tgindex
Milliy sertifikat

Milliy sertifikat

Статистика

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 640
−4 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 228
27 постов
Вовлечённость
46,5%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 27
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
209
1/48двое суток
239
1/72трое суток
258

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.236из baholashuz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 14 авг.19311из BaholashUz

    ⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi 📆 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 📝 Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📕 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 🆔 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 13 авг.4641из BaholashUz

    #Mustaqillikning_35_yilligi   Erkinlikdan bunyodkorlikka, bunyodkorlikdan taraqqiyotga!   🎥 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Agentlik tomonidan faoliyati, zamonaviy yondashuvlari hamda inson manfaatiga yo‘naltirilgan mehnati kamtarona e'tirof etilgan videorolik tayyorlandi.   🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 8 авг.1 0432

    без подписи

  • 8 авг.1 002

    без подписи

  • 8 авг.1 0233

    без подписи

  • 5 авг.1 275820из BaholashUz

    #Chet_tili_malaka_imtihoni 📢 DIQQAT, E'LON! 🌍Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil avgust oyida quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazishi belgilandi: 🇬🇧 Ingliz tili 🇩🇪 Nemis tili 🇫🇷 Fransuz tili 🇹🇷 Turk tili 🇸🇦 Arab tili 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: 🆔 Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi. ✅ Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 12-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 13-avgust hisoblanadi. 📆 Malaka imtihonlari 2026-yil 24–25-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ❗️Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘liq va aniq kiritishingizni so‘raymiz. 📍 Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi. 👨‍💻 Qo‘shimcha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti hamda rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 5 авг.1 1301из nsfla_uz

    без подписи

  • 29 июл.1 57872из BaholashUz

    #Ovozli_chat Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1 📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. 🎙️ Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi (onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)ga oid savollarga batafsil javob beriladi. 🧑‍💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar. 📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 25 июл.1 68637из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 #tanlov2026 ⏰ Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 🧑‍💻 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. 💼 Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. 🏛 Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 🎤 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 👨‍💻 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 📎 Eslatma: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 😎 Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 25 июл.1 2492из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar «Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligi «Ta’lim yo‘nalishi» ustuvorligini tanlagan abituriyentlar uchun: abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va belgilagan keyingi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bo‘lmay, tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim granti yoki toʻlov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Natijalar shu ketma-ketlikda navbatma-navbat 5 ta tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tekshiriladi. Abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan beshta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi. Maʼlumot uchun: beshtadan kam bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar, o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tanlovda ishtirok etadi. (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 15 июл.1 83422из BaholashUz

    Diqqat, eʼlon! Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi Talabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi: 🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan; 🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan; 🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan; 👨🏻‍💻 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar (shu kuni ham) https://my.uzbmb.uz/service/41 orqali amalga oshiriladi. ❗️ Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga ko‘ra, chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabalarga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish yo‘lga qo‘yilgan. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 13 июл.1 67728из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Rus tilida "Test sinovlarini o'tkazish tartibi bo'yicha videoqo'llanma" tayyorlandi.   Mazkur videoqo‘llanmada abituriyenlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.   ❗️ Barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 13 июл.1 46525из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026   📢 Abituriyentlar diqqatiga!   🎥 O‘zbek tilida "Test sinovlarini o'tkazish tartibi bo'yicha videoqo'llanma" tayyorlandi.   Mazkur videoqo‘llanmada abituriyenlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.   ❗️ Barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 10 июл.1 60027из BaholashUz

    Abituriyentlar diqqatiga! ❗️ 11-12-iyul kunlari soat 09:00 dan 11:00 ga qadar hamda 13:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 10 июл.1 59634из BaholashUz

    2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga oid statistik ma'lumotlar 🖥 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. 👨‍💻 Joriy yilda jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etdi. 📕 Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar (2025-yilda 361 019 nafar), 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar (2025-yilda 310 378) tashkil etadi. ✍️ Test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar soni 664 609 nafar. 🎼 Abituriyentlarning 36 500 (5,4 foiz) nafari (2025-yilda 39 307) alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga; 🤝 10 581 (2025-yilda 10 572) nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan. 🧾 Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar tomonidan yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, ularning 24 526 tasi (2025-yilda 18 854 ta) tasdiqlandi. 📝 Umumta’lim fanlari bo‘yicha 193 186 (2025-yilda 85 140) nafar, chet tillari bo‘yicha esa 125 354 (2025-yilda 58 216) nafar milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. ✔️ Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi (ushbu toifadagi abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" shakllantirilmagan). 2025-yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi. 🏘 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar me'yorlashtirildi. Hozirda 64 (2025-yilda - 65) ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlandi. Ularda bir smenada 1 183 (2025-yilda - 1 169) ta guruhda, 35 490 (2025-yilda 35 070) nafar, bir kunda esa 70 980 (2025-yilda 70 140) nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi. 📆 Test sinovlari 10 kun muddat davomida o‘tkaziladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 8 июл.1 2575из BBAXorazm

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga! 🧾 “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan: ✔️1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. ✔️2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. 📱 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan. ‼️ SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi. Batafsil bu yerda tanishing ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 8 июл.1 38015из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR! Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi 🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 4 июл.1 57931из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 Yurisprudensiya yo‘nalishlariga IQ test topshiruvchilar uchun ESLATMA Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qarori bilan, Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga IQ test o‘tkazish tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda, IQ test yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarida huquq sohasida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan birga IQ testdan o‘tishni tanlagan abituriyentlar uchun IQ test sinovlari TDYUU tomonidan IQ test oluvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan o‘zaro shartnoma asosida har yili 10 iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan. IQ test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablariga asosan amalga oshiriladi. Faqatgina, IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga OTT va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash jarayonida boshqa mos yo‘nalishlar bilan birga TDYuUning “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati yaratiladi. 🗒 Ma’lumot uchun, mazkur ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 3 июл.1 2845из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 📢 DIQQAT, E"LON! Kasbiy (ijodiy) imtihonlar va Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga IQ bo‘yicha imtihon topshiruvchi abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 62 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi. 📱 Kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihonlarining aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnomalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi. ❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) hamda IQ imtihoni ruxsatnomalarini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube