Yoshlar kundaligi... Farg'ona
СтатистикаFarg'ona shahrida hamda yurtimiz yoshlari hayotidagi yangiliklar aks etgan kanal! https://www.facebook.com/YoshlarishlariagentligiFargonashaharbolimi
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 56
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Карьера (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 173
- 1/48двое суток
- 198
- 1/72трое суток
- 213
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
@ibratfarzandlari ilovasidagi yangiliklarini ko’rdingizmi? Tez orada yoshlar uchun yana bir mega tanlov o’tkazmoqchimiz. Tanlov g’oliblariga qanday sovrin bersak ekan? Pul mukofoti, sayohat yoki kitoblar? Izoh qoldiring.
🔴Farg'ona 24 12.08.2026 Farg‘ona shahrida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
💼 Farg‘ona viloyati hokimligi IT va raqamlashtirish sohasida ishlash istagidagi yoshlarni ishga taklif etadi! 🏢 Farg‘ona viloyati hokimligi joriy yilning iyun oyida rasmiy delegatsiyalar bilan ishlash uchun ingliz, rus va boshqa xorijiy tillarni mukammal biladigan istiqbolli yosh kadrlar o‘rtasida tanlov e’lon qilgan edi. Tanlovga 50 dan ortiq nomzodlardan hujjatlar qabul qilinib, har bir talabgor bilan bevosita suhbat o‘tkazildi. Ular orasidan 2 nafar munosib yosh kadrlar tanlab olinib, ishga qabul qilindi. Farg‘ona viloyati hokimligi IT va raqamlashtirish sohasida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar uchun navbatdagi tanlovni e’lon qiladi. 👨🏻💻 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ➡️ Axborot texnologiyalari, raqamli transformatsiya, dasturiy ta’minot, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar tahlili yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; ➡️ Xorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki nufuzli xalqaro universitet diplomiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq; ➡️ Zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlar bo‘yicha yetarli bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lishi; ➡️ Ingliz tilini erkin bilishi (boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi); ➡️ Davlat boshqaruvida raqamlashtirish jarayonlarini tashkil etish va IT loyihalarini boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; ➡️ Mas’uliyatli, tashabbuskor, tahliliy fikrlaydigan va jamoada samarali ishlay oladigan bo‘lishi. ☑️ Iqtidorli, zamonaviy fikrlaydigan va o‘z bilim hamda tajribasi bilan Farg‘ona viloyatining raqamli rivojiga hissa qo‘shishni istagan mutaxassislarni tanlovda ishtirok etishga chorlaymiz. 📩 Agar siz ushbu talablarga mos kelsangiz, o‘z rezyume (CV) va ma’lumotlaringizni Telegram'dagi maxsus @fvhrezumebot boti orqali yuborishingiz so‘raladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing! Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni “35 000 tashabbus” loyihasiga yuboring. Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish! 📅 1–31-avgust Yuborish: tashabbus.yito.uz O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
⚽️ DXX kubogi g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi Avval xabar berganimizdek, sportning futbol va mini futbol turi bo‘yicha DXX kubogining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Farg‘ona shahrining Yangi yo‘l va Ipak yo‘li mahalla jamoalari munosib taqdirlandi hamda moddiy rag‘batlantirildi. Tadbir davomida sportchilarni respublika bosqichiga puxta tayyorlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, jamoalarning muntazam mashg‘ulot olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratish, futbol maydonlarini ajratish hamda tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Bildirilganidek, sportni ommalashtirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda ularning yuksak natijalarga erishishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Yoshlar taqdiri – ustuvor masala: Farg‘ona shahar hokimligida yoshlar masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish o‘tkazildi Farg‘ona shahar hokimi boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Unda otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, jinoyatchilikka moyil yoshlarning muammolarini bartaraf etish, yangi mehnat bozoriga kirib kelayotgan, ishsiz va migratsiyadan qaytgan yoshlarni rahbarlarga biriktirish hamda ularning bandligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ko‘tarilgan murojaatlar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Yosh fermerlar chempionatiga start berildi Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi. G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi. Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
🔴Yangiliklar 31.07.2026 Fargʻona shahrida chiqindilarni yigʻishga qaratilgan “Plogging” ekologik aksiyasi oʻtkazildi. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
📚 Бу йил "перевод" учун ўтиш баллари қандай? Олий таълим муассасаларига ўқишни кўчиришда таълим йўналишлари бўйича қуйидаги минимал ўтиш баллари белгиланди: ▪️Ҳуқуқ — 165 балл ▪️Сиёсатшунослик, халқаро муносабатлар, жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар — 140 балл ▪️Соғлиқни сақлаш — 132 балл ▪️Санъат, ижтимоий фанлар, журналистика, бизнес ва бошқарув — 105 балл ▪️Транспорт хизматлари — 104 балл ▪️Таълим, гуманитар фанлар, тиллар, атроф-муҳит, математика ва статистика, АКТ ҳамда ижтимоий таъминот — 94 балл ▪️Биологик фанлар, физика ва хизмат кўрсатиш — 80 балл ▪️Муҳандислик, ишлаб чиқариш ва архитектура — 75 балл ▪️Қишлоқ, ўрмон ва балиқ хўжалиги ҳамда меҳнат муҳофазаси — 70 балл ▪️Ветеринария — 60 балл 🇺🇿@DAVLATXIZMATCHISI_UZ – Давлат хизматчилари учун ҳақиқий канал