- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 43
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 33
- 1/48двое суток
- 37
- 1/72трое суток
- 40
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
O‘zbekiston–Ozarbayjon ta’lim hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi 👍Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori Hilola Umarova Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashdi. 🤝 Muloqot davomida universitetning Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari bilan shakllangan aloqalarini yanada rivojlantirish, akademik almashinuvni kengaytirish, qo‘shma ilmiy-ma’rifiy hamda madaniy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. ✅ Tomonlar kelgusidagi tashabbuslarni aniq amaliy mazmun bilan boyitish, qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi ta’lim, ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿🇹🇷 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan turkiyalik taniqli olim Kemal Yavuz Atamanning «Men tanigan O‘zbekiston» kitobi nashr etildi. Ushbu asar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Ma’rifat» targ‘ibotchilari jamiyati hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida amalga oshirilayotgan «Ma’rifat elchilari» loyihasi doirasida o‘zbek va turk tillarida tayyorlandi. Bu kitob — shunchaki sayohat taassurotlari emas. Unda muallifning 1991 yildan buyon O‘zbekiston bo‘ylab qilgan safarlari, ilmiy ekspeditsiyalari, arxiv tadqiqotlari va yurtimiz odamlari bilan muloqotlari asosida shakllangan xolis kuzatuvlari jamlangan. Asarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakat taraqqiyoti, madaniy meros, xalqimizning qadriyatlari va yurtimizning xalqaro maydondagi o‘rni xorijlik olim nigohida tahlil qilinadi. Kitob taqdimotida men ham iştirok etdim. @vrajapov.
KIROYI KITOB, CHIROYLI TAQDIMOT Bugun Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan "MEN TANIGAN O‘ZBEKISTON" ("BENİM TANIDIĞIM ÖZBEKİSTAN") kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan mazkur asar muallifi – turkiyalik taniqli olim va jamoat arbobi, ijtimoiy-siyosiy fanlar doktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faxriy a’zosi Kemal Yavuz Ataman. Tantanali marosimda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Akmal Saidov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova va boshqa mutaxassislar nutq so‘zladi. Anjumanda muallifning 35 yil davomida yurtimizga amalga oshirgan o‘nlab safarlari samarasi o‘laroq dunyoga kelgan kitob O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, ma’rifiy hamkorlik va qardoshlik rishtalarining yana bir yorqin ifodasi ekani ta’kidlandi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Sessiya_oldi_organish #Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #Hamkorlik_faoliyati #deputat_tashabbusi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati 🌳 Deputat Jamila Shermuhammedova abituriyentlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi 🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova Chilonzor tumanining Qozirobod saylov okrugidagi "Naqqoshlik" mahalla fuqarolar yig‘inida "mahalla yettiligi" a’zolari hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. 🤝 Uchrashuvda mahalla raisi Shohista Atajonova, profilaktika inspektori kapitan Azamat Rasulmuhamedov, hokim yordamchisi Madaminjon Nazirov, yoshlar yetakchisi Otabek Jo‘rayev hamda mahalla faollari bilan birgalikda 2026-yilgi qabul jarayonlari, abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, test sinovlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 📝 Muloqot davomida universitet rahbariyati tomonidan joriy yilda abituriyentlarning amaliy fanlar hamda harbiy ta’lim yo‘nalishlariga qiziqishi sezilarli darajada oshgani, ushbu yo‘nalishlarni qizlar va yigitlar deyarli teng miqdorda tanlayotgani qayd etildi. Bu esa yoshlar orasida Vatanga sadoqat, kasbga mas’uliyat va zamonaviy bilimlarni egallashga bo‘lgan intilish tobora kuchayib borayotganidan dalolat ekani ta’kidlandi. 🔎 Uchrashuv jarayonida deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi. Ta’lim sifati, yoshlar bandligi, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yoshlarni oliy ta’limga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔺 Fuqarolar va yoshlar tomonidan bildirilgan taklif hamda murojaatlar "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri deputatlik nazoratiga olindi. Zarur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi lozim bo‘lgan takliflarni umumlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. ✅ Uchrashuv yakunida deputat Jamila Shermuhammedova yoshlarning sifatli ta’lim olishi, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi va har bir murojaatning amaliy yechim topishi deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Amir Temur tuzuklari — kechadan saboq, bugun uchun ibrat, kelajak uchun ruhlantiruvchi kuchdir. Yoshlarimiz bu o‘gitlarni qancha ko‘p eshitsa, amal qilsa, albatta, katta-katta maqsadlarga ham yetadi. Shu bois, biz “Buyuk Temur tuzuklari” nomi ostida sun’iy intellekt yordamida turkum milliy kontentlar yaratmoqdamiz. Albatta, farzandlaringizga ko‘rsatib, yaqinlaringizga ulashing! @vrajapov
#Axborot24 | 12.07.2026 Oliy ta'lim muassasalarida kasbiy-imtihonlar davom etmoqda mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x
Олий ўқув юртларида ижодий имтихонлар ўтказилмоқда. @yangidavr_rasmiy