy qildikmi? Sodda qilaylik. Oyning 5-sanasi bo‘ladimi, 20-sana bo‘ladimi - istalgan vaqtda qancha pul ishlab topganini o‘zi aniq hisoblay olisin. Agar sodda qilish imkoni bo’lmasa, Xodim qancha ishlab topganini o’zimiz hisoblab ko’rsataylik (tahminiy bo’lsa ham). Faqat real-time bo’lsin, xuddi WB/Yandeksga o’xshab. Real-time hisob-kitoblarni psixologik ta’siri katta-da miyamizga. Bu haqida mana tadqiqot. Xodim o’z mukofotini real-time hisoblay olmasa yoki biz hisoblab beradigan tizim qilib bera olmasak yaxshisi shunchaki quruq oylik beraylik. Chunki, Tushunarsiz va ishlamaydigan KPI tizimdan ko’ra yaxshigina fiksa oylik yaxshiroq. #hr #kpi — Jamoa boshqarish, xodim yollash, KPI va motivatsiya tizimlarini ishlab chiqishda yordam kerak bo‘lsa, bir oylik 1:1 mentorlik formatida ishlashimiz mumkin. @street_mba / @mashrabov_aa

  • O‘zgarishlarni boshladikmi - boshida o‘zimiz turaylik CEO ishtirokisiz har kuni, har hafta, har oy yoki har chorak takrorlanadigan jarayonlarni bajarsa bo’ladi. Yaxshi bir COO yordamida. Lekin, CEO ishtirokisiz katta o’zgarishlar (change management) qilib bo’lmaydi. Chunki, O’zgarishlar o’zi og’ir jarayon. Va unda qatnashmaslik jamoaga “bu o’zgarishlar men uchun muhim emas” degan signal yuboradi. Jamoa esa CEO aytgan narsani emas, CEO e’tibor bergan narsani muhim deb biladi xolos. #boshqaruv @steet_mba / @mashrabov_aa

  • 7 авг.1 07811

    Rivojlanishning eng og'ir narxi Ancha yildan beri biz bilan ishlab kelgan, Sadoqatli, Korxonani sevadigan, Harakatchan va korxona uchun ko'p narsa qilib ulgurgan, xodimlar bilan ham xayrlashib turish kerak. Agar ular bizga kerakli darajani bera olishmay qolsa. To'g'ri, bunday insonlar bilan xayirlash narxi juda og'ir. Lekin, Xayrlashmaslikni ham narxi og'ir. Har doim sadoqatni kompetensiyadan ustun qo‘yadigan bo'lsak korxonani keyingi darajaga olib chiqish ham qiyin bo'ladi. Rivojlangan sari talab qilinadigan kompetensiyalar ro'yxati ham kengayadi-da. Munosabatlarni qurbon qilmay deb korxonani kelajagini qurbon qilib qo'yishimiz mumkin. Shuning uchun, Boshi "potolokga" tegib qolgan xodimlarga yoki o'ziga mos lavozim beraylik, Yoki xayrlashaylik. Sadoqat va harakatchanlikni ishdan bo'shatilishga qarshi immunitetga aylantirmaylik. — 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz 2) Rekruting bo'yicha elektron kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - @abroraloqabot #boshqaruv #hr @street_mba / @mashrabov_aa

  • 27 июл.1 49210

    Korporativ vabo 1347–1353 yilda butun Yevropani vabo (чума) bosib oldi. Jamiyatni xavf ostiga qo’ymaslik uchun kasallarni shahardan uzoqroqdagi maxsus izolyatsiyalashtirilgan joylarga chiqarib yuborishgan. Vabo tarqagan vodiylardan kelgan kemalarni 30-40 kun davomida shaharga kirgizishmagan. Karantin majburiy chora bo’lgan. Aks xolda butun shahar yoki davlat halok bo’lishi mumkin edi. Agar korxonamizda quyidagi narsalar bilan shug’ullanadiganlarni ko’rsak ularni ham “karantinga” chiqarib yuboraylik: - g’oyalarni emas, shaxslarni muhokama qilishadi; - yechimlarni emas, faqat muammolarni gapirishadi; - xatolarni tuzatishga emas aybdor qidirishga vaqt sarflashadi. Oqibatda, “Eng tajribali” va “eng ishongan“ xodimlarimiz yoki ketishni boshlashadi, Yoki ular ham virus tarqatuvchilar qatoridan joy olishadi. Xullas, “Negativchilar” faqat muhitni emas, Balki korxonani o’ldirishadi. Professional tilda “korporativ vabo” deyiladi bu. Negativchilarga nisbatan “zero tolerance” strategiyasi qo’llaylik. #boshqaruv @street_mba / @mashrabov_aa

  • 17 июл.1 9889

    Qo'pollikka kirmaydi Xodim yollashni endi-endi boshlaganimda suhbat jarayonida nomzodlar mavzudan tashqariga o'tlab ketsa gapini bo'lmas edim. — Birov gapirganida suhbatni buzmagin, bu qo'pollikka kiradi bolam. - deb o'rgatishganda. Hozir esa nomzod mavzudan tashqariga chiqib ketsa darrov, "Judayam qiziq, lekin keling mavzuga qaytaylik", "Sizni javobingizni men bergan savolga nima dahli bor?", "Men jo'nim bilan siz aytayotgan narsa haqida batafsil gaplashgan bo'lar edim, lekin vaqtimiz chegaralangan", Va shu kabi iboralar bilan suhbatni o'zimga kerakli joyga yo'naltiraman. Bu bilan o'zimni ham nomzodni ham vaqtini tejayman. HR'da suhbatni bo'lish tarbiyasizlikdan dalolat emas. Suhbatni boshqara olmaslik esa professional emasligimizdan dalolat. — 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz 2) Rekruting bo'yicha elektron kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - @abroraloqabot #hr @street_mba / @mashrabov_aa

  • 9 июл.2 48314

    Majburiyat ≠ Mas’uliyat Buxgalterimiz aldab ketgan bo‘lsa, demak, biz rahbar sifatida zaif tizim qurdik. Yaxshi sotuvchimiz “nonko‘rlik” qilib ketib qolgan bo‘lsa, demak, biz rahbar sifatida odam tanlashda adashdik, kelishuvni to‘g‘ri qilmadik yoki e’tiborli bo‘lmadik. Marketologimiz “ishni eplay olmagan” bo‘lsa, demak, biz rahbar sifatida vazifalarni aniq bermadik, yetarlicha nazorat qilmadik yoki kerakli resurslar bilan ta’minlamadik. Xodimning zimmasiga majburiyatni yukladik degani mas’uliyatni ham yukladik degani emas. Afsus, mas’uliyat yuklanmaydi. U har doim bizda, rahbarlarda qoladi. Garchi xodim qonuniy tomondan mas’uliyatni bo‘yniga olgan bo‘lsa ham. Bunday “adolatsizlikka” chiday olmasak, rahbarlikni tashlaylik. Agar odam zoti bitta aytganda aytilgan ishni qiladigan, Lafzini buzmaydigan, Va nafsiga yo‘liqmaydigan bo‘lganida, rahbar zoti kerak bo‘lmas edi. #boshqaruv @street_mba / @mashrabov_aa

  • 5 июл.2 60715

    "Quiet firing" Ishdan bo'shatishni ikkita yo'li bor. Birinchisi. To'g'ridan to'g'ridan to'g'ri suhbat orqali bo'shatish. Bunday suhbatlar yoqimsiz bo'ladi. O'g'ir o'tadi. His tuyg'ularga boy bo'ladi. Uzoq davom etadi, vaqt sekin o'tadi. Xullas bu ish "dux" talab qiladi. Ustiga ustak xodim bizdan xafa bo'lib qolishi ham hech gap emas. Shuning uchun ham ko'p rahbarlar bu uslubni yoqtirishmaydi. Ikkinchisi. Ishdan bo'shatmasdan ishdan bo'shatish, ya'ni xodimni o'zi ketib qolishi uchun sharoitlar yaratish. Masalan, Xodimni g'iybat qilishni boshlash, Majlislarga chaqirmay qo'yish, Sekin asta muhim ishlardan chetlab qo'yish, Katta bosim berish kabi choralar ko'rish. Va hokazo. Birinchi holatda xodim bizdan xafa bo'ladi xolos. Ikkinchi holatda esa xodim bizni butun umr nafrat bilan eslaydi. Ikkiyuzlamachilik qilganligimiz uchun. Yuziga aytishga "duximiz" yetmaganligi uchun. Ustiga ustak korporativ madaniyat ham enasinikiga kiradi. Tizimga ishonmay qo'yishadi ichkaridagilar. Ikkinchilar qatoridan joy olmay desak "exit interview’ni" ekrakchasiga o'tkazaylik. 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz 2) Rekruting bo'yicha elektron kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - @abroraloqabot #hr @street_mba / @mashrabov_aa

  • 30 июн.2 10123

    "Quiet quitting" Zo'r xodimimiz o'ziga qo'shimcha vazifa olmay qo'ygan bo'lsa, Faqat chizilgan chiziq bo'yicha yurishga o'tib olgan bo'lsa, 9-18 rejimini mahkam ushlab ish yonib yotsa ham ishda 1 daqiqa ham ortiqcha vaqt o'tkazmayotgan bo'lsa, Ishga emotsional yondashmay qo'ygan bo'lsa, Lekin hali hamon ishdan bo'shamagan bo'lsa, Bilaylikki, U shovqinsiz ishdan bo'shab bo'lgan. G'arbda buni "quiet quitting" deyishadi. Ya'ni, Ishdan bo'shamasdan ishdan bo'shash. Odatda bu motivatsiyasi yo'qligidan / tushib ketganidan, Yoki, Professional toliqishdan kelib chiqadi. Bunday holatda xodimga dam beraylik, Va motivatsiyasini qayta gaplashib chiqaylik. #hr #boshqaruv @street_mba / @mashrabov_aa

  • 23 июн.2 22710

    Kolxoz direktori majlisda: O'tgan yili 1 gektar jo'xori ekkan edik, hammasini qurt yeb ketdi. Bu yili 2 gektar jo'xori edik, hammasini qurt yeb ketdi. Keyingi yil 10 gektar jo'xori ekamiz. Qurtlarni qorni yorilib o'lsin. Boshqa jo'xori yemaydigan bo'ladi. To’g’ri, vaziyat kulgili. Lekin, O’zimizni harakatlarimizga ham bir qarab qo’yaylik-da. Sabablarni o’rniga oqibatlar bilan kurashmayapmizmi? Xodimlar tez-tez ketib qolayotgan bo’lsa balki ayb faqat HR’da yoki "Z" avlodda emasdir faqat? 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz 2) Rekruting bo'yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj #hr @street_mba / @mashrabov_aa

  • 13 июн.2 3056

    Xodimni mehnatini "ignor" qilish va uni e’tiborsiz qoldirish xodimni qilgan mehnatini uni ko’z oldida barbod qilish bilan bir xil. #boshqaruv @street_mba / @mashrabov_aa

  • 10 июн.2 97813

    Bepul xodim «Bir-ikki oy sinov muddati» deb pul to’lamasdan xodim ishlatishni cho’ntagimizga plyusi bo’lishi mumkin, Lekin, Yaqqol minuslari ham yo’q emas: 1. Tanqidimizni qabul qilishi qiyin bo’ladi. Bu meni ishimdan kamchilik topib pul to’lamasdan chopib yubormoqchi degan gumonlarga boradi. 2. O’zini 100% ishga bag’ishlay olmaydi. Qornini o’ylaydi. Ro’zg’orni o’ylaydi. 3. Yaxshi nomzodlarni yo’qotamiz. Kuchli kadrlar vaqtini qadrini biladida. Hech bo’lmasa yo’lkira va tushligini beraylik shuning uchun. 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz 2) Rekruting bo'yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj #hr @street_mba / @mashrabov_aa

  • 8 июн.2 14123

    Aloqani ushlaylik Ishdan bo’shab ketganlarni qayta ishga chaqirish «tupurgan tuprikni qaytarib olish» bilan bir xil narsa emas. Past ketish ham emas. Yalinish ham emas. G’arbda buni «boomerang recruiting» deyishadi. Va bunga zo’r qarashadi. Birinchidan. E’lonlardan pul tejaladi. Xodimni moslashtirishdan ham pul tejaladi. Ichki muhitdan va ishdan xabari borda chunki. Ikkinchidan. Boshqalarga yaxshi ibrat bo’ladi. Odamlar qaytib kelishyaptimi, demak yaxshi ishxona ekan degan tushunchani beradi. Uchinchidan. Xodim yangi bilim va tajriba bilan qaytadi. Shuning uchun, Ketganlar bilan aloqani yo’qotmaylik. 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz 2) Rekruting bo'yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj #hr @street_mba / @mashrabov_aa

  • 4 июн.2 02410

    Ideal trayektoriya "Bezel" klubidan nomi chiqqan "Chelsea" klubiga o'tdi. Lekin u yerda yaxshi o'ynay olmadi va asosiy vaqtini zaxirada o'tkazdi. Keyin uni ijaraga "Fiorentina", undan keyin esa "Roma" klubiga berib yuborishdi. "Roma" klubida zo'r o'yin ko'rsatib yana nomi chiqqan klubga, "Liverpulga" qaytdi. "Liverpulda" ancha muncha rekkordlar qo'ydi, Chempionlar ligasini yutdi, Angliya Premier Ligasini eng zo'r to'p-urarlaridan biriga aylandi. Bu futbolchini ismi Mohammed Salah. Laqabi "Misrlik Messi". Xodimlarni suhbat qilish jarayonida (ayniqsa yuqori lavozimlarga) biz ideal rivojlanish trayektoriyasini ko'rgimiz keladi. Oddiy o'qituvchi -> Zavuch -> Direktor -> yana Oddiy o‘qituvchilikka qaytgan va yana direktorlikka topshirgan nomzod ichimizda shubha uyg'otadi. Demak buni nimadir ishkali bor deb o'ylaymiz. Trayektoriya buzilganda chunki. Vaholanki, Eng kuchli nomzodlar har doim ham ideal trayektoriyaga ega nomzodlar emas, Balki, Karyerasi sinishiga qaramay o'zi sinmagan nomzodlardir. #hr — 👉 Foydali tavsiya: Jasur aka va Aziz aka bog'cha ochish, uni to'g'ri yuritish va eng asosiysi to'g'ri jamoa yig‘ish bo'yicha videodarsliklar tayyorlashibdi. Ta'lim sohasida ish boshlamoqchi bo'lganlarga va ta'limda ishlab yurganlarga maslahat beraman. @street_mba / @mashrabov_aa

  • 1 июн.2 06710

    Avval osh, keyin desert Choyxonaga borib o'tirishni desert bilan boshlasak ketidan dunyodagi eng zo'r osh ham ketmaydi. Oshqozonni ham o'zini ketma ketligi borda. Avval - asosiy taom. Desert, tarvuz-qovun, chak-quqlar esa keyin. Korxonamiz ham oshqozon kabi ishlaydi, Avval - asosiy vazifalar. Turli xil AI-yechimlar, SAP'lar, murakkab moliyaviy dasturlar esa keyin. Masalan, internet do'konimiz skladida stabil ravishda mol turmasa, marketingga pul yoqishimizni foydasi yo'q. Mijozlar qaytib kelmaydi. Yoki skladimiz molga to'lgan bo'lsa-yu biz mijozlar olib kelishni o'rniga UI/UX'ni ustida tinmay ishlayotgan bo'lsa ham foydasi yo'q. Asosiy va ikkilamchi ishlarni aniq ajratib olish tadbirkor sifatida eng asosiy vazifalarimizdan biri ekan. Asosiy vazifalar qatoriga shunday vazifalar kiradiki, ularsiz qolgan barcha vazifalar o‘z ma’nosini yo‘qotadi. #tizim — 👉 Foydali anons. 6 iyun kuni yaqinlarimiz marketologlar uchun 300 kishilik Digital Forum tashkillashtirishyapti. Men ham boraman InshaAllah. Sizga ham tavsiya qilaman. Ro'yxatdan o'tish. @street_mba / @mashrabov_aa

  • 24 мая2 30614

    Xodimlaridan doimiy ravishda norozi bo'lib yuradigan akadan "siz uchun ideal xodim qanday bo'lishi kerak" o'zi deb so'radim. Shularni sanab berdilar: • Ishga jonini bersin. Ishxonadan chiqib ketib ham ishini o'ylasin; • O'zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilsin; • Ambitsiyasi yuqori bo'lsin; • Kallasini ishlatib o'zi bilib bilib ishlasin, mendan buyruq kutmasin; • Yomon odatlari bo'lmasin. Ichmasin, chekmasin; • Doimiy ravishda o'z ustida ishlasin, kitob o'qisin, rivojlansin; • Ijtimoiy tarmoqlarga berilib ketmagan bo'lsin; • Omonatdor va halol bo'lsin; • Gap ko'tara olsin; • Kirishimli bo'lsin; • Sabr qilishni bilsin. Ha deb oyligimni oshirib ber deyavermasin; • Majburiyat bilan emas, mas’uliyat bilan boshqarilsin; • Farosatli va tarbiyali bo'lsin; • Kechikish odati bo'lmasin; • Yana 10+ kriteriya. Shu barcha fazilatlarni birlashtirgan xodimni tanlov ro'yxatida bizning ishxonamiz eng so'ngi joy bo'ladi katta ehtimol. Li-9 mashinasi bor haydovchi hech qachon "Start" tarifida taksi qilmaydi. Ishxonamiz ideal emas ekan, xodimni ham kamchiliklariga rozi bo'laylik. Noliyvermasdan. 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz 2) Rekruting bo'yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj #hr @street_mba / @mashrabov_aa

  • 20 мая2 43711

    O'zbekistonda hozir pul qimmat, 5 yillik pul deyarli yo'q. Ko'p tadbirkor 1-2-3 yilda foydaga chiqib tikkan pulini olib chiqib ketgisi keladi. Bu degani, 5 yillik rejalashtirish gorizonti bilan O'zbekistonga 90% bizneslardan o'tib ketish mumkin. Amerikada 5 yillik gorizont bilan hech kimdan o'tib keta olmaysiz. Chunki, Ular kamida 10-20 yil bilan fikrlashga o'rganib bo'lishgan (Nvidia, OpenAI). Uzoq gorizontda fikrlash uchun esa bizni faqat pul qiziqtirishi kerak emas. Faqat pul qiziqtirmasligi uchun esa pul kelishi faqat biznesimizga bog'lanib qolmasligi kerak ekan. 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz 2) Rekruting bo'yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj @street_mba / @mashrabov_aa

  • 11 мая4 72551

    1 ta xodimni ishdan bo'shatish matematikasi: Vakansiyani yopish uchun 1–3 oy vaqt ketadi. Bu rekruterning oyligi, rahbarning intervyularga sarflagan vaqti va reklama xarajatlari degani. Onboarding va adaptatsiya ham tekin emas. Yangi xodim kamida 2–4 oy davomida to‘liq samaradorlikka chiqmaydi. Yangi xodim odatda tajribali xodimga biriktiriladi. Bu esa tajribali xodim kamida 20–30% vaqtini “enagalik” qilishga sarflaydi degani. Ishxonaning ichki “ob-havosi”ga moslashguncha yangi xodim 1–2 oy xatolar qiladi. Xatolar ham aslida pul: qayta ishlash, kechikish, mijoz noroziligi, sifat tushishi. Agar xodim mijozlar bilan ishlagan bo‘lsa, uning ketishi mijozlar bilan munosabatlarga ham zarar yetkazishi mumkin. Ishga olish qimmat turadi, to'g'ri, Lekin, Ishdan bo‘shatish undan anchga qimmat turishini ham unutmaylik. 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun CLOZ'dan foydalaning - 🔗 cloz.uz 2) Rekruting bo'yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj #hr @street_mba / @mashrabov_aa

  • 30 апр.3 5656

    Shogirdlarimizni shogird olish darajasiga olib chiqa olsak rahbarlik yukimiz karrasiga yengillashadi. #boshqaruv @street_mba / @mashrabov_aa

  • 24 апр.3 69715

    Sotuvchilar bozori qizib ketgan HH, OLX yoki boshqa bir ish saytlarini ochsak eng ko‘p vakansiya chop etilgan kategoriyalardan biri - bu sotuv/savdo kategoriyalari ekanligini ko‘ramiz. Sotuvchilarni topishda qiynalishimiz tabiiy bunday holatda. Chunki, Bozor ish beruvchiniki emas, xodimniki bo‘lib qolgan. Sotuvchi topishda azoblanmay desak, Offerimizni kuchaytiraylik. “2-3 million fiksa + KPI" degan gaplar studentlarga ham ta’sir qilmay qo‘ygan. HR brendi kunchli korxonalar bundan qisman istisno. Yoki, Shogirdlar olib o‘zimiz 0’dan sotuvchilarni tarbiyalaylik. 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun shu kanalga bepul obuna bo‘ling - 🔗 clck.ru/3Rf4fE 2) Rekruting bo‘yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so‘m - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo‘yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj @street_mba - tadbirkorlar uchun biznes haqida TG kanalim. @mashrabov_aa - xodimlar uchun karyera haqida TG kanalim.

  • 14 апр.2 84414

    Tizimlar Biznesda har qanday ishni tizimlarsiz ham "amallasa bo'ladi", Narxiga chidab bersak bo'ldi. Mijozlarni boshqarish tizimisiz (CRM) ham savdo qilsak bo'ladi. Eng zo'r sotuvchimiz ketib qolsa, mijozlarni ham o'zi bilan olib ketadi. Nomzodlarni boshqarish tizimisiz (ATS/HRM) ham xodim yollasa bo'ladi. HR'rimiz ketib qolsa nomzodlar bazasi ham tagiga oladi. Ombor boshqarish tizimisiz (WMS/IMS) ham ostatkalar bilan ishlasa bo'ladi. Zavskladimiz ketib qolsa enamizni ko'rishimiz aniq. Hayotda ham shaxsiy tizimlarsiz yashasak bo'ladi. Uni ham narxiga chidab bersak bo'ldi. Bilimni boshqarish tizimisiz (KMS) ham rivojlansak, kitoblar o'qisak, kurslar ko'rsak bo'ladi, shunkaki daftarlardan foydalanib. Lekin kerakli ma'lumotni kerakli vaqt topishimiz muammo bo'ladi. Vazifalar boshqaruvi tizimisiz ham (TMS) ishlasak bo'ladi. Lekin miyamiz doim "shovqinlanib" turadi. Kam ishlasak ham tez charchayveramiz. To'g'ri, Tizim qurish pul turadi. Lekin, Tizimsiz ishlash ham bepul emasda. Shaxsiy operatsion tizim qanday bo'ladi o'zi deb qiziqayotgan bo'lsangiz, mana meni tizimimni ko'ring. — 👉 P.S. Tayyor bo‘lganingizda, sizga yordam berishim mumkin bo‘lgan 5ta yo‘l bor: 1) Ish va xodim topish uchun shu kanalga bepul obuna bo'ling - 🔗 clck.ru/3Rf4fE 2) Rekruting bo'yicha online kitobimni sotib oling, 89,000 so'm - 🔗 clck.ru/3Rf55h 3) Rekruting bo'yicha online kursimga yoziling, $149 - 🔗 clck.ru/3Sgodz 4) Rekruting xizmatimdan foydalaning - 🔗 hrsevil.uz 5) 1ga1 konsultatsiyaga oling - 🔗 clck.ru/3QaVpj @street_mba - tadbirkorlar uchun biznes haqida kanalim. @mashrabov_aa - xodimlar uchun karyera haqida kanalim.