Аbdushukur Xamzayev
СтатистикаXamzayev Аbdushukur Xudoyqulovich O`zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi • www.ecouz.uz • Facebook.com/abdushukur.hamzaev • Instagram.com/abdushukurhamzaev • YouTube.com/c/ecouz • @A_Xamzayevga_murojaat_bot
- Последний пост
- 05:30
- Последнее чтение
- 02:25
- Постов за неделю
- 12
- Всего постов
- 60
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 146
- 1/48двое суток
- 167
- 1/72трое суток
- 180
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
без подписи
O‘zbekiston Ekologik partiyasida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha zamonaviy elektron platformalar joriy etildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
без подписи
🔴#Live 35 yillik taraqqiyot: islohotlardan yangi marralar sari Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida O‘zbekistonning bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, bugungi yutuqlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar xalqaro ekspertlar hamda parlament vakillari ishtirokidagi muhim muloqotlar markazida turibdi. Ana shunday muhim masalalar muhokama qilinayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada men ham ishtirok etyapman. Poytaxtimizda mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlab “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda mamlakatimizning 35 yillik taraqqiyot tajribasi, amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning amaliy natijalari xalqaro hamda parlamentlararo muloqot doirasida keng muhokama qilinmoqda. Muloqotlar davomida inson qadri, huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, parlamentarizmni rivojlantirish, qonun ijodkorligi va parlament nazoratini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, 2023-yildagi konstitutsiyaviy islohotlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan fikrlar almashilmoqda.Konferensiya doirasida investitsiyalarni jalb etish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish kabi dolzarb yo‘nalishlar ham muhokama qilinmoqda. Xorijiy davlatlar parlamentlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining ishtiroki esa O‘zbekistonning islohotlar tajribasini xalqaro maydonda keng muhokama qilish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yangi hamkorlik imkoniyatlarini belgilash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur konferensiya 35 yillik taraqqiyot yo‘limizni sarhisob qilish bilangina cheklanmay, kelgusi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari va strategik vazifalarini belgilash nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi ochiq muloqot va tajriba almashuvlar “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasidagi maqsadlarga erishish, parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining navbatdagi bosqichi uchun muhim zamin yaratmoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
#Nahotki Dunyo aholisining 83 foizdan ortig‘i yorug‘lik bilan ifloslangan osmon ostida yashaydi. Insoniyatning uchdan biri esa tunda o‘z galaktikamiz - Somon Yo‘lini umuman ko‘ra olmaydi. Eng xavflisi, bu muammo yiliga qariyb 9,6 foizga o‘smoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#35_yillik 📢TOSHKЕNT YANA BIR NUFUZLI XALQARO KONFЕRЕNSIYAGA MЕZBONLIK QILADI 🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram| 📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Qonun ijodkorligi va parlament nazorati jarayonlariga ilmiy asoslangan takliflarni keng tatbiq etish zarur So‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ekologik huquqlarning mustahkamlanishi, oxirgi o‘n yilda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 30 dan ortiq qonunlarning qabul qilinishi bu yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylanganini ko‘rsatadi. 📍Bugun fraksiyamiz tomonidan tashkil etilgan “Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlamentning roli” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya ham ekologik barqarorlikni ta’minlashda parlamentning o‘rni va mas’uliyati tobora ortib borayotganini yaqqol namoyon etdi. Zero, zamonaviy ekologik tahdidlarga samarali javob berish, aholi uchun sog‘lom va qulay atrof-muhitni ta’minlashda mustahkam huquqiy asos bilan bir qatorda, uning amaldagi ijrosi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. ✅Ekologik barqarorlikni ta’minlash bugun faqat davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasiga aylangan. Shu bois parlamentning olimlar, tadqiqotchilar, fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar va keng jamoatchilik bilan hamkorligini kuchaytirish, ilmiy asoslangan takliflarni qonun ijodkorligi va parlament nazorati jarayonlariga keng tatbiq etish zarur. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
Ekologik madaniyat atrof-muhit muhofazasining eng muhim va uzoq muddatli omillaridan biridir Bugungi yalpi majlisda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga javobi ko‘rib chiqildi. 📌Mazkur so‘rov O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan yuborilgan bo‘lib, ekologik madaniyatni yuksaltirish atrof-muhit muhofazasini ta’minlashning eng muhim va uzoq muddatli omillaridan biri hisoblanadi. Taqdim etilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda ekologik ta’lim va tarbiyani maktabgacha ta’limdan boshlab kasbiy va oliy ta’lim bosqichlarigacha izchil joriy etish borasida muayyan tizim shakllanmoqda. Qariyb 7000 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida 1,6 milliondan ortiq bolalarni ekologik tarbiya bilan qamrab olish, oliy va kasbiy ta’limda maxsus ekologik fanlarni joriy etish, 200 dan ziyod oliy ta’lim muassasalarini qamrab olgan “O‘zbekiston ekovolontyor talabalar harakati”ni tashkil etish kelgusi avlodning tabiatga mas’uliyatli munosabatini shakllantirishda muhim qadamdir. Ayni paytda ekologik madaniyat faqat ta’lim muassasalari doirasida qolib ketmasligi lozim. 4500 dan ziyod mahallada “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” aksiyalarining o‘tkazilishi, ommaviy axborot vositalari orqali ekologik targ‘ibotning kengayishi ijobiy natija. Biroq bunday tashabbuslar aholining kundalik turmush tarzi va ekologik xulq-atvorida aniq o‘zgarishlarga olib kelishi, chiqindiga, suv va energiya resurslariga, yashil hududlar va hayvonot dunyosiga munosabatda amaliy natija berishi kerak. 2030-yilgacha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlashda O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi parlament nazorati mexanizmlaridan samarali foydalangan holda parlament va jamoatchilik nazoratini olib boradi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
#35_yillik 📢TOSHKЕNT YANA BIR NUFUZLI XALQARO KONFЕRЕNSIYAGA MЕZBONLIK QILADI 🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram| 📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
#Fraksiya_yigilishi Fraksiyamizning navbatdagi yig‘ilishida muhim qonun loyihalari hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi A.Abduhakimovning “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi parlament so‘roviga javobi ko‘rib chiqildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#Deputatlar_forumi Farg‘ona shahrida o‘takazilgan “Hududlar va mahallalar taraqqiyotini ta’minlashda mahalliy Kengash deputatlarining o‘rni” mavzusidagi Deputatlar forumidan lavha. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
без подписи
без подписи
🔴 #Live #Deputatlar_forumi Forum ishtirokchilari Karkidon suv omboridagi ilg‘or ekologik tajribalar bilan tanishdilar Forumning amaliy qismi doirasida ishtirokchilar Quva tumanidagi Karkidon suv ombori faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jarayon davomida suv ombori hududida ekilgan noyob daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari, quyosh panellaridan foydalanish va tomchilatib sug‘orish tizimining amaliy samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hududda 100 gektardan ortiq maydonda barpo etilgan uzumzorlar bilan tanishilib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish va yashil hududlarni kengaytirish borasidagi tajribalar o‘rganildi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
без подписи
без подписи