Taallama
СтатистикаArab tilini o'rganishimizdan asosiy maqsad Allohning Kalomini o'rganish bo'lsin! Kanaldan ma'lumot olinganda manba koʻrsatilsin! Diniy savollar uchun ⤵️ https://savollar.islom.uz Murojaat uchun: @taallama_bot
- Последний пост
- 25 мая
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
TAKBIRI TASHRIQ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam arafa kuni bomdod namozidan keyin to oxirgi tashriq kunining asr namozigacha takbir aytar edilar". Muqim kishi zul-hijjaning 9-kuni bomdod namozidan, 13-kunining…
TAKBIRI TASHRIQ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam arafa kuni bomdod namozidan keyin to oxirgi tashriq kunining asr namozigacha takbir aytar edilar". Muqim kishi zul-hijjaning 9-kuni bomdod namozidan, 13-kunining asr namozigacha jamoat bilan, takbiri tashriqni bir marta (namozdan keyin) aytish vojibdir. Ammo musofir, yolg'iz namoz o'quvchi va ayollarga vojib emas. Lekin bularning barchasi takbiri tashriqni aytishi vojib degan, ulamolar ham mavjud. Shuning uchun yuqoridagilar ham takbiri tashriqni aytishlari yaxshidir. Takbiri tashriq lafzlari quyidagilar: "Allohu akbar, Allohu akbar, Laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd". Ⓜ️anba: Fiqh.uz sayti
#umra #Ramazon #mizoj Umra yo'lovchisi! Umraga nima olib boraman deb ko'p so'raysan-ku, biroz yozgim keldi. Yo'lga o'zingni olib borasan. Masalan, jahldormisan, jahling bilan o'ynaladi, boshqalardan ayb qidiradigan toifadanmisan, qo'lingga yetarli miqdorda fayl beriladi, hech narsani yoqinqiramaydigan xulqqa egamisan, sen yoqtiradigan holat yashatilmaydi senga, boshing muammodan chiqmaydigan xilidanmisan, yana o'sha muammolaringni ro'parangda ko'rasan, chunki o'zing bilan kelasan bu yo'lchilkka, o'zingni olib kelasan. O'zingni olib kelib, barcha mavzularda yana "sen"ga tashlanasan, "o'z"ga qaytish o'rniga. Misol tariqasida, telefonda gaplashib yo'lingni adashtirib qöyasan, kelib "sen"ga yopishasan, orqaga qarab qayerda qolib ketding demaysan deb jahlingni "senga" sochasan, "o'z"ga qaratib men telefon bilan chalg'iganim uchun yo'ldan adashdim demaysan; chunki "o'z" oppoq, aybdor esa "sen", tavof asnosida mening oyog'im og'riyotganini bilib turib ataylab tez yuryapsanmi deb zahringni sochasan; yana "sen" aybdor, "o'z" esa bamisli oppoq qor; tavofdan jahl qilib chiqib ketasan, nega chiqding deyilsa, "sen" tez yurasan, shunga chiqdim deysan, oh, yana "sen" aybdor, "o'z" esa yopishtirgan gapi bilan xursand, gap bilan yopishtirib qo'ydim deysan, "o'z"ingni osmonlarga olib chiqib qo'ydingmi, xotirjammisan endi, "sen"ni hech tinch qo'ymading, qayerda aytildi "sen"ni tarbiya qilasan deb, ammo "o'z"ni tarbiya qilasan deyildi?! Sen, sen, sen... qachonga qadar sen... "Sen"ga bu qadar yuklanganing yetar... "O'z"ga qayt "o'z"ga... E'tikofda inson til ro'zasi ham tutadi, nega, ichki dunyoingga yo'nal endi biroz deb, tiling shifolansin deb. Sen esa tashqari bilan 7-24 soat kontaktdasan. Muammolaring ko'pi shu til bilan bog'liq ekanini tafakkur qilmaysan. Xonangda kreslongda rahbarsan, bu yer rahbarliging peshkash qiladigan joy emas, insonlarga buyruq berib, boshqarishga intilma, qullardan bir qul ekaningni unutma, ibrat ol, kim kimlar rahbarlik kiyimini yechib, rahbarlik shaxsiyatidan bir chetga surib qo'yib, Baytullioh mehmonlariga xizmat qilyapti, ularni farrosh ko'rayotgan sening ko'zing xolos. Kim kim rahbarlar o'zini "ikki haram xodimi" deb atasa, qara "xodimi" deb atayapti, sen esa hali ham o'zingni rahbar kabi tutishda davom etasan. Mizoj ilmida bu holatga bir qoida bor: "Tashqarida ko'p bo'lgan ichkarida ozdir". Tashqarida nimanidir o'ta kontrol qilayotgan bo'lsang, ichkarini kontrol qila olmayotganingni ko'rsatadi. Qachonki ichki dunyoinga hokim bo'lishni o'rgansang, tashqarini kontrol etish istagi kamayadi. Nasibang 2 qadam ortda bo'la turib, turtib-surtib oldinga intilasan, haqni rioya qilmaysan. Ikki og'iz biroz haqiqatdan gapirilsa darrov qarshilik ko'rsatishga o'tasan, juda bo'lmasa, yoshim ulug', men sendan kattaman deb yoshing uchun izzat-hurmat tilab olishga o'tasan. Moddiy ulg'ayibsan degani ma'naviy ulg'ayding degani emas. Modda bn bu qadar ovora ekansan, ma'noni tatimaysan, tanlov senda. Ko'zingni haqiqatga ochishing uchun yana nimalar yashashing kerak, yana nimalarni boshingdan o'tkazishing kerak. Yoshim ulug' deding-ku, kelmadimi unda vaqting. Yoki razbor qilish bilan o'tib ketadimi umring, kimnidir titib yuborasan, kimnidir sochib yuborasan, kimnidir jag'ini yorib qo'yasan, kimgadir enasini ko'rsatib qo'yasan, ajinang tutib qoladi, ajinang "Assalomu alaykum" deb kelib qoladi, sen kelgan joyiga qayta yo'llash o'rniga "xush kelding" deb kutib olasan, ishlatayotgan so'zlaringga bir nazar tashla. Bular sening leksikangdagi so'zlar. Umraga och qolaman deb oziq-ovqat tayyorlash bilan birga o'zingni ham tayyorlashni unutma, chunki umraga o'zingni olib kelasan, o'zingni ko'rasan, o'zingni yashaysan... Mizoj... E'tikof kundaligidan
Boʻyoq (kraska) bilan birinchi marta ishlashimiz 🎨 Quloqtozalagich, bilaman, sening vazifang boshqa edi 🥲😁😁
без подписи
Bir vaqtning oʻzida ikkala qoʻlni ishlatish koʻnikmasini shakllantiramiz
Neyrogimnastika 🧩Qanday oʻynaladi? Yuqoridagi kataklardan birini koʻrsatasiz, bola quyidagi kataklardan mosini topishi kerak. Oʻng qoʻli bilan raqamni, chap qoʻli bilan rangini bir vaqtda koʻrsatishi kerak.
3 yoshli farzandim shishirilgan 2-3 ta sharlarni koʻrsatib, "bular sayyoralar", dedi. Men kattasini olib, bilmasdan, "bu Neptun", debman🙈 U: "yoʻq, Neptun kichkina boʻladi", deydi))) MashaAlloh, Allohumma baarik 😊 Bir necha kun oldin doʻdasi bilan "Koinot" nomli kitobni oʻqib oʻtirishgan edi☺️ Bolani kichik demay, foydali ilmlarni beraverish kerak ekan ✨
Aybga buyurmaysizlar, nimani foydali deb bilsam tashlayveraman kanalga😅🙈 aralash mavzular kanali))
Gʻijjalamoq, gʻichchalamoq emas)) Hijjalamoq ✅ Yaʼni, bir soʻzni boʻgʻinlarga boʻlib talaffuz qilish Misol: "Bahrom matndagi soʻzni hijjalab oʻqiganimdan soʻng tushundi"
Минг ойдан яхшироқ кеча #ramazon 📜Лайлатулқадр илтижоси 🤲 Аллоҳим, агар шу кеча Лайлатулқадр бўлса, унда менга яхшиликни тақсим қил, қазоингда энг яхши якунни бер ва менинг умримни саодат ила якунла. 🤲 Аллоҳим, ушбу кечада менинг исмимни саодатмандлар қаторига, руҳимни шуҳадолар қаторига, эҳсонимни иллийинга қўшгин ва гуноҳларимни мағфират этгин. 🤲 Аллоҳим, бу кеча Ўзингнинг яратганларинг, валий бандаларинг ва тоат аҳлинг учун очган ҳар бир яхшилик эшигини мен учун ҳам очгин ва уни мендан ёпмагин. 🤲 Менга Ўзингнинг бой-беҳожат қиладиган ҳалол ва пок ризқингдан ато эт. 🤲 Аллоҳим, саййидимиз Муҳаммадга ва у зотнинг оилаларига саловот ва саломлар йўллагин. 🤲 Аллоҳим, бу муборак кечада тақсим қилган ҳар бир яхшилик, офият, саломатлик, хотиржамлик ва кенг ризқдан менга ҳам улуш, насиба бергин! 🤲 Унда (Ўз ҳикматингга кўра) нозил қиладиганинг ҳар бир ёмонлик, шумлик ва фитнани мендан ва барча мусулмонлардан узоқ қилгин. Аллоҳим, амийн. 🤲 Аллоҳим, бу кеча мени Ўзингнинг кенг караминг билан ўраб олгин ва мени Ўзингнинг авлиёларингдан қилгин. Уни улуғ ажр ва мукаррам заҳира билан мен учун минг ойдан яхшироқ қилгин! 🤲 Аллоҳим, мени бу кечадан фақат мағфират этилган гуноҳ, мақбул саъй-ҳаракат, қабул бўлган амал, асло зиён кўрмайдиган (охират учун бўлган) тижорат, қалблардаги дардларга шифо ва Ўзингнинг карамли Юзинг учун бўлган холис тавба билангина чиқаргин, эй раҳмлиларнинг раҳмлиси. 🤲 Аллоҳим, мени, оиламни, зурриётимни ва барча мусулмонларни бу кечада жаҳаннамдан озод қилинган ва дўзахдан қутқарилган бандаларингдан қилгин. 🤲 Аллоҳим, бу кечада мени назар солиб раҳм қилинган ва дуоси эшитилиб ижобат этилган бандаларингдан қилгин! 🤲 Аллоҳим, ушбу Лайлатулқадрда, унинг сирлари, нурлари ва баракотлари билан дуо қилган нарсаларимни қабул қилишингни ва ҳожатларимни раво этишингни сўрайман, эй раҳмлиларнинг раҳмлиси! 🤲 Аллоҳим, саййидимиз Муҳаммадга, у зотнинг оилаларига ва барча асҳобларига саловот ва саломлар йўллагин. 🤲 Аллоҳумма иннака ъафуввун, туҳиббул ъафва, фаъфу ъаннаа... Аллоҳим, Сен афв этувчисан, афв этишни яхши кўрасан, бизни афв эт. Аллоҳим, амийн. @arabicuz iOS | Android Instagram | Facebook | Twitter | Tiktok | Youtube
Ғанимат соатлар #ramazon 📜 Лайлатулқадр дуоси - Аллоҳумма иннака ъафуввун, туҳиббул ъафва, фаъфу ъанний... 🤲 Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв этишни яхши кўрасан. Мени афв эт. Менинг аҳлим ва зурриётимни ҳам афв эт... 🤲 Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв этишни яхши кўрасан. Мени онамни, отамни ва уларнинг ота-оналарини, ота-оналарининг ота-оналарини ҳам афв этгин... 🤲 Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв этишни яхши кўрасан. Менинг оға-иниларим, биродарларим ва уларнинг зурриётларини ҳам афв этгин... 🤲 Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв этишни яхши кўрасан. Менинг тоғаларим, холаларим ва уларнинг зурриётларини ҳам афв этгин... 🤲 Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв этишни яхши кўрасан. Менинг амакиларим, аммаларим ва уларнинг зурриётларини ҳам афв этгин... 🤲 Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв этишни яхши кўрасан. Менинг дўстларим, ҳамкасбларим, қўшниларим, мени севган ва мен уларни севганларимни афв этгин... 🤲 Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв этишни яхши кўрасан. Мени ҳаққимга ортимдан ғоибона дуо қилганларни ва мени дуо қилишга ундаганларни ҳам афв эт... 🤲 Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв этишни яхши кўрасан. Бизни зиммамизда ғамхўрлик қилишимиз ва адо этишимиз лозим ҳақлари бўлган ва биз улар хусусида сусткашлик қилганларимизни афв эт... 🤲 Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв этишни яхши кўрасан. Бизнинг вафот этган марҳумларимизни ва мусулмонларнинг марҳумларини афв этгин... 🤲 Аллоҳим, Сен афв қилувчисан, афв этишни яхши кўрасан. Барча ушбу дуоимни ўқиб “амийн” деб турганлари афв этгин. Амийн, амийн, амийн... @arabicuz iOS | Android Instagram | Facebook | Twitter | Tiktok | Youtube @arabicuz
без подписи
Ey qalbi gul kabi nazokatli Ayol! Ey aqli tuyg'ular bo'ronida chirpirak bo'lguvchi Ojiza! Ey qarorlari doim o'zgarib, ikkilanishlar ichida qolguvchi Zaifa! Seni yuksaltirguvchi, buyuk maqom berguvchi Vazifang haqida eslatma bermoqchiman. Ey Ayol! Ey Ona! Ey mukarrama Zot! Oyog'i ostiga jannat to'shalgan munavvar Siymo! Sen tilloga qiziqasan, boylikka, chiroyga qalbing chopadi. Ba'zan istaklaring qayerdan boshlanib, qayerda tugashini bilmay qolasan. Kimgadir suyanish va kimgadir ishonish ilinji ila yashaysan, shu sababli ham Ayolsan! Ammo ishon! Ishonki, Sening buyuk Vazifang sadoqatli juft bo'lmoqdir. Erning rizosi ila jannat eshigining kaliti qo'lingga beriladi. So'ng Onalik maqomi! O'g'illar va qizlarni ulg'aytir. Ularni sev, parvarish qil. Ular uchun o'zingni fido et, ularning yaxshi inson, solih inson, halol va insofli inson bo'lishi uchun harakat qil. Bu bir muhoraba maydonidir. G'iybatlarga quloq solma. Kimdir seni pisand qilmasa, e'tibor berma. Kimdir ig'vo tarqatsa, ko'z solma. Sen KELAJAKNI QUR! Sen sherlarni tarbiya qil. Afifalarni ulg'aytir. Butun diqqating bilan chinakam ONA bo'lmoq uchun intil. Bolang qarshisida dunyoning hamma istaklariga o't qo'y. Mening nafsim, mening istaklarim-chi dema. Dugonalarim shundoq yurishibdi, men-chi dema. Zurriyodlaring – ana ular Sening Buyukliging ildizidir. Tasavvur qil: sen tarbiya qilgan o'g'illar yurt koriga yaraydigan, xalqning yukini ko'taradigan, mard va donishmand bo'lib yetishdilar. Kelinlar tushirding. Qizlar chiqarding. Nabiralar ko'rding. Qanchalar ehtirom va sevgi ichida bo'lishingni o'yla. Vaqtinchalik hoy-u havaslar, nafs ortidan chopgan qizlar bugun bu imkoniyatni boy beryaptilar. Karera qilaman, ilm olaman deb o'zini aldayotgan ojizalar o'z imkonlariga, o'zlarining ilohiy va fitriy baxtlariga o't qo'ymoqdalar. Bugungi qarsaklar, unvonlar, olqishlar, moliyaviy mustaqilliklar – hech biri senga mangu saodatni bermaydi, umringning qaymog'ini sen abadiy yo'lga tikmasang, yo'lning oxiri juda achchiq va og'riqli kechadi. Ey ayol! Ey ma'suma! Ayol jamiyatda faol bo'lsin, yana bir nimalar qilsin deb chopayotganlarga aldanma. Buyuk Ona bo'lish imkonidan ayrilma. Oyog'ingga jannat poyandoz qilib to'shab turilganida botqoqliklardan yurma. Bu fikrlarni yodlab ol. Uqib ol. Ichingga singdir va o'zingni sadoqatli jufti halol va Ona bo'lish uchun safarbar et! Umring, mehnating, sihhatingni bu yo'lga sarflaysan va olgan hosiling uchun aslo afsus qilmaysan, bil'laks, baxtiyorlik va rozilik ichida bo'lgaysan! Ammo boshqa so'qmoq va jinko'chalardan ketganlar, qizil bayroq-u oq bayroq bo'lib yurgan sho'rpeshonalarning oqibatlari ne bo'lishi yolg'iz Xudoga ayon! Sen tanlagan yo'lda natija kafolatlidir, ammo teskari tomonga daydiganlarning ne bo'lmog'i zulmat-u qorong'udlikdadir. Ularni qora bir tuynuk, sovuq tunlar, ajdaho kabi himoyasizlik va ayanchli oh-u nolalar kutib turgan boʻlishi ehtimoldir, Xudo saqlasin!..
Кеча Маккайи мукаррамада устоз Абдулҳаким қори домлани зиёрат қилган эдик, суҳбат асносида бир гап айтдилар: — Шайх ҳазратлари кўп шундай дер эдилар, “онаси илм учун етаклаб келган болалар одатда, олим бўлиб етишади, энг озида, қори бўлмай қолмайди”. Бунга мисол қилиб, ўзларига онаси етаклаб келган, ўзлари ўқитган кишиларни ва бунинг исботи аслида тарихда имом Бухорий, имом Молик, имом Аҳмадларнинг мисолида ўз тасдиғини топганини эсладилар. Ҳа, бу гапни кўп эшитганмиз. Аммо бу гапни такарор ва такрор эшитиб туравериш керак экан. Айниқса, ҳаётда ўзлари бунга гувоҳ бўлган улуғ устозлардан эшитиб, сир-синоатини сўраб туриш керак. Ўзим ҳам олдиндан онаси илмга ихлос қилган, боласининг одоби, илми учун куйиниб юрган оналарни кўрсам, ўша болалардан катта яхшиликлар умид қиламан. Азиз оналар — опа-сингиллар, сизларда гап кўп. Бугунги фитналарга, турли макр-ҳийлаларга чалғиманг, алданманг. Сизлар тепратаётган бешикда, сизлар ювиб-тараётган ўша кир устибошнинг ичида буюк инсонлар ўсаяпти аслида. Уларнинг буюклиги сиз билан! Сизнинг ихлосингиз, иффатингиз, сабр-матонатингиз, қаноатингиз ва ғайратингиз билан! @IkromSharif
Maktabning vazifasi faqat ta’lim bilan cheklanishi biryoqlama natijaga olib keladi. Tarbiyani uygʻunlashtirish degan gap ham mujmaldir. Ta’lim va tarbiyaning maqsadi aniq shaklda belgilab olinishi shart. Bola ertaga katta odam boʻladi. Bola ertaga uyning, sulolaning, pirovardida, jamiyatning egasiga aylanadi. Bola hayot maydonida qanday harakat qilishni bilishi kerak. Yaxshi va yomonni, oq va qorani, past va balandni ajrata olishi kerak. Bola olamda yovuz, ayyor, soxta, qat’iyatsiz kaslar borligini bilishi lozim. Bola nafs va shaytondan keladigan yomonliklardan ogoh boʻlmogʻi shart. Bola koʻngilni ogʻritmaslikni, sadoqatni, tafakkur va tadabburni, jasorat va qoʻrqmaslikni oʻrganishi darkor. Bolaning qoʻliga hayotning xaritasi berilishi, undan qanday qilib foydalanish oʻrgatilishi kerak. Bolaning yarim kuni maktabda kechadi. Bolaning butun koinotdagi tillolardan qimmat vaqti maktabda oʻtadi. Ammo u maktabni bitirganida hayot haqida hech narsa bilmaydigan boʻyi baland, ovozi doʻrillargan bir zehniyat sifatida namoyon boʻladi. Eng qizigʻi, u maktabni bitirganda murosa, hikmat, vazminlik, mas’uliyat, ishlarning oqibati haqida oʻylay olmasligi uning hunarsiz va dangasa, betgachopar va oʻyinqaroq ekanligi bilan proporsional keladi. Yana u durustgina yolgʻonchi, durustgina makkor hamdir. Maktab faqat ta’lim bersa, hatto tarbiyani bersa ham maqsad hosil boʻlmaydi. Maktab ODAM yetishtirib bersin. Harflar, raqamlar yoki formulalar, voqealar yoki yillarni yodlagan vunderkind emas, balki ODAM ulgʻaytirsin. Bu odam hayotda yashash nima ekani haqida, hech yoʻqsa, dastlabki ma’lumotlarning egasi boʻlsin. Qoʻlida 3 – 4 ta hunar boʻlsin. 18 yosh bu goʻdaklik emas, harqalay. Aks holda, maktablar oʻz vazifasini bajara olmaydigan, shunchaki, bola umrini isrof etuvchi, uning 12 yilini tutqunlikda ushlab turuvchi joy boʻlib qolaveradi.
без подписи
без подписи
без подписи
Oʻgʻlim bilan 4+ yoshga moʻljallangan mashqlarni bajaryapmiz, MashaAlloh ✨