tgindex
UBS || Yoshlar Ittifoqi

UBS || Yoshlar Ittifoqi

Статистика

🏛Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi "University of Business and Science" boshlangʻich tashkilotining Rasmiy telegram kanali. Doʻstlarning bir-biriga boʻlmasa hech nifoqi, Yanayam kengayadi Yoshlarning Ittifoqi! ☎️ Savol va takliflar uchun: @IsmoilAbdusalomov

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
43
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 004
−16 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 934
40 постов
Вовлечённость
192,6%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 43
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
142
1/48двое суток
162
1/72трое суток
175

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.57из ubsuzbekistan

    👉👉👉👉👉👉 🛡️ Orzular bilan xayrlashishga shoshilmang! Erishgan natijalaringiz siz o‘ylagandan ham ko‘proq qiymat bersa-chi? 75 ball bilan University of Business and Science taklif etayotgan 49 ta bakalavriat yo‘nalishidan birini tanlashingiz va kirish imtihonisiz talaba bo‘lishingiz mumkin. Xalqaro akkreditatsiyaga ega UBS diplomi Yevroosiyoning 70 ta davlatida tan olinib, nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham karyera qurish imkoniyatini beradi. 📃 Hujjatlaringizni qabul.ubsu.uz orqali onlayn topshirishga shoshiling, kvotalar soni cheklangan! Diplomi 70 ta davlatda tan olinadigan UBS universiteti talabasi bo'lishga shoshiling! Murojaat uchun: +998555202626 yoki @ubsuzbekistan_bot 💎 qabul ofislari 💎 Litsenziya (№ 1008764) Rasmiy sahifalar: Telegram | Instagram |Facebook | YouTube

  • 10-Ishtirokchi Vatan.. Ko'ksimda uryotgan yuragim Vatan.. Qonimda oqyotgan shiddatli qonim.. Vatanim deb chiqdim bir olis yo'lga.. Bu yo'lda sen uchun fidodir jonim.. Vatan ruhim kabi yaqinim menga.. Bilimlarga chanqoq nozik niholing Senga dunyolarcha bersam ham ta'rif Ta'riflarga sig'mas sening jamoling.. Tuprog'ing isini topmam hech aslo.. O'zga yurt shaharin kezsam ham ming bor Allohim bir seni bitta yaratgan .. Va boshqa hech Vatan etolmas takror.. Vatan bayrog'ingni ko'ksimga bosib.. Yurt uchun xalq uchun kurashmogʼim shart Bu shiddat jangida boʼlurman g'olib. To'maris qizingdek bo'la olsam mard.. Kuch bergan olg'a bor deganim o'zing.. Ko'zlarim qarog'i, yuragim Vatan.. Bag'ringda avaylab o'stirding bizni Bizdan tinch farovon yurt qolsin Vatan.. FOʼ 24-06 guruh talabasi Asqarova Manzura UBS Yoshlar Ittifoqi

  • 9-Ishtirokchi MEN NECHUN SEVAMAN OʻZBEKISTONNI !? Men nechun sevaman Oʻzbekistonni, Bag'ringda ulg'aygan mening orzuim. Har tongda qarshilar quyoshing yuzim, Dillarni rom etgan azonlaring bor. Tog'laring viqorli , dalalaring keng, Ona yering - bag'ri bahordir , uzumso'rilardan qolgan yoshlik xotira. Bog'laring go'zaldir , xushboʻy ifori ... Har bir qarich yering aziz, muqaddas. Bu yurt - ajdodlarimning ezgu merosi, Ne-ne buyuk zotlar bergan undan nur . Ilm- u ma'rifatning porloq osmoni, Vatan deb yashagan qalblarga g'urur. Men nechun sevaman Oʻzbekistonni? Chunki shu tuproqda mening izim bor. Onamning duosi, otamning soʻzi, Bolalik xotiralarim -u , ezgu tilagim bor. Vatan - shunchaki bir nom emasdir, U mening qalbimda yashagan tuyg'u. Uni asrash bizga - muqaddas burchdir, Uni sevmoq esa eng oliy orzu. Oʻzbekiston - mening faxrim, iftixorimsan, Kelajagimsan, umidimsan, yorug' osmonim. Qayerga borsam ham - dunyo kezsam ham, Yuragimda sening o'chmas noming bor - O'zbekistonim bor! Muallif: MNS 23-01 guruh talabasi: Maxmudov Sirojiddin UBS Yoshlar Ittifoqi

  • 8-Ishtirokchi MUSTAQILLIK — MEN UCHUN... Mustaqillik — men uchun shunchaki taqvimdagi sana yoki bayram nomi emas. U — ertalab uyg‘onganimda kelajagim haqida bemalol orzu qila olishimdir. Men mustaqillikni ko‘chalardagi bayroqlardan emas, yoshlarning ko‘zidagi ishonchdan ko‘raman. Chunki bugun bizga berilayotgan ta’lim, kasb tanlash, ilm olish, o‘z iste’dodimizni namoyon etish va katta maqsadlar sari intilish imkoniyatlari — bularning barchasi mustaqillik bergan eng katta ne’matlardandir. Vatanga muhabbat esa balandparvoz so‘zlardan boshlanmaydi. U avvalo o‘z yurtingni qadrlashdan, uning tinchligini asrashdan, yaxshi o‘qishdan, halol mehnat qilishdan boshlanadi. Tinchlik — biz sezmay yashaydigan, ammo yo‘qolsa qadriga yetadigan eng buyuk boyligimiz. Tinch osmon ostida kulayotgan bolalar, orzu qilayotgan yoshlar, mehnat qilayotgan insonlar — mana shu manzaralarning o‘zi Vatanimizning eng go‘zal ta’rifidir. Bugun men mustaqil O‘zbekiston farzandi sifatida bir narsani yaxshi anglayman: Vatan kelajagi uzoqdagi bir kun emas. U — bizning bugungi bilimimiz, mehnatimiz va harakatimizdan quriladi. Mustaqillik bizga tayyor kelajakni emas, o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan yaratish imkoniyatini berdi. Va men shu imkoniyat uchun Vatanimdan faxrlanaman! Maktabgacha taʼlim yoʻnalishi 24/12 guruh talabasi Muhammadjonova Ruxshona Ilyosxon qizi UBS Yoshlar Ittifoqi

  • 👍👍👍👍 😍35 000 tashabbus: G‘oyangiz bormi? Uni amalga oshirish vaqti keldi! O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan «35 000 tashabbus» umummilliy loyihasi yo‘lga qo‘yildi.  📌 Tashabbuslarni yuborish: tashabbus.yito.uz⁠ 31-avgustga qadar mamlakatimiz yoshlari ta’lim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yo‘nalishlardagi o‘z g‘oyalarini taqdim etishlari mumkin. 🔥Sizning g‘oyangiz ham shunchaki taklif bo‘lib qolmasdan, yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa va Yangi O‘zbekiston tarixining bir qismiga aylanishi mumkin. 👍UBS bilan ilmga yo‘l oching! Rasmiy sahifalarimiz: 😊 Telegram |😊 Instagram |😊 Linkedin 😊 Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz

  • 8 авг.1 2605

    🎓 Nazariya bilan kasb o‘rtasida bitta muhim bosqich bor — amaliyot Aynan amaliyot davomida bilimlar ko‘nikmaga, talabalar esa bo‘lajak professional mutaxassislarga aylanadi. University of Business and Scienceda amaliy tayyorgarlik alohida bosqich emas, balki ta'lim jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, unda nazariy bilimlar izchil ravishda professional ko‘nikmalarga aylantiriladi.  Tibbiyot yo‘nalishlari talabalari uchun esa universitetning o‘z klinik bazasi — UBS Hospital faoliyat yuritadi. ▫️ Inson hayotini saqlashdek sharafli kasbni orzu qilgan barcha abiturientlar qabul.ubsu.uz hujjatlarini topshirishlari mumkin. 💎qabul ofislari 💎Litsenziya (№ 1008764) 💎 Murojaat uchun: +998555202626, @ubsuzbekistan_bot 🏛UBS bilan talabalikka yo‘l oching! Rasmiy sahifalarimiz: 😊Telegram |😊Instagram |😊Linkedin 😊Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz

  • 7 авг.3 6372 3681

    6-Ishtirokchi «Mustaqillik — yurtimiz taraqqiyoti va imkoniyatlar manbai» O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kun — millatimiz tarixida yangi sahifa, buyuk burilish va ozod hayotning ibtidosi bo‘ldi. Mustaqillik e'lon qilingan o‘sha tarixiy fursatda el-yurtimiz qalbida kelajakka bo‘lgan ishonch, umid va g‘urur tuyg‘ulari jo‘sh urdi. Yillardan buyon intizorlik bilan kutilgan bu ozodlik shunchaki siyosiy maqom emas, balki xalqimiz hayotini tubdan o‘zgartirgan, mashaqqatli kunlarni ortda qoldirib, orzu va maqsadlar ro‘yobiga yo‘l ochgan buyuk ne'mat bo‘ldi. Yurtdoshlarimiz bu sana bilan yangi davr, yangi imkoniyatlar va yangi intilishlar bosqichi boshlanganini chuqur his etdilar. Bugun, istiqlolimizning 35 yillik shodiyonasi arafasida ortga nazar tashlar ekanmiz, mustaqillik bergan imkoniyatlarning ko‘lami naqadar keng ekanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Bu qutlug‘ ne'mat nafaqat yoshi ulug‘ yurtdoshlarimizga tinch va farovon hayot taqdim etdi, balki biz — yoshlar uchun ham cheksiz imkoniyatlar eshigini lang ochib berdi. Biz, University of Business and Science talabalari va barcha faol yoshlar, bugungi kunda zamonaviy bilim olish, xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish, tadbirkorlik va ilm-fan sohalarida o‘z salohiyatimizni namoyon etish imkoniga egamiz. Mustaqil yurtda ulg‘ayayotgan har bir yosh bugun o‘z kelajagining bunyodkoridir. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e'tibor va yaratilayotgan sharoitlar O‘zbekistonning porloq kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik — bu xalqimizning erkinligi, vatanimizning obodligi va har birimizning o‘z salohiyatimizni ro‘yobga chiqarishimiz uchun eng buyuk imkoniyat manbaidir. Ushbu sharafli yo‘lda millatimizning har bir vakili, ayniqsa, intiluvchan yoshlar yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni o‘zining muqaddas burchi deb biladi. KO’F 25-04 guruh talabasi Xolmirzayeva Shahlo UBS Yoshlar Ittifoqi

  • 7 авг.4 7013 5907

    5-Ishtirokchi Mustaqillik — shukronalikning eng goʻzal nomi Mustaqillik — bu shunchaki tarixiy sana emas. U har tong tinch uygʻonishimiz, ona tilimizda erkin soʻzlashimiz, oʻz bayrogʻimiz bilan faxrlanishimiz, oʻz yurtimizda bemalol orzu qilishimiz va ana shu orzular sari dadil qadam tashlashimizdir. Bugun qoʻlimizdagi kitob, zamonaviy universitetlarda tahsil olish imkoniyati, dunyo minbarlarida Oʻzbekiston nomining jaranglashi, tinch va osoyishta osmon ostida yashayotganimiz — bularning barchasi Mustaqillik bergan eng ulugʻ neʼmatlardir. Vatan faqat tugʻilib oʻsgan maskan emas. Vatan — ota-onamizning duosi, bobolarimizning armoni, ajdodlarimizning jasorati va kelajak avlod oldidagi masʼuliyatimizdir. Uni sevish balandparvoz soʻzlar bilan emas, ilm olish, halol mehnat qilish va yurt ravnaqi uchun xizmat qilish bilan namoyon boʻladi. Biz baxtlimiz! Chunki ozod yurt farzandlarimiz. Biz baxtlimiz! Chunki oʻz bayrogʻimiz, gerbimiz va madhiyamiz bor. Biz baxtlimiz! Chunki ertangi kunimizni oʻz qoʻlimiz bilan bunyod etish imkoniga egamiz. Ey, aziz Vatan! Sening har bir qarich tuprogʻing, musaffo osmoning va tinchliging uchun cheksiz shukr! Sen bergan imkoniyatlarni qadrlash, seni yanada obod va qudratli qilish uchun ilmimizni, kuchimizni va fidoyiligimizni baxsh etamiz. Mustaqillik — bizga berilgan eng buyuk neʼmat. Uni asrash esa har birimizning eng oliy burchimizdir! K.IQ 25-04 2-kurs talabasi Usmonova Marjona UBS Yoshlar Ittifoqi

  • 7 авг.8 71810,6 тыс12

    4-Ishtirokchi Zamona bilsin Bir el borki dunyoda, Zamin ichra yagona. Shuhratlarga tilda doston, Atar uni Oʻzbekiston. Dunyolar yurtim bilgan, Ta'lim berib samolarga. Shifo izlab dilda tuygan, Qancha kasal davolarga. Zamon keldi bizlarga, Barcha oʻgʻil-qizlarga. Zamonamiz bogʻi boʻston, Dunyo bilsin Oʻzbekiston. ✍ Muallif: Muhammadbobur Botirov DI 24-03 guruh talabasi UBS Yoshlar Ittifoqi

  • 6 авг.4 082504

    3-Ishtirokchi — Sevgi nimadan boshlanadi? — Albatta, izhordan. — Vatanga bo‘lgan muhabbat-chi? — Sening erkin nafas olishingdan... Vatan — bu xaritadagi chizilgan chegara emas, Vatan — bu yurakning ichidagi cheksiz kenglik. Uni baland ovozda baqirib sevilmaydi, u tunlari pichirlab aytilgan duo kabidir. Mustaqillik o'zi nima? 35 yil muqaddam yozilgan tarixmi? Yo‘q, aslo! Mustaqillik — bu bugun sening: Dunyo xaritasiga qo‘rquvsiz tik boqishing, O‘z tilingda dunyo bilan gaplashishing, Va o‘z taqdiringni o‘zing yozishingdir! Tinchlik nima? U — shunchaki osmonning ko‘kligi emas, balki: Onangning xotirjam uxlashi, Otangning duoga ochilgan kaftlari, Va sening ertangi kun uchun qo‘rquvsiz reja tuzishing. Mustaqillik bizga bergan eng katta imkoniyat — O‘ZING BO‘LISHDIR!! Eski qoliplarni sindirib, dunyoni zabt etishdir. Men Vatanimni sevaman, chunki u menga qanot berdi. Men Mustaqillikni qadrlayman, chunki u menga O‘ZLIGIMNI anglatdi:) K.O'F-25-09 guruh talabasi Mamayunusova Madinaxon UBS Yoshlar Ittifoqi

  • 6 авг.3 977192

    2-Ishtirokchi Mustaqillik — yurtimning eng buyuk ne'mati. Sevgi ishdan boshlanadi, Vatan muhabbati esa uni asrash, qadrlash va rivojlantirish uchun xizmat qilishdan boshlanadi. Mustaqillik menga orzu qilish, bilim olish va kelajagimni o'zim qurish imkonini berdi. Erkin osmon ostida yashash, ona tilimda so'zlash, o'z bayrog'im bilan faxrlanish — bularning barchasi mustaqillikning bebaho ne'matlaridir. Tinchlik hukm surgan yurtda har bir yoshning qalbida ulkan maqsadlar, ko'zida esa porloq kelajakka ishonch porlaydi. Men Yangi O'zbekiston farzandi ekanligimdan faxrlanaman va yurtim taraqqiyotiga ilmim, mehnatim hamda halolligim bilan hissa qo'shishga intilaman. Mustaqillik — bu shunchaki sana emas. U xalqimizning g'ururi, bugunimizning baxti va ertamizning mustahkam poydevoridir. Yashna, jonajon O'zbekiston! Mustaqilliging abadiy, osmoning musaffo, xalqing doimo baxtli bo'lsin! Rahmonova Husnida KXF_24_04 2-kurs UBS Yoshlar Ittifoqi

  • 6 авг.4 009653

    1-Ishtirokchi Mustaqillik — menga berilgan eng katta imkoniyat "Sevgi izhordan boshlanadi", deyishadi. Men esa Vatanga bo'lgan muhabbat izhordan ham oldin, qalbda boshlanishiga ishonaman. Mustaqillik — bu shunchaki sana emas. U har tong osmonimizda hilpirayotgan bayroq, ota-onamizning xotirjam nafasi, bolalarning beg'ubor kulgusi, yoshlarning orzulariga ochilgan eshikdir. Men bugun bilim olayotgan bo'lsam, orzularim sari dadil qadam tashlayotgan bo'lsam, dunyoning istalgan nuqtasiga O'zbekiston farzandi sifatida boshimni baland ko'tarib chiqayotgan bo'lsam — buning ortida Mustaqillik turibdi. Vatan sevgisi baland ovozda aytiladigan so'z emas. U halol mehnatda, ilm olishda, ota-onani rozi qilishda, yurt ravnaqi uchun qilinadigan har bir ezgu ishda namoyon bo'ladi. Men Vatanimni faqat bugun emas, har kuni sevaman. Uni so'zlarim bilan emas, amallarim bilan ulug'lashni istayman. Chunki Mustaqillik — kechamizning faxri, bugunimizning baxti va ertamizning cheksiz imkoniyatidir. K.RF-23-07 talabasi : Abdurasulxonova Sarvinoz UBS Yoshlar Ittifoqi

  • 6 авг.3 83566

    👍👍👍👍 — Sevgi nimadan boshlanadi? — Albatta, izhordan. 🇺🇿 Vatanga bo‘lgan muhabbat-chi? O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan University of Business and Science Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti «Mustaqillik — yurtimiz taraqqiyoti va imkoniyatlar manbai» mavzusida ijodiy tanlov e'lon qiladi.  Tanlovda ishtirok etish shartlari: Yurtimiz mustaqilligi bergan imkoniyatlar, Vatanga muhabbat hamda tinchlikning qadri haqida she'r yoki ijodiy ta'rif yuborish kerak. Murojaat va ijodiy ishlarni yuborish uchun: @IsmoilAbdusalomov Barcha ijodiy ishlar Universitet Yoshlar ittifoqining rasmiy telegram kanalida e'lon qilinib, eng ko‘p reaksiya to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan universitetimizda o‘tkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi. UBS Namangan rasmiy sahifalari: 😊Telegram | 😊Instagram |😊ubsu.uz

  • #muhim #talabalarga ❗️Yangi o‘quv yilidan talabalarni baholash va imtihon olish butunlay o‘zgaradi Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilishi kutilmoqda. ➖ Yakuniy nazorat imtihonlarini ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazish tizimi joriy etiladi. ➖ O‘tkaziladigan yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik uchun oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytidagi havola orqali bevosita onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. ➖ Yakuniy nazorat imtihonlari savollarini shakllantirishda talaba bilim va ko‘nikmalarini chuqur tahlil qilish imkonini beruvchi yozma topshiriqlarning aniq mezonlari ishlab chiqiladm hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan baholashda izoh yozish tizimi joriy etiladi. ➖ Yakuniy nazorat imtihonlari vaqtida uyali aloqa vositalari, mikroquloqchin, kompyuter hamda ko‘chirmachilikka sabab bo‘ladigan har qanday vositalarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. Bunday holat videokuzatuv orqali keyinchalik aniqlansa ham, imtihon natijasi bekor qilinadi. ➖ Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalar pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi yoki haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatgan holda kiritiladi. ➖ Imtihon boshlanganidan keyin kechikib kelgan talabalar imtihonda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. Uzrli sabablarsiz auditoriyadan chiqqan talabalar ham imtihonga qayta qo‘yilmaydi. ➖ Har bir kafedra fan bo‘yicha baholash rubrikalari (mezonlar matrisasi)ni ishlab chiqadi va ular o‘quv dasturida aks ettiriladi. ➖ Har bir fan bo‘yicha talabaning o‘zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ball joriy nazorat uchun — 30, oraliq nazorat uchun — 20, yakuniy nazorat uchun — 50 ball qilib taqsimlanadi. ➖ Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biri bo‘yicha maksimal ballning 60 foizi saralash bali etib belgilanadi. Joriy yoki oraliq nazoratdan saralash balini to‘plamagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi. ➖ Akademik guruh uchun bir kunda bittadan ortiq yakuniy nazorat o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yakuniy nazoratlar kamida bir kun oralig‘ida belgilanadi. ➖ Yakuniy nazorat natijalari bo‘yicha qoniqarsiz ball olgan talabaga semestr yakunida ikki hafta muddatda bir marta bepul qayta topshirish imkoniyati beriladi. ➖ Semestr va o‘quv yili yakunida akademik qarzdorligi mavjud talabalar o‘qishdan chetlashtirilmaydi. Ular faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni qayta o‘zlashtirib, shu fanlar uchun shartnoma mablag‘ini to‘laydi. ➖ Akademik qarzdor talabalar uchun yozgi semestr tashkil etilishi mumkin. Yozgi semestrda qayta o‘qish faqat to‘lov asosida amalga oshiriladi (bir marta bepul qayta topshirish holati bundan mustasno). ➖ Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lsa, baholash muddati yakunlanganidan keyin 48 soat ichida apellyasiya berish huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi shikoyatni 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. @zufarxurramov

  • #Muhim_kun 🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun Hurmatli Prezident, Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, farzandlarimizning porloq kelajagi, taʼlim tizimi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatlaringiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat hamda Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Rasmiy sahifalarimiz: 😊Telegram |😊Instagram |😊Linkedin 😊Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz

  • 📚 Ilm bakalavr diplomi bilan yakunlanmaydi O‘z ta’limini davom ettirish va magistr darajasiga erishish istagidagi barcha uchun 22-iyul soat 09:00 dan 12:00 gacha UBSda navbatdagi magistratura suhbatlari bo‘lib o‘tadi. Suhbat magistraturada ta’lim olishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun qabul jarayonining muhim bosqichlaridan biridir. 🏛 UBS. Ta’lim yo‘lidagi bosqich aynan shu yerdan boshlanadi. 💎 Murojaat uchun: +998555202626, @ubsuzbekistan_bot Rasmiy sahifalarimiz: 😊 Telegram |😊 Instagram |😊 Linkedin 😊 Facebook |😊YouTube |😊ubsu.uz

  • Talabalar so‘radi — UBS Hospital bajardi! 😉🔥 “Ustoz va xodimlarga chegirma bor, bizga-chi?” degan savollaringiz bizgacha yetib keldi. Biz sizni eshitdik! 🦷 Endi UBS talabalari uchun barcha stomatologik xizmatlarga 10% maxsus chegirma amal qiladi. ⏳ Aksiya 10-avgustgacha davom etadi. Darslardan bo‘sh vaqtingizda tabassumingizga ham e’tibor bering! 📲 Qabulga yozilish: @UBSHospitalBot 📞 +998 95 517 25 25 📞 +998 95 517 26 26 Kelajagingizni bilim bilan, tabassumingizni UBS Hospital bilan yarating! ✈️ Telegram | 🔹 Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи