TTYSI Yoshlar Ittifoqi
СтатистикаToshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutiga qarashli Yoshlar ittifoqi kengashining rasmiy kanali📍 🇺🇿
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 168
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 52
- 1/48двое суток
- 59
- 1/72трое суток
- 64
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
▫️▫️▫️▫️ #seminar_trening 🌍 “Barqaror rivojlanish maqsadlari yoshlar nigohida” seminar-treningiga taklif qilamiz! ✅ 13-avgust kuni Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Ilm-fan va ta'lim-tarbiyani rivojlantirish "Ziyo Forum" fondi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamkorligida yoshlar uchun seminar-trening tashkil etiladi. 📌 Tadbirda: 🟢 BMTning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadi haqida muhim ma’lumotlar; 🟢 BRMga erishishda yoshlarning o‘rni va imkoniyatlari; 🟢 yoshlar tashabbuslari va amaliy yechimlar; 🟢 interaktiv va sovrinli quizlar o‘rin oladi. 🎁 Eng faol va bilimdon ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 📝 13-avgust, 2026-yil ⏰ 14:00 📍 “Ziyo Forum” 🌍 SEMINAR UCHUN RO'YXATDAN O'TISH 🖐 Shoshiling! Joylar soni chegaralangan. Barcha faol va tashabbuskor yoshlarni kutib qolamiz! #Senat #yoshlar #parlament #siyosat 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
🤩 Yulduzlar yomg‘iri va quyosh chiqishini birgalikda qarshi olamiz! ☀️ 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi qoshidagi “YUTRIP” ichki va tashqi turizm jamoasi tomonidan 12–13-avgust kunlari unutilmas taassurotlarga boy tungi sayohat tashkil etilmoqda. 📍 Yig‘ilish joyi: O‘zbekiston mehmonxonasi oldi, Amir Temur metro bekati ⏰ Yig‘ilish vaqti: 19:30–20:00 ✨ Sayohat davomida: • yulduzlar yomg‘irini kuzatish; • quyosh chiqishini qarshi olish; • maroqli o‘yinlar va karaoke; • gulxan atrofida marshmello; • issiq choy va qahva; • malakali gid hamrohligidagi unutilmas sayohat sizni kutmoqda. ✅ Sayohat haqida to‘liq ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun “Batafsil” tugmasini bosing. #Sayohat #poytaxt_yoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
✔️🟦🟦🟦 “35 000 TASHABBUS” — MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MEGA LOYIHA! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan ilgari surilgan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasii davom etmoqda. 🗣Sizda yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan g‘oya bormi? Unda uni amalga oshirish uchun ayni vaqti! ⏺Jamiyat va davlat rivojiga xizmat qiladigan innovatsion g‘oya va tashabbuslaringizni loyiha doirasida taqdim eting. ⏺Tashabbuslar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi: - Ta’lim - Fan - Texnologiya - Ekologiya - Tadbirkorlik - Madaniyat va boshqa istiqbolli yo‘nalishlar ⏺Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustga qadar qabul qilinadi. 🌐Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz 💬Katta o‘zgarishlar kichik tashabbusdan boshlanadi. #TTYSI_35000_Tashabbus #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
🎬 “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovi! 🇺🇿 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18–30 yoshdagi jurnalistlar va blogerlarni tanlovga chorlaydi. 🏆 Nominatsiyalar: • Eng yaxshi videorolik • Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik • Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik 📌 Mavzular: • “Mustaqillik mening taqdirimda” • “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati” • “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” • “Mening Vatanim – mening faxrim” 💰 Mukofotlar: 🥇 15 mln so‘m 🥈 10 mln so‘m 🥉 5 mln so‘m 🗓 Arizalar 20-avgustgacha qabul qilinadi. 📲 Ijodiy ishlarni Telegram orqali: @Uyushma_26 ☎️ Murojaat uchun: 71 244-37-87, 71 244-64-62 #foydali #poytaxt_yoshlari 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
🔥 2 SOATDAN SO‘NG BOSHLAYMIZ! ⏺Bugun soat 20:00 da xorijda haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash va xalqaro tajriba orttirish imkonini beruvchi IAESTE xalqaro talabalar amaliyot almashinuvi dasturi haqida ovozli chat bo‘lib o‘tadi. 🎤 Spiker: Gaibnazarov Sardorxon — Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori ⏰ Boshlanish vaqti: 20:00 📍 Manzil: @poytaxtyoshlari_yi 🗣 Xorijda amaliyotlar, Exchange va Global Internship, viza va turar joy, haq to‘lanadigan amaliyotlar hamda ariza topshirish jarayoni haqida bevosita spikerdan bilib oling! 📌 OVOZLI CHAT UCHUN RO'YXATDAN O'TISH #foydali #elon #poytaxt_yoshlari ✏️ Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг! 🤝 @OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!
🔥 Xalqaro amaliyot sari ilk qadam! ⏺ Xorijda professional tajriba orttirish, xalqaro kompaniyalarda amaliyot o‘tash va dunyo bo‘ylab yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishni istaysizmi? 🌎 “Xalqaro amaliyot almashinuvi imkoniyatlari” mavzusidagi navbatdagi ovozli chatimizda IAESTE xalqaro amaliyot dasturlari, ariza topshirish jarayoni, haq to‘lanadigan stajirovkalar, xalqaro networking va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida suhbatlashamiz. 🎤 Spiker: Gaibnazarov Sardorxon — Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori 🗓 9-avgust, 2026-yil ⏲ 20:00–21:30 📍 @poytaxtyoshlari_yi 📌 OVOZLI CHAT UCHUN RO'YXATDAN O'TISH #foydali #elon #poytaxt_yoshlari ✏️ Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
🟦🟦🟦 🇺🇿 “MUSTAQILLIK VA MEN” RESPUBLIKA TANLOVI BOSHLANDI! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi hamda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamkorligida 16–30 yoshdagi ijodkorlar o‘rtasida respublika onlayn tanlovi e’lon qilinadi. 📌 Tanlov yo‘nalishlari: 🖋 Mualliflik she’riyati 🎥 Mualliflik videoroligi 📅 Tanlov muddati: 2026-yil 4-avgustdan 24-avgustga qadar 🔗 Tanlovda ishtirok etish tartibi, baholash mezonlari va mukofotlar haqida batafsil: TANLOV SHARTLARI 📲 Ijodiy ishlarni yuborish: @ziyoforumuz ____ СТАРТОВАЛ РЕСПУБЛИКАНСКИЙ КОНКУРС «НЕЗАВИСИМОСТЬ И Я»! В честь 35-летия независимости Республики Узбекистан Фонд развития науки и образования «Ziyo Forum» совместно с Молодежным парламентом при Сенате Олий Мажлиса Республики Узбекистан объявляют республиканский онлайн-конкурс среди творческой молодежи в возрасте от 16 до 30 лет. 📌 Направления конкурса: 🖋 Авторское стихотворение 🎥 Авторский видеоролик 📅 Сроки проведения конкурса: с 4 по 24 августа 2026 года. 🔗 Подробная информация о порядке участия, критериях оценки и призах: УСЛОВИЯ КОНКУРСА 📲 Отправить творческие работы: @ziyoforumuz Obuna bo’lishni unutmang👇 Instagram | Telegram | YouTube
🎓 Diplomni olmasdan turib ham ishlash imkoniyati borligini bilarmidingiz? 📣 Amaldagi tartibga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar 3-kursdan boshlab, o‘qishiga xalaqit bermagan holda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. ⏺ Bu esa talabalarga diplomni kutib o‘tirmasdan, o‘qish davridayoq tajriba to‘plash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va daromad topish imkonini beradi. 🔍 Kimlar ishlashi mumkin, qanday tartibda va qaysi huquqiy asosga ko‘ra? 🌎 Batafsil tanishing #foydali #elon #poytaxt_yoshlari ✏️ Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
✔️🟦🟦🟦🟦🟦 TALABALAR TURAR JOYLARI VA IJARA XONADONLARI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR MARKAZI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlarni yashash joyi bilan ta’minlash hamda ularga qulay sharoit yaratish maqsadida Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha Ma’lumotlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 🗣Mazkur markaz orqali talabalar: - talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha zarur ma’lumot va amaliy yordam olishlari; - ijara xonadonlarini topish va tanlashda ko‘makka ega bo‘lishlari; - yashash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mutaxassislar tavsiyalaridan foydalanishlari mumkin. ⏺Markazning asosiy maqsadi talabalarning yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga ko‘maklashish, ularni qulay va xavfsiz yashash joylari bilan ta’minlash hamda turar joy masalasida yuzaga keladigan muammolarni tezkor hal etishga xizmat qilishdan iborat. ⏺Hurmatli talabalar! Agar siz talabalar turar joyiga joylashish yoki ijara xonadonini topish bo‘yicha yordamga muhtoj bo‘lsangiz, Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha Ma’lumotlar markaziga murojaat qilishingiz mumkin. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
🔥 Ajoyib yangilikka tayyormisiz? 🗣 Xorijda kasbiy tajriba orttirish, xalqaro kompaniyalarda haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash va rezyumeni global tajriba bilan boyitishni istaysizmi? ✅ Ushbu ovozli chatimizda 1948-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan, bugungi kunda 80 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan IAESTE xalqaro talabalar amaliyot almashinuvi dasturi imkoniyatlari haqida batafsil suhbatlashamiz. 💡 Suhbat davomida: ➡️ Exchange va Global Internship dasturlari; ➡️ xorijda va masofaviy amaliyot o‘tash imkoniyatlari; ➡️ amaliyotlarga ariza topshirish jarayoni; ➡️ viza, turar joy va hujjatlarni rasmiylashtirishdagi ko‘mak; ➡️ haq to‘lanadigan xalqaro amaliyotlar; ➡️ professional networking va xalqaro CV yaratish; ➡️ amaliyotchilarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot beriladi. 🎤 Spiker: Gaibnazarov Sardorxon — Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori 🗓 Sana: 9-avgust, 2026-yil ⏲ Vaqt: 20:00–21:30 📍 Manzil: @poytaxtyoshlari_yi 📌 OVOZLI CHAT UCHUN RO'YXATDAN O'TISH #foydali #elon #poytaxt_yoshlari ✏️ Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
#WikiAyollar #Tanlov 🙋♂️ Diqqat, tanlov! 👥 Xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan "WikiAyollar" onlayn tanlovi WikiMarafon hamda Qizlar Akademiyasi loyihalari doirasida tashkil etilmoqda. Tanlov 30-iyuldan 23-avgustgacha davom etadi. 🙋♀️ Shartlar juda oddiy: @WikiTanlov_bot orqali roʻyxatdan oʻtasiz, 22-avgustga qadar ''Qizlar Akademiyasi"ning istalgan kursini tugatib, sertifikatni botga yuklaysiz. 23-avgust kuni esa 30 ta test savoliga javob berasiz. ⏰ Test savollari ayollarga oid maxsus maqolalar va "Qizlar Akademiyasi" kurslari asosida tuziladi. Yakuniy natijalar 25-avgustga qadar rasmiy kanalimizda e'lon qilinadi. Barchaga omad yor boʻlsin! 🔗 Batafsil — Tanlov nizomi Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
🎉 Surxonbek Xo‘jamurodovni tavallud kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! ✅ Bugun, 2-avgust kuni, poytaxt yetakchilari jamoasi a'zosi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar yetakchisi — Surxonbek Xo‘jamurodov tavallud topgan kun. 👍 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamda poytaxt yoshlar jamoatchiligi nomidan Sizga mustahkam sog'lik, baxtiyor oila, bardavom kuch-quvvat hamda mas’uliyatli faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. ✏️ Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
✅🟦🟦🟦 #Yangi_loyiha 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yo‘l harakati madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan yangi — “Yo‘lovchi” loyihasi yo‘lga qo‘yildi! 🗣Loyiha orqali yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, piyodalar va shaxsiy harakatlanish vositalaridan xavfsiz foydalanish madaniyati targ‘ib qilinadi. ⏺ Yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish, telefonga chalg‘ish, quloqchin bilan harakatlanish, skuter yoki boshqa shaxsiy harakatlanish vositasidan tushmasdan piyodalar o‘tish joyidan o‘tish — bularning barchasi bir lahzada og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. 📌 Qoidalarga amal qilish — bu nafaqat o‘zingizni, balki boshqalarning hayotini ham asrashdir. ✅ “Yo‘lovchi” loyihasini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook #foydali #elon #poytaxt_yoshlari ✏️ Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz! Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, oilaviy baxt-saodat hamda sharafli davlat rahbarlik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu va bunyodkor ishlaringizda kuch-g‘ayrat, qat’iyat va omad doimo hamroh bo‘lsin. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz birdamligi va farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz bardavom bo‘lsin. Har bir yangi kun Siz uchun yangi zafarlar, yuksak marralar va ezgu natijalarni olib kelsin. Yana bir bor tavallud ayyomingiz bilan samimiy tabriklaymiz. Sizga sihat-salomatlik, xotirjamlik, baxt va barcha ezgu niyatlaringizning ro‘yobga chiqishini tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! ✅Rasmiy sahifalarimiz👇 🌐Telegram 🌐Instagram
🌍 O'zbek tekstili uchun raqamli ko'prik! 🕐 "1 daqiqada tushuntir" loyihasining 4-sonida mehmonimiz to'qimachilik sanoati sohasi bo’yicha "Textile Bridge" nomli B2B platformasi asoschisi Musallam G'oziyeva bo'ldilar. 📹 Ushbu video davomida Textile Bridge qanday muammoni hal qilishi, biznes egalari hamda import kompaniyalari uchun yangi bozorlarga chiqish jarayonini qanday xavfsiz va oson qilishi va nega bu platforma to'qimachilik fabrikalari uchun qulay yechim ekanligi haqida qisqacha ma’lumot berilgan. 💬 Videoni tomosha qiling va loyiha haqida o'z fikringizni izohlarda qoldiring! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 HURMATLI TALABALAR! 🗣HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi”ni tasdiqlash tartibi bo‘yicha tayyorlangan yo‘riqnoma bilan tanishing va o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob toping. #TTYSI #TITLI #ТИТЛП 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Instagram|Web-site|Facebook|YouTube
без подписи
без подписи