tgindex
Ulug‘bek Inoyatov

Ulug‘bek Inoyatov

Статистика

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari ______ 👉 Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy sahifasi: https://t.me/UzbekistonXDP

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
35
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
5 018
−47 за 3 дн.
Сутки
−6
−0,12%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
609
35 постов
Вовлечённость
12,1%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 35
Упоминаний
10
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 559
1/48двое суток
1 786
1/72трое суток
1 926

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.1 7582160

    #Munozara_klubi Partiyamizning press-klubi keng jamoatchilik vakillari, vazirlik-idoralar mas’ullari va mutaxassislar bilan dolzarb ijtimoiy masalalarni har tomonlama muhokama qilishda muhim siyosiy platformaga aylanib bormoqda. Bu galgi sessiyada fuqarolarning, ayniqsa, partiyamiz elektorati vakillarining kundalik turmushiga bevosita ta’sir qiladigan masala – ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar haqida munozara yuritilgan. “O‘zbekiston 24” telekanalida efir vaqti 19:15 larda, barchani ko‘rishga taklif qilamiz. “O‘zbekiston 24” telekanaliga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz. Facebook | Youtube | Instagram | X

  • 7 авг.172279из UzbekistonXDP

    #Rasmiy_bayonot ❗️ Insonning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy hayoti daxlsizdir So‘nggi kunlarda hududlarda ayrim mahalliy hokimliklar, mas’ul tashkilotlar va mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilari tomonidan fuqarolarning uy-joylarini obodonlashtirish yuzasidan xonadonlarga kirib, turli talablar qo‘yilayotgani keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. ☝️ Ayniqsa, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy hayoti hamda uy-joy daxlsizligi kabi konstitutsiyaviy huquqlariga raxna solinayotgani, qandaydir talablar bajarilmagan taqdirda xonadonlarga “Uyatli xonadon”, mahallalarga esa “Sharmandali mahalla” kabi tamg‘alar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yurtdoshlarimizda e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda. 🟣 Xalq demokratik partiyasi bunday xatti-harakatlar Konstitutsiyada belgilangan huquqlar va kafolatlarga mos kelmaydi, deb hisoblaydi va quyidagilarni ma’lum qiladi. 🟣 Birinchidan, yurt obodligi – Vatanni asrash, toza tutish va obodonlashtirish demakdir. Albatta, xonadonlarni, ko‘cha va mahallalarni obod qilish ezgu tashabbus, bu har bir fuqaroning ijtimoiy mas’uliyatidir. Biroq, bu ezgu tashabbusni amalga oshirish shaxsiy namuna, ijtimoiy hamkorlik, qonun va inson qadriga hurmat hamda amaliy yordam ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq. 🟣 Ikkinchidan, mahallalar, qolaversa, xonadonlar obodligi yo‘llar, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, muhandislik kommunikatsiyalari, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish kabi vazifalar samarali bajarilishi bilan bog‘liqdir. Bu borada mahalliy hokimliklar va boshqa mutasaddi tashkilotlar qonuniy majburiyatini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi zarur. O‘z hududida davlat tashkilotlari tomonidan amaliy g‘amxo‘rlik va real o‘zgarishlarni ko‘rgan yurtdoshlarimizda xonadonlar va atrof-muhitni obod qilishga intilish o‘z-o‘zidan kuchayishiga ishonchimiz komil. 🟣 Uchinchidan, insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, qonunlarda nazarda tutilmagan ma’muriy choralar qo‘llashga urinish demokratik huquqiy davlat boshqaruvi tamoyillariga ziddir. 🟣 To‘rtinchidan, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolar bilan muloqotda har bir mutasaddi odob-axloq qoidalariga rioya qilishi lozim. 📌 Xalq demokratik partiyasi mutasaddilarni aholi bilan muloqotda shaxsning qadr-qimmati, sha’ni va obro‘sini kamsitish kabi noqonuniy usullardan butunlay voz kechib, qonun ustuvorligi, inson qadri, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy sheriklik tamoyillariga amal qilishga chaqiradi. Facebook | Youtube | Instagram | X

  • 3 авг.3 3202813

    #Bu_muhim Uy-joy sotib olmoqchimisiz? Endi mablag‘ingiz himoyasi kafolatlanadi. Facebook | Youtube | Instagram | X

  • 3 авг.443221

    Bugun bo‘lib o‘tgan fraksiya yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish, intellektual mulk sohasini takomillashtirish hamda O‘zbekistonning BMTning mediatsiya bo‘yicha xalqaro konvensiyasiga qo‘shilishi bilan bog‘liq qonun loyihalarini muhokama qildik. Yo‘l harakati xavfsizligiga oid qonun loyihasi yuzasidan deputatlarimiz bir qator muhim masalalarni ko‘tardi. Qonun normalarini amaliyotga joriy etishda xalqaro tajribani hisobga olish, xavfsiz yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘l belgilari va texnik vositalarning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi. Muhimi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning oilasi normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan yagona transport vositasini vaqtincha olib qo‘ymaslik haqidagi norma partiyamizning ijtimoiy adolat tamoyillariga mos ekani alohida ta’kidlandi. Muhokamalar yakunida qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi. Shuningdek, fraksiyamiz a’zolarining 29–31-iyul kunlari hududlarda saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari, ijtimoiy obyektlarni o‘rganish natijalari ham muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar va ularning yechimiga qaratilgan amaliy takliflar yuzasidan fikr almashib, deputatlar oldidagi navbatdagi vazifalarni belgilab oldik. Telegram | Facebook | Instagram

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 📍 Bo‘zatov tumanidagi uchrashuvlarimiz davomida hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishib, saylovchilar va mehnat jamoalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdik. Dastlab Bo‘zatov sanatoriyasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik. Shundan so‘ng “BULTEX PRO” tekstil korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishdik. Korxonada, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, xavfsiz mehnat muhiti yaratish va doimiy ish o‘rinlarini ko‘paytirish borasidagi ishlar e’tibor markazida bo‘ldi. Partiyamiz uchun har bir fuqaroning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Shuningdek, “Qusxanatov” ovul fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi farovonligini oshirish hamda hududdagi ijtimoiy muammolarni hal etish masalalari yuzasidan fikr almashdik. Mahalla tizimi odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topishda eng muhim bo‘g‘inlardan biri bo‘lishi kerak. Telegram | Facebook | Instagram

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 📍 Qoraqalpog‘istondagi o‘rganishlarimiz davom etmoqda. Bugun Beruniy tumanidagi “Rayxon Apparel” tekstil fabrikasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan mehnat sharoitlari va xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdik. Korxonada 450 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport qilinayotgani yangi ish o‘rinlari yaratish va oilalar farovonligini ta’minlashda ishlab chiqarishning muhim o‘rnini yana bir bor ko‘rsatadi. Xotin-qizlar bilan ochiq muloqotda mehnat huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildik. Partiyamiz uchun har bir fuqaroning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, ayniqsa xotin-qizlar bandligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi fraksiyamiz, mahalliy Kengashlardagi deputatlik birlashmalari hamda partiyamizning hududiy tashkilotlari mutasaddilari bilan uchrashib, Saylovoldi dasturimiz ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdik. Oldinda turgan muhim vazifalarni o‘zaro erkin muloqot asosida muhokama qildik. Telegram | Facebook | Instagram

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи