tgindex
BBA| Namangan viloyati bo'limi

BBA| Namangan viloyati bo'limi

Статистика

Bilim va malakalarni baholash agentligi Namangan viloyati bo‘limi info@uzbmb.uz www.uzbmb.uz 1195 (69) 226-13-20 (94) 300-87-07 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: @bbanamangan Manzil: Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, Yoshlik ko‘chasi, 92-uy

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
28
Всего постов
257
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 612
−93 за 5 дн.
Сутки
−62
−2,32%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
493
40 постов
Вовлечённость
18,9%
к подписчикам
Постов в день
4,0
всего 257
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
477
1/48двое суток
546
1/72трое суток
589

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi 📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 🆔 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.393из BaholashUz

    #Qabui2026 #Akademik_litsey #Apellyatsiya Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha berilgan apellyatsiya arizalari ko‘rib chiqildi 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali (shaxsiy kabinetidan) elektron shaklda apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi. 2026-yil 14-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida ariza bilan murojaat qilganlarning e'tirozlarini ko‘rib chiqish tashkil etildi. Umumiy hisobda 2343 nafar talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish belgilangan bo‘lib, shulardan 115 nafari apellyatsiya jarayonida ishtirok etdi. Ularning e'tirozlari o‘rnatilgan tartibda fan ekspertlari, ariza muallifi va ota-onasining biri ishtirokida ko‘rib chiqildi. 2228 nafari kelmadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • ⚡️Namanganda xalqaro iTEP imtihoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi! 📢 Bugun, 14-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi Namangan viloyati bo‘limida navbatdagi xalqaro iTEP imtihoni yuqori saviyada tashkil etildi. 🇺🇸 iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi, dunyo bo‘ylab tan olingan va ko‘plab davlat hamda nodavlat tashkilotlari tomonidan e’tirof etilgan nufuzli xalqaro imtihon hisoblanadi. ✨ iTEP sertifikati: — o‘quvchilar, talaba-yoshlar va mutaxassislar uchun xalqaro maydonda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi; — xorijiy ta’lim muassasalari va turli tashkilotlarda katta ustunlik yaratadi. 📌 Namanganda imtihon jarayonlari shaffof, tartibli va qulay sharoitlarda o‘tkazildi. ✅ Ishtirokchilar ingliz tili bo‘yicha o‘z bilimlarini xalqaro mezonlar asosida sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ☑️ Imtihon natijalari 2 kun ichida e'lon qilinadi. 🎓 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! ✍️@bbanamangan

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Odil sudlov akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari o‘tkazildi 📆 2026-yil 14-avgust kuni Odil sudlov akademiyasining “Sud faoliyati” magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligining binosida bo‘lib o‘tdi. 👨‍💻 Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-iyundagi 327-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etildi. 🧑‍💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. ✅ Test sinovida 70 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. ✅ Test sinovlari natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgandan keyin belgilangan tartibda Odil sudlov akademiyasiga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • #Mustaqillikning_35_yilligi   Erkinlikdan bunyodkorlikka, bunyodkorlikdan taraqqiyotga!   🎥 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Agentlik tomonidan faoliyati, zamonaviy yondashuvlari hamda inson manfaatiga yo‘naltirilgan mehnati kamtarona e'tirof etilgan videorolik tayyorlandi.   🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 #NAMANGAN #iTEP 😎 Namangan: Navbatdagi iTEP imtihoni bo'lib o'tadigan bino 🗓 iTEP imtihoni kuni: 2026-yil 14-avgust 🏫Bino nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Namangan viloyati bo‘limi 🚕Bino manzili: Namangan viloyati Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi, "Tadbirkor" MFY, Yoshlik ko'chasi, 92-uy. 📍Mo‘ljal: Yuksalish massividagi 16 qavatli uy yonida 🩸Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA ⏰ Talabgorlarni testga kelish vaqti: soat 08-30 🕰 iTEP imtihoni boshlanish vaqti: soat 09-00 🪪 iTEP imtihoniga talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta) asosida kiritiladi. @bbanamangan