tgindex
YoMI | Rasmiy Kanal

YoMI | Rasmiy Kanal

Статистика

Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Murojaat uchun:👇👇👇👇 https://t.me/+CrG6t4MN0CJmYjM6

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
333
+1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
313
27 постов
Вовлечённость
94,0%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 29
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
219
1/48двое суток
250
1/72трое суток
270

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Channel photo updated

  • Channel photo removed

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti hamda O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi Joriy yilning 30 iyul kuni “Payshanba — yoshlar bilan muloqot kuni” doirasida Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori o‘rinbosari Alisher Yunusov kirish so‘zi bilan chiqish qilib, ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, sohada yoshlar potensialidan samarali foydalanish va istiqbolli kadrlar tayyorlash masalalariga to‘xtalib o‘tdilar. Tadbir davomida Ilmiy va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Umarova hamda O‘quv ishlarini tashkil etish va kadrlar zahirasini monitoringi bo‘limi boshlig‘i Nodir Abbosov o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli taqdimot ma’ruzalarini taqdim etdilar. O‘z navbatida, O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti direktori Sheroz Ismatullayev muassasa faoliyati va sohada yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli yoshlarning yutuqlari bilan tanishtirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, yosh kadrlarning ilmiy va amaliy salohiyatini oshirish, birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni muhokama qilib, savol-javoblar o‘tkazdilar.

  • без подписи

  • без подписи

  • Institut jamoasi “Rahbar ayollar” ta’lim dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi 🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Prezidentning PF-78-son Farmoni asosida tashkil etilgan “Rahbar ayollar” qayta tayyorlash ta’lim dasturining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti rahbariyati, ekspertlari va tinglovchilari ham ishtirok etdi. ❕ Dasturning asosiy maqsadi — davlat boshqaruvida strategik fikrlaydigan, tashabbuskor va zamonaviy kompetensiyalarga ega ayol rahbarlar tarkibini shakllantirishdir. Kurs davomida quyidagi muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratiladi: Liderlik va qaror qabul qilish: Strategik fikrlash, tizimli tahlil va boshqaruv samaradorligini oshirish. Texnologiyalar va innovatsiya: Raqamli vositalar va innovatsion yondashuvlarni boshqaruvga joriy etish. Xalqaro tajriba: Jahonning ilg‘or boshqaruv modellarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, yetakchi olimalar hamda dasturning oldingi bitiruvchilari qatorida Institutimiz vakillari ham yangi tinglovchilar bilan o‘zaro tajriba almashib, dasturning kelgusi bosqichlarida kadrlar salohiyatini o‘rganish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdilar. Website | Telegram | Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Koreya Respublikasiga xizmat safari doirasida xalqaro hamkorlik aloqalari kengaytirildi Joriy yilning 11–13-iyun kunlari Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar yo‘nalishi xodimlaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi. Xizmat safari davomida Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Soongsil universiteti bilan uchrashuv tashkil etildi. Muzokaralar yakunida Institut va universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, akademik hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Shuningdek, delegatsiya Koreya Respublikasining ilg‘or IT kompaniyalaridan biri –"metaontech.com" vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, yoshlar salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha maslahat va ekspert ko‘magini yo‘lga qo‘yish hamda Koreya tajribasini o‘rganish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur xizmat safari Institutning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlar siyosati sohasida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи