Waste.uz
СтатистикаO'zbekistondagi yagona yirik maishiy chiqindilar uyushmasi. Rasmiy saytimiz: www.waste.uz Bizning Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarimiz: https://www.facebook.com/waste.uz www.youtube.com/@WASTEUZ Aloqa uchun: +998 99 207 44 44
- Последний пост
- 5 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 107
- 1/48двое суток
- 122
- 1/72трое суток
- 132
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Uyingizdan chiqadigan chiqindilar qayerga ketishini bilasizmi? Respublika boʻyicha yiliga 15 million tonna maishiy chiqindi hosil boʻladi. Oʻz navbatida, bu ulkan hajm shunchaki tashlab yuborilmaydi, balki maxsus texnikalar orqali hududlardagi chiqindi toʻplash poligonlariga olib boriladi. Bugungi kunda respublikamizda jami 200 ga yaqin ana shunday chiqindi yigʻish poligonlari mavjud boʻlib, ekologik xavfsizlikni taʼminlash maqsadida hozirgacha 47 ta maishiy chiqindi poligoni butunlay tugatilgan. Poytaxtimizda ham bu borada tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Toshkent shahrida 3 ta qayta yuklash punkti ishlab turibdi. Kuniga birgina Toshkent shahrining oʻzidan mavsumga qarab 1500 tonnadan 2500 tonnagacha maishiy chiqindi maxsus germetik texnikalar orqali zichlangan (preslangan) holda maxsus poligonlarga tashiladi. Xususan, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida barpo etilgan yangi avlod poligoni odatdagi eski chiqindixonalardan tubdan farq qiladi. Maydoni 24 gektarni tashkil etuvchi ushbu zamonaviy poligon maxsus germetik qoplamalar bilan toʻliq qoplangan. Bu esa chiqindilardan chiqadigan zararli moddalarning yer ostiga oʻtishini toʻsib qoʻyadi. Respublika miqyosida ekologik tozalikni taʼminlash yoʻlida shu kungacha 50 taga yaqin toʻlgan eski poligonlar yopilib, rekultivatsiya qilingan. Oldimizga qoʻyilgan rejalarga koʻra, 2030-yilga qadar respublikadagi mavjud chiqindi poligonlari sonini yana 50 foizga qisqartirish belgilangan. Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
Mercedes-Benz, elektr mashinalarining keyingi avlodida qayta ishlangan alyuminiy ulashini oshiradi. Kompaniya kamida 75% qayta ishlangan metallga ega boʻlgan alyuminiy ishlatishni rejalashtirmoqda. Taqqoslash uchun, hozir bu koʻrsatkich 25% ni tashkil qiladi. Hydro CIRCAL uchun xomashyo sifatida, eskirgan avtomobillar, binolar va konstruksiyalardan olingan alyuminiy ishlatiladi. Bunday metall qoldiqlarni qayta ishlash uchun, rudadan birlamchi metall ishlab chiqarishga ketadigan energiyadan taxminan 5% koʻp energiya talab etiladi. ▶️ Iqlimga ta'sir bu holatda tayyor avtomobil darajasidan koʻra, materiallar bosqichida koʻrinib turadi. Hydro CIRCAL uchun e'lon qilingan karbonli iz, kilogramm alyuminiyga taxminan 1,9 kg CO2 ekvivalentidir. Shunga qaramay, past karbonli alyuminiy ishlatishning oʻzi elektr mashinani emissiya nuqtai nazaridan "nol" mahsulotga aylantirmaydi. ⚡️ Ammo, marketing nuqtai nazaridan qaramasdan, bu yangilik shuni anglatadiki, avtomobil ishlab chiqaruvchi "avtomobil yashil boʻldi" degan gapdan koʻra, materiallar bilan yanada chuqurroq ishga kirishadi, nafaqat dvigatel bilan. Karbonni kamaytirish uchun, bu ehtimol, eng toʻgʻri yoʻl – emissiyalarni nafaqat yoʻlda, balki metallurgiya, logistika va xaridlar sohasida ham kamaytirish.
❌ Sen kurashmasang — boshqa birov unga yo‘l ochadi! Jim turish — bu illatga ijozat berishdir Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash! Agar korrupsiya holatiga duch kelsangiz, quyidagi manzillarga murojaat qiling: 📞Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253 📞Davlay ekologik ekspertzasi markazi: +998 (71) 203-00-22 (ichki: 1019), +998 (71) 203-03-04. ________ ❌ Если ты не борешься — кто-то откроет дорогу коррупции! Молчание — это разрешение несправедливости Сообщай о коррупции — борись за справедливость! Если вы столкнулись с проявлениями коррупции, просим обращаться по следующим контактам: 📞 Агентство по борьбе с коррупцией: Call-центр – 1253 📞 Центр государственной экологической экспертизы: +998 (71) 203-00-22 (вн. 1019), +998 (71) 203-03-04 Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
#BizningPrezident #MillatOtasi #LeaderOfUzbekistan Muhtaram Prezident! Sizni tavallud kuningiz bilan tozalik posbonlari nomidan samimiy muborakbod etamiz! Sizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi shijoatingiz, xususan, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda inson qadrini ulug‘lash maqsadida olib borayotgan oqilona siyosatingiz jahon hamjamiyati tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda. Mamlakatimizda chiqindilar iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagiga aylanib, ularni qayta ishlash hajmi oshmoqda va sohada investitsiya salohiyati mustahkamlanib bormoqda. Siz tomoningizdan olib borilayotgan izchil islohotlar hamda “yashil iqtisodiyot” sohasidagi tashabbuslaringiz tufayli so‘nggi yillarda tarmoqda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishildi. Ayniqsa, sanitar tozalash korxonalari 503 ta maxsus texnika va 522 ta konteyner bilan ta’minlanib, xizmat ko‘rsatish qamrovi mahallalar kesimida 90 foizga yetkazilgani juda quvonarlidir. Respublikaning 6 ta hududida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihalarni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda. So‘nggi uch yilda sohaga 1,6 mlrd dollarlik investitsiyalar jalb qilinib, jami 10 dan ortiq chiqindilarni termik usulda qayta ishlash, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda muqobil energiya olishga qaratilgan loyihalar ishga tushirildi. Natijada qariyb 2,2 mlrd kVtsoat muqobil energiya olinib, 2 mingga yaqin qo‘shimcha ish o‘rni yaratildi. Bu esa, jonajon O‘zbekistonimizni sirkulyar iqtisodiyot va yashil energiya manbalarini joriy etish sur’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda mutlaq yetakchiga aylantirib, o‘z mavqeini yanada oshirishi uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda. Qolaversa, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, moddiy-texnik baza hamda infratuzilmani yaxshilash, chiqindi to‘plash poligonlarini 50 foizga qisqartirish va yerlarni tabiatga qaytarib, yashil maydonlarni kengaytirish yo‘lidagi islohotlar O‘zbekistonni xalqaro investorlar uchun ishonchli investitsiya makoniga aylantirdi. Zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda Xitoy Xalq Respublikasining (“China CAMC Engineering”, “China Everbright International”, “Shanghai SUS Environment”, “Henan Investment Group”, “Wangneng Environment”, “China Sciences Protection Technology”), Janubiy Koreyanining (“Green Hammer” va “Sejin”), AQShning “Sayar” kabi dunyoning yetakchi davlatlaridan yirik kompaniyalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Xalqaro moliya institutlaridan Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan milliardlab dollarlik investitsiyalarni jalb etish va yirik strategik loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish imkonini yaratdi. Sanab o‘tilgan yuksak natijalar mamlakatimizda soha barqarorligi va raqobatbardoshligini yangi bosqichga olib chiqib, sirkulyar iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy “yashil iqtisodiyot” bozoridagi strategik o‘rni va ta’sirini yanada mustahkamlash uchun mustahkam zamin yaratdi. Hurmatli Prezidentimiz! Chiqindilarni boshqarish hamda sanitar tozalash sohasidagi ko‘p sonli ishchi-xizmatchilar nomidan ishonch bilan ma’lum qilamizki, mamlakatimizni yuksaltirish bo‘yicha Siz belgilab bergan ustuvor vazifalar va yangilanishlar strategiyasini amalga oshirishda, jumladan sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida bor salohiyatimiz, kuch-g‘ayratimiz va imkoniyatlarimizni to‘liq safarbar etishga tayyormiz. Fursatdan foydalanib, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi beqiyos mehnatingizni yuksak qadrlab, Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, xonadoningizga qut-baraka va doimiy xotirjamlik tilaymiz. Cheksiz hurmat va yuksak ehtirom bilan, Sharifbek Hasanov boshchiligidagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda sanitar tozalash xizmatining ko‘p ming sonli jamoasi.
Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
☄️ NEGA : Quyosh Yerga tushadigan kosmik axlatning tezligini oshirishi mumkin Hindistonlik olimlar 36 yil davomida olib borilgan kuzatuvlar natijasida, Quyoshning Yerga ta'siri ilgari taxmin qilinganidan ko'ra kuchli ekanligini aniqladilar. Ularning ma'lumotlariga ko'ra, osmon jismining faolligi Yer atmosferasining zichligini oshiradi. Bu esa yuqori balandlikda joylashgan obyektlarning harakatini sekinlashtirib, ularning Yerga tushishini tezlashtiradi. 🛰 Xabar bo'lishicha, tadqiqot natijalari sun'iy yo'ldoshlarning traektoriyasini hisoblash uchun muhim ahamiyatga ega, bu esa ularning kosmik axlat bilan to'qnashuvini oldini olishga yordam beradi. Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
🔔Diqqat, e’lon: “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi Chiqindilarni boshqarish agentligi tomonidan chiqindi poligonlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, sanitar holatini yaxshilash hamda rekultivatsiya ishlarini jadallashtirish maqsadida joriy yilning 13-iyuldan 21-avgustga qadar “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari o‘tkaziladi. ➡️Batafsil 💬 Внимание, объявление: Стартовали мероприятия «Актуальные 40 дней» Агентство по управлению отходами объявляет о проведении с 13 июля по 21 августа 2026 года мероприятий «Актуальные 40 дней», направленных на обеспечение пожарной безопасности на полигонах твердых бытовых отходов, улучшение их санитарного состояния, а также ускорение работ по рекультивации. ➡️Подробно Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
#Kamera #Huquqbuzarlik 🚯 Oxirgi 3 oy davomida respublikada chiqindi tashlash bilan bog‘liq 1,5 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi Chiqindilarni boshqarish agentligi qoshidagi Kuzatuv kameralaridan foydalanish va nazorat qilish bo‘limi tomonidan respublika bo‘ylab 2026-yilning 2-choragi (aprel, may va iyun oylari) davomida jami 1548 ta chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq qoidabuzarlik holati aniqlandi. Ularning 354 tasi transport vositalari, 1194 tasi fuqarolar tomonidan sodir etilgan. Huquqbuzarlarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Jarimaga tortilganlar ulushi 16,9 foizni tashkil etmoqda. Kuzatuv kameralari orqali aniqlangan jarimalarning umumiy summasi 123 mln 394 ming so‘mga yetdi. Maʼlumot uchun: respublikaning deyarli barcha hududlarida jami 700 dan ortiq onlayn kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va chora ko‘rish imkonini beradi. Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
3-iyul — Xalqaro plastik paketlardan voz kechish kuni! Ko‘pchilik banan sotib olayotganda uni plastik paketga soladi. Aslida esa bunga ehtiyoj yo‘q. Sababi, banan tarozida o‘lchangach, uning ustiga yopishtiriladigan narx cheki plastik paketga yopishadi. Natijada bunday paketni qayta ishlashning imkoni deyarli qolmaydi va u bir marta ishlatilgach chiqindiga tashlab yuboriladi. Shuning uchun banan sotib olayotganda uni plastik paketga solmaslik tavsiya etiladi. Axir bananni iste’mol qilishdan oldin baribir po‘stini archamiz. Shunday ekan, ortiqcha plastik chiqindilarni kamaytirish uchun bananni paketsiz xarid qilish eng to‘g‘ri tanlovdir. ____ 3 июля отмечается Международный день отказа от полиэтиленовых пакетов! Многие, покупая бананы, кладут их в пластиковый пакет. На самом деле в этом нет необходимости. После взвешивания на бананы наклеивается ценник, который часто оказывается на пластиковом пакете. Из-за этого такой пакет практически невозможно отправить на переработку, и после однократного использования он становится отходом. Поэтому при покупке бананов лучше не использовать пластиковый пакет. Ведь перед тем как съесть банан, мы всё равно очищаем его от кожуры. Отказавшись от лишнего пластикового пакета, мы можем сократить количество пластиковых отходов и внести свой вклад в защиту окружающей среды. Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
🌍 Opportunity to Participate in ECOMONDO 2026 International Exhibition! ECOMONDO is a leading international platform in Europe and the Mediterranean region dedicated to the green, blue, and circular economy, bringing together key stakeholders to shape the future of ecological transition, innovation, and sustainable development. 📅 Date: November 3–6, 2026 📍 Venue: Rimini, Italy 🌐 Website: https://en.ecomondo.com/ 📊 Exhibition Highlights: • 1,700 exhibiting companies • More than 116,000 visitors • 165,900 m² of exhibition space 🔹 Key Sectors: ♻️ Waste as Resource – waste management and resource recovery ♻️ Water Cycle & Blue Economy – wastewater treatment solutions for industrial, municipal, and agricultural needs ♻️ Bioenergy & Agriculture – reintegration of organic agricultural waste into production cycles ♻️ Site & Soil Restoration – remediation and management of contaminated sites ♻️ Environmental Monitoring & Control – monitoring and control of environmental impacts 🎯 Hosted Buyers Programme Benefits (Free of Charge): ✔️ Three nights of hotel accommodation (including breakfast) ✔️ Airport transfers to/from Bologna Airport ✔️ Daily shuttle service between the hotel and exhibition venue ✔️ Free exhibition entrance pass ✔️ Access to the Buyers Lounge (cloakroom, café-bar, lunch, Wi-Fi) ✔️ Access to the online matchmaking platform for scheduling business meetings 📌 Each participant is required to attend the exhibition for at least two days and conduct a minimum of 10 pre-scheduled meetings with exhibiting companies. ❗️ Signing contracts is not mandatory. 💼 Exhibitor Participation Fees: ▫️ Unfurnished exhibition space — from €212/m² ▫️ Fully equipped 16 m² stand — from €5,763 📞 For Additional Information: EXPO CONNECT Inga Gulyanskaya International Business Department 📧 inha.hulianska@expoconnect.me 📱 +380 98 638 89 54 Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
🌍 Возможность участия в международной выставке ECOMONDO 2026! ECOMONDO — ведущая международная площадка в Европе и Средиземноморском регионе, посвящённая вопросам зелёной, голубой и циркулярной экономики, экологической трансформации, инноваций и устойчивого развития. 📅 Дата: 3–6 ноября 2026 года 📍 Место проведения: Римини, Италия 🌐 Подробная информация: https://en.ecomondo.com/ 📊 Основные показатели выставки: • 1 700 компаний-экспонентов • Более 116 000 посетителей • Выставочная площадь — 165 900 м² 🔹 Основные направления: ♻️ Waste as Resource — управление отходами и их повторное использование ♻️ Water Cycle & Blue Economy — очистка сточных вод для промышленных, коммунальных и сельскохозяйственных нужд ♻️ Bioenergy & Agriculture — возврат органических сельскохозяйственных отходов в производственный цикл ♻️ Site & Soil Restoration — восстановление и управление загрязнёнными территориями ♻️ Environmental Monitoring & Control — мониторинг и контроль воздействия на окружающую среду 🎯 Участникам программы Hosted Buyers бесплатно предоставляются: ✔️ Проживание в отеле на 3 ночи (с завтраком) ✔️ Трансфер из/в аэропорт Болоньи ✔️ Ежедневный трансфер между отелем и выставочным комплексом ✔️ Бесплатный входной билет на выставку ✔️ Доступ в лаунж-зону для покупателей ✔️ Доступ к онлайн-платформе для предварительного планирования деловых встреч 📌 Каждый участник должен провести не менее 10 заранее запланированных встреч с компаниями-экспонентами и посетить выставку не менее двух дней. ❗️ Заключение контрактов не является обязательным. 💼 Стоимость участия для экспонентов: ▫️ Необорудованная выставочная площадь — от 212 евро/м² ▫️ Полностью оборудованный стенд площадью 16 м² — от 5 763 евро 📞 Дополнительная информация: EXPO CONNECT Inga Gulyanskaya Международный бизнес-отдел 📧 inha.hulianska@expoconnect.me 📱 +380 98 638 89 54 Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
🌍 ECOMONDO 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyati! ECOMONDO — Yevropa va O‘rta Yer dengizi mintaqasidagi yashil, ko‘k va aylanma iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi yetakchi xalqaro platformalardan biri bo‘lib, ekologik transformatsiya, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan. 📅 Sana: 2026-yil 3–6-noyabr 📍 Manzil: Rimini, Italiya 🌐 Batafsil ma’lumot: https://en.ecomondo.com/ 📊 Ko‘rgazma ko‘rsatkichlari: • 1 700 ta eksponent kompaniya • 116 000 dan ortiq tashrif buyuruvchi • 165 900 m² ko‘rgazma maydoni 🔹 Asosiy yo‘nalishlar: ♻️ Waste as Resource – chiqindilarni boshqarish va qayta foydalanish ♻️ Water Cycle & Blue Economy – sanoat, kommunal va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun oqava suvlarni tozalash ♻️ Bioenergy & Agriculture – organik qishloq xo‘jaligi chiqindilarini ishlab chiqarish sikliga qaytarish ♻️ Site & Soil Restoration – ifloslangan hududlarni tiklash va boshqarish ♻️ Environmental Monitoring & Control – atrof-muhitga ta’sirni monitoring qilish va nazorat qilish 🎯 Hosted Buyers dasturi ishtirokchilari uchun quyidagi imkoniyatlar bepul taqdim etiladi: ✔️ 3 kecha mehmonxonada turar joy (nonushta bilan) ✔️ Bolonya aeroportidan/ga transfer ✔️ Mehmonxona va ko‘rgazma o‘rtasida kunlik transfer ✔️ Ko‘rgazmaga bepul kirish ✔️ Xaridorlar uchun maxsus lounge hududidan foydalanish ✔️ Ishbilarmonlik uchrashuvlarini oldindan rejalashtirish platformasiga kirish 📌 Ishtirokchi ko‘rgazma davomida eksponent kompaniyalar bilan kamida 10 ta oldindan rejalashtirilgan uchrashuv o‘tkazishi va tadbirda kamida 2 kun qatnashishi lozim. Shartnoma imzolash majburiy emas. 💼 Eksponentlar uchun ishtirok narxlari: ▫️ Jihozlanmagan maydon ijarasi — 212 yevro/m² dan ▫️ To‘liq jihozlangan 16 m² stend — 5 763 yevrodan 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: EXPO CONNECT Inga Gulyanskaya Xalqaro biznes bo‘limi 📧 inha.hulianska@expoconnect.me 📱 +380 98 638 89 54 Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
📢 DIQQAT! Ko‘pchilik fuqarolar va tadbirkorlar yirik hajmdagi chiqindilarni oddiy maishiy chiqindilar bilan birga olib ketish mumkin deb hisoblaydi. Aslida esa qonunchilikda buning alohida tartibi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga muvofiq: ♻️ Suyuq maishiy chiqindilar; ♻️ Yirik gabaritli maishiy chiqindilar; ♻️ Chorvachilik chiqindilari; ♻️ Qurilish chiqindilari; ♻️ Daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilar (shox-shabba, barg va boshqa qoldiqlar) xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan alohida shartnoma va kelishilgan narxlar asosida olib chiqib ketiladi. ❗️ Ushbu turdagi chiqindilarni olib chiqish maishiy chiqindilar uchun belgilangan abonent to‘loviga kirmaydi. Atrof-muhit tozaligini saqlash va chiqindilarni belgilangan tartibda topshirish barchamizning mas’uliyatimizdir. ______ 📢 ВНИМАНИЕ! Многие граждане и предприниматели считают, что крупногабаритные отходы можно вывозить вместе с обычными бытовыми отходами. Однако законодательством установлен отдельный порядок их вывоза. Согласно Постановлению Кабинета Министров Республики Узбекистан №95 от 6 февраля 2019 года: ♻️ жидкие бытовые отходы; ♻️ крупногабаритные бытовые отходы; ♻️ отходы животноводства; ♻️ строительные отходы; ♻️ отходы, образующиеся в результате обрезки деревьев и кустарников, а также проведения агротехнических работ (ветки, листья и другие растительные остатки), вывозятся обслуживающими организациями на основании отдельного договора и по согласованным тарифам. ❗️ Вывоз указанных видов отходов не входит в абонентскую плату за услуги по вывозу бытовых отходов. Соблюдение правил обращения с отходами и поддержание чистоты окружающей среды — ответственность каждого из нас. Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
видео или голосовое, без подписи
Futbolchilarimiz O‘zbekistonni ekologik madaniyati yuksak mamlakat sifatida namoyon etmoqda Meksikadagi o‘yindan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi kiyinish xonasini namunali darajada ozoda holda qoldirgani hamda mezbon tomonga minnatdorlik bildirganini alohida iftixor va mamnuniyat bilan qabul qildi. Bu xatti-harakat — shunchaki hurmat va sportga xos olijanoblik ifodasi emas. Bu ekologik madaniyatning asosini tashkil etuvchi qadriyatlar — mas’uliyat, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat va tozalik har birimizdan boshlanishini anglash kabi fazilatlarning yorqin ifodasidir. Futbolchilarimizga O‘zbekistonni nafaqat sportdagi yutuqlari, balki yuksak madaniyati, boshqa xalqlarga bo‘lgan hurmati va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi bilan ham munosib namoyon etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Shijoat, intizom va Vatanga muhabbat millionlab yurtdoshlarimizni ilhomlantiraversin, Sizdek o‘g‘lonlar tufayli O‘zbekiston bilan faxrlanishda davom etaveraylik! _____ Наши футболисты представляют Узбекистан как страну с высокой экологической культурой После матча в Мексике национальная сборная Узбекистана оставила свою раздевалку в образцовом порядке и выражает благодарность принимающей стороне. Этот поступок – не просто проявление уважения и благородства, присущего спорту. Это яркое отражение ценностей, лежащих в основе экологической культуры: ответственности, бережного отношения к окружающей среде и понимания того, что чистота начинается с каждого из нас. Мы искренне благодарим наших футболистов за то, что они достойно представляют Узбекистан не только своими спортивными достижениями, но и высокой культурой, уважением к другим народам и приверженностью общечеловеческим ценностям. Пусть их целеустремленность, дисциплина и любовь к Родине продолжают вдохновлять миллионы соотечественников, а благодаря таким сыновьям своего народа мы и впредь будем гордиться Узбекистаном! Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
Prezidentimiz 18 iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10:00 da boshlanishini belgilab berdilar — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori — Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Berlin shahrida ko‘chalardagi chiqindilarni yig‘ganlik uchun muzeylarga bepul chiptalar va restoranlarda chegirmalar beriladi. 2026-yil yozida shaharda BerlinPay dasturi ishga tushiriladi, bu orqali shahar hokimiyati Germaniya poytaxti ko‘chalaridagi chiqindilarni sezilarli darajada kamaytirishni rejalashtirmoqda. Uning analogi – daniyalik CopenPay loyihasi samarali bo‘lgani uchun, Berlin hukumati Skandinaviya qo‘shnilarining tajribasini o‘zlashtirishga qaror qildi. 🏆Chiptalar, muzeylar, restoranlar, ekskursiyalar va uskunalar ijarasi uchun chegirmalar nafaqat sayyohlarga, balki shaharliklarga ham taqdim etiladi. Bonuslarga ko‘chalarda va daryo bo‘ylarida chiqindilarni yig‘adigan, hududlarni obodonlashtirishda ishtirok etadigan va mahalliy ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydiganlar da’vo qilishi mumkin. Aslida, BerlinPay mehmonlar va shaharliklarni chiqindilar manbaidan muammoni hal qilishning bir qismiga aylantirishga urinishdir. Umuman olganda, tashabbus yomon emas, unda biznes faol ishtirok etadi, bu esa mahalliy rag‘batlantirish ekotizimini yaratishga yordam beradi, sayyohlar va shaharliklar uchun esa shahar muhitiga munosabat va odatlarni o‘zgartirish imkoniyatidir. Ammo ko‘rinayotgan foydaga qaramay, loyiha sezilarli ommaviy axborot ta’sirini berishi mumkin, lekin ifloslanish manbalari kamaymasa, chiqindilar muammosini tizimli hal qila olmaydi.
Atrof-muhit chiqindilarining taxminan 90% ini qazib olish tarmoqlari tashkil etadi. Rossiya atrof-muhit nazorati ma'lumotlariga ko'ra chiqindilar tuzilmasiga qaraganda (2025 yil uchun 2-TP shakli), holat quyidagicha: ko'mir qazib olish – 55%, metall rudalarini qazib olish – 33%, metallurgiya ishlab chiqarish – 2,61%. Qolgan tarmoqlar jami 9,39% ni tashkil etadi. ⚡️Taqqoslash uchun: aholi va biznesdan keladigan qattiq kommunal chiqindilar (QKCh) 46,4 million tonnani tashkil etdi (sanoat chiqindilari 7,84 milliard tonnaga nisbatan). Ammo turli chiqindi turlarining xavfi, saqlash muddati va ishlov berish usullari juda farq qiladi. Lekin og'irlik bo'yicha holat aynan shunday. Chiqindilarning yarmidan ko'pi (56%) to'rt mintaqaga to'g'ri keladi: Kemerovo viloyati (deyarli 28%), Yakutiya (12%), Krasnoyarsk o'lkasi (taxminan 10%) va Sakhalin viloyati (6% dan ortiq). Asosiy hissani yana qazib olish tarmoqlari va metallurgiya tashkil etadi. ⭐️2025 yilda chiqindilar umumiy hajmi 2024 yilga nisbatan 8,6% ga kamayib, 7,84 milliard tonnani tashkil etdi. Ammo kamayishning katta qismi chiqindilarning haqiqiy kamayishi bilan emas, balki qonunchilikdagi o'zgarishlar bilan bog'liq. 2023 yildan boshlab, ochiq qatlamdagi jinslarni xo'jalik faoliyatida ishlatishga ruxsat berildi va ularni chiqindi sifatida hisoblamaslikka qaror qilindi.
#Bilasizmi ⚠️Qonunchilikka ko‘ra, chiqindilarni quyidagi joylarda saqlash va bunday joylarga ko‘mib tashlash taqiqlanadi: 🔹 aholi punktlari yerlarida, 🔹 tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda, 🔹 moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, 🔹 fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda. _____ #Знаетеливы? ⚠️Согласно законодательству, запрещается хранение и захоронение отходов в следующих местах: 🔹 на землях населённых пунктов; 🔹 на землях, предназначенных для природоохранных, оздоровительных и рекреационных целей; 🔹 на землях, где расположены объекты материального культурного наследия; 🔹 в иных местах, где может возникнуть угроза причинения вреда жизни и здоровью граждан, а также объектам охраны природы и охраняемым природным территориям. Kanalimizga obuna bo'ling: @wasteuzgroup 📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook |Web-Sayt