tgindex
Poytaxt_adliya

Poytaxt_adliya

Статистика

Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali. www.toshkent.adliya.uz https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share Instagram.com/poytahtadliya Murojaat uchun: @Poytaxtadliyabot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
43
Всего постов
343
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 430
−17 за 4 дн.
Сутки
−8
−0,23%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
227
40 постов
Вовлечённость
6,6%
к подписчикам
Постов в день
6,1
всего 343
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
234
1/48двое суток
268
1/72трое суток
289

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #tezkor ⚡️Diqqat e’lon ‼️Hurmatli fuqarolar! Mirobod tumani Davlat xizmatlari markazi binosida 2026-yil 15-avgust kuni ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur kuni Markazda davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati vaqtincha cheklanishi ma'lum qilinadi. 👉 Davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan. 📍 Siz bu vaziyatda Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

  • 14 авг.2041из adliyangiliklari

    #Live #Adliya_xabari Ayni vaqtda “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda. ⚖️ Konferensiyada adliya vaziri Akbar Tashkulov ma’ruza qilib, mustaqillik…

  • 14 авг.189из adliyangiliklari

    #Live #Adliya_xabari ⚔️ “Huquqiy davlat faqat qonunlar soni bilan emas, ularning sifati va asoslanganligi bilan ham baholanadi” ✅“Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamov ma’ruza qildi. 💬 Ma’ruzada yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonning huquqiy davlat sifatidagi konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlangani, qonunlar nafaqat ustuvor, balki adolatli, oqilona va inson huquqlariga hurmat tamoyillariga asoslangan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. 📋 Shu maqsadda tadbirkorlik sohasidagi 42 mingdan ortiq majburiy talab qayta ko‘rib chiqilmoqda. Nomaqbul deb topilgan 2 500 dan ortiq talabni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, 1 600 dan ortig‘i bekor qilindi. 📊 Dalillarga asoslangan norma ijodkorligi va tartibga solish ta’sirini baholash natijasida 2021–2025-yillarda qariyb 10 trln so‘mlik, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 1 trln so‘mlik ortiqcha xarajatlarning oldi olindi. 📈 Qonunlarning amalda qanday natija berayotganini aniq ko‘rsatkichlar orqali o‘lchash maqsadida “qonun uchun KPI” tizimi yo‘lga qo‘yildi. 2025-yilda 100 ga yaqin qonunchilik hujjatining samaradorligi baholandi. 🤖 Shuningdek, norma ijodkorligida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, jumladan, “Law as Code” — “Qonun — kod sifatida” yondashuvini joriy etish istiqbollari qayd etildi. Huquqiy sohada innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan “Huquqiy innovatsiyalar laboratoriyasi”ni tashkil etish rejalashtirilmoqda. 🇺🇿 “Biz qurayotgan davlatda qonunlar nafaqat ishlashi, balki eng avvalo adolatli, oqilona va barqaror bo‘lishi shart.” 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.1641из adliyangiliklari

    #Live #Adliya_xabari Ayni vaqtda “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda. ⚖️ Konferensiyada adliya vaziri Akbar Tashkulov ma’ruza qilib, mustaqillik yillarida O‘zbekiston huquqiy tizimida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtaldi. 📌 Adliya vaziri ma’ruzasidan asosiy tezislar: 🔹 O‘zbekiston mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo‘li davlat mustaqilligini mustahkamlash, milliy huquq tizimini shakllantirish hamda inson qadri, huquq va erkinliklarini davlat siyosatining markaziga olib chiqish davri bo‘ldi. 🔹 So‘nggi o‘n yillikda huquqiy davlat g‘oyasi nazariy tamoyildan kundalik davlat boshqaruvining muhim mezoniga aylandi. 🔹 2023-yilda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekistonning huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilandi. 🔹 Inson huquq va erkinliklarining bevosita amal qilishi, qonunchilikdagi ziddiyat va noaniqliklarning inson foydasiga talqin etilishi konstitutsiyaviy prinsip sifatida mustahkamlandi. 🔹 Sud-huquq tizimida shaxs huquqlarini kafolatlash, qiynoqlarning oldini olish, majburiy mehnatga barham berish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik va amaliyot tubdan yangilandi. 🔹 Qonun ijodkorligining ochiqligi oshirilib, hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, tartibga solish ta’sirini baholash va korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish mexanizmlari keng joriy etildi. 🔹 Endilikdagi asosiy vazifa qonunlar sonini ko‘paytirish emas, balki ularning sifati, barqarorligi va amalda ishlashini ta’minlashdir. Eskirgan va ortiqcha talablarni bekor qilish, fuqarolar va biznes uchun huquqiy tartib-taomillarni soddalashtirish ishlari davom ettirilmoqda. 🔹 Davlat xizmatlarining asosiy qismi elektron shaklga o‘tkazilib, fuqarolardan davlat organlarida mavjud ma’lumotlarni qayta talab qilish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. 🔹 2026-yilning birinchi yarmida 460 mingdan ortiq notarial harakat masofadan turib rasmiylashtirildi. Davlat xizmatlarining 90 foizi onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda. 🔹 Kelgusi bosqichda nizolarni sudgacha hal etish, mediatsiya va boshqa muqobil mexanizmlarni kengaytirish, professional yuridik yordam sifatini oshirish ustuvor vazifalardan bo‘lib qoladi. 🔹 Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va transchegaraviy munosabatlar huquq tizimi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Sun’iy intellekt va LegalTech imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi avlod huquqiy ekotizimini shakllantirish maqsad qilingan. “Bizning maqsadimiz — shunday huquqiy tizimni barpo etishki, unda qonun inson uchun murakkab to‘siq emas, balki uning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan ishonchli vosita bo‘lsin.” 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • #Huquqshunos_minbari ❓Menga tegishli Cobalt mashinamni bo'lib to'lashga sotmoqchi edim. Oluvchi va sotuvchi o'rtasida tilxat yozib, notariusda tasdiqlatsa bo'ladimi? Savolga Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Muhammadyusuf Rustamov javob berdi. 📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz:👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • #sayyor_xizmat #Chilonzor_tumani 🔷“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmon ijrosi yuzasidan tuman adliya bo‘limlari tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. 🔷 Xususan, Chilonzor tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan markazga tashrif buyurishi qiyin bo'lgan keksa yoshdagi fuqarolarning yashash xonadoniga tashrif buyurilgan holda, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. 🔷 Jumladan, tumanning "Lutfiy" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro 75 yoshli Yurtayeva Olga Danilovnaning yashash xonadoniga tashrif buyurilgan holda, elektron raqamli imzo olish va ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xizmati bo'yicha arizalar rasmiylashtirilib, sayyor tartibda davlat xizmati ko'rsatildi. 📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #Adliya_xabari #Mirobod_tumani ⚖️ Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlarga amaliy ko'mak 📍 Mirobod tumani adliya bo'limi tomonidan Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida o'quv seminar tashkil etildi. 📌 Seminar davomida xotin-qizlarning huquqiy masalalarda xabardorligini oshirish, jumladan: 🔹 oilaviy qadriyatlarni asrash va oilalarni mustahkamlash; 🔹 ajrim va yarashtiruv masalalari; 🔹 sudga murojaat qilish tartibi; 🔹 aliment undirish; 🔹 huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 🔹 boshqa huquqiy masalalar boʻyicha maslahat va amaliy yordam olish imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi. 🤝 Tadbir davomida xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularni qonuniy asosda hal etish bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi. 📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz 👇 Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

  • #Mustaqillik_bayrami Vatan qalbdan boshlanadi 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • без подписи

  • без подписи