Xorazm | BBA
СтатистикаBilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi rasmiy telegram kanali Bog’lanish: @BBAXorazmbot e-mail: vakil6@dtm.uz
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 29
- Всего постов
- 134
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 833
- 1/48двое суток
- 954
- 1/72трое суток
- 1 029
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Barchaga OMAD, Telegram bot orqali tezda natijangizni bilib olishingiz mumkin 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot ✍️ @BBAXorazm
😊😊😊😊 DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✍️ @BBAXorazm
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi 📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 🆔 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. ✍️ @BBAXorazm
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️ 🇺🇿 Xorazm viloyatida navbatdagi iTEP va At-Tanal Al-Arabi xalqaro ingliz va arab tili imtihonlari bo‘lib o‘tdi 🗓 14-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limida ingliz va arab tillari bo‘yicha iTEP (International Test of English Proficiency) va At-Tanal Al-Arabi xalqaro imtihonlari muvaffaqiyatli tashkil etildi. 🤝 Imtihonda ishtirokchilar tinglab tushunish, o‘qish, grammatika va yozma hamda og‘zaki nutq bo‘yicha o‘z bilimlarini xalqaro mezonlar asosida sinovdan o‘tkazdilar. 👧 Sinov jarayonlari belgilangan talablar asosida, shaffof va xolis tarzda tashkil etildi. Nomzodlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. 🎉 Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz! ✍️ @BBAXorazm
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🟦🟦🟦 🏆 NAZORATCHILAR MEHNATI MUNOSIB E’TIROF ETILDI 2026–2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini tartibli, shaffof va belgilangan talablar asosida o‘tkazishda o‘z vazifalarini mas’uliyat va vijdonan ado etgan guruh nazoratchilari munosib taqdirlandi. 👏 Test sinovlari jarayonida mas’uliyat, halollik, fidoyilik va tashabbuskorlik namunasini ko‘rsatgan nazoratchilarga Tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. 🎖 Bu e’tirof — test jarayonlarining sifatli va shaffof tashkil etilishiga qo‘shilgan munosib hissaga bildirilgan yuksak hurmat ifodasidir. 🌟 Taqdirlangan barcha guruh nazoratchilarini samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatlaringizda mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat, ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz! Mehnatingiz va fidoyiligingiz uchun tashakkur! 🤝 ✍️ @BBAXorazm
без подписи
без подписи
без подписи
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ 🌐 Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi 🗓 2026-yil 13-avgust kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etildi. 🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. ✅ Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi. 📱 @NostrifikatsiyaBBA 🤖 @NostrifikatsiyaBBA_bot ✍️ @BBAXorazm