NODIR | SEO & Google Ads
СтатистикаBisyor.uz va Zamin.uz saytlari asoschisi "Nodirbek Razzokov"ning rasmiy telegram kanali. SEO, Google Ads orqali saytlarga trafik ko'paytirish haqida gaplashamiz. Shaxsiy saytim: nodir.id Hamkorlik uchun: @nodir_ads Takliflar uchun: @nodirbek_razzokov
- Последний пост
- 14 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Shaxsiy saytim bor endi O’zim uchun ham sayt qilib qo’ygim keldi, to’g’ri 3-4 qator promt bilan yasab qo’yaqoldim. Manimcha sayt yomon chiqmadi. Ko’pchilik nima ishlar qilganim va o’zim haqimda so’rashadi, endi shu saytni yuborib qo’ysam ancha vaqtimni tejaydi va ko’proq ma’lumot bergan bo’laman. Saytga ma’lumotlarimni ham kiritib borishim mumkin, shu tarafdan qulay ancha deb hisoblayman. Saytim: https://nodir.id Domenga nechi? P.s: Saytingizni SEO va AI bilan jonlantiring! @nodir
Tajriba qimmatga tushdimi! Saytni php dan Next ga to’liq ko’chirib o’tqazdim. Birinchi ishni to’liq adminkani Next dan qilishdan boshladim va to’liq test qilib ishga tushirib barcha mualliflarni yangi adminkadan foydalanishi uchun dostup ochib berdim, 1 haftalar ishlashdi va qulayliklari juda yoqdi, sababi to’liq o’zimizni qo’limizda endi bundan keyin xohlagancha o’zimizga moslab olishimiz mumkin edi. Php dan nega Next ga o’tdim? Asl sababi imkoniyatlar va bazi pluginlarni qo’llab quvvatlashi ishlamay qolgani bo’ldi, Aytishadiku ishlab turgan narsaga teginma deb, lekin man ishlab turganda ham yaxshi ishlavtogan narsani boshidan to’liq tizimni o’zgartirishga tavakkal qildim. 3-7 kun saytni o’zini qurishga ketdi, sababi asosiy funksiyalarni test qilib olishim va oldingi versiya bilan to’liq mos ishlashi kerak edi, sababi 404 sahifalar ko’payib ketsa, muommo jiddiylashib ketardi. Shu sabab saytni subdomenda qurishni boshladim va to’liq test qilib chiqdim asosiy funksiyalarni, keyin 3 iyun kuni asosiy domenga olib o’tdim. Keyin real holatda muommolar chiqa boshladi, tezlik, 404 sahifalar va bazi holatlarni inobatga olmagan holatlarim kelib chiqdi, sababi oldin tayyor CMS dan foydalanganmiz, Tayyor CMS larda ko’p funksiyalar standart holatda sozlangan bo’ladi. Man bo’lsa to’liq 0 dan loyihamiz uchun CMS qurib chiqdim, shu joyida bilimlarimni sinab oldim. Qoida bo’yicha saytda kattaroq o’zgarishlar bo’lganda trafik 20-40% ga tushish bo’ladi vaqtinchalik holatga, Google algartmlarini ham o’zgarishlari 2 iyun kuni tugagan edi. Shu algaritm o’zgrishlari bo’yicha qayta sozlab chiqdim, trafik tushdimi ha tushdi vaqtinchalikga, hozir tiklanib borvoti. Tezda tushib ketgan holatlarda metrika bazi holatlarda sahifalardan ko’rinmay qolgan holatlar va deploy qilish jarayonida xatoliklar ham chiqib olgan holatlarda trafik kamroq hisoblangan. Umuman olganda, eski tizimdan yangisiga olib o’tmoqchimisiz, hozir olib o’ting mutaxassis bilan, ertaga ish yana 2x ga ko’payishi mumkin. Hozir AI zamonida tezroq moslashib olishimiz kerak, boshqalar qilgan mahsulotdan foydalanishimiz shart emas, o’zimizga kerakli tizimni o’zimiz qura olamiz hozir. Umumiy holasa, tizim o’zgarganda trafik baqtincha tushadi, va qayta tiklanadi to’g’ri qilsangiz albatta. P.s: Saytingizni SEO va AI bilan rivojlantiring! @nodir
🚀 Qidiruv tizimlari evolyutsiyasi: SEO, AEO va GEO nima? Raqamli marketing va qidiruv dunyosi juda tez o'zgarmoqda. Suratda ko'rib turganingizdek, xaridorlarning ma'lumot va mahsulot qidirish odatlari 3 ta asosiy bosqichdan o'tmoqda: 🔍 SEO (Search Engine Optimization) Asosiy maqsad: Google'da 1-sahifaga (Top qatorlarga) chiqish. Qanday ishlaydi: Foydalanuvchi qidiruv tizimiga so'rov yozadi va sizning veb-saytingiz qidiruv natijalarining eng yuqorisida chiqishi uchun kurashasiz. Bu an'anaviy usul. 💡 AEO (Answer Engine Optimization) Asosiy maqsad: Tayyor "Javoblar qutisi" (AI Overview yoki Answer Box) ichida bo'lish. Qanday ishlaydi: Foydalanuvchilar veb-saytlarni birma-bir ochib o'qib o'tirmasligi uchun tizim (masalan, Google) tayyor qisqa javobni matn ko'rinishida taqdim etadi. Sizning ma'lumotingiz o'sha tayyor va aniq javobning manbasi bo'lishi kerak. 🤖 GEO (Generative Engine Optimization) Asosiy maqsad: Sun'iy intellektning "To'g'ridan-to'g'ri tavsiyasi"ga aylanish. Qanday ishlaydi: Foydalanuvchi ChatGPT yoki Gemini kabi AI yordamchilardan maslahat so'raydi. AI minglab variantlarni tahlil qilib, unga to'g'ridan-to'g'ri bitta eng yaxshi mahsulotni (masalan, to'g'ridan-to'g'ri xarid havolasi bilan) tavsiya qiladi. 🎯 Muhim xulosa: Kompaniyalar faqatgina Google'da yuqoriga chiqish (SEO) bilan cheklanib qololmaydi. Kelajakda biznesingiz va kontentingiz shunday tuzilgan bo'lishi kerakki, Sun'iy Intellekt uni aniq tushunib, foydalanuvchilarga to'g'ridan-to'g'ri va ishonch bilan tavsiya qila olsin! Sizningcha, mahalliy bizneslarimiz ushbu sun'iy intellekt tavsiyalari (GEO) tizimiga qanchalik tez moslasha oladi? P.s: Saytingizni SEO va AI bilan rivojlantiring! @nodir
AI chiqda, imkoniyatlar eshigi ochildi Ko’p mijozlarimda bo’layotgan muommolar va ko’p vaqt va mijoz yo’qotish holatlarini va sotuv tushib ketayotganini ko’p eshitib, bir xizmat turini ishlab chiqishni o’yladim va bajarishni boshladim, 2012 yildan boshlab sayt sohasiga kirib kelgandim, 2017 yildan boshlab SEO bo’yicha jiddiy shug’illandim, 2024 yildan boshlab AI bo’yicha bilimlarimni mustahkamlab kevomman, shuncha yillik bilimlardan kelib chiqib hozir eng yaqin tanishlarimnikida test qilib optimallashtirib borvomman, nima ishlar qiladi deb so’rashingiz mumkin. Nima ishlar qila oladi? • Instagramda DM va izohlarda AI o’zi kiritilgan ma’lumotlar bazasidan kelib chiqib javob beradi, AI modellar OpenAI, Gemini, Local AI (Shaxsiy)lar bilan ishga tushirish mumkin. • Youtubeda jonli efir 16:9 yoki 9:16 variantda 24/7 ishlab turadi va youtube limit bo’yicha o’chsa, avtomatik yana ishga tushiradi. Videolar ketma ketlikda aylanib turadi, chatda mijozlar yoki kuzatuvchilar yozgan izohlarga AI o’zi javob beradi. • Telegram guruhlarda izohlarga ham avtomatik AI bilimlar bazasidan kelib chiqib javob beradi. • Facebook sahifalarda jonli efir qilish va o’chib qolsa o’zini o’zi qayta tiklaydi. • Tiktok ham jonli efir, lekin hali sinab ko’rmadim. Mijoz bilan gaplashishda bir nechta variantlar bor, narx aytmasdan raqamini olish, narx aytgan holda suhbatni davom ettirish, birinchi tovar yoki xizmat haqida ma’lumot berib yengil suhbatlashib raqamini olish turlari mavjud, raqamini olgandan keyin telegram guruhga raqamlarni yuborib turadigan qilish mumkin, operatorlar tezda bog’lanish uchun. Hozir loyihani har bir xizmat va tovarga moslashuvchan qilib takomillashtirib borvomman. Tanishlarimga ulab berdim, ular fikri ijobiy, endi target bo’yicha yozishmalarga sozlab ko’proq yozishmalarni ko’paytirishni reja qilishmoda, sababi inson omili sezilarli darajada kamaydi, Xohlovchilar bo’lsa to’liq to’lov tizimini va logistikani ham avtomatlashtirish mumkin, ya’ni mijozga tovar to’lovi uchun payme,click dan havola yuboradi, to’lov qilgandan keyin adresslarini olib yetkazib berish xizmatlariga avtomatik to’ldirib rasmiylashtirish imkoniyatini ham qilish mumkin. P.s: Saytingizni SEO va AI bilan rivonlantiring! @nodir
🚀 Google Search Console'da yangi Sun'iy Intellekt (AI) hisobotlari ishga tushdi! Google qidiruv tizimidagi sun'iy intellekt imkoniyatlari (masalan, AI Overviews, AI Mode va Discover) orqali saytingiz qanday natijalarga erishayotganini kuzatish imkonini beruvchi Search Generative AI hisobotlarini e'lon qildi. Yangi hisobotlar orqali quyidagi ma'lumotlarni tahlil qilishingiz mumkin: • Ko'rishlar (Impressions): Saytingiz AI natijalarida necha marta ko'rsatilgani. • Sahifalar (Pages): Qaysi URL manzillaringiz sun'iy intellekt javoblarida paydo bo'lgani. • Davlatlar (Countries): Qaysi davlat foydalanuvchilari sizning saytingizni AI orqali ko'rayotgani. • Qurilmalar (Devices): Odamlar qanday qurilmalardan (telefon, kompyuter) foydalanayotgani. • Vaqt (Dates): Soatlik, kunlik, haftalik va oylik ko'rsatkichlar o'zgarishi. 📌 Eslatma: Hozircha bu funksiya test rejimida bo'lib, kamchiliklarni o'rganish maqsadida faqat ma'lum bir saytlar uchungina ochiq. Tez orada barcha uchun ommaviy taqdim etilishi kutilmoqda. P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
🤖 SEO olamida yangilik: Saytingiz AI-agentlarga tayyormi? Google Lighthouse dasturiga yangi — Agentic Browsing kategoriyasi qo‘shildi. Bu texnik SEO uchun juda jiddiy signal! Bu nima degani?🤔 Endi ChatGPT yoki Claude kabi AI-agentlar saytga shunchaki matn o‘qish uchun kirmaydi. Ular xuddi odamdek harakat qiladi: tugmalarni bosadi, formalarni to‘ldiradi va xaridlar qiladi. Yangi audit saytingiz mana shu robotlarga qanchalik tayyorligini tekshiradi. Yangi audit nimalarni ko‘radi? - llms.txt fayli borligini; - Tugma va formalarni robot tushunishini; - Sayt yuklanishda qimirlab (CLS), robotni chalg‘itmasligini. Bu SEO reytingiga ta’sir qiladimi? Hozircha yo‘q. Bu klassik Google ranking omili emas. Ammo Google kelajakda texnik SEO qaysi tomonga qarab ketishini aniq ko‘rsatib beryapti. Xulosa: Saytlar endi nafaqat odamlar va Googlebot, balki AI-agentlar uchun ham qulay bo‘lishi shart. Uni hozirdan Chrome Canary brauzeri orqali Lighthouse'da tekshirib ko‘rishingiz mumkin. P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
📉 Google'dan navbatdagi "Zilzila": Kimlar yutdi va kimlar yutqazmoqda? Google may oyida "Vositachilar o'limi" rejasiga kirishgan yangi Core Update'ni boshladi. Kontentni baholashda Gemini AI modellaridan foydalanilmoqda. 🚀 G'oliblar (o'sayotganlar): - Rasmiy manbalar: Davlat saytlari, universitetlar, tadqiqot markazlari. - Haqiqiy tajriba: Mahsulotni o'zi sinab ko'rgan nishli blogerlar. - Brendlar: To'g'ridan-to'g'ri sotuv va xizmat ko'rsatish saytlari. - Xalq fikri: Reddit, Yelp, Quora kabi platformalar. - Lokal biznes: Google Biznes profili to'liq to'ldirilgan tadbirkorlar. 📉 Mag'lublar (qulayotganlar): - Aggregatorlar va kataloglar: Tayyor ma'lumotlarni yig'uvchi saytlar (trafik 6-15% ga tushdi). - AI kontenti: Tahrirsiz, shablon asosida yozilgan matnlar. - Ko'chirma saytlar: O'z tajribasiz qayta yozilgan va hamkorlik dasturlari orqali pul ishlovchi saytlar. 💡 Xulosa: Sayt foydalanuvchi va manba o'rtasida qo'shimcha qiymat qo'shmasa, qulaydi. Nima qilish kerak? - Vahima qilmang: Yangilanish 4-iyungacha davom etadi. Bir hafta kuzating. - Google Biznes profilingizni to'ldiring: Lokal biznes uchun rasmlar qo'shing va sharhlarga javob bering. P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
🔥 Google tarixida yangi rekord! 2026-yilning birinchi choragida Google qidiruv tizimidagi so‘rovlar soni tarixiy maksimumga yetdi. Oddiy qilib aytganda: odamlar avvalgidan ham ko‘proq Google’dan foydalanishyapti. 📈 Bu raqamlar nimalarni anglatadi? Asosiysi shundaki, Google qidiruvi hali ham trendda va odamlar uchun eng asosiy axborot manbai bo‘lib qolmoqda. SEO bilan shug‘ullanuvchilar uchun bu — katta imkoniyatlar davri! P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
Sunʼiy intellekt SEO ni o’ldiradimi? Qisman Ha lekin to’liq emas, blog sohasida o’ldirgan allaqachon lekin ba’zi yo’nalishlar bor buni o’ldirolmaydi hozircha, keyin AI dan hamma ham kundalik aktiv foydalanmaydi shu sabab hali ham SEO foyda beradi. Bitta qoida ham bor, AI ham ma’lumotlarni saytlar va ochiq manbalar orqali oladi, shu sababi saytni to’g’ri optimillashtirilsa AI xizmat yoki mahsulotingizni taklifi qilishi mumkin. Shu sabab SEO dan hozircha to’liq voz kechish to’g’ri emas, kelajak haqida hozir bir narsa deyish qiyin, har kuni o’zgarishlar bo’b turibdi. P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
6 yil oldin va hozir Ancha oldin taxminan 5-6 yil oldin, olx ga raqobatchi bo’laman deb bisyor.uz loyihasini boshlagandim, 2019 adashmasam, tayyor cms sotib oldim va unga har xil pluginlarni qo’shimcha sotib olib yaxshigina xarajat qiganim esimda. Keyin karantin boshlanishidan 15 kuncha oldin, Umid aka va shogirlari bilan Bisyor ni boshidan qilishga kelishgandik va tayyor sotib olgan CMS ga asoslanib boshqatdan yozgandik 4-5 kishi bo’lib. Undan oldin dizayn chizdirgandim, brendbuk qildirgandim, hammasi yaxshigina summa bo’gan bitta gentrani puli ketgandi dizayn va MVP qilib chiqarishga. Keyin 2 yilga yaqin loyihani takomillashtirish uchun xarajat qilib jamoa bo’lib ishlaganmiz. Keyin ko’p startupchilarda bo’ladigan muommo, mablag’ yetishmaslik boshlangan, shu sabab boshqa loyihalarni buyurtma asosida qilib berishni boshladik va loyiha qolib ketdi. Hozir esa AI bilan to’liq loyihani o’zim 5-6 yillik eski tizimni 2026 yilgi versiyaga o’tqazib chiqdim va qo’shimcha funksiyalar qilib chiqvomman, API larni boshidan yozib chiqvomman, Android va iOS ga ilovalari ham chiqish arafasida, usha paytlar Azimjon degan dasturchi ukam bilan qilib bergandi, shu bilan qolib ketgandi, hozir to’liq loyihani dasturiy va SEO tomondan o’zim qilishni boshladim. Ko’ramiz loyiha tayyor bo’lganda yana bir post qilaman. Nima demoqchiman, Vaqtida kamida 5-6 gentrani puli ketgan loyihani hozir AI to’liq davom ettirish darajasiga chiqdi. To’g’ri kecha AI ni o’rgangan odam qilolmasligi mumkin bir urinishda lekin harakat qilgan odam o’zini startupini bemalol qilolsa bo’ladi. Loyiha qilmoqchi bo’lsangiz qo’rqmasdan boshlang, butun dunyo AI o’tvotgan paytda, ayrimlar hali ham ishonmiyotgani g’alati tuyiladi, sababi o’zim hozir imkoniyatlaridan imkonim darajasida maksimal foydalanvomman. Siz ham urinib ko’ring afsuslanmaysiz. P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
Shanba va yakshanba kunlari dam olishimga Claude sabab? Qiziq a? Claude ishimni to’liq olgani va qiladigan ishim qolmagani uchun hafta oxirida dam ovomman shunaqami? ko’pchilik shunaqa deb o’ylagan bo’lsa kerak a? Aslida vaziyat boshqacha, claude ishlatadiganlar yaxshi biladi 5 soatlik va haftalik limit bor, Claudedan 5-6 ta loyiha bo’yicha ishlavotganim uchun hafta oxiriga bormasdan haftalik limitlarim tugab qoladi, keyin yuqorida etganimdek, shanba va yakshanba kuni xohlamasam ham dam olishga majburman, tindirmi ishlatgandan keyin… O’ylab qolaman, man dam ovommanmi yoki mandan damovotimi deb) Shunaqa gaplar, tindirmasdan ishlatvotganlar bormi? Etgancha MAX 20X tarifidaman, shu ham hafta oxirigacha yetmasdan tugab qovoti) P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! AI bilan ham jonlantirsangiz bo’ladi hozir)) @nodir
Oxirgi bir yarim yildan beri AI bilan chuqur shug’illanib kelaman, shu orada juda ko’p modellarni sinab ko’rdim, o’zim uchun local modellarni ham sinab ko’rdim, Video kartalar olib uyda kichik AI server ham qilmoqchi bo’ldim, yaqinda Mac studio olgandim, bu bo’yicha ham yaxshi tarjibalar bor. Mac studio olganimdan keyin Openclaw ishlatib ko’rdim, lekin manga ko’proq Hermes Agent ko’proq yoqdi, hozir shundan foydalanvomman. Sababi skillar juda ko’p. Mac studioda local qwen 3.6 27b modelidan foydalanvomman, tezligi o’rtacha, to’liq youtube link bersam yetarli, o’zi videoni analiz qilib hulosani yuboradi, ishimni ancha osonlashtirib qo’ydim, pochtamni tekshirib har kuni 09:00 da ma’lumotarni berib turadi va spamlarni o’chirib tashlidi. Hozir to’liq telegramimni ham topshirib qo’ymoqchiman, albatta sotuv bo’yicha akkauntni, sinab ko’rdim ancha yaxshi. Bu bo’yicha ham tajribamni bo’lishib boraman vaqt bo’lganda. Aslida agent qilish uchun Mac studio olish shart emas, mac mini ham yetib ortadi, asosiy ishni AI modellar bajaradi ya’ni yuklama mac miniga tushmaydi. Manda sal boshqacha, man AI modellar uchun pul to’lamayman, Mac studioni o’zi token generatsiya qiladi, local modeldan foydalanganim uchun. AI agentlar, local modellar bo’yicha ma’lumotlar ham qiziq bo’lsa reaksiya qoldiring, keyingi postlarimda fikrlarimni yozib boraman SEO dan tashqari. P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! AI ni ham o’rganishni boshlang) @nodir
Qurilmalarim orasiga Mac Studio M3 Ultra qo’shildi AI zamonida kichik ishlarni ham qo’lda qilish ortiqcha vaqt sarflash desa ham bo’ladi. Shu sababli o’zimga AI bo’yicha tizimlashtirish va harajatlarni kamaytirish uchun Mac Studio oldim. Xaraktrestikasi 96GB/1TB. 28 core cpu / 60 core gpu. OpenClaw o’rnatamiz va ishimizni topshiramiz) Albatta faqat OpenClaw uchun kuchlilik qiladi, local AI uchun ham ishlatiladi. P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
1 🍋 traffic 300 ming dollarlik trafik, ajoyib a. Buni qilish uchun SEO ni yaxshi o’rganish kerak yoki saytingizni SEO qilish kerak bo’ladi. Hamma saytni ham shunaqa qilsa bo’ladimi? Hammasini ham qilib bo’lmaydi, lekin shunga yaqin yoki bundanam yaxshi qilish mumkin. Natija hech qachon kafolatlanmagan. SEO da ko’p jixatlar bor. Shu natijaga kelish uchun qancha vaqt ketdi deb o’ylaysiz? 11 yil!. Avvalo Alloh nasb qimasa qiyin masala. To’g’ri vaqtda, to’g’ri ishni qilish eng muhimi deb hisoblayman, lekin shu narsa hozirmi yoki erta bilish qiyin. 1 oy SEO qildirsam zo’r bo’b ketaman deb fikrlash xato, doim mijozlarimga etaman, SEO da 1-2 oy ishlab natija qilolmaysiz, biznes uzoqga mo’ljallanganmi, SEO yaxshi yechim uzoq reja uchun o’zini bir necha barobarga oqlaydi, lekin 1-2 oy uchun sarflagan pulingizni 70-80% holatda oqlamasligi mumkin. Bir mijozim bilan shunaqa bo’lgan 1 oy ishlaganmiz 1 millionga qilib berganman, hozir kuniga 1000 dan ko’p odam kiradi SEO ni o’zidan. O’zini oqladimi 2 yildan beri shunaqa 1000+ kiradi, bir necha karrasiga oqladi. Lekin hamma loyihalarda shunaqa bo’ladi degani emas. Yuqoridagi sayt natijasi ham shunaqa, ko’p vaqt olgan, doim ishlangan, natija yaxshi holatga keldi. Bu skrenshotda oylik SEO trafik hisoblangan, aslida bundan ko’p kiradi, boshqa manbalardan. P.s: Saytiningizni SEO bilan jonlantirin! @nodir
Saytni SEO qilishni sayt ochilishi bilan 0 dan boshlaganmiz 1 yildan oshdi, kotta raqobat bo’lgan sayt statistikasi bugungi natijasi. Kalit so’zlar 100 tadan ko’p, rasmga sig’gani shu) P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
Saytni nima o’ldiradi? Ko’p loyihalarni SEO qilgan bo’lsam, deyarli o’zbek saytlarida 90% holatda uchraydigan narsa bu rasmni juda katta hajmda yuklashadi, Statistikaga ko’ra O’zbekistonda 90% dan oshiq trafik telefon orqali bo’ladi. Shuni inobatga olib, rasmlarni katta hajmda yuklamaslikni tavsiya qilaman, maksimal sifatni yo’qatmagan holatda optimallashtirish kerak. Man asosan tinypng xizmatidan foydalanaman, Wordpress uchun ham plugin bor, har oy bepulga 500 ta rasmni optimallashtirish imkoni bor. Kichik loyihalar uchun bemalol yetadi. Hozir 9000 dan oshiq rasmni shu orqali optimallashtirish chiqvomman. Hostingda umumiy 2.52GB lik rasmlar bor edi. Shuni 1 GB dan pastga tushirdim. Bu jarayon hali davom etmoqda. Nima demoqchiman, o’zingizni saytingiz bo’lsa ham, mijozingizni sayti bo’lsa ham sayt tezligiga etiborli bo’ling, ko’p uchraydigan narsalardan bir bu rasm hajmi bo’ladi. Sekin sayt hech qachon uchmaydi va og’ir tosh kabi dengiz tubida qolib ketadi. P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
Yangi rekord! #natija SEO bo’yicha ishlagan odam yaxshi tushinadi, bunaqa xabar kelib tursa, qilgan mehnatlaringizni natijasi bo’layotganini ko’rib odam hursand bo’ladi. Loyiha 30 kunda 166% ga o’sgan. Sizlarga ham yoqadimi, shunaqa natijalar bo’lib tursa? P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
Faqat saytlarni emas, ilovalarni ham kuzatib borish va SEO qilish mumkin. Zamin loyihamni ilovasi app storega 4 kun oldin chiqdi va hozir ilvoa uchun ham SEO qilish rejamga kiritib qo’ydim. Hozirgi holat shunaqa ekan. «Play market» va «App store»da ham ilovlarni qaysi kalit so’zda bilan qidiriganda nechinchi o’rinda chiqvotganini kuzatib borish mumkin va muhim. Buyog’iga ilovalarni ham topga chiqarishga harakat qilamiz) P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
8 yildan beri SEO bilan shug'illansam, har yili internetda yoki tanishlardan eshitaman SEO davri tugadi, effekt yo'q deb, lekin shaxsiy loyihalarimni hammasini SEO orqali ko'targanman, shu sabab ham mijozlarim loyihalarini olishdan qo'rqmayman. Sababi loyihalarimiz o'tgan yilgiga qaraganda karrasiga o'sganlari bor, faqat SEO orqali bo'lgan natija. Endi AI larga ham saytlarni bog'lash boshlandi, buni ham albatta SEO mutaxassislari bajaradi, o'zidan o'zi Sizni AI tavsiya qilib qolmaydi. SEO nima ekanligini oldin tushunib olish kerak, SEO faqat google emas, inson borki nimadir qidiradi, shu qidirganda biznesni topga olib chiqish kerak bo'ladi. Buni qidiruv tizimlarni va algaritmlarni yaxshi tushungan mutaxassislargina tezroq va aniqroq bajara olishadi. Shu sabab SEO o'ladi desa hop deb qo'ying lekin yo'lingizda davom eting! SEO o'ladimi? Ha, har yili o'ladi... P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir
Shunaqa gaplar, SEO xizmatiga endi AI larga biznesingizni qo’shib berishni ham taklif qilsam nima deysiz? P.s: Saytingizni SEO bilan jonlantiring! @nodir