"O'zbekekspertiza" AJ | Press-service
Статистика"O'zbekekspertiza" AJ rasmiy kanali ☎️ Ishonch telefoni +998 (71) 230-23-64 ✉️ Elektron pochta manzili: info1@expertiza.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 19
- Всего постов
- 49
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 134
- 1/48двое суток
- 153
- 1/72трое суток
- 165
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📝 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. 📌 Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. 📑Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. ➡️ Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: ✍️ Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; ✍️ Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. ➡️Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: ✍️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; ✍️ Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; ✍️ Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; ✍️ aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; ✍️qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; ✍️ Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; ✍️ Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. ➡️Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. ✔️Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. ✔️Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. ✅Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. ⛔Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Andijon viloyatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyati o‘rganilmoqda 🟢“Andijonekspertiza” SHXJ tomonidan hududdagi ishlab chiqarish korxonalarini o‘rganish, ularning mahalliylashtirish salohiyatini aniqlash hamda “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat”ni rasmiylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Navbatdagi o‘rganishlar doirasida Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida faoliyat yuritayotgan “QAYTA ISHLOV PLAST” MChJ korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi. Korxona granulalarni qayta ishlash asosida plyonka ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hozirda korxona tomonidan sertifikat olish uchun ariza yuborish jarayoni amalga oshirilmoqda. Shuningdek,“ANDIJANTEXMASH” MChJ hamda “O‘Z KODJI” MChJ faoliyati o‘rganildi. Xususan, “ANDIJANTEXMASH” MChJda qishloq xo‘jaligi uchun maxsus texnikalar, jumladan, kultivator va mini traktorlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Ayni paytda korxonalarga sertifikatlashtirish tartiblari bo‘yicha zarur tushuntirish va amaliy tavsiyalar berilib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlariga ko‘maklashilmoqda. Ta’kidlash joiz, o'tgan hafta davomida “Andijonekspertiza” SHXJ tomonidan 7 ta korxonaga jami 36 ta mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat rasmiylashtirildi. Bunday manzilli o‘rganishlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sertifikatlashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda davlat xaridlaridagi imkoniyatlardan samarali foydalanishiga amaliy ko‘mak berishga xizmat qiladi. "O'zbekekspertiza" AJ matbuot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
▶️ Ayni damda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazilmoqda. 🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
🔴Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi Ertaga, 14-avgust kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi. Ochiq muloqotda davlat xaridlari orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xaridlardagi ishtirokini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlarni bevosita o‘rganish masalalari muhokama qilinadi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda amaliy takliflarini Agentlik rahbariyati va tegishli tashkilotlar vakillariga bevosita bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, davlat xaridlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar hamda elektron xarid tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi. 📍Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 88-uy, “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasi. ⏱️Boshlanish vaqti: 11:00. 🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish. Tadbirkorlarni ochiq muloqotda faol ishtirok etib, o‘z taklif va muammolarini bevosita bildirishga taklif etamiz. 🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
#korrupsiya ➡️ Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi. 🟢 Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ☎️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253 Ishonch telefoni: (71) 210-11-04 🙃 “O‘zbekekspertiza” AJ Komplayens xizmati: Mobil ishonch telefoni: (90) 830-75-77 Elektron manzil: ishonch@expertiza.uz "O'zbekekspertiza" AJ matbuot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Kattaqo‘rg‘onda sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish imkoniyatlari o‘rganildi 🟢Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Samarqand viloyati loyiha ofisi rahbari M. Xamdamov hamda “Samarqandekspertiza” sho‘ba xo‘jalik jamiyati direktori Z. Sadullayev Kattaqo‘rg‘on shahri va tumanida faoliyat yuritayotgan yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini o‘rgandi. O'rganish davomida “KATTAQO‘RG‘ON ELEKTROTEXNIKA ZAVODI” MChJ hamda “ENERGO TEXNIKA” MChJning ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlari va mahalliylashtirish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi. Korxona vakillari bilan muloqot davomida ishlab chiqarish jarayonida uchrayotgan masalalar muhokama qilinib, tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish va mahalliy mahsulotlarning bozordagi ishtirokini oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, tadbirkorlarga sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat”ni rasmiylashtirish hamda davlat xaridlarida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. "O'zbekekspertiza" AJ matbuot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Tushuntiramiz GSP+ nima va u o‘zbekistonlik eksportchilarga qanday imkoniyat beradi? GSP+ — Yevropa Ittifoqining ayrim rivojlanayotgan davlatlarga o‘z bozoriga qulayroq shartlarda kirish imkonini beruvchi imtiyozli savdo tizimidir. O‘zbekiston 2021-yil aprel oyida GSP+ tizimiga qo‘shilgan. Ushbu tizim doirasida Yevropa Ittifoqi bozoriga 6 mingdan ortiq turdagi mahsulotni imtiyozli, jumladan tegishli shartlarda boj olinmaydigan tartibda eksport qilish imkoniyati mavjud. Bu eksportchi uchun nimani anglatadi? Bojxona xarajatlarining kamayishi mahsulot tannarxiga ijobiy ta’sir qiladi. Natijada o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchi Yevropa bozorida o‘z mahsulotini raqobatbardoshroq narxda taklif etishi, eksport hajmini oshirishi va yangi xaridorlar topishi mumkin. GSP+ faqat bojxona imtiyozi emas. U ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulot sifatini oshirish, korxonalarni modernizatsiya qilish va eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish uchun ham qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Unutmang! GSP+ imtiyozidan foydalanish uchun mahsulot belgilangan kelib chiqish qoidalariga javob berishi va eksportchi zarur bojxona talablariga rioya qilishi lozim. Oddiy qilib aytganda, GSP+ — O‘zbekiston mahsulotlari uchun Yevropa bozoriga yanada qulay shartlarda chiqish imkoniyatidir. "O'zbekekspertiza" AJ matbuot xizmati Website | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
без подписи