tgindex
Ulugbek Samigjonov | Blog

Ulugbek Samigjonov | Blog

Статистика
@ulugbeksamigjonovузбекский

Shaxsiy tavsiyalarim, tajribalarim va fikr-mulohazalarim

Последний пост
13 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 687
−4 за 5 дн.
Сутки
−2
−0,07%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 676
21 постов
Вовлечённость
99,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 июл.1 7215631

    AI - asosan prompt ustida ishlash. Qanchalik tez prompt bersak, shunchalik tez natija olamiz. Prompt yozish esa juda sekin. Gapirish yozishdan 4 baravar tezroq. Promptni yozmang, gapiring. Yozish endi eskirdi. Gapirish esa trend'da. Yuzlab dasturlar bor. WisprFlow'dan foydalanaman. Tekini ham yetadi.

  • 12 июл.1 9353510

    10-xulosa: IT industriyasi "xaos" (tartibsizlik) ichida "Bugungi kunda soha holatini bir jumla bilan qanday ta'riflagan bo'lardingiz?" degan savol berildi. Eng ko'p tilga olingan umumiy javob "xaos" boʻldi. Har 10 kishidan 3 nafari o'z javoblarida o'zgarish, xaotik, noaniq, beqaror va doimiy harakatda kabi so'zlardan foydalangan.

  • 12 июл.1 597178

    9-xulosa: Menejerlar hali ham baxt darajasini belgilovchi faktor Menejerning samaradorligi burnout (kuchli toliqish) darajasiga ta'sir qiluvchi eng kuchli omil. Kuchli va o'z ishining ustasi bo'lgan rahbar qo'l ostida ishlash xodimlarning ruhiy holatiga keskin ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Samarali rahbar bilan ishlaydigan xodimlarning oʻz ishidan zavqlanish darajasi taxminan 65% ga yuqori, charchash (burnout) koʻrsatkichi esa ancha past.

  • 12 июл.1 424159

    8-xulosa: Startap asoschilari eng baxtlilar, kichik kompaniyalar esa eng yaxshi ish joyi Startap asoschilari (Founders) eng baxtli qatlam, kichik kompaniyalar esa yiriklariga qaraganda qulay ish joyi bo'lib qolmoqda. Asoschilar va top-menejerlar deyarli barcha ko'rsatkichlar boʻyicha yuqori o'rinda: ularda optimizm darajasi va ishdan zavqlanish eng yuqori, burnout va ishdan bo'shatilish xavotiri esa eng past. Asosiy sabab - egalik hissi (ownership) Kompaniya qanchalik katta bo'lsa, xodimlarning ruhiy salomatligi, kelajakka ishonchi va ishdan mamnunligi shunchalik yomonlashib boradi. Kichik jamoalarda odamlar ko'proq erkinlikka ega va AIdan samaraliroq foydalanishmoqda. Yirik kompaniyalarda esa, aksincha.

  • 12 июл.1 139129

    7-xulosa: Dizayner va tadqiqotchilar eng katta xavotirda Dizaynerlar va tadqiqotchilar (Researchers) AI keltirib chiqargan xavotirlarning eng markazida turishibdi, kompaniya asoschilari (Founders) va top-menejerlar (Executives) oʻzlarini eng qulay va xotirjam his qilayotganlar.

  • 12 июл.1 097189

    6-xulosa: Deyarli barchada ikki xil tuyg'u (Ambivalent) Xodimlar orasida eng ko'p kuzatilgan holat, bu bir vaqtning oʻzida ham ijobiy, ham salbiy hislarni tuyish, ya'ni kuchli ikkilanishdir.

  • 12 июл.1 1242610

    5-xulosa: Asosiy qo'rquv - ish hajmining haddan tashqari ortib ketishi (Overworked) Eng ko'p tashvishga solayotgan narsa - AI sababli ish unumdorligi talabi (bar) o'sishi, lekin buning evaziga oylik maosh oʻzgarmasdan, shunchaki yanada ko'proq mehnat talab qilinishi. Xodimlar ishning yanada tezroq, qiyinroq va arzonroq bo'lib ketishidan xavotirda. Xodimlar AIdan bo'shagan vaqt evaziga dam olishmayapti, aksincha, ularga yanada ko'proq vazifa yuklashmoqda.

  • 12 июл.1 219319

    4-xulosa: Samaradorlik oshgan, lekin sifat emas AI xodimlarining ish tezligi va samaradorligini keskin oshirgan boʻlsa-da, yakuniy mahsulot sifatini yaxshiladi degani emas. Samaradorlik ortishi ortidan insoniy tafakkur va intellektual qobiliyatlarning zaiflashishi kuzatilmoqda. Xodimlar endi mustaqil fikrlash hamda muammolarga chuqur yechim izlash o'rniga, shunchaki AIdan kelgan tayyor javoblarga tayanib qolmoqda.

  • 12 июл.1 3623811

    3-xulosa: Mutaxassislari o‘z kasblarini tavsiya etishmayapti Xodimlarining yarmidan ko'pi sohaga yangi kirib kelayotganlarga o'zlari tanlagan yo'ldan ketmaslikni maslahat bermoqda. Tajribaga ega, aloqalarni yo'lga qo'yib olganlar sohada qolib, eplab ketishga ishonmoqda. Lekin orqadan kelayotganlarga esa qiyin bo'lishini tahmin qilishmoqda. - - - - - - - - Shaxsan o'zim hali ham sohani tavsiya qilaman. Sohaga kirishning eng yaxshi, va eng yomon payti ham hozir. Faqatgina qanday yondashishga bog'liq.

  • 12 июл.1 367209

    2-xulosa: Burnout (qattiq toliqish) ko'paygan, sohadagi karyera bo'yicha optimism esa tushgan Hozirda har ikkinchi xodim jiddiy charchashni his qilayotganini aytgan. Har to'rtinchisi esa "juda qattiq" yoki "butkul" charchagan holatda. Kelajakka ishonch bilan qarayotganlar soni yarimdan ham kamaydi.

  • 12 июл.1 5693112

    1-xulosa: Soha xodimlari ikkiga ajralmoqda 1) Amplified - bular AI orqali kuch olganlar, ya'ni AI yordamida ko'proq va yaxshiroq qila olishga ishonishadi. Ular kelajakga optimistik qarashmoqda va burnout bo'lish holatlari kamroq. 2) Diminished - bular AI tufayli qadrimni yo'qotdim deb o'ylayotganlar. Kayfiyat tushgan, burnout holatlari esa oshgan. Kelajakka esa pessimistik qarashmoqda.

  • 12 июл.1 6241713

    Lenny 2026-yilda tech sohasidagi xodimlarning kayfiyatini o'rganibdi. 10 ta xulosa qilingan. Birma-bir ko'rib chiqamiz 👇

  • 16 июн.3 77614852

    SpaceX Cursor startupini 60 milliard dollarga sotib olayotgan ekan. Ma'lumot uchun Cursor 4ta dasturchi tomonidan, VSCode'ni fork qilib, ustiga LLM qo'shib ishlab chiqilgan dastur edi. 3.5 yillik kompaniya. Startup quring 🙂

  • 15 июн.3 11715916

    AI'ni deyarli istalgan sohada yoki muammo uchun yechim sifatida qo'llasa bo'ladi. O'tgan yili Angliya vizasiga topshirish uchun visa agentligidan foydalangandim. To'lovi 500$ bo'lgandi. Bu safar yana pul ketkazgim kelmadi. Claude'ga ma'lumotlarimni kiritdim: passport, resume, ID card, chaqiruv qog'ozi va h.k. Keyin esa application formani to'ldirishni so'radim. 9 kundan keyin xabar keldi, viza'ni tasdiqlashibdi. Claude'ga rahmat 🙂

  • 15 июн.2 808462

    Dasturlashni o'rganish uchun universitet tavsiya qilishni ko'p so'rashadi. Har doim imkon bo'lsa chel eldagi universitetlarga kirishni tavsiya qilganman. Ancha mustaqil bo'lishni o'rganadi. O'zimizdagi universitetlar bo'yicha xabarim deyarli yo'q. Faqatgina o'zim o'qigan Inhani tavsiya qila olaman. Dasturlash asoslarini puxta o'rgatgan. Undan tashqari networking qilish uchun ham juda yaxshi imkoniyat beradi. Hozirda qabul davom etayotgan ekan.

  • 22 мая4 50524114

    Dasturlashda ikki qiyin narsa bor: 1) O'zgaruvchiga nom berish 2) Microsoft orqali akkaunt ochish

  • 5 апр.5 7361975

    Easy 🥵😅

  • 1 апр.5 7416118

    Hozirgi sun'iy intellekt davrida har doim o'zingizga berishingiz kerak bo'lgan savol: "Bu ishni AI yordamida qanday avtomatlashtirsam bo'ladi?" Bu "mindset shift" (fikrlash doirasining o'zgarishi) hammaga kerak, biroq ko'pchilikda hali ham yetishmaydi. Dasturchi: Hamkasbim yozgan kodni tekshirishni AI yordamida qanday avtomatlashtirsam bo'ladi? Hisobchi: Har oylik hisobotni tayyorlashni AI yordamida qanday avtomatlashtirsam bo‘ladi? Grafik dizayner: YouTube uchun muqova rasmini (thumbnail) AI yordamida qanday avtomatik yaratsam bo'ladi? Marketolog: Raqobatchilarning marketing strategiyalari va kontentlarini AI orqali qanday avtomatik tahlil qilsam bo'ladi? Sotuv mutaxassisi (Sales): Sotuv voronkasiga (funnel) kelgan lidlarni AI yordamida qanday saralab olsam bo'ladi? Siz: ...?

  • 1 апр.4 6401015

    Workshop yakunlandi. 24-yanvardan 28-fevralgacha davom etdi. 10ta ishtirokchi, 9ta dars, deyarli 30 soat ma'ruza, va ko'plab suhbat mavzulari va savollari ko'rib chiqildi. Umumiy olganda yaxshi o'tdi, ijobiy fikrlar bildirishdi, yangi insonlar bilan tanishdim.…

  • 25 мар.6 0196850

    Python'chilarga jo'natib qo'yasizlar, ayniqsa AI bilan ishlaydiganlarga. LiteLLM paketida zaiflik topilgan. O'zi ishga tushgan konteynerdan barcha kerakli ma'lumotlar olib, tashqi serverga jo'natar ekan. Manbalar: - #1 - #2