"Toshkent" Respublika fond birjasi
Статистика"Toshkent" Respublika fond birjasining Rasmiy kanali Murojaat uchun: www.uzse.uz Facebook: www.facebook.com/UZSEofficial Instagram: www.instagram.com/uzse_official Telegram-bot : t.me/rfb_toshkent_bot Aloqa uchun: ☎️ +998(55)510-03-00 📨 info@uzse.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 23
- Всего постов
- 114
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Экономика (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 573
- 1/48двое суток
- 656
- 1/72трое суток
- 708
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
BIRJAVIY TAHLIL | 14.08.2026 UCI indeksi 1228,99 band darajasida yopilib, 33,24 bandga yoki 2,8%ga oshdi Birjaviy savdolarning barcha maydonchalardagi umumiy hajmi — 166,74 mlrd so‘m Birjaviy bitimlarning barcha maydonchalardagi umumiy soni — 10 400 Aksiyalar bozori Birjaviy savdolar hajmi 124,51 mlrd so‘mni tashkil etdi Savdolar hajmi bo‘yicha Top: HMKB — 121,50 mlrd so‘m UZNF — 938,90 mln so‘m KVTS — 750,63 mln so‘m Obligatsiyalar bozori Birjaviy savdolar hajmi 42,23 mlrd so‘mni tashkil etdi Savdolar hajmi bo‘yicha Top: UZUMS3B2 — 41,44 mlrd so‘m UZUMS3B — 587,85 mln so‘m ACMT2B5 — 81,63 mln so‘m #birjaviy_tahlil #RFB_Toshkent 🌐 O'zb | Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
❗️Yangi moliyaviy instrumentlar, soliq imtiyozlari va investitsiya imkoniyatlari Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “Kapital bozori to‘g‘risida”gi Qonun loyihasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 16 ta bob va 123 ta moddadan iborat Qonun loyihasi kapital bozorini yanada rivojlantirish, investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish va bozor infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan. Tadbirda fond birjasidagi umumiy savdolar hajmi 2023-yildagi 2,9 trln so‘mdan 2025-yilda 17,6 trln so‘mgacha, ya’ni qariyb 6 barobarga oshgani qayd etildi. Qonun loyihasida: ✅opsion, svop, fyuchers va forvard kabi hosila moliyaviy vositalarini joriy etish; ✅qoplangan, sekyuritizatsiyalangan va barqaror rivojlanish obligatsiyalari hamda sukuk qimmatli qog‘ozlarini tartibga solish; ✅ markaziy kontragent institutini joriy etish va investorlarni toifalash; ✅ xalqaro moliya institutlari obligatsiyalarini O‘zbekistonda chiqarish hamda mahalliy kompaniyalarning xorijiy kapital bozorlariga chiqishi uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish nazarda tutilgan. Shuningdek, kapital bozoriga uzoq muddatli institutsional va xususiy investorlarni jalb etish maqsadida soliq imtiyozlari nazarda tutilmoqda. Jumladan, ayrim investitsiya fondlari daromadlari, qoplangan va sekyuritizatsiyalangan obligatsiyalar bo‘yicha ayrim operatsiyalarni soliqdan ozod qilish, shuningdek, 2038-yilgacha xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari va sukuk bo‘yicha ayrim daromadlarga soliq imtiyozlari berish ko‘zda tutilgan. Yangi moliyaviy vositalarni joriy etish orqali 2030-yilga qadar fond bozoriga 10 trln so‘m miqdorida investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
2026-yil 13-avgust holatiga ko‘ra, "Toshkent" Respublika fond birjasida savdolarning umumiy hajmi 10,60 trln so‘mni (878,70 mln AQSH dollari) tashkil etdi Shundan: 🔹 birja kotirovkalash varag‘ida — 6,86 trln so‘m (568,28 mln AQSH dollari); 🔹 listingdan tashqari savdo maydonida — 3,74 trln so‘m (310,42 mln AQSH dollari). #savdolar_hajmi #RFB_Toshkent 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
❗️UzNIF qimmatli qog‘ozlarining Toshkent va London fond birjalaridagi kunlik narxlar bo‘yicha solishtiruv ma’lumoti Joriy yilning 13-avgust holatiga ko‘ra, London fond birjasida UzNIFning 1 ta GDR bo‘yicha narx ko‘rsatkichlari quyidagilarni tashkil etdi: 🗣Ochilish narxi — 38,400 AQSH dollari; 🗣Yopilish narxi — 37,200 AQSH dollari; 🗣Maksimal narx — 38,500 AQSH dollari; 🗣Minimal narx — 37,000 AQSH dollari. 📌 Ma’lumot uchun: 🔵O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha 1 AQSH dollari — 11 948,6 so‘m. 🔵1 ta GDR 64 700 dona aksiyadan iborat. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
❗️DIQQAT: QIMMATLI QOG‘OZLAR HARAKATINI TO‘XTATISH Emitent: “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJ Qimmatli qog‘oz kodlari: 🔵 Oddiy aksiya: UZ7017610005 🔵 Imtiyozli aksiya: UZ701761K017 Asos: “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJni mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirish yo‘li bilan qayta tashkil etish jarayoni amalga oshirilayotganligi to‘g‘risidagi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining bildirishnomasi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, investorlar huquqlarini himoya qilish hamda korporativ harakatlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJ tomonidan chiqarilgan oddiy va imtiyozli aksiyalar bilan savdolar 2026-yil 14-avgustdan boshlab to‘xtatildi. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
❗️DIQQAT: QIMMATLI QOG‘OZLAR HARAKATINI TO‘XTATISH Emitent: “Trastbank” XAB Qimmatli qog‘oz kodlari: 🔵oddiy aksiya — UZ7033480003 🔵imtiyozli aksiya — UZ703348K011 Asos: “Trastbank” XAB aksiyalarini kapitallashtirish (1:1 koeffitsiyent) bo‘yicha korporativ harakatlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining bildirishnomasi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, korporativ harakatlarni qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirish hamda aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Trastbank” XAB tomonidan chiqarilgan oddiy va imtiyozli aksiyalar bilan savdolar 2026-yil 14-avgustdan boshlab vaqtincha to‘xtatildi. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
❗️O‘zbekistonda sukuk qimmatli qog‘ozlarini joriy etish istiqbollari muhokama qilindi Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasida «Sukuk qimmatli qog‘ozlarining mazmun-mohiyati, ularni chiqarish va muomalaga kiritish amaliyoti: xorijiy tajriba va O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, "Toshkent" Respublika fond birjasi AJ, "Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi" AJ, Islom taraqqiyot banki, BMT Taraqqiyot dasturi hamda sohaviy ekspertlar ishtirok etdi. Seminarda sukukning mazmun-mohiyati va an’anaviy obligatsiyalardan farqli jihatlari, uni chiqarish va muomalaga kiritish mexanizmlari, xalqaro tajriba hamda O‘zbekistonda ushbu moliyaviy instrumentni joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Taqdimotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda jahon bo‘yicha sukuk chiqarilishlari 264,8 mlrd AQSH dollariga yetgan. Global sukuk bozorida Malayziya 31 foiz, Saudiya Arabistoni esa 28 foiz ulush bilan yetakchilik qilmoqda. 2025-yilda global islomiy moliya aktivlari 6,6 trln AQSH dollariga yetgan, shundan 25 foizi sukuk hissasiga to‘g‘ri keladi. Islomiy kapital bozori aktivlari esa 1,65 trln AQSH dollaridan oshgan. O‘zbekiston bo‘yicha keltirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, islomiy bank aktivlari hajmi 2028-yilda 1,129 mlrd AQSH dollariga, 2033-yilda esa 2,372 mlrd AQSH dollariga yetishi kutilmoqda. Muomaladagi sukuk hajmi esa shu davrda 601 mln AQSH dollaridan 1,878 mlrd AQSH dollarigacha oshishi mumkin. Muhokamalarda sukuk bozorini shakllantirish uchun uni chiqarish, muomalaga kiritish va so‘ndirish jarayonlarini qamrab oluvchi yaxlit huquqiy mexanizmni yaratish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, sukuk moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, mahalliy va xorijiy investorlar doirasini kengaytirish hamda kapital bozorida yangi investitsiya instrumentlarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
BIRJAVIY TAHLIL | 13.08.2026 UCI indeksi 1195,75 band darajasida yopilib, 12,47 bandga yoki 1,1%ga oshdi Birjaviy savdolarning barcha maydonchalardagi umumiy hajmi — 192,71 mlrd so‘m Birjaviy bitimlarning barcha maydonchalardagi umumiy soni — 10 191 Aksiyalar bozori Birjaviy savdolar hajmi 4,81 mlrd so‘mni tashkil etdi Savdolar hajmi bo‘yicha Top: UZNF — 2,11 mlrd so‘m HMKB — 962,61 mln so‘m UZTL — 683,90 mln so‘m Obligatsiyalar bozori Birjaviy savdolar hajmi 187,90 mlrd so‘mni tashkil etdi Savdolar hajmi bo‘yicha Top: IQMK5B8 — 128,33 mlrd so‘m UZUMS3B2 — 59,38 mlrd so‘m ACMT2B5 — 149,04 mln so‘m #birjaviy_tahlil #RFB_Toshkent 🌐 O'zb | Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
❗️Iyul oyi kesimida narxlar dinamikasi va bozor faolligi 📊 Narxlar dinamikasi tahlili iyul oyida ayrim emitentlar bo‘yicha sezilarli o‘sish qayd etilganini ko‘rsatdi. Jumladan, "Maxsuselektrtarmoqqurilish" AJ aksiyalari narxi 82,0 foizga oshib, o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchilik qildi. Shuningdek, "Portlatishsanoat" AJ (+51,83%), "Garant Bank" AJ (+33,45%), "O'zbekkimyomash zavodi" AJ (+32,61%) hamda "Qashqadaryo texnologik transport" AJ (+23,75%) aksiyalarida ham ijobiy narx o‘zgarishlari kuzatildi. 📊 Shu bilan birga, "Universal bank" ATB aksiyalari narxi 64,04 foizga pasayib, eng katta salbiy ko‘rsatkichni qayd etdi. Shuningdek, "Neft va gaz quduqlarini sinash" AJ (-38,89%), "O'ztransgaz" AJ (-33,71%), "Kafolat sug'urta kompaniyasi" AJ (-29,31%) hamda "Tashgiprogor" AJ (-24,71%) aksiyalarida ham narxlarning pasayishi kuzatildi. Ushbu o‘zgarishlar bozor kon’yunkturasi, likvidlik darajasi va savdo faolligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bozor ishtirokchilari faolligi tahlili ayrim emitentlar qimmatli qog‘ozlariga investorlar qiziqishi yuqori darajada saqlanib qolayotganini ko‘rsatdi. Xususan, "Qashqadaryo texnologik transport" AJ aksiyalari savdolarida 315 nafar investor va 8 ta broker, "Kafolat sug'urta kompaniyasi" AJ aksiyalari bo‘yicha esa 302 nafar investor va 6 ta broker ishtirok etdi. Shuningdek, "Garant Bank" AJ aksiyalari savdolarida 232 nafar investor va 8 ta broker, "Universal bank" ATB aksiyalari savdolarida esa 200 nafar investor va 11 ta broker qatnashgani mazkur qimmatli qog‘ozlarga nisbatan bozor ishtirokchilari qiziqishi yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. Hisobot davrida: ✅ narxlarni sun’iy oshirish yoki pasaytirish holatlari; ✅ insayderlik ma’lumotlaridan foydalanish holatlari; ✅iqtisodiy jihatdan asossiz keskin narx tebranishlari aniqlanmadi. Iyul oyida qimmatli qog‘ozlar bozorida umumiy barqarorlik va muvozanatli rivojlanish kuzatildi. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
2026-yil 12-avgust holatiga ko‘ra, "Toshkent" Respublika fond birjasida savdolarning umumiy hajmi 10,37 trln so‘mni (859,07 mln AQSH dollari) tashkil etdi Shundan: 🔹 birja kotirovkalash varag‘ida — 6,67 trln so‘m (552,15 mln AQSH dollari); 🔹 listingdan tashqari savdo maydonida — 3,70 trln so‘m (306,92 mln AQSH dollari). #savdolar_hajmi #RFB_Toshkent 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
❗️UzNIF qimmatli qog‘ozlarining Toshkent va London fond birjalaridagi kunlik narxlar bo‘yicha solishtiruv ma’lumoti Joriy yilning 12-avgust holatiga ko‘ra, London fond birjasida UzNIFning 1 ta GDR bo‘yicha narx ko‘rsatkichlari quyidagilarni tashkil etdi: 🗣Ochilish narxi — 38,150 AQSH dollari; 🗣Yopilish narxi — 38,400 AQSH dollari; 🗣Maksimal narx — 38,400 AQSH dollari; 🗣Minimal narx — 37,700 AQSH dollari. 📌 Ma’lumot uchun: 🔵O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha 1 AQSH dollari — 11 889,95 so‘m. 🔵1 ta GDR 64 700 dona aksiyadan iborat. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
BIRJAVIY TAHLIL | 12.08.2026 UCI indeksi 1183,28 band darajasida yopilib, 41,28 bandga yoki 3,6%ga oshdi Birjaviy savdolarning barcha maydonchalardagi umumiy hajmi — 123,94 mlrd so‘m Birjaviy bitimlarning barcha maydonchalardagi umumiy soni — 9 963 Aksiyalar bozori Birjaviy savdolar hajmi 3,67 mlrd so‘mni tashkil etdi Savdolar hajmi bo‘yicha Top: UZNF — 1,97 mlrd so‘m UZTL — 737,45 mln so‘m HMKB — 137,28 mln so‘m Obligatsiyalar bozori Birjaviy savdolar hajmi 120,27 mlrd so‘mni tashkil etdi Savdolar hajmi bo‘yicha Top: UZUMS3B2 — 118,19 mlrd so‘m UZUMS3B — 1,75 mlrd so‘m ACMT2B5 — 209,29 mln so‘m #birjaviy_tahlil #RFB_Toshkent 🌐 O'zb | Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
📊 Joriy yilning iyul oyida "Toshkent" RFB birja kotirovkalash varag‘ida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? Iyul oyining yakuniga ko‘ra, "Toshkent" RFB birja kotirovkalash varag‘ida 94 ta emitent tomonidan chiqarilgan 153 ta moliyaviy instrument mavjud edi. Shundan: 🔵 82 ta oddiy aksiya; 🔵 37 ta imtiyozli aksiya; 🔵 34 ta obligatsiya. Hisobot davrida birja kotirovkalash varag‘iga "UZUM SARMOYA" XK MChJning /UZUMS3B2/ obligatsiyasi kiritildi. Shuningdek, "Asia Alliance Bank" ATBning /AABK1/ hamda "AGAT CREDIT" MMT AJning /ACMT1B2/ obligatsiyalari chiqarilishlari so‘ndirilganligi munosabati bilan birja kotirovkalash varag‘idan chiqarildi. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
2026-yil 11-avgust holatiga ko‘ra, "Toshkent" Respublika fond birjasida savdolarning umumiy hajmi 10,24 trln so‘mni (848,63 mln AQSH dollari) tashkil etdi Shundan: 🔹 birja kotirovkalash varag‘ida — 6,55 trln so‘m (541,72 mln AQSH dollari); 🔹 listingdan tashqari savdo maydonida — 3,70 trln so‘m (306,91 mln AQSH dollari). #savdolar_hajmi #RFB_Toshkent 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
❗️UzNIF qimmatli qog‘ozlarining Toshkent va London fond birjalaridagi kunlik narxlar bo‘yicha solishtiruv ma’lumoti Joriy yilning 11-avgust holatiga ko‘ra, London fond birjasida UzNIFning 1 ta GDR bo‘yicha narx ko‘rsatkichlari quyidagilarni tashkil etdi: 🗣Ochilish narxi — 37,400 AQSH dollari; 🗣Yopilish narxi — 38,000 AQSH dollari; 🗣Maksimal narx — 39,000 AQSH dollari; 🗣Minimal narx — 37,250 AQSH dollari. 📌 Ma’lumot uchun: 🔵O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha 1 AQSH dollari — 11 934,61 so‘m. 🔵1 ta GDR 64 700 dona aksiyadan iborat. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
BIRJAVIY TAHLIL | 11.08.2026 UCI indeksi 1142,00 band darajasida yopilib, 56,96 bandga yoki 5,2%ga oshdi Birjaviy savdolarning barcha maydonchalardagi umumiy hajmi — 334,79 mlrd so‘m Birjaviy bitimlarning barcha maydonchalardagi umumiy soni — 12 218 Aksiyalar bozori Birjaviy savdolar hajmi 2,57 mlrd so‘mni tashkil etdi Savdolar hajmi bo‘yicha Top: UZTL — 988,00 mln so‘m UZNF — 446,79 mln so‘m IPTB — 205,65 mln so‘m Obligatsiyalar bozori Birjaviy savdolar hajmi 332,22 mlrd so‘mni tashkil etdi Savdolar hajmi bo‘yicha Top: UZUMS3B2 — 201,48 mlrd so‘m IQMK5B8 — 124,53 mlrd so‘m UZUMS3B — 5,87 mlrd so‘m #birjaviy_tahlil #RFB_Toshkent 🌐 O'zb | Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
📈 2026-yil iyul oyi yakunlariga ko‘ra UCI indeksi 2026-yil iyul oyi yakunlariga ko‘ra, “Toshkent” RFB birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan 69 ta emitentning 107,43 mlrd dona qimmatli qog‘ozlari bilan jami 101 667 ta bitim tuzildi. Savdolar hajmi 1 577,15 mlrd so‘mni (131,14 mln AQSH dollari) tashkil etdi. Oy yakunlariga ko‘ra, UCI indeksi 10,95 foizga pasayib, 968,97 punkt darajasida yopildi. Indeksning eng yuqori ko‘rsatkichi 2-iyul kuni qayd etilib, 1 083,76 punktni tashkil etdi. Oy davomida indeksning eng past qiymati esa 30-iyul kuni kuzatilib, 961,66 punktni tashkil etdi. Aksiyalarning bozor kapitallashuvi 45,92 trln so‘mga yoki 11 foizga kamayib, 382,14 trln so‘mni (31,83 mlrd AQSH dollari) tashkil etdi. Erkin muomaladagi (free float) aksiyalarning bozor kapitallashuvi esa 6,61 trln so‘mni (550,91 mln AQSH dollari) tashkil qildi. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
2026-yil 10-avgust holatiga ko‘ra, "Toshkent" Respublika fond birjasida savdolarning umumiy hajmi 9,91 trln so‘mni (820,58 mln AQSH dollari) tashkil etdi Shundan: 🔹 birja kotirovkalash varag‘ida — 6,21 trln so‘m (513,68 mln AQSH dollari); 🔹 listingdan tashqari savdo maydonida — 3,70 trln so‘m (306,90 mln AQSH dollari). #savdolar_hajmi #RFB_Toshkent 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
❗️UzNIF qimmatli qog‘ozlarining Toshkent va London fond birjalaridagi kunlik narxlar bo‘yicha solishtiruv ma’lumoti Joriy yilning 10-avgust holatiga ko‘ra, London fond birjasida UzNIFning 1 ta GDR bo‘yicha narx ko‘rsatkichlari quyidagilarni tashkil etdi: 🗣Ochilish narxi — 35,900 AQSH dollari; 🗣Yopilish narxi — 37,000 AQSH dollari; 🗣Maksimal narx — 38,300 AQSH dollari; 🗣Minimal narx — 35,900 AQSH dollari. 📌 Ma’lumot uchun: 🔵O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha 1 AQSH dollari — 11 952,1 so‘m. 🔵1 ta GDR 64 700 dona aksiyadan iborat. 🌐 Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin
BIRJAVIY TAHLIL | 10.08.2026 UCI indeksi 1085,04 band darajasida yopilib, 53,31 bandga yoki 5,2%ga oshdi Birjaviy savdolarning barcha maydonchalardagi umumiy hajmi — 4,92 mlrd so‘m Birjaviy bitimlarning barcha maydonchalardagi umumiy soni — 11 861 Aksiyalar bozori Birjaviy savdolar hajmi 4,57 mlrd so‘mni tashkil etdi Savdolar hajmi bo‘yicha Top: UZNF — 1,82 mlrd so‘m UZTL — 1,22 mlrd so‘m HMKB — 259,23 mln so‘m Obligatsiyalar bozori Birjaviy savdolar hajmi 354,50 mln so‘mni tashkil etdi Savdolar hajmi bo‘yicha Top: ACMT2B5 — 245,99 mln so‘m BFMT3V2 — 81,71 mln so‘m ACMT1B3 — 14,22 mln so‘m #birjaviy_tahlil #RFB_Toshkent 🌐 O'zb | Рус | Eng Kanalga a'zo bo'lish 👈 Web | Instagram | Facebook | Youtube | Linkedin