Valisher Botirov | Development
СтатистикаIT sohasida loyihalarni boshqarish va ishlab chiqarishda olgan kerakli malumotlarimni ulashib boraman. - Project Management - Shaxsiy rivojlanish 📥 Aloqa : @Botirov_Valisher Personal blog : https://t.me/+rfuECx3JFQM1ZjIy 🌐 https://valisherbotirov.uz
- Последний пост
- 9 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 185
- 1/48двое суток
- 212
- 1/72трое суток
- 228
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🚗 Avtomobil sotib olishdan oldin uni tekshiring! Hamroh ilovasi yordamida avtomobilning sizdan avval nechta egasi bo‘lganini va YTHga uchragan-uchramaganini bilib olishingiz mumkin (agar hodisa YPX tomonidan rasmiylashtirilgan bo‘lsa). 🌟 Hamroh ilovasini yuklab oling va avtomobilingizga oid muhim ma’lumotlarni bitta ilovada nazorat qiling. Ilovani yuklab olish 🛒 APP STORE | 🔍 PLAY MARKET | 🌐 INSTAGRAM | 📹 YOU TUBE * * * 🚗 Проверьте автомобиль перед покупкой! С помощью приложения Hamroh вы можете узнать, сколько владельцев было у автомобиля до вас и попадал ли он в ДТП (если происшествие было зарегистрировано сотрудниками YPX). 🌟Скачайте приложение Hamroh и контролируйте важную информацию об автомобиле в одном приложении. 📲 Скачать приложение 🛒 APP STORE | 🔍 PLAY MARKET | 🌐 INSTAGRAM | 📹 YOU TUBE
без подписи
без подписи
Uzbekistan-Japan Center UJC markazining Professional Management Program (PMP) dasturida o'qishni boshladik Dastur davomida foydali malumotlarni ulashib boroshga harakat qilaman
Bu postni aslida shogirdlarim uchun yozgandim, lekin negadir hamma oʻqishini xohladim: Kecha Dadam 61’ga kirdilar, men ularni shu paytgacha yosh, kuch gʻayratga toʻlda Dadam deb yurardim, vaqt baribir oʻz soʻzini aytar ekan. Vaqt rostdan tez oʻtmoqda. Xabaringiz boʻlsa soʻnggi yillarda ota-onam, oilam orzusini amalga oshirish man uchun eng katta maqsadga aylangan shu sabab Dadamni navbatdagi orzularini amalga oshirish uchun Jahon Chempionatini stadiondan koʻrish uchun keldik, qarangki Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻz tarixida birinchi marta JCh’ga chiqdi yana Amerikada, yana Portugaliyadek jamoa bilan xullas yanalar juda koʻp… Aslida bu post: VAQT ya’ni aynan bizni UMRIMIZ haqida, HAAAAA azizlar bizga bir marta beriladigan umrimiz haqida!!! Yoshlarga bitta iltimosim bor 🙏🏻🙏🏻 – Hayotni iloji boricha erta tushunishga harakat qiling. Chunki vaqt sizni kutmaydi. – Sizga mashina sotishadi, telefon sotishadi, hashamatni sotishadi, lekin hech kim sizga yoshligingizning qadrini sota olmaydi. – Pul topishni o’rganing, ammo pulni maqsad qilib qo’ymang. Pul yaxshi xizmatkor, lekin yomon xo’jayin. – Sog’lig’ingizni asrang. Ota-onangizni qadrlang. O’zingizni bilim bilan qurollantiring. Xarakteringizni esa hech qachon arzonga sotmang.(erkak kishini noyob Xarakteri boʻlishi shart) – Men ko’p muvaffaqiyatli odamlarni ko’rdim. Ularning deyarli barchasi boy edi. Lekin ularning hammasi ham baxtli emas((( – Men ko’p kambag’al odamlarni ham ko’rdim. Ularning deyarli barchasi pulni orzu qilardi. Lekin ularning ham koʻpchiligi baxtli emas edi((( Shunda tushundim! Baxt pulning miqdorida ham emas, qashshoqlikda ham emas. Baxt, hayotingizni o’zingiz tanlagan yo’lda yashayotganingizda paydo bo’ladi. Hech qachon boshqalarning orzusida yashamang. Jamiyat sizdan nima kutayotganini emas, vijdoningiz sizdan nimani talab qilayotganini eshiting. Trend ortidan quvmang! Oʻz trendinggiz boʻlsin! Hayotning ohirida odam afsus qiladigan narsalar qilgan xatolari emas. Jur’at yetmay qilmay qolgan ishlari bo’ladi. - Shuning uchun bugundan boshlang! - O’qing! - Yarating! (Insonga xos holatda aytdim) - Tavakkal qiling! - Xato qiling! Lekin vaqtni behuda sarflamang, iltimos!!! Chunki hayotning eng qimmat valyutasi pul emas. Qaytib kelmaydigan vaqt va so’nib qolmasdan oldin ishlatilishi kerak bo’lgan salohiyatdir. Bu postni kimni yaxshi koʻrsangiz yoki yaxshilik tilasangiz, oʻshalarga yuboring. Bir soʻz bilan aytganda: Postni Tiriklarga yuboring!!! Kanalimga a’zo boʻlib qoʻying, 5000’dan ortiq odam bekorga kuzatishmayotgandir 😉@AlisherAhmatovich
Product Managmentda Fake Door Test usuli Product boshqaruvida qo'shilayotgan fungsional imkoniyatlar emas, foydalanuvchilar tomonidan qo'shilgan imkoniyatlar qanchalik foydalanilayotganligi va UX tomondan qulayligi muhim sanaladi! Productda sinab ko'rmoqchi bo'lgan gipotezamiz qanchalik ishlashini, foydalanuvchilar qanchalik qiziqish bildirishini o'sha imkoniyatni productga resurs sarflab qo'shib ko'rmasdan qanday o'lchash mumkin? Yaqindan bu savolga ustozlarimizdan o'rgangan Fake Door test usulini ishlatib javob olib kelmoqdaman. G'oya juda oddiy: - Fungsiya ilova interfeysiga joylashtiriladi - Lekin uni o'zi hali ishlab chiqilmaydi Foydalanuvchi bosganda Tez orada xabari chiqariladi va har bir clickda event yaratilib o'lchab boriladi. Foydalanuvchi harakati va qizishlarini eventlar bilan har xil toollarda kuzatib borish mumkin (Mixpanel, Firebase, Amplitude) Hamroh productimizda ham Fake Door usuldan foydalanib kelmoqdamiz, yuqoridagi rasmda natijalarini ko'rishingiz mumkin. Bu orqali foydalanuvchini user ecperienceni ham kuzatib borish mumkin ☑️ @valisherbotirov
🚀 Hamroh mobil ilovamiz uchun navbatdagi muhim qadam! Hamroh mobil ilovasi Google Play Market'ning Auto & Vehicles kategoriyasida TOP-3 talikka kirdi. TOP-3 natijasi biz uchun yangi bosqich. Oldimizda Hamroh mobil ilovamizni O‘zbekiston avtomobil egalari uchun eng qulay va eng foydali raqamli platformaga aylantirish maqsadi turibdi. 📲 Ilovani yuklab oling! 🎮Android - yuklab olish 📱 IOS - yuklab olish 🌐 Hamroh B2B platforma
Dasturchilikdan Menejmentga! IT sohasida faoliyatimni Frontend dasturchisi sifatida boshlaganman. Ikki yildan oshiq codingdagi faoliyatimni biznes va menejmentga bo'lgan qiziqishim sababli Project Manager pozitsiyaga to'liq o'tish bilan yakunlagandim. Menejmentga o'tganimdan keyin nima o'zgardi? Birinchi navbatda IT loyihalarni ishlab chiqishga bo'lgan fikrlashim o'zgardi. - Mijoz hohlayotgan fungsiya qanday qilinadi? - Qanaqa texnologiya ishlatsa yaxshiroq? - Clean code yozishim kerak kabi texnik savollardan, mijozlar bilan ko'proq gaplashib ular aslida qanaqa muommosiga yechim hohlashyabdi, nima uchun tizim qildirishmoqchiligini sababini asosidan qatnashib boshlaganim uchun loyihaga biznes tomondan qarashni, mijoz tomondan fikrlab ishlashni boshladim. IT loyihadagi muhim narsa undagi texnik tasklarni qanchalik bajarilishi emas, har bir qo'shilayotgan imkoniyat foydalanuvchi yoki mijozni qanday muommosiga yechim berolishi, mijoz uni qanchalik ishlatolishi muhim. Loyihani fail bo'lishi har doim ham dasturchi yozgan koddan bo'lavermaydi. Asosiy muommolar: - Noto'g'ri yig'ilgan reglamentlarda - Biznes egasi nima hohlayotganligini yaxshi tushunmasligi - Biznes jarayonlarni noto'g'ri tuzilganli va shunga o'xshash ko'plab omillarga bog'liq. Bu kabi muommolarga olib kelinmasligi uchun ishni boshidan to'g'ri tashkillashtirish va komunikatsiyani to'g'ri amalga oshirish kerak bo'ladi va bularni barchasi mijoz va texnik xodim o'rtasidagi menejerga bog'liq. Keyingi fikrlarimizda aynan mana shunaqa qiziqarli va mas'uliyatli soha haqida ko'proq gaplashib boramiz ☑️ @valisherbotirov
без подписи
🤩 Hamroh - avtomobil egalari va yirik yuridik tashkilotlari uchun yagona raqamli platforma Ilova orqali jarima ballaringizni online kuzating! Avtomobilingizga oid barcha kerakli xizmatlar: ➖ Jarimalarni ilovadan online to'lash ➖ Eko sticker, sug'urta va texnik xizmatlarni boshqarish ➖ Ishonchnoma va tonirovka ruxsatnomalarini online rasmiylashtirish ➖ Avtomobil tarixini tekshirish va monitoring qilish ➖ Family rejim orqali yaqinlaringiz avtomobillarini kuzatish ➖ Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga o'tkazish kabi jarayonlarini bitta joydan boshqaring! 📌 Hamroh B2B platformasi orqali esa yuridik tashkilot sifatida 100+ avtomobillaringizni bir nuqtadan turib oson boshqaring! 📲 Ilovani yuklab oling! 🎮Android - yuklab olish 📱 IOS - yuklab olish 🌐 Hamroh B2B platforma
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Jizzaxga bo'lgan safarimizdan esdalik Jizzax 19.04.2026
Kompaniyamiz TELECOM SOFT MCHJ ga middle Flutter va Java backend dasturchilar qarayabmiz. Oramizda middle dasturchilar yoki tanishlar bo'lsa aloqaga chiqsangiz ko'rib chiqamiz. Batafsil vakansiya haqida - https://www.linkedin.com/jobs/view/4398498102/ CV uchun: @Botirov_Valisher @valisherbotirov
Yaqinda telefon raqamimni MNP orqali Ucelldan Uzmobilega o'tkazishga tog'ri keldi. Qulaylik uchun yaratilgan bu imkoniyat yo'lga qo'yilgani yaxshi bo'lgan, lekin hali ko'p serveslarga bunga moslashishmagan ekan. Quyida shular haqida to'xtalib o'tamiz. 1. Ayrim servicelar orada MNP qilingan raqamlarni support qilmasdan qolishi. Natijada ro'yxatdan o'tish, tasdiqlash otp kodlari kelmasdan noqulaylik tug'dirishi. 2. Bank kartalariga ulangan sms xizmatini automatik yangilanmasligi. MNP aktivlashgan vaqting o'zidan barcha bank kartalarim sms xizmati o'chirilib fintech ilovalarda neactive holatga tushib qoldi. Uzcart kartalarda sms xizmatini online yoqish imkoni yo'qligi yana ortiqcha ovoragarchilikga sabab bo'ldi. Uzcart kartalarida sms xizmatni bankamat yordamida hohlagan inson kartasini hohlagan telefon raqamga aktivlashtirish mumkin, hech qanaqa tasdiqlashlarsiz. Xavfsizlik tomonlama hech qanaqa cheklov qo'yilmagan tizimda nega online sms xizmatini yoqish imkoniyatini qo'yishmagan ochig'i tushunarsiz 3. Raqamim ancha oldin olinganligi sabab oila a'zolarim nomiga olingan edi. MNP qildirib bo'lingach o'zimni nomimga rasmiylashtiraman desam afsus MNP qilib o'tgan kompaniya vazifalariga bu kirmas ekan, nomimga o'tkazish uchun yana qayta eski kompaniyaga o'tkazib ariza topshirib 3 oydan keyin o'zimga nomimga rasmiylashtirishim mumkin bo'larkan. Ajoyib a? Raqamli hukumat shaxsni o'zini nomidagi mobile raqam orqali malumotlarni berishni boshlagandan keyin bu narsa ancha muommo bo'ldi. Shundan buyon tizimlarga Mobile ID va OneID bilan kirolmayabman. 20-apreldan bank kartalari ham faqat shaxsni o'zini nomidagi raqamga sms xizmati yoqilishi haqida aytilmoqda, bu korparative raqam ishlatib yurganlar uchun yana ovorogarchiliklarga olib kelinadi 4. Shu jarayonda yana bitta muommoni aytib o'tish kerak. Telefon raqam rasmiylashtirilgan shaxs, o'zini shaxsni tasdiqlovchi hujjatini yangilaganda telefon raqam eskisiga bog'langan holatda qolib ketar ekan. Yangisiga o'tkazish uchun esa eski hujjat malumotlari kerak bo'ladi....) MNP juda kerakli va foydali xizmat. Lekin foydalanuvchi tajribasi nuqtayi nazaridan hali yaxshilanishi kerak bo‘lgan joylari ko‘p ekan. ☑️ @valisherbotirov #MNP #UserExperience #DigitalServices #Fintech #Uzbekistan