tgindex
Davronbek AI | Marketing

Davronbek AI | Marketing

Статистика
@Davronbek_Isokjonovузбекский

Kanalda siz bilan tajribalarimni bo'lishib boraman Asosiy yo'nalishlar: - AI skills - Communication skills - Marketing

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
264
−1 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
147
23 постов
Вовлечённость
55,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
97
1/48двое суток
111
1/72трое суток
119

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Loyihalarida RNP ishlatadigan yaqinlarimiz bormi? Shu google sheets bilan juda qiyin bo'lyapti, osonlashtirish uchun bir nimalar qilyapman, agar sizda shunaqa loyiha bo'lsa sinab ko'rishimiz kerak edi.

  • LinkedInʼda AI yozib bergan postni koʻrsangiz bemalol nolisangiz boʻladi Oʻzi siz ham AI yozgan postlardan zerikdingizmi yoki man shunaqa injiq boʻlib kettimmi?

  • 1% bilim degan account yuritadigan bir aka borlar, salomat boʻlsinlar ichimdagi gaplar aytilibdi shu videolarida Obsidian yoki yana man koʻrmagan reklama qilinayotgan miya sotuvchilarini koʻrsam "kim oladi shuni?" derdim. Lekin sotishyaptida shuni. Aytganimdek shunchaki kurs sotish kerak, oladiganlar koʻp.

  • AI sizga hisobot tayyorlashi, slayd yoki dizayn hattoki sayt qilib berishi ham hayron qoladigan joyi qolmadi toʻgʻrimi? Yuqoridagi ishlarni qilish uchun qanaqadur agent ham kerak emas sizga. Shunchaki Claude yoki ChatGPT ga aytasiz va tayyor. Endi AI bizga haqiqatdan nimadir qilib berishini xohlaymiz. Misol uchun meni ishimda reklama yoqib berishi. AI ga reklamani qanaqa yoqish kerakligini aytaman va oʻzim kino koʻraman yoki oʻyin oʻynayman. Kecha toʻliq ishni birinchi martda AI ishonib Telegram va Meta ads yoqtirdim. Natija ruscha qilib aytganda "невероятно". 11 ta Telegram ads hamda 15 ta Meta ad set ochib toʻliq sozladi. Dizayn qilish yoki slayd degan narsalar bilan oʻralashib yurganlarga hayron qarayman.

  • Yana bir bekorchilik natijasi Generate an image so bad you would never hang it up on your kitchen wall or even your bedroom or bathroom wall Commentʼda natijalarni qoldirasiz, bundan yomonroq nima chiqarkin.

  • Claude endi sizni harakatlaringizga qarab o'rganadi Gap Cowork haqida ketyapti. Bundan avval Cowork endi kompyuteringiz o'chiqligidan ham ishlashi haqida yozgandim. Bu safar esa siz recaord a skill'ni yoqasiz va ishingizni qilasiz, Claude esa harakatlaringizni yozib olib uni qayta ishlatiladigan skill'ga aylantiradi. Keyingi safar huddi sizdek harakat qilish uchun. Menga birinchi kelgan g'oya, target yoqayotgan payt yoqib qo'yasiz, keyingi safar esa Claude'ga buyuraman. Bu oy yana Claude'ga qaytaman va yangiliklarni ishlatib ko'raman. @Davronbek_Isokjonov

  • RedBull + Ice tea mix qilib koʻrdik Tami yomon emas, RedBullni nordon va chaqadigan taʼmi yoʻqolib yumshoqlashgan. Birinchi mentos taʼmi va orqasidan RedBull yetib olyapti. Ish yoʻqligidan shunaqa narsalar qilib yuribman. Lirik chekinish sifatida qabul qilasiz.

  • Claude Cowork va ChatGPT workʼning umumiy kamchiligi bor edi Albatta bu siz kompyuterni yopganingizdan keyin belgilangan tasklar toʻxtashi, yaʼni ofline ishlamasdi. Claude esa bu kamchilikni yoʻq qilibdi, endi kompyuter oʻchiq boʻlsa ham belgilangan ishlar amalga oshaveradi. ChatGPT esa yana orqada, Workʼni ishga tushirishi uchun ancha muddat ketgandi oʻzi. Marketing uchun yaxshi yangilik bu, hech boʻlmasa men uchun. @davronbek_isokjonov

  • Startap olami va Bill Gates qizining fribgarliklari haqida Milliarder dodaning qizi Phia deb nomlangan startapga asos soladi. Uning biznes modeli odamlarga to'g'ri xaridlar amalga oshirishga yordam berish. Phia sizga eng arzon narxdagi kiyimlarni yoki kuponlar topib beradi. Ya'ni nimadir olaman desagiz eng arzoni qayerda degan savolga javob beruvchi biznes. Slogani "Never overpay again" o'zimizni tilda "Boshqa ortiqcha to'lamang". Startap affilate marketing ortidan daromad qiladi. U sizga sotib olish uchun link beradi, siz u link bilan kiyim sotib olsangiz Phia komissiya orqali o'z ulishini oladi. Fribgarlik nimada? Ular ishlab chiqqan extension siz Phia bergan link orqali emas Google yoki boshqa blogger reklamasi bilan kelgan bo'lsangiz ham sizni Phia orqali keldi deb ko'rsatadi. Ya'ni xaridor qaysi kanaldan kelmasin extension bilan u Phia'dan deb ko'rsatadi. Bu haqida Bloomberg o'z surishtiruvini olib borgan lekin tabiiyki Phia buni tan olmagan, tizim muammosi tuzatganmiz deb takidlagan. Botir akada bu haqida ko'rib o'zim izlanib ko'rgandim, shu ma'lumotlar chiqib keldi. Phia umumiy $185 millionga baholangan edi, birinchi bosqichda esa $35 million investitsiya jalb qilgan. Ha, dunyoda shunaqa ishlar bo'layotgan paytda men lidlar nimaga qimmatladi deb reklama kabinetga termulib o'tiribman. Aytgancha, bu hali sud tomonidan fribgarlik deb tasdiqlanmadi. Rasm: Forbes @Davrobek_Iskjonov

  • • Biz somsa sotmaymiz, biz halovat sotamiz • Bu shunchaki gorshok emas, bu sizni qutqarib qoluvchi detal • Hech qanday yashirin to‘lov yo‘q, hammasi ochiq-oydin Agar bu gaplar sizni ham gʻashingizga tegsa, demak AI generated content’ni ajrata boshlabsiz. Oxirgi vaqtlarda kontentlarda juda g‘alati bir o‘xshashlik paydo bo‘ldi. Hamma brend: mahsulot emas “his” sotyapti oddiy narsani “hayotni o‘zgartiruvchi yechim” qilyapti Sababi oddiy: AI’dan foydalanish ko‘paydi, lekin AI bilan ishlash sifati oshmadi. Odamlar AI’dan g‘oya olish o‘rniga, uning birinchi javobini olib ishlatyapti. Natijada: koʻzni qonatadigan dizaynlar, quloqni junbushga keltiruvchi qoʻshiqlar va video ssenariylar koʻpaydi. Temir doʻstimiz hozircha biror ishni toʻliq qoʻlga ololmaydi, maslahatlashish kerak, gʻoya olish kerak lekin toʻliq unga yondashib qolish notoʻgʻri. Sizda nima gap? Agar siz ham yuqoridagi insonlardan boʻlib AI qoʻshiqlarni yaxshi koʻrsangiz, sizga aytadigan gapim yoʻq ) @Davronbek_Isokjonov

  • LinkedIn yuritasizmi? Sizga ham u yerga kirgandan keyin qiyin soʻzlar va rasmiy til ishlatgiz kelib qoladimi? Baʼzida telegram kanalga ham post yozayotganimda oʻzimga no tabiiydek tuyulaman. Shuning uchun kam yozaman.

  • Ronaldo bilan oʻynab orzumizga yetdik mana. JCh missiya bajarildi. Endi AI + Target online chatni qachon qilamiz?

  • ▶️ Videoni youtube'ga joyladim. Ko'rib bo'lib commentda yozib qo'ying, keyin live suhbat qilamiz. https://youtu.be/udIWi79xfqY

  • Bu mavzu bo'yicha hursandmanki video qiling deb bir necha kishi so'rashdi. Bunday qilamiz • Meta ads'ni AI'ga ulash bo'yicha alohdia kichikroq video qilaman, u yerda faqat texnik ishlar bo'ladi. • So'ng jonli vebinarcha qilamiz. Unda foydalanish uchun use…

  • Metani oʻzi reklama accountlarni AI agent yoki chat modellarga ulash uchun rasmiy mcp server chiqargan Avval meta app ochib u yerdan API token bilan agentga ulanardi, jarayon oddiy odam uchun ancha murakkab va chalkash edi. Bundan tashqari baʼzi joylarda…

  • Game of the thrones — Bu olamda asosiy qahramonlarni yaxshi koʻrib boʻlmaydi, ular oʻladi. 2 va 3-darajali qahramonlarni kuzatish kerak. House of the dragon — Bu olamda hech kimni yaxshi koʻrib boʻlmaydi.

  • Bir loyiham nolib yozgan ekan "Davronbek, reklamadan mushuk ham kelmayapti" DM habar uchun reklama yoqilgandi, bunda sifat nazorati olib borish qiyin bo'ladi. Lekin men baribir 100 dan ortiq, reklamani yoqishni boshlagan sanalardagi habarlarni o'qib chiqdim. Haqiqatdan qabulga yozilganlar oz, ammo, biroq javob berishda ham muammolar bor. Yaxshi javob berilmagan va DM habarlarida ghost message bo'lishi aniq edi. Bu muammo men ishlashni boshlagandan keyin bo'lyaptimi yoki avval ham shunday eidmi? Buni tekshirib chiqish juda qiyin, chunki habarlar juda ko'p. Shunda Codex'dan browser use orqali inboxdagi habarlarni o'qib chiqishni va ohirgi 5 kunlikdan tashqari avvalgi sanalarni o'rganib chiqib solishtir, muammo mendan keyin yuzaga keldimi yoki avval ham shunday edimi? Codex o'zi chatlarni o'qib chiqdi va aniq hulosalarni berdi, men bu paytda Allohga shukr qildimki bizga AI ne'mati berilgan. Shunaqa kichik use case bilan bo'lishgim keldi. @Davronbek_Isokjonov

  • Futbol orasida reklamaga ham yetib keldik mana. Futbol bor bo'lsin a.

  • Ortiqcha o'ylamasdan kurs ochib sotish kerak.

  • I have no idea 💡