tgindex
Последний пост
18 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
125
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
183
27 постов
Вовлечённость
146,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 27
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 18 июл.5671из AzamatAkbar_Lektorium

    Халқаро ҳакамлар ҳайъати илк бор дунёдаги энг чиройли сўзни танлади. Ғолиб Янги Зеландиянинг маҳаллий халқи — маорилар тилидаги «kaitiakitanga» сўзи бўлди. Бу сўз инсоннинг табиатни асраш ва уни келажак авлодлар учун муҳофаза қилиш масъулиятини англатади. Маори дунёқарашига кўра, инсон табиатнинг эгаси эмас, балки унинг бир қисми ва посбони ҳисобланади. Танлов тил ўрганиш платформаси Babbel томонидан ўтказилди. Мутахассислар ижтимоий тармоқлар ва тил форумларидаги муҳокамаларни таҳлил қилиб, 75 дан ортиқ тилдан сараланган 223 та сўз орасидан халқаро ҳакамлар ҳайъати ғолибни аниқлади. Баҳолашда сўзнинг нафақат жаранглаши, балки унинг маъноси, маданий қадрияти ва бугунги кун учун аҳамияти ҳам инобатга олинди. Финалчилар қаторидан қуйидаги сўзлар ҳам ўрин олди: - Saudade (португал тили) — чуқур соғинч; - Hiraeth (валлий тили) — йўқотилган Ватанга бўлган соғинч; - Ubuntu (зулу тили) — инсонпарварлик ва ҳамжиҳатлик; - Ikigai (япон тили) — ҳаёт мазмуни.

  • 12 июл.9711из kunuzofficial

    Атамалар комиссияси янги сўз ва атамалар рўйхатини эълон қилди Рўйхатдан 41та сўз ўрин олган бўлиб, жумладан, брекет — тишсим, бренд — хосном, миксер — қорғич, суфлёр — шивирчи, хештег — калитсўз, хостел — қўноқуй дейилган. 👉 https://kun.uz/kr/91857125 Kun.uz расмий канали

  • 11 июл.8622из oriftolib

    Qoʻshtirnoq ishlatilmaydigan 4 holat   Qoʻshtirnoqdan keraksiz oʻrinlarda foydalanmaslik zarur. Masalan, mana bu holatlarda u mutlaqo ortiqcha:   1️⃣ Baholar. Baho nomlari qoʻshtirnoqqa olinmaydi: besh, ikki, aʼlo, qoniqarli.   2️⃣ Bayram nomlari. Tarixiy sanalar va bayramlar doim qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Navroʻz bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Yangi yil.   3️⃣ Laqablar, tarixiy unvonlar, sifatlashlar. Mashhurlar tarixiy shaxslarning ismiga qoʻshib aytiladigan sifatlashlar yoki laqablar qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Richard Sheryurak, Dveyn Qoya Jonson.   4️⃣ Turdosh otga aylangan brendlar. Aslida tovar belgisi boʻlgan, ammo tilimizga oddiy atamadek singib ketgan nomlar qoʻshtirnoqsiz, kichik harfda yoziladi: kseroks, jip.   Siz koʻproq qaysi birida ikkilanib turardingiz?   🔥 – bayramlar nomida  ✍️ – baholar nomida  😎 – barchasini bilardim   @oriftolib | Sahifalarimiz

  • 8 июл.9912из UZTRJ

    #ona_tili_uchun Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar ROʻYXATI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanadа rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020 – 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini samarali ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid atamalar muntazam ravishda tahlil qilinib, ularning milliy til me’yorlariga mos muqobillari ishlab chiqilmoqda hamda belgilangan tartibda rasmiy iste’molga kiritilmoqda. Ushbu jarayon o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish, terminologik tizimni milliylashtirish, atamalarning yagona me’yor asosida qo‘llanishini ta’minlash hamda davlat tilining nufuzi yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Yuqorida turli sohalarga oid xorijiy oʻzlashmalarning ilmiy asoslangan, oʻzbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan oʻzbekcha muqobillari beriladi. Bizni kuzatib boring👇 😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram

  • 6 июн.12871из nizomiddinmahmudov

    Низомиддин Маҳмудов: "Тил таълими оиладан бошланади" Сўзга чечанликнинг илк куртаклари болаликдан парвариш қилинмаса, сўз ҳисси, гўзал ифода завқи оилада камол топмаса, кейин, мактабга боргандан сўнг боланинг тилини бурро қилиш қийин кечади. Бу юмушларнинг барини мактабга ташлаб қўйиш, инсофдан эмас. Боланинг тили тамоман қотиб бўлгандан кейин мактабда бу тилни бутунлай янгидан гўзал шаклга солиш осон бўлмайди. Муайян бир шева талаффузига мутлақо табиий бир шароитда мослашган тилни адабий талаффузга ўргатиш учун мактабда ўқитувчи ҳазилакам куч, меҳнат сарфламайди, аммо натижа ҳамиша ҳам кўнгилдагидай бўлавермаётгани ҳеч кимга сир эмас. Зийрак ота-она бола ҳали уйдалигидаёқ унга адабий тил ҳақида ҳам оддий, илк тушунчаларни билганича бериб борса, ёмон бўлмайди. 🔰 Н.Маҳмудов |Тилимизнинг тилла сандиғи ♻️ https://t.me/nizomiddinmahmudov

  • 2 июн.14412из by_isroil

    #OʻzbekTili #Etimologiya #TilSirlari ❓ Nega "YO'Qlamoq", "BORlamoq" emas?! Biz aslida ko'rgani boramizku! Biz odatda kimnidir ko‘rgani borsak, uni holidan xabar olsak buni YO‘QLAMOQ feli bilan ifodalaymiz. Bu mantiqsiz emasmi? 🤔 YO‘Qlamoq felida YO‘Q so‘zi o‘zak hisoblanadi. Kimnidir holidan xabar olishni ifodalashda YO‘Q so‘zining qo‘llanilishi mantiqsizdek tuyuladi. Aslida — bu tilimizning eng chiroyli sirlaridan biri bo‘lib, bunda aslida yo'q bo'lib qolgan insonni holidan xabar olish, uni nega yo‘q bo‘lib ketganini aniqlash uchun borilganligi ifodalanadi. 🧩 Demak, asl mantiq mana bu: Kimdir uzoq ko'rinmaydi. U siz uchun "yo'q" bo'lib ketadi. Siz uning yo'qligini his etasiz. Va uni yo'qlab — izlab, sog'inib borasiz. Ya'ni bu so'z "ko'rinmay qolgan insonnni izlab kelish" ma‘nosida qo‘llaniladi. 📌 Kimni sog'ingan bo'lsangiz — bugun yo'qlab qo'ying 🙂 @by_Isroil | Abdusalomov Isroil blogi

  • без подписи

  • 13 апр.2521из adolat_kuychisi

    Ижтимоий тармоқларда "фуқаро" сўзи атрофида баҳс ва мунозаралар кун тартибига чиқиб бормоқда. Бир тоифанинг маълум қилишича, ушбу жумла "камбағал, бечора" деган маъноларни бергани учун одамларга нисбатан буни қўлламасдан, бошқаси билан алмаштириш керак дейишмоқда. Масалан, бек, бека, ватандош... Бир тоифа эса буни ўзгартиришга эҳтиёж йўқлигини маълум қилмоқда. Чунки буни ўзгартириш ортиқча харажат талаб қилинар экан. Ҳар иккисининг иддаосида жон бордек, лекин барибир қачондир бу жумлани ўзгартириш керак. Чунки номнинг одамга руҳий таъсири бўлади. Хуллас, қуйидаги кўрсатувда бу ҳақидаги фикрларни батафсил билиб олишингиз мумкин. Ҳавола: https://youtu.be/FddBWsUd3I4?si=T0qgN_JewFItHJhT

  • 10 апр.19132из dilrabo_soz

    ИЛМНИНГ ҚУДРАТИ Мирзо Улуғбекдан сўрадилар: — Сиз нега сиёсатни қўйиб, илм билан машғул бўлдингиз? Мирзо жавоб бердиларки: — Мен илмнинг қудратини бобомдан билдим. Бир сафар мен бобомнинг тиззасида ўтирар эдим, шу пайт ҳузурига бир киши кирди, бобом шошиб унинг истиқболига ўрнидан турди — мен тиззасидан тушиб кетдим. Кейин билсам, у зот олим экан, бобомнинг пири комили экан. Илмнинг обрў-нуфузини мен ана ўшанда кўрдим. "Шарқ ҳикоят ва ривоятлари" китобидан

  • BITIK TOSHLAR ORZUSI Qog‘ozlarga yozdim... Qog‘ozlar yondi. Bu sirni o‘yladim — topdim, nihoyat: Men Usmon emasman, Alpteginman — men, Enasoy bag‘rida to‘lg‘ongan g‘oya. Qog‘oz yaramaydi mening kunimga, Qog‘ozga ko‘chmaydi yonayotgan yurak. Shalviragan qog‘oz kerakmas menga, Dardimni bitgani menga tosh kerak. Shamollar quritdi ko‘zimdan yoshni, Yillarning qatidan oxir otdi tong. Asrlar shafaqday chulg‘adi boshni, Miyamga o‘q kabi sanchildi-ku ong. Menga bir tosh kerak — osmon kabi keng, G‘azab kabi og‘ir, g‘amday benavo... Menga bir tosh topib berolmading, sen — Toshlari tuproqqa aylangan dunyo. 🖌Usmon Azim

  • без подписи

  • 25 мар.19021из zshakarov

    “Ertalabki nonushta” – nega bunday deyish xato? “Hoʻl suv” yoki “issiq olov” desak, gʻalati eshitiladi-a? Lekin koʻpchiligimiz shunga oʻxshash iboralarni ishlatib, nutqimizni ortiqcha soʻzlarga toʻldirayotganimizni sezmaymiz. Tahrirda tejamkorlik tamoyili bor: agar gapdan biror soʻzni olib tashlaganda maʼno oʻzgarmasa, demak, u soʻz ortiqcha. Bugun nutqimizdagi eng mashhur 2 ta “koʻrinmas” xatoni tahlil qilamiz: 1️⃣ Pleonazm (maʼno takrori) Bitta maʼnoni shaklan har xil, lekin mazmunan bir xil soʻzlar bilan asossiz takrorlash. ❌ Xato: Kompaniyamizda boʻsh vakansiya ochildi. ✅ Toʻgʻri: Kompaniyamizda vakansiya ochildi. Vakansiya shundoq ham “boʻsh ish oʻrni” degani. ❌ Xato: Ertalabki nonushtaga nima pishirdingiz? ✅ Toʻgʻri: Nonushtaga nima pishirdingiz? Nonushta faqat ertalab qilinadi. ❌ Xato: U boks boʻyicha sobiq eks-chempion. ✅ Toʻgʻri: U boks boʻyicha eks-chempion (yoki sobiq chempion). “Eks” oldqoʻshimchasining oʻzi “sobiq” maʼnosini beradi. 2️⃣ Tavtologiya (oʻzak takrori) Aynan bitta oʻzakdan yasalgan soʻzlarni bir gapda asossiz qaytarish. ❌ Xato: Yaqinda yangi qurilish obyekti qurib bitkazildi. ✅ Toʻgʻri: Yaqinda yangi inshoot qurib bitkazildi. “Qurilishni qurmoq” – ortiqcha takror, soʻz qoʻllashdagi noʻnoqlik belgisi. @oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

  • 23 мар.15432из hayot_deganlari

    #mavlono #tunchiroq #hikmat Mavlono deydiki: “Dunyoda yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealar uchun sabablar olamida sanoqsiz ehtimollar uxlab yotadi. Siz o‘sha ehtimollarni so‘zlaringiz bilan uyg‘otib qo‘yishingiz mumkin. Shu bois, go‘zal so‘zlar aytingki, go‘zal ehtimollar uyg‘onsin. Inson o‘z taqdiriga shu tarzda ta’sir o‘tkazishi mumkin.” Eynshteynning ham shunga yaqin bir so‘zi bor: “inson o‘zi aytgan so‘zlari va o‘ylagan fikrlarining koinot bo‘ylab aylanib, yana o‘ziga qaytib kelishini bilsa, har bir so‘zini juda katta e’tibor bilan tanlab-tortib aytgan bo‘lar edi.” Bu o‘rinda masala so‘zlarning koinotda aylanib qaytishi yo qaytmasligida emas. Balki, inson o‘z so‘zlari va o‘ylari bilan qanday dunyoni qurayotganidadir. Yana Mavlonodan eshitamiz: o‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi; go‘zal o‘yla, go‘zal yasha. @hayot_deganlari

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 23 мар.13021из akademik_til

    #3_tamğa 𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃𐱃 AT tamg‘asi. [T, at, ta] tovushlarini beradi. Qalin undosh. Bu tamg‘aning ham kelib chiqishi yuzasidan ikki xil qarash mavjud: a) Yoy (kamon)dan o‘qni otish harakatidan olingan. b) Ot ustida o‘tir turk askari timsolidan kelib chiqqan. @akademik_til

  • 15 мар.1792из birgulhikoyasi

    Ko'chmanchi xalqlar bezak san'atidagi motivlardan biri bu - gajak naqshidir. Gilam va kashtalarda astral ramziy ishoralar bor: Quyosh ezgulik, abadiy harakat, to'rt gajakli to'pbarggul -dunyoning to'rt tomoni muqaddasligini anglatgan. Manba: uzbculture

  • 12 мар.18733из nizomiddinmahmudov

    НИЗОМИДДИН МАҲМУДОВ | ТИЛ ВА АДАБИЁТ ҲАМИША ЯШАЙДИ — Адабиёт, ҳеч шубҳасиз, сўз санъатидир. Машҳур инсонлардан бири “Адабиётнинг боши фольклордир” деган эди. Ҳа, адабиёт бу сўздир ва шу билан бирга, у фольклордир. У халқнинг эртаги, достони ва қўшиғи демак. Миллатнинг, умуман олганда, бадиий тафаккур дунёсининг илк ифодачиси, уни илк бор намоён қиладиган ва инъикос қилдирадиган воситаси — фольклор. Адабиёт эса шундан бир қадам юқорига кўтарилган, ёзма шаклда ва тегишли тарздаги адабий тафаккурлар ҳамда тасаввурлар билан бирга пайдо бўлган жараёндир. Адабиётсиз миллат, адабиётсиз халқ бўлиши асло мумкин эмас. Чунки миллатнинг ва халқнинг ривожини, унинг кечаги куни ҳамда орзу-умидларини кўрсатадиган асосий восита бу — адабиёт. Шунинг учун адабиёт жуда катта куч саналади. 🗞Батафсил: Янги Ўзбекистон газетаси, 2026 йил, 12 март сони 🔰 @nizomiddinmahmudov

  • 11 мар.160115из AzamatAkbar_Lektorium

    Роботлар пол ювиши мумкин. Сунъий идрок мақола ёзиши мумкин, дастурлар ҳисоб-китоб қилиши мумкин. Лекин ҳеч бир машина устоз бўла олмайди. Чунки устоз фақат билим бермайди — у руҳ бағишлайди, ишонч уйғотади, қалбга таъсир этади. Робот маълумот етказади, устоз эса инсонни тарбиялайди. Сунъий идрок саволга жавоб топади, устоз эса савол беришни ўргатади. Келажакда кўп касблар ўзгаради. Аммо устозлик — инсон қалби билан боғлиқ касб. Қалбни эса ҳеч қандай алгоритм эгаллай олмайди. Лекин бундай устозлар камтарин, қалбга яқин, касбини севадиган, пораҳўрликдан узоқ, манфаатсиз ёрдам қила оладиган инсонлар бўлиши керак. Ана шундай устозлар жамиятнинг ҳақиқий таянчидир.