Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
СтатистикаХалққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз! Мурожаат учун: @dxa_toshvil_bot
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 23
- Всего постов
- 244
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 15
- 1/48двое суток
- 17
- 1/72трое суток
- 18
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
#Adliya_ayoli 🌷 “ADLIYA AYOLI” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI! Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Adliya ayoli” tanlovining saralash bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Tanlov davomida ishtirokchilar huquqiy bilimlarini namoyish etib, qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan dolzarb takliflari bilan bellashdilar. 🏆 Tanlov yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Toshkent viloyati FHDY arxivi 1-toifali inspektori Qodirova Go‘zal Qodir qizi; 🥈 2-o‘rin — Bo‘ka tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Tojiqulova Nazokat Abdujabbor qizi; 🥉 3-o‘rin — Qibray tumani Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho‘basi yetakchi mutaxassisi Musurmonova Farangiza Akmal qizi. 👏 G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | |Youtube Telegram
#jarayon
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚔️ Endi bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin 📑 2026-yil 13-avgustdagi O‘RQ–1164-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 👨👩👧 Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda bolaga otasining ismi, shuningdek, ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga muvofiq bobosining ismi bo‘yicha familiya berish mumkin. 📌 Ilgari Oila kodeksida otasining ismini bolaga familiya sifatida berish nazarda tutilmagan edi. 🏛 Qonun bilan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunga ham qator yangiliklar kiritildi. Jumladan, elektron arxiv va nodavlat arxivlarni tashkil etishning huquqiy asoslari belgilandi. 💻 Elektron arxivlarda: 🔹 zarur apparat-dasturiy ta’minot va raqamlashtirish vositalari mavjud bo‘lishi; 🔹 elektron hujjatlarni qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyati yaratilishi; 🔹 elektron hujjatning asl arxiv hujjati bilan bir xilligi ta’minlanishi; 🔹 axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishi lozim. 🏢 Shuningdek, davlat mulki hisoblanmaydigan arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun nodavlat arxivlar tashkil etish imkoniyati yaratildi. ⚖️ Qonun bilan Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari ham aniq belgilandi. ✅ Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#tezkor ⚡️Diqqat e’lon ‼️Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Oqqo'rg'on tumani Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo’limi binolarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. Shu sabab, fuqarolarga xizmatlar ko’rsatishda vaqtinchalik muammolar yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qilamiz. 👉 Davlat xizmatlari markazi hamda FHDY faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan. 📍 Siz bu vaziyatda Toshkent viloyatidagi boshqa tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo’limlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtube Telegram
без подписи
без подписи
#Adliya_xabari #Yoshlar_kuni 🇺🇿 “SAN’AT — MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI” 🎭 Rahbar va yoshlar uchrashuvi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda milliy san’atimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🎶 Tadbir doirasida yoshlar Qibray tumani Madaniyat bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan bayramona konsert dasturiga olib borildi. ✨ “San’at — ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbirda yoshlar Vatanimiz mustaqilligining qadr-qimmati, xalqimizning boy madaniy merosi va milliy san’atimizning betakror namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtube Telegram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿 #Adliya_xabari 🏛 INTELLEKTUAL MULK — TADBIRKORLAR E’TIBORIDA! 📍 Bugun Chirchiq shahar adliya bo‘limi binosida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk davlat muassasasi rahbariyati hamda tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 💡 Tadbir davomida tadbirkorlarga: 🔹 firma nomlarini huquqiy himoya qilish; 🔹 tovar belgilari va brendlarni ro‘yxatdan o‘tkazish; 🔹 ixtirolarni patentlash; 🔹 intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🤝 Shuningdek, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollar tinglanib, mutaxassislar tomonidan ularga amaliy va huquqiy tushuntirishlar berildi. 📌 Zero, kuchli biznes — nafaqat yaxshi g‘oya, balki uni huquqiy jihatdan ishonchli himoya qila olish bilan ham qadrlidir! ⚖️ Adliya — huquq va manfaatlaringiz himoyasida! Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram|Youtube Telegram
😎😎😎😎😎😎 #Мустақиллик_солномаси #35_йил_ҳуқуқ_билан ❗️Мустақиллик: шонли 35 йил, 2001 йилда амалга оширилган айрим муҳим ишлар. Батафсил инфографикада👆 Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
#Bilasizmi 🏘 Qonunchilikka ko‘ra, kriminogen vaziyati murakkab va og‘ir mahallalarda “namunali xavfsiz ko‘cha” va “namunali xavfsiz uy”larni tashkil etish belgilangan. ✅ Ularni tashkil etish uchun infratuzilmaviy talablar quyidagilar: 🔹 tungi vaqtda ko‘chaning aholi istiqomat qiladigan va harakatlanadigan qismi to‘liq yoritilishi; 🔹 berk ko‘chalar, ichki yo‘laklar va aholi kam yuradigan, jinoyat sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan qorong‘u hududlarning qisman yoritilishi; 🔹 transportlar uchun avtoturargohlarning texnik kuzatuv talablariga javob berishi; 🔹 ko‘chalarda noqonuniy (yoyma) savdo rastalari faoliyati tartibga solinishi; 🔹 qarovsiz yerto‘la, chordoq va chiqindixonalar mavjud bo‘lmasligi. 📌 Ularga qo‘yilgan texnik va kuch vositalariga doir talablar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Internet orqali xarid qilish tajribasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 🛒📱 📣 Hurmatli fuqarolar! Bugungi kunda internet saytlari, mobil ilovalar, internet-do‘konlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tovar va xizmatlar xarid qilish keng tarqalmoqda. Mazkur so‘rovnoma internet orqali xarid qilish tajribasi, iste’molchilar duch kelayotgan muammolar, murojaat qilish amaliyoti hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini bilish darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda. So‘rovnoma natijalari elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi .👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola :🔗 https://forms.gle/hvKsk5s4D2P5kyTTA 🔒 So‘rovnoma anonim bo‘lib, olingan ma’lumotlar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi. ❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim 🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
#musqatillik_farzandlari ⚔️30 yoshda — rahbar U — yurist. Yoshlar parlamenti raisi. Eng muhimi, o‘z fikri, o‘z pozitsiyasi va o‘z yo‘liga ega yangi avlod vakili. U mustaqillikdan keyin tug‘ilgan avlod. Mustaqillikni tarix kitoblaridan emas, uning yaratgan imkoniyatlari orqali his qilib ulg‘aygan avlod. Uning uchun Mustaqillik — shunchaki sana emas. 🇺🇿 Mustaqillik — erkin fikrlash. Tanlash. O‘qish va izlanish. Tashabbus ko‘rsatish. O‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish. Va 30 yoshda rahbar bo‘la olish imkoniyati. Bugun ana shu avlod Yangi O‘zbekistonning ertangi kunini kutib turgani yo‘q — uni o‘zi yaratmoqda. 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter