Bahodir Mahmud
СтатистикаYaxshi kitoblar, kinofilmlar, musiqalarni xush koʻruvchi oddiy ingliz tili fani oʻqituvchisining shaxsiy qarashlari va tavsiyalarini ulashib boruvchi kanal. Zakovat - sevimli hobbi.
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 59
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 251
- 1/48двое суток
- 287
- 1/72трое суток
- 310
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Rossiyalik strimer qozoqlarni kamsitgani uchun Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Garchi qisqa muddat faoliyat olib borgan bo'lsam-da, go'yoki bir necha yillardan beri ishlayotganday his qildim o'zimni. O'z kasbining fidoyilari bilan yaqindan tanishish, do'stlashish imkoni bo'ldi. Shu qisqa muddat davomida bir necha yillik tajriba oldim deb ayta olaman. Bu yerdagi ustozlar jamoasi, tashkiliy jarayon va o'qitilayotgan tizim shunchaki hamma tomonlama havas qilgulik va o'rnak olgulik. O'rganganlarim Chortoq tumanidagi yangi tashkil etilayotgan "Stanford School" xususiy maktabida qo'l kelishiga ishonaman. Yorqin xotiralar uchun rahmat, Namangan shahridagi Prezident maktabi! 💙
⚡️ Bahodir Mahmud Ta'lim sohasida 15 yillik tajribaga ega Stanford Schoolning o'quv bo'limi rahbari 😎 Stanford School — bilim, tarbiya va natija beramiz! Telegram | Instagram | Youtube
видео или голосовое, без подписи
Bandaning ming yugurgani, Xudoning bir buyurgani ...
Jasmin ft. Eski shahar – Kumush Nolasi
Mixail Lermontov. Zamonamiz qahramoni (1840) ⭐️ Shaxsiy ball: 7.5/10 📓 Goodreads: 4.12/5 Men butun olamni sevishga tayyor edim, ammo meni hech kim anglamadi, shundan keyin hamma narsani yomon ko‘rishga o‘rgandim. Rus adabiyotidagi ilk ijtimoiy-psixologik roman. Rus adabiyotidagi "ortiqcha odam" atamasiga mos bo'lgan adabiy qahramonlardan biri Grigoriy Aleksandrovich Pechorinning hayoti hikoya qilinadi. Voqealarning deyarli barchasi Kavkazda bo'lib o'tadi. Jarayonlar xronologik ketma-ketlikda yoritilmaydi shuning uchun tushunish biroz qiyinroq bo'lishi mumkin. Bosh qahramon ismi Pushkinnning Yevgeniy Onegini singari (Onegin daryosi nomidan) Pechorin ismi ham Pechora daryosi nomidan ilhomlanilgan. Pechorin - hech narsaga ixlos qo'ymagan, hayotdan zerikkan, faqat o'zini o'ylaydigan kibor shaxs. Ayollar va ularning muhabbatidan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishni ma'qul ko'radi. Lekin shunga qaramay mard, jasurlik hislatlari ham yo'q emas. Yangi xavfli sarguzashtlarni sinab ko'rishdan, o'z jonini o'limgacha tikishdan tap tortmaydi. Qisqa qilib aytganda, u ziddiyatlar o'rtasidagi, o'z qalbini, shuurini ocha olmaydigan inson. Asarni o'qish davomida szida uning nega tobora loqayd, hayotsevmas, jamiyatdan uzoq, kerak bo'lsa o'z o'limidan qo'rqmay unga yuzma-yuz qaray oladigan insonga aylanib borishi haqida xulosalar paydo bo'ladi. 📖 Kitobni "Mutolaa" ilovasida bepul o'qishingiz (tinglashingiz) mumkin: ⛓️ https://mutolaa.com/uz/book/zamonamiz-qahramoni 🌐 Jahon adabiyotiga doir boshqa kitoblarga kichik taqrizlar 👁 @BahodirMahmud
Bizning kanalda tenglik hukmron. 😁 Otabek tenglik qilmagan boʻlsa ham, biz tenglik qilamiz )
Mana bu yaxshi qoʻshiq qachon chiquvdi? Endi eshitibman. 🎵
"Ortiqcha (keraksiz) odam" ("Superfluous man", "Лишний человек") atamasi 🇷🇺 Rus adabiyotida asosan 1840-1850-yillarda adabiyotda keng tarqalgan tushuncha. Bu atama asosan boy va o'ziga to'q oilada tug'ilgan, ilmli va aqlli bo'lishiga qaramay jamiyatning ijtimoiy normalariga moslasholmaydigan, ichkilik, qimorbozlik va ishqiy sarguzasht hamda duellar ishqibozi bo'lgan yigitlarga nisbatan ishlatilgan. Ivan Turgenevning "Ortiqcha (keraksiz) odamning kundaligi" asaridan so'ng bu jumla adabiyotda ancha ommalashdi. Quyidagi adabiy obrazlar tushunchaning eng mashhur namunalari hisoblanadi: Yevgeniy Onegin (Pushkin) Grigoriy Pechorin (Lermontov) Oblamov (Ivan Gonchorov) Rudin (Turgenev) Beltov (Aleksandr Herzen) 👁 @BahodirMahmud
#ShunchakiFikr "Ular o'nta edi" asarining barcha qahramonlari "Mafiya" o'yinini ko'proq o'ynaganda balki barchasi o'lib ketmas edimikin deb o'ylab qolaman. 😁
#ShunchakiFikr "Ular o'nta edi" asarining barcha qahramonlari "Mafiya" o'yinini ko'proq o'ynaganda balki barchasi o'lib ketmas edimikin deb o'ylab qolaman. 😁
Check out this #chess game: BahodirMahmud vs eltarta - https://www.chess.com/live/game/172415467808
Check out this #chess game: BahodirMahmud vs eltarta - https://www.chess.com/live/game/172415467808
видео или голосовое, без подписи
🎷🎵 Kamerton va noxun (forscha "tirnoq") yoki mediator
#MenOʻqiganKitob Erkin A'zam. Momaqaldiroq ostida sayr (2025) ⭐️ Shaxsiy ball: 7.5/10 📓 "Mr. BBC" kitobxonlik klubida navbatdagi mutolaa qilgan asarimiz zamonaviy o'zbek adabiyotidan bo'ldi. Bir qishloqdan chiqqan uch xil inson. Uch xil xaraketer. Uch xil olam. Yurilgan yo'llar, erishilgan yutuqlar ham uch xil. Lekin qachonlardir ularni bir yo'ldan chiqargan taqdir yana bir yo'lga, bir nuqtaga jamladi. Barchaning o'z xulosalari, o'z kechmishlari, kerak bo'lsa bir-biriga aytishni xohlagan uzrlari bor. Oyravshan - O'z chiroyi bilan uncha-muncha qizni yaqiniga yo'latmaydigan, shu chiroy va shoiralik iqtidori bilan palonchi gazetada, keyin esa televideniyada ishlab "ko'tarilgan" qiz. Yozuvchi tabiri bilan aytganda, ota qishlog'iga poytaxtdan butunlay qaytib kelganda payt “yelkasida kattakon sumka, qo‘lida ham og‘irgina yuk” bilan bo'ladi. G'ayrat - qishloqning sodda, kamsuqun, qalbi toza, g'ayratli yigitlaridan biri. Oyravshanga oshiq bo'lib unga unashtiriliadi. Eng qiyin paytlarda ham, o'z vijdoniga qarshi bormaydigan, borolmaydigan yigit. Qishloqqa qaytganda esa "yuki birgina osma sumkadan iborat ozg‘inroq kishi" deya tasvirlanadi. Iskandar - oddiy oiladan chiqqan, nufuzli oliygohda o'qib, mansab pillapoyalaridan asta-sekin "ko'tarilib", kazo-kazolardan biriga aylangan shaxs. G'ayrat va Oyravshan oldida uning katta gunohi bor. Qishloqdoshlari bilan so'nggi bir Amerikaga ketish oldidan ko'rishish uchun kelgan. Nega asarni o'qish kerak? Kitob biz haqimizda. Atrofimizdagi odamlar haqida. Bugungi kunning insonlari haqida.Yozuvchi voqealar jarayonini sodda, tushunarli, bir-birga bog'liq holda tasvirlab beradi. Go'yoki televizorda kundalik ko'radigan telenovellalar singari yengil o'qiladi. Lekin asar yakunidagi xulosalar yuki, bosh qahramonlarnikidan ham og'irroq bo'lishi mumkin. Balki o'sha savollar va xulosalar bilan sizning ham momaqaldiroq ostida sayr qilgingiz kelib qolar. 🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim 👁 @BahodirMahmud
"Zanjir" serialini ilk bor koʻrganimda qoyil qolganman. Bu aktyor chortoqlik ekanidan faxr tuyganman. Bu aka zoʻr aktyor boʻladi deganman. Taqdir uni zoʻr trakchi qilgan keyin. Mazza qilib tomosha qiladigan koʻrsatuv boʻladi shekilli.
😍 Tez orada "Yangi asr kutubxonasi" ruknida yangi kitob.
😍 Tez orada "Yangi asr kutubxonasi" ruknida yangi kitob.