tgindex
Sumayya Hamit📖

Sumayya Hamit📖

Статистика
@sumayya_hamitузбекский

(Kelinglar, bir soat iymonlashaylik!) Ayol va qizlar uchun‼️ Fiqh ilmi boyicha magistr talaba📝 Islom shariati fakulteti, bakalavr🎓 Kanal shaxsiy sahifam 😊 Kurslarimning e'lonini qo'yib boraman👉🏻

Последний пост
7 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
30
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
425
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
520
30 постов
Вовлечённость
122,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 30
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
360
1/48двое суток
412
1/72трое суток
444

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 7 авг.2879722

    صِرْت خالة لأول مرة🌸 🌷 نورتِ الدنيا يا عيون خالتك آلاء، جَعلكِ الله قرة عينٍ لوالديكِ.🤍❤️ İlk bor hola bo'ldim🩵 ♥️♥️♥️ Xolasining ko'z nuri bo'lgan Alaa, dunyoni nurga to'ldirding. Alloh seni ota-onangning ko'z quvonchi qilsin.🖤🦋 4 yil sabir mevasi alhamdullah..😍 🎈🎈🎈🎈🎈🎈🎈🎈

  • Umrimiz o'tgan yillar sanog'i bilan emas, u bizga qoldirgan izlar bilan o'lchanadi.💓

  • 2 авг.391202

    ✍🏻Haftada bir iymoni darsimiz bor, har Payshanba kuni bo'ladi. Dars kanaliga qoshilish uchun👇🏻 https://t.me/+JJJW-BYL0-wzMWE8 Linkka admin qabulidan keyin qoshilasiz.😊

  • ♥️♥️♥️♥️

  • 30 июл.5441612

    Bu Allohning yaratmishidir, endi sizlar undan boshqasi nimani yaratganini ko’rsating-chi?! [31:11] Telegram | YouTube

  • https://youtube.com/shorts/8SR7wRezoRw?si=R4zMxa_sxqELlnpk

  • Atrofingizdagi barcha shovqin-suron, chalg‘ituvchi omillar va soxtaliklarga qaramay, qalbingizda iymon tirik qolgan ekan, bilingki, sizni buyuk bir ne'mat qurshab olibdi. ➡️Zotan, haqiqatni eshitgan har kim unda sobitqadam bo‘lib qolavermaydi, ➡️to‘g‘ri yo‘lni tanigan har bir kishi unda yurishda davom etavermaydi. 📍Shuning uchun ham olimlar shunday deganlar: "Istiqomat (to‘g‘rilikda sobit turish) — eng buyuk karomatdir".

  • Shayxulislom Ibn Taymiyya rohimahulloh aytadi: "Alloh Qur’onda "chiroyli sabr qilish", "chiroyli ko‘rinishda kechib (kechirib) yuborish" va "chiroyli ko‘rinishda tark etish" haqida aytgan. Chiroyli sabr qilish – boshga tushgan musibat, kelgan qiyinchilik xususida o‘zi kabi maxluqlarga shikoyat qilmaslikdir. Chiroyli kechib (kechirib) yuborish – undan keyin kechirilgan kishiga ta’na qilmaslik, unga o‘tgan aybini eslatmaslik bilan bo‘ladi. Chiroyli ko‘rinishda tark etish – biron kishi bilan aloqalarni to‘xtatar, yoki biron narsadan voz kechar ekan, evaziga o‘sha kishiga yoki o‘sha ishni qilayotgan kishilarga ozor bermaslikdir". "Majmuul-fatovo".

  • "Onalik tuygʻusi goʻzaldir; Alloh hech bir ayolni onalik neʼmatidan mahrum qilmasin!"

  • 11 июл.7051817из toshfonus

    هَٰذَا خَلْقُ اللهِ فَأَرُونِي مَاذَا خَلَقَ الَّذِينَ مِن دُونِهِ ۚ بَلِ الظَّالِمُونَ فِي ضَلَالٍ مُّبِينٍ ‎﴿١١﴾‏ "Бу Аллоҳнинг яратганидир. Қани менга кўрсатинг-чи, Ундан бошқалар нимани яратдилар. Йўқ! Золимлар очиқ-ойдин адашувдадирлар". ("Луқмон" сураси, 11-оят).

  • ​"Payg‘ambarimiz ﷺ uzoq vaqt sukut saqlovchi, Allohni ko‘p zikr qiluvchi, kam kuluvchi va doimo tabassum qilib yuruvchi zot edilar." ✨اللّٰهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّدٍ✨ "Ey Alloh! Nabiyyimiz Muhammadga salovat va salom ayt (u kishini huzuringda maqta, darajalarini ko’tar)". 👉🏻Allohumma, solli va sallim ʼalaa nabiyyinaa Muhammad.

  • #quronda_kelgan_duolar وَمِنْهُم مَّن يَقُولُ رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ ‎﴿٢٠١﴾ 201. Ulаr ichidа mo‘min bo‘lgаn bir guruhi hаm bоrki, duоlаridа: “Ey Rоbbimiz, bizgа dunyodа оfiyat, rizq-ro‘z, fоydаli ilm, sоlih аmаl vа bоshqа dinu dunyo ishlаrini, охirаtdа esа Jаnnаtni аtо etgin vа bizni do‘zах аzоbidаn sаqlаgin”, deyishadi. “Bаqаrа” surаsi, Oyat 201 Bu duо eng qisqа vа purmа’nо duоlаrdаn bo‘lib, “Sаhihаyn”dа rivoyat qilinishichа, Rаsulullоh sоllаllоhu аlаyhi vа sаllаmning eng ko‘p аytаdigаn duоlаri edi. via Tafsiri Muyassar

  • 5 июл.558311

    Haj yoki Umrani niyyat qilgan ayollar uchun muhim eslatma! Ko'p so'raladigan savollardan biri: "Ehromga kirganidan keyin hayz kelib qoldi. Endi nima qilaman/qiladi?" Agar quyidagicha ko'rsatilganidek niyat qilgan bo'lsa, yechimi juda ham oson bo'ladi. Chunki dinimiz yengillik ustiga qurilgan, faqat uni yaxshi o'rganib, hukmlarini bilsak, kifoya. Ehsor niyati/sharti: Ehsor niyati — bu haj yoki umra uchun ehromga kirgan kishining ibodatni yakunlay olmasligi mumkin bo‘lgan majburiy sabab (kasallik, dushman, rasmiy to‘siq, yo‘l yopilishi va hokazo) tufayli qalbidan niyat qilishi, demakdir. Ehsor (الإحصار) nima? Fiqhda ehsor deb "ehromga kirgandan keyin haj yoki umraning tugatib qo'yishga to‘sqinlik bo'lishi", ya’ni, inson irodasidan tashqari sabab bilan man etilishiga aytiladi. Ehsor niyati qanday qilinadi? Aslida, niyatning o'rni qalb, uni til bilan aytish shart emas. Ammo tushunarli bo‘lishi uchun lafz qilib, ovoz chiqarib aytish mumkin. Mashhur iboralar: "Ey Alloh, qayerda (haj yoki umra amalidan) to‘xtatilgan bo‘lsam, o‘sha joyda halol bo‘laman (ehromdan chiqaman)" (Bu niyat ehromga kirish paytida qilinadi va shunday niyat qilib qo'yish afzaldir). 👉🏻Ehsor yuzaga kelganidan keyin: "Ehsor sababli nusukdan (haj amallarini bajarishdan) chiqishga niyat qildim". Shart qo‘yishning foydasi: Agar inson ehromga kirishda biron holatni shart qilib qo'ygan bo‘lsa va keyin ehsorga (o'sha o'zi shart qilib qo'ygan holatga) uchrasa: – ehromdan chiqqan sanaladi va ko‘plab olimlar nazdida hadiy (qurbonlik) shart bo‘lmaydi. Agar shart qilmagan bo‘lsa: Ehsorga uchraganda ehromdan chiqqan sanaladi, ammo hadiy (jonliq so'yish) vojib bo‘ladi. (Jonliq iloji boricha, ehsorga uchragan – haj amallarini bajarishiga to'siq qo'yilgan joyda so‘yiladi). Dalil: Payg‘ambar ﷺ Dubo’a binti Zubayrga aytganlar: "Haj qil va (niyatda) shart qo‘yib, shunday de: "Ey Alloh, qayerda (hajdan) to‘xtatilgan bo‘lsam, o‘sha joyda halol bo‘laman". (Buxoriy va Muslim rivoyati) Yana bir rivoyatda: Rosululloh ﷺ Dubo‘a binti Zubayrning oldiga kirib shunday dedilar: "Ehtimol, haj qilishni xohlayotgandirsan?" U: "Allohga qasamki, o‘zimni betob his qilyapman", dedi. Shunda Rosululloh ﷺ dedilar: "Haj qil, lekin shart qo‘yib shunday de: "Ey Alloh, meni qayerda to‘xtatsang, o‘sha joyda ehromdan chiqaman". 👩‍💻 Demak, miyqotda ehromga kirishni niyat qilayotgan kishi mana shu shartni qo'shib ehromga kirsa, favqulodda holatlarda, masalan, ayol kishining hayzi kelib qolsa ham muammosiz ehromdan chiqib ketaveradi. Vallohu A'lam. #Ayollarga_oyid_fiqhy_masalalar

  • Bugun Juma📖💓 📍Bu kunda Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga ko'proq salovat aytishni unutmaylik. 📍Yana asr va shom namozi orasidagi duo ijobat bo'ladigan vaqitni g'animat bilaylik...♥️ Payg‘ambarimizga ﷺ salovot aytayotganingizda, quyidagilarni qalbdan o‘tkazing: ➡️Ushbu ibodatning sharafini his qiling: Zero, bu amalni Alloh taoloning O‘zi ham O‘z Payg‘ambariga nisbatan qilgan va U zotga farishtalari ham salovot aytgandir. ➡️Alloh taolo sizga bitta salovotingiz evaziga o‘n marta salovot aytishini, o‘nta gunohingizni kechirishini va darajangizni o‘n barobarga ko‘tarishini his qiling. (Bularning barchasi atigi bitta salovot sabablidir!) ➡️Aytgan salovot va salomingiz U zotga ﷺ yetkazilishini his qiling. ➡️Qiyomat kunida U zotga eng yaqin bo‘ladigan odamlar — U zotga eng ko‘p salovot aytganlar bo‘lishini his qiling. ➡️Salovot aytish gunohlarning mag‘firat qilinishiga va g‘am-tashvishlarning ketishiga sabab ekanini his qiling. ✨اللّٰهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّدٍ✨ "Ey Alloh! Nabiyyimiz Muhammadga salovat va salom ayt (u kishini huzuringda maqta, darajalarini ko’tar)". 👉🏻Allohumma, solli va sallim ʼalaa nabiyyinaa Muhammad. ❤️ https://t.me/sumayya_hamit

  • 28 июн.6922010

    #quronda_kelgan_duolar "اللّهُمّ حَبِّبّ إِليْنا الإيمانَ وَزَيِّنْهُ في قُلُوبِنا وَكَرِّهْ إِلينَا الكُفْرَ وَالفُسُوقَ وَالعِصْيانَ وَاجْعَلْنا مِنَ الرَّاشِدِين" ♥️♥️♥️♥️ Ey Alloh, bizga iymonni suyumli qilib, qalblarimizni u bilan chiroyli qil. Bizga…

  • ♥️♥️♥️♥️

  • Qur'on va Sunnatda kelgan 100 duo.pdf

  • Duo ijobat bo'ladigan vaqtlarda ushbu sahih duolardan o'qib duo qiling. Bu vaqtlar: – 🌘 Sahar (bomdod vaqti kirishidan oldin) – 🕌 Azondan keyin. – 🕋 Namozda sajdada va salom berishdan oldin. – 🌧 Yomg'ir yog'ganida –🌱 Juma kuni asr bilan shom namozi o'rtasida. – 🌺 Arafa kuni peshindan shomgacha. –🌙 Ro'zador inson og'iz ochishidan oldin #kitoblar

  • Ertaga 10- Muharram 🍒 Ashuro kuni

  • Ertaga 9- Muharram 🍒🫴