tgindex
BBA|Samarqand

Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limining rasmiy kanali. Murojaat uchun telefon: 99-091-65-29 Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
27
Всего постов
216
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 704
−97 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
838
40 постов
Вовлечённость
22,6%
к подписчикам
Постов в день
3,9
всего 216
Упоминаний
9
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
761
1/48двое суток
872
1/72трое суток
940

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.186из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 14 авг.34343из BaholashUz

    ⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi 📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 🆔 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 14 авг.587из BaholashUz

    “ToshTech” texnika universitetiga kirish test sinovlari o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–274-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “ToshTech” texnika universiteti va Bilim va malakalarni baholash agentligi hamkorligida kirish test sinovlari tashkil etildi. 📆 Test sinovlari 2026-yil 13-14-avgust kunlari “ToshTech” texnika universiteti binosida bo‘lib o‘tldi. 🧑‍💻 Test sinovida 665 nafar talabgor ishtirok etdi. ✅ Test sinovlari natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgandan keyin “ToshTech” texnika universitetiga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.6951из BaholashUz

    Odil sudlov akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari o‘tkazildi 📆 2026-yil 14-avgust kuni Odil sudlov akademiyasining “Sud faoliyati” magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligining binosida bo‘lib o‘tdi. 👨‍💻 Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 327-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etildi. 🧑‍💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ✅ Test sinovida 70 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. ✅ Test sinovlari natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgandan keyin belgilangan tartibda Odil sudlov akademiyasiga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 14 авг.73531из Press_Secretary_Uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • 13 авг.1 20153

    📹 Bilim va malakalarni baholash agentligi qanday test turlaridan test oladi?   Bugungi kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi oliy taʼlimning bakalavriatiga, akademik litseylarga, umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat, xorij tillaridan milliy sertifikat, davlat tilida rasmiy ish yuritish, ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish, qurilish sohasi mutaxassislarini sertifikatlash, xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va boshqa shu kabi 50 dan ortiq imtihonlarda 2 milliondan ziyod yoshlarning bilim va malakalarini baholab kelmoqda. @BBASamarqand

  • 13 авг.1 2776

    #Korrupsiya 🚫 KORRUPSIYA — KELAJAKKA XAVF! Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, adolat va ishonchni yemiradigan illatdir. U nafaqat iqtisodiyotga, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash va davlat boshqaruviga ham katta zarar yetkazadi. 🔹 Har bir noqonuniy kelishuv — bu kimningdir haqqi poymol qilinishi, kimningdir kelajagi so‘nishi demakdir. 🔹 Halollik va shaffoflik — barqaror rivojlanishning eng muhim kafolatidir. 🤝 Korrupsiyaga qarshi kurash — faqatgina davlat idoralarining emas, balki har birimizning fuqarolik burchimiz. Qonunga rioya qilaylik, poraga yo‘q deylik, adolatni tanlaylik! ✍️ @BBASamarqand

  • 12 авг.1 01211

    〰️〰️〰️ Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda. 📆 2026-yil 12-avgust kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. 👨‍💻 Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar. Talabgorlar imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 💼 Imtihonda 500 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 11 авг.1 0301

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.1 0591

    видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Harbiy yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan “Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2026-yil 1-avgustdagi 2119-son murojaatiga asosan Jamoat xavfsizligi universitetining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari tashkil etildi. 👨‍💻 Test sinovlari 2026-yil 11-avgust kuni “Onlayn test” axborot tizimida axborot xavfsizligini ta’minlagan holda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovlari natijalarini shu vaqtning o‘zida bilish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Jarayonda 70 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 🇺🇿 Shuningdek, shu kunning o'zida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi majlisining 2026-yil 5-avgustdagi 67-3-son bayoni qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining 2026-yil 1-avgustdagi 40/34-1227-son murojaati asosida Akademiyaning magistraturasiga qabul test sinovlari o'tkazildi. 👨‍💻 Ushbu imtihonda ham test sinovlari “Onlayn test” axborot tizimida o‘tkazilib, talabgorlar test sinovlari natijalarini shu vaqtning o‘zida bilib oldilar. Jarayonda 30 nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi. 📝 Test sinovlarining natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 11 авг.1 0382

    10. ANDIJON VILOYATI: Andijon davlat universiteti akademik litseyi. •Testning boshlanish vaqti: 13-avgust, 1-smena soat 08-30, 2-smena soat 10-00, 3-smena 11-30, 4-smena soat 14-00. •Manzil: Andijon shahri, Universitet ko'chasi 129"A"-uy. Mo‘ljal: “Andijon davlat universiteti Akademik litseyi •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/Ezm1gbypoBCpPHaF7 11. FARG'ONA VILOYATI: Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg'ona viloyati bo'limi. •Testning boshlanish vaqti: 13-avgust, 1-smena 09:00, 2-smena 11:00. •Manzil: Fargʻona shahri, Nurafshon koʻchasi, “Mustaqillik shaharchasi”. •Mo‘ljal: “EKO shahar” •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/oeFGkbHiZJKjKxMw5 12. NAMANGAN VILOYATI: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi. •Testning boshlanish vaqti: 13-avgust, 1-smena soat 09-00, 2-smena soat 11-00. •Manzil: Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, Yoshlik ko‘chasi, 92-uy. •Mo‘ljal: Yuksalish massividagi 16-qavatli uy yonida. Bino geolokatsiyasi: https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA 13. TOSHKENT SHAHRI: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosi. •Testning boshlanish vaqti: 13-avgust, 1-smena soat 09-30, 2-smena soat 11-00, 3-smena SOAT 14-00. •Manzil: Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy. •Bino geolokatsiyasi: https://maps.app.goo.gl/NH9oiVFNbP3dGf2TA

  • видео или голосовое, без подписи

BBA|Samarqand — tgindex