Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
СтатистикаOʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy sahifasi www.xdp.uz facebook.com/UzbekistonXDP x.com/UzbekistonXDP youtube.com/@UzbekistonXDP instagram.com/UzbekistonXDP 👉 Ulug‘bek INOYATOVning rasmiy sahifasi: https://t.me/UInoyatov
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 46
- Всего постов
- 458
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 281
- 1/48двое суток
- 322
- 1/72трое суток
- 347
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#BirMahalla_BirTashabbus #Deputat_nazorati #Jamoatchilik_nazorati Deputat qishloq oilaviy poliklinikasi faoliyatini o‘rgandi O‘zbekiston XDP Jalaquduq tuman kengashi raisi, xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati O. Nosirov tumandagi 25-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishdi. 🔎 O‘rganish davomida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, profilaktik ko‘riklar hamda dispanser nazoratini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, bemorlarni qabul qilish sifati, tibbiy xizmatlarning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi va aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘rib chiqildi. 🗣️ Mas’ullar bilan suhbatda poliklinikadagi dori vositalari zaxirasi, ularni saqlash va aholiga belgilangan tartibda yetkazib berish masalalari muhokama qilindi. Dori vositalari ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, ulardan maqsadli va oqilona foydalanish hamda ehtiyojmand fuqarolarga ijtimoiy dorilarni o‘z vaqtida yetkazib berish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining mehnatga munosabati, bemorlar bilan muomala madaniyati va tibbiy etika qoidalariga rioya etishi ham o‘rganildi. Har bir murojaatga e’tibor bilan yondashish, bemorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. 📌 Muassasadagi ijro intizomi, topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, hujjatlarni yuritish, navbatchilikni tashkil etish hamda ichki mehnat tartibiga rioya qilish holati ham ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Facebook | Youtube | Instagram | X
#Mustaqillik_35 #Konferensiya Toshkent shahrida “Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda Facebook | Youtube | Instagram | X
#Munozara_klubi #Maxsus_reportaj Maxsus reportaj | Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish muammolari O‘zbekiston XDP “Munozara maydoni” klubining navbatdagi sessiyasi haqida “O‘zbekiston 24” telekanali maxsus reportajni efirga uzatdi. Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Deputat_nazorati #Jamoatchilik_nazorati Tuman veterinariya bo‘limi faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashining O‘zXDP deputatlari ishtirokidagi doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiyaga kiritilgan masala yuzasidan “Katta Oltintepa” mahallasi hududidagi tuman veterinariya bo‘limi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. 🗣️ O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan veterinariya tadbirlari, veterinariya nazorati, chorva mollari va uy hayvonlarini ommaviy emlash qamrovi, vaksina, biopreparatlar va boshqa vositalar bilan ta’minlanganlik holati, veterinariya laboratoriyasining moddiy-texnik bazasi hamda hayvonlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, epizootik vaziyatni prognoz qilish va sohadagi mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. 📌 O‘rganish yakunida hayvonlarning o‘ta xavfli yuqumli kasalliklari kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar ustidan nazoratni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Facebook | Youtube | Instagram | X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Fuqaro_murojaati #Sayyor_qabul #Deputat_mahallada Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashidagi O‘zXDP deputati Nozigul Jo‘rayevaning navbatdagi sayyor qabuli Kogon tumanining O‘rtacho‘l mahallasi hududida o‘tkazildi. 🗣️ Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ijtimoiy va maishiy masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar hamda boshqa muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. 📌 Deputat har bir murojaatni tinglab, masalalarning kelib chiqish sabablari va ularni hal etish imkoniyatlarini o‘rgandi. Ayrim murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar va mas’ul mutasaddilarga vazifalar belgilandi. ✅ Shuningdek, murojaatlarni qonuniy va adolatli hal etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi. Facebook | Youtube | Instagram | X
#Munozara_klubi ❗️ E’LON 📺 Bugun “O‘zbekiston24” telekanali orqali O‘zbekiston XDP “Munozara maydoni”ning navbatdagi sessiyasi efirga uzatiladi. 💬 Sessiyada “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida aholi manfaatlarini ta’minlash” mavzusi mutasaddi tashkilorlar vakillari, ekspertlar, partiya faollari va deputatlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. 🔜 Maxsus reportajni 19:15 dan boshlab tomosha qilishingiz mumkin. 👇 Bizni kuzatib boring! Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#BirMahalla_BirTashabbus #Deputat_nazorati #Jamoatchilik_nazorati Yangihayot mahallasida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda O‘zbekiston XDP Termiz tuman kengashi raisi, tuman Kengashi deputati G. Shafoatova Yangihayot mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. 🔎 O‘rganish davomida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish jarayoni, ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi ko‘zdan kechirildi. ✅ Mazkur ishlar yakunlangach, mahalla aholisi uchun toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Deputatlik nazorati doirasida ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishiga e’tibor qaratildi. Facebook | Youtube | Instagram | X
видео или голосовое, без подписи