- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 977
- 1/48двое суток
- 1 119
- 1/72трое суток
- 1 207
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
Odatda tabiatan uyatchan odamlar yozishni yaxshi ko’rishadi. Yozib o’zini bezovta qilayotgan hissiyotlaridan bir muddatga xalos bo’ladi. Lekin bilmaydiki, har yozganida o’sha qutulishni istayotgan tuyg’ulari yanada mustahkamlanadi.📚 Yozuvchilarning aksariyati hayotda sergap emas. Shoirlar ayniqsa. Ichidagi hamma “dard”larini bilsangiz edi… Qalbingiz vayron bo’lib ketadi. Yozmasa bo’lmaydi. Nechta yozuvchi, shoir bilan soatlab suhbatlashgan bo’lsam ichki olamini 10 % ni ham ocha olmaganman. Dardini qalamlarigina fosh etib tashlaydi. Har bir asarida uning o’zi yashaydi. Qaysidir qahramonining ortiga yashirinib olib, ovozining boricha hayqiradi.📚 O’zi yozish yaxshi malham. O’z-o’zingiz bilan yolg’iz qolasiz, dardlaringiz yoki quvonchingizni ming ohangga solmay boricha tasvirlaysiz. Masalan men uchun ham suhbatdan ko’ra yolg’izlik va yozish yaxshi. O’qiyman, yozgim kelsa yozaman. Yana o’qiyman nimadandir ta’sirlanaman va yana yozaman. Qattiq ta’sirlanib ketsam xatto umuman yozmayman, yopilib olaman. Shukurki, meni qahramonlarning qilmishlari , harakatlari ta’sirlantiradi xolos. Hayotdagi “qahramon”larga esa kitoblarim sabab kulib qo’yishni o’rganganman)📚 Kulib keting, muloyim tabassum qiling.Ketishingiz, har qadamingiz go’zal va nafis bo’lsin 🦋🌷🌺🧸🗒️🧸☕️🧸📖✉️🫖📚🗒️🌷🌺🖊️📖📔🤍🌸🩷🦋 @nigorabooklover
U kitob varaqlarining sehri bilan nafas oladi. O‘z ustida ishlaydi, qalbini ilm bilan bezaydi va har kun yangi bir yulduz kabi yuksalaveradi. Uni ortda qoldirish qiyin , u yuksaklarga qarab parvoz boshladi. Har bir o‘qilgan sahifa — uning yuksaklikka qo‘ygan qadami, har bir yangi bilim — uning ichki kuchidir. U o‘tmishning soyasida qolmaydi, o‘z ustida ishlab, o‘z kelajagining eng go‘zal muallifiga aylanadi. Agar… KITOB o’qisa📚📚📚 @nigorabooklover
видео или голосовое, без подписи
U bir kimyoki, g'amni quvonchga, toshni gavharga aylantiradi @nigorabooklover
Hali ko’rmagandek bo’lib ketamiz) @nigorabooklover
Qiz farzandi borlar ushbu videoni albatta ko’ring @nigorabooklover
- Po‘lat, agar seni jarning yoqasiga olib kelib, tanla: yo hayot, yo o‘lim? - deyishsa, nimani tanlar eding? - Bema’ni savolingni qo‘y. - Yo‘q, aytgin. - Albatta hayotni tanlar edim. - Yolg‘on gapirding. Men hazil qilayotganim yo‘q. - Nimani tanlar edimmi? - Ha. - Qaysi biri yaxshi bo‘lsa, shuni. - Sening uchun nima yaxshi? - Mening uchun hayot qolib, o‘likdek yashaganimdan, o‘lib hayot bo‘lishim yaxshi. Odam bo’lish qiyin . @nigorabooklover
Bir tomondagisi yuksaltirsa, aks tomon qulatadi. Siz qaysi tomondasiz? @nigorabooklover
Bo’g’zidan qirqilgan gullar chil-chil singan qadahlar yopilgan eshiklar toptalgan tuyg’ular.. Ko’z yoshingizni arting, chunki quyosh ertaga yana chiqadi 🌝 @nigorabooklover
Odamzod shunday, unga foydang tegmasa qiymatingni yo’qotasan. Buning uchun undan ranjima, axir o’zing ham shundaysan. @nigorabooklover
Abdurahmon Jomiy Yori jon ❤️
Jonli she’r eshitaylik vey! Yuraveramizmi ish o’qish deb. Fonda ajoyib musiqa, men esa birovga aytolmayotgan gaplaringizni she’r qilib kuylayman, ko’zlaringizni yumib eshitasiz) Kimdan bo’lsin? Tanlov sizdan , o’qib berish mendan. Yig’latadiganidan bo’lsin vey! Izohda yozib keting📚 @nigorabooklover
Kichkina shaxzodaning hamma kattalar ham tushunmaydigan bir gapi bor, asarda dialog orasida keladi. -Gulga tikanning nima keragi bor? -Gulga tikanning sirayam keragi yo‘q! -Shunaqami?.. Gapingga ishonmayman! Axir gullar judayam zaif, oqko‘ngil-ku! O‘zlarini…
Kichkina shaxzodaning hamma kattalar ham tushunmaydigan bir gapi bor, asarda dialog orasida keladi. -Gulga tikanning nima keragi bor? -Gulga tikanning sirayam keragi yo‘q! -Shunaqami?.. Gapingga ishonmayman! Axir gullar judayam zaif, oqko‘ngil-ku! O‘zlarini botir ko‘rsatish uchun ham tikan chiqarishadi, go‘yo shunda ulardan hamma qo‘rqadigandek.. @nigorabooklover
#Bu_muhim #Fraksiya_pozitsiyasi ⁉️ “Imtihonga qattiq tayyorlanmasam ham bo‘laveradi” – Litseylarga qabul jarayonida sertifikatlarni hisobga olish tizimi nima uchun shaffof emas? Facebook | Youtube | Instagram | X
#Bu_muhim #Fraksiya_pozitsiyasi ⁉️ “Imtihonga qattiq tayyorlanmasam ham bo‘laveradi” – Litseylarga qabul jarayonida sertifikatlarni hisobga olish tizimi nima uchun shaffof emas? Facebook | Youtube | Instagram | X
Xizmat doirasidan tashqaridagi bosh og’riq
O’smir yoshdagi farzandingiz uchun top-5 qiziqarli kitob 📚 1. «Kichkina xonimlar» - Luiza Mey Olkott Bu kitobda 4 ta opa-singilning hayoti qiziqarli tarzda hikoya qilingan. Qahramonlarning yoshi farzandingizning yoshi bilan deyarli teng, shuning uchun ham ularning kundalik hayoti farzandingizga qiziq tuyuladi. Asar - do‘stlik, mas’uliyat, to‘g‘riso‘zlikka o’rgatadi. Bir vaqtning o‘zida bola amerikaliklar hayotiga sayohat qiladi, tasavvurlari paydo bo‘ladi, bilim oladi, o‘sadi, fikrlashni boshlaydi. Muhimi asar bolaning yoshiga mos va qadriyatlarimizga salbiy ta’siri yo‘q. 2. “Matilda” - Roald Dal . O‘smir yoshdagi qiz va hatto o‘g‘il bola uchun ham juda qiziqarli kitob. Asarda ota-onasi farzandiga umuman e’tibor bermaydigan, maktabda ham shafqatsizlikka uchragan, e’tibordan chetda qolib ketgan, ammo hech bir bosim, yoqimsiz holatlarga yengilmagan , kuchli , g‘ayratli , aqlli qizaloq haqida hikoya qilinadi. Voqealar o’smirlar tilida qiziqarli yozilgani uchun farzandingiz muallifning maslahatlarini qiynalmay tushunadi, eng yomon holatlarda ham kuchli va bilimga chanqoq bo‘lish kerakligini anglaydi. Matildaga nisbatan rahm-shafqat uyg’onib, shu bahonada o’zi ham ichki qobilyatlarini namoyon etgisi kelib qoladi. 3. «Tom Soyerning sarguzashtlari» - Mark Tven Juda qiziqarli kitob. Quvnoq, sho‘x, sarguzashtlarni yaxshi ko‘radigan yetim bolakayning hayoti haqida. Boshidan kechiradigan voqealari shu qadar rang-barangki, farzandingiz mutolaa vaqtida umuman zerikmaydi. Mas’uliyat, to‘g‘riso‘zlik, halollik sifatlari shakllanadi. 4. “Mushuklar malikasi Minush” – Anni Shmidt . O‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblardan. Asar farzandingizni rahm- shafqatli, e’tiborli bo‘lishga o‘rgatadi. Syujeti qiziq: mushuk kimyoviy chiqindini yeganidan so‘ng qizaqloqqa aylanib qoladi. Ko‘rinishi odam, ammo qiliqlari mushukni eslatuvchi bu qiz atrofdagilarning e’tiborini torta boshlaydi. Mushuklarning tilini tushunishi, odamlarning ayyor, razil hunarlari, firibgarliklarini fosh etishi qiziq bayon qilingan. Aql bovar qilmas voqealar sabab farzandingiz kitobni qiziqib o’qiydi. Aslida kitob faqat o’smirlar uchun emas, o‘zim ham bu asarni rosa maza qilib o‘qiganman) 5. “Kichkina shahzoda” - A. Ekzyuperi Bu asar haqida olam-olam ijobiy fikrlar aytish mumkin. Men esa bitta gap bilan o’z fikrimni bildirmoqchiman: asar bolangizni qalb ko’zlarini ochadi. Keyin esa bola sizga yuragini ochadi, o’rtangizda do’stlik ko’prigi paydo bo’ladi, qalbi yanada tozaradi. Eng muhimi asar diqqat bilan o’qilishi kerak. Gayritabiiy tuyulgan voqealar, bolakayning g’alati savollari tagida bebaho falsafalar bor va muhimi bola uni bemalol tushunadi. Tavsiya etgan hamma kitoblarim sotuvda bor @nigorabooklover
Qiz farzandi borlar ushbu videoni albatta ko’ring @nigorabooklover