Sehrli affirmatsiyalar
СтатистикаSizda muammolar, tushkunlik va hayotdan ko'ngil to'lmaslik bo'lsa, qalb xotirjamligi bolmasa demak ruhan o'sish, rivojlanish vaqti kelibdi. Murojat uchun: @
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Психология (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 109
- 1/48двое суток
- 124
- 1/72трое суток
- 134
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Uraymi urmaymi 😁
Diqqat E'LON Megaaksiya✅✅✅✅ Professional kursimizga 50% chegirma Kurs asl narxi 200$ Yarmi o'tilgan hozirdan davom etmoqda o'tilgan zapislar uchun MEGAAKSIYA NARXI 500 ming so'm AKSIYA FAQAT 5 KISHIGA AMAL QILADI!
видео или голосовое, без подписи
MATRITSA SUDBA KANALIGA MAXSUS AKSIYA! Atigi 99 000 so‘m evaziga xohlagan muddatga “Matritsa Sudba” kanaliga kirish huquqini qo‘lga kiriting! 💫 Bu kanalda siz: ✨ O‘zingizdagi talant va kuchli tomonlarni aniqlashni 💰 Matritsa talqiniga ko‘ra qaysi sohalarda o‘zingizni yaxshiroq namoyon qilishingiz va daromad imkoniyatlarini ko‘rishni 🎯 Hayotingizda qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini 🔓 Sizdagi bloklar va cheklovlarni aniqlashni 🧩 Ushbu bloklar bilan qanday ishlash mumkinligini 📚 Arkanning ma’nolarini chuqur o‘rganishni o‘rganasiz. Eng qiziq tomoni — o‘zingiz uchun emas, boshqalar uchun ham Matritsa Sudbasini hisoblash va talqin qilishni o‘rganishingiz mumkin! 🔮 Ya’ni bu bilimni kelajakda o‘zingizning qo‘shimcha faoliyatingizga ham aylantirishingiz mumkin. 🚨 AKSIYA FAQAT 1 KUN! ⏰ Bugun — oxirgi imkoniyat! 💳 Kirish narxi: atigi 99 000 so‘m Murojat uchun @RRdiamond
Esingizda bo'lsin: hammani rozi qilishga uringan inson oxir-oqibat o'zidan uzoqlashadi. O'ziga sodiq qolgan inson esa ichki xotirjamlikka erishadi.
"Sizni eng ko'p qiynayotgan narsa — odamlar emas. Ularning siz haqingizda nima deb o'ylashi." Jabrlanuvchi senariysidan chiqish — boshqalarning sizni yomon inson deb o'ylashiga ruxsat bera olishdan boshlanadi. Ko'p odamlar baxtsiz yashaydi, chunki ular doim o'zini oqlash, tushuntirish va hammaning ko'zida "yaxshi inson" bo'lib qolishga harakat qiladi. Lekin bir haqiqatni unutmang: siz o'zingizni qanday tutmang, baribir kimningdir hikoyasida yomon qahramon bo'lib qolasiz. Chunki odamlar sizni haqiqatga qarab emas, balki o'z jarohatlari, qo'rquvlari, kutgan umidlari va dunyoqarashi orqali baholaydi. Sizning vazifangiz esa ularning fikrini boshqarish emas. Haqiqiy erkinlik — o'zingizni doim himoya qilishdan voz kechishdir. Sizni tushunadigan inson tushuntirishsiz ham tushunadi. Tushunishni istamaydigan inson esa mingta izoh bersangiz ham o'z fikrini o'zgartirmaydi. Shuning uchun o'zingizga bitta savol bering: Men yashayotgan hayot o'zim uchunmi yoki boshqalarning roziligini olish uchunmi?
Bitta affirmatsiya o'rgatgandim natija bolib turmushga chiqayotgan ekan qizimiz! Bizani hamma muammolarimizga iqrorliklarimiz sabab boladi ularni ozgartirsak muammolar yechiladi! O'zingiz orzu qilgan hayotda yashashni xohlasangiz bizga murojat qiling @theaffirmationuz
Eng katta ozodlik — boshqalarning fikridan ozod bo'lishdir. Inson o'z ongi ustida ishlagan sari bitta muhim haqiqatni anglaydi: ✨ Uni kimdir yaxshi ko'radimi yoki yo'q... ✨ Uni tushunadimi yoki yo'q... ✨ Uni maqtaydimi yoki tanqid qiladimi... Bular endi uning ichki holatini boshqarmaydi. Chunki u baxt va xotirjamlik manbaini tashqi dunyodan emas, o'z qalbidan topgan bo'ladi. 🤍 Ko'pchilik mehrni, hurmatni va qadrni boshqalardan izlaydi. Ammo ong uyg'ongan sari inson quyidagi haqiqatni anglaydi: 🕊️ Siz izlayotgan mehr — o'zingizda. 🕊️ Siz kutayotgan hurmat — o'zingizga bo'lgan munosabatingizda. 🕊️ Siz qidirayotgan qadr — o'zingizni qanday qabul qilishingizda. 💫 Haqiqiy erkinlik — odamlardan uzoqlashish emas. 💫 Haqiqiy erkinlik — ularning fikriga qaram bo'lib qolmaslikdir. Siz o'z markazingizga qaytganingizda, boshqalarning bahosi emas, qalbingizning ovozi hayot yo'lingizni belgilaydi. 🤍✨ O'zingizni topgan kuningiz — haqiqiy erkinlik boshlangan kundir. @theaffirmationuz
Nuqtai nazarimizni o'zgartiraylik. Yomon insonning o'zi bo'lmasligi ham mumkin. Ko'pincha biz "yomon" deb baholaydigan inson — bolaligida chuqur ruhiy jarohat olgan, o'zini himoya qilish uchun ego devorini qurgan insondir. Jarohat qanchalik chuqur bo'lsa, uning xatti-harakatlari shunchalik og'ir ko'rinishi mumkin. Bu hech qachon zararli yoki zo'ravon xatti-harakatlarni oqlamaydi. Ammo insonning sabablarini tushunish, unga boshqacha nigoh bilan qarashga yordam beradi. Ba'zan insonning qalbi yomon emas — u faqat og'riq ortiga yashiringan bo'ladi. @theaffirmationuz
Bolalikda sizni doim boshqalar bilan solishtirishganmi? "Boshqa bolaga qara!" "Nega sen ham shunday bo'lmaysan?" "Qarang, u sendan yaxshiroq!" Bu oddiy gaplar emas. Ular bolaning ongida chuqur iz qoldirishi mumkin. 💔 Katta bo'lganda buning oqibatlari: • O'zini doim boshqalar bilan solishtiradi. • O'ziga ishonchi past bo'ladi. • Qancha yutuqqa erishmasin, o'zini yetarli his qilmaydi. • Tanqidni juda og'ir qabul qiladi. • Boshqalarning maqtovi va tasdig'iga qaram bo'lib qoladi. • "Men yaxshi emasman" degan ichki e'tiqod bilan yashaydi. 🌱 Har bir bola o'ziga xos. Uni boshqalar bilan emas, kechagi o'zi bilan solishtirish kerak. Esingizda bo'lsin: Bolalikda eshitilgan so'zlar katta yoshda insonning ichki ovoziga aylanadi. 💬 Siz ham bolaligingizda boshqalar bilan solishtirilganmisiz? Fikringizni izohlarda yozing.
Atrofdagilarni bizga qo'pol munosabatini ozgartirish
Live stream finished (56 minutes)
Darsni boshlaymiz
Live stream started
Diqqat E'LON bugun soat 22:22 da bepul dars bor. Dars mavzusi: Atrofdagilarni bizga qo'pol munosabatini ozgartirish! O'tkazib yubormang Dars shu kanalda audio formatda boladi.
@theaffirmationuz
@theaffirmationuz
Har kuni pozitiv bo‘lish — hayotda hech qanday muammo bo‘lmasligi degani emas. Pozitiv inson ham charchaydi, xafa bo‘ladi, yig‘laydi va qiyin kunlarni boshdan kechiradi. Ammo u har qanday vaziyatda o‘ziga shunday savol beradi: “Bu vaziyat menga nimani o‘rgatyapti?” Har kuni uyg‘onganingizda hayotingizdagi bor narsalar uchun minnatdor bo‘ling. Kichik quvonchlarni qadrlang. O‘zingizni boshqalar bilan solishtirmang. Chunki har bir insonning hayot yo‘li o‘ziga xos. Bugun hammasi yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Ammo bu — ertaga ham shunday bo‘ladi degani emas. Har kuni o‘zingizga yaxshi gapiring. O‘zingizni qo‘llab-quvvatlang. Chunki sizning ichki holatingiz — hayotingizni qanday ko‘rishingizni belgilaydi. 🌿 Har kuni bir oz ko‘proq xotirjamlik. ✨ Har kuni bir oz ko‘proq minnatdorlik. 🤍 Har kuni bir oz ko‘proq o‘zingizga bo‘lgan mehr. @theaffirmationuz
Inson o‘zining qorong‘u tomonini qabul qilganidan keyingina, ichidagi haqiqiy nurni topa oladi.
Har bir insonning ichida boshqalarga ko‘rsatmaydigan “qora tomon”i bor. Bu — yomonlik degani emas. Bu bizning ichimizda yashiringan g‘azab, qo‘rquv, hasad, alam, nafrat va og‘riqlardan tashkil topgan soya tomonimizdir. Ko‘pchilik bu tomonini yashirishga harakat qiladi. Uni inkor etadi, bosadi, tan olishni istamaydi. Ammo inson o‘zining qorong‘i tomonini qanchalik inkor qilsa, u shunchalik kuchliroq namoyon bo‘lishi mumkin. Haqiqiy kuch — ichimizdagi qorong‘ulikni yo‘q qilishda emas. Uni tan olishda. Chunki inson o‘zining ichidagi g‘azabini anglaganida — uni boshqarishni o‘rganadi. O‘z qo‘rquvini tan olganida — undan ozod bo‘la boshlaydi. O‘zidagi hasad va alamni ko‘rganida — ularning asl sababini tushunadi. Bizning “qora tomonimiz” — bizning dushmanimiz emas. U ko‘pincha bizning eng chuqur yaralarimizni yashiradi. O‘z soyasidan qochgan inson butun umr undan qochib yashaydi. Ammo unga yuzma-yuz qaray olgan inson — o‘zini anglashni boshlaydi. @theaffirmationuz