tgindex
Dilshod Bahrom | Iqtiboschi

Dilshod Bahrom | Iqtiboschi

Статистика
@Dilshod_Bahromузбекский

Ey yigit, oʻqi!

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
38
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
381
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
181
38 постов
Вовлечённость
47,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 38
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
105
1/48двое суток
120
1/72трое суток
129

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Havasni boshqarmasang, bir kun kelib to‘lovlaring seni boshqaradi. Abdulloh Shamsutdinov @Dilshod_Bahrom

  • Nikohdan oldingi munosabatlarni avval qoshiqlab-qoshiqlab shakarni yeb, keyin achchiq choy ichishga o'xshataman. @Dilshod_Bahrom

  • Ballistik kontentlar Bizning segmentimizdagi yutubning juma va shanba kungi ahvolini boʻmbardimon qilinayotgan obyektga oʻxshataman. Haamma bir kunda qizil tugmani bosib insonlarni ballistik podcast, koʻrsatuv va suhbatlar bilan bombardimon qiladi. @Dilshod_Bahrom

  • Bolangizga "rahmingiz" emas rahmingiz kelsin Kecha kech qurun ko'chada bir ajib holat yuz berdi. Bir bola o'zidan kichikroq bolani velikda itarib yubordi. Yeqilgan bolaning opasi va onasi uzoqdan kelayotgan ekan. Opasi birinchi bo'lib yugurib keldi, gapirdi. Ketidan onasi keldi va itargan bolani turtib siltab baland ovoz bilan boladan itarishga nima haqqi borligi haqida so'radi. Velosipedni qanday, qayerda, kim bilan uchishi kerakligi haqida barcha eshitadigan qilib batafsil ma'lumot berdi. (Biroz yumshatib tasvirladim, tan olaman) Shu vaqt menda ham savollar tug'ildi bu onaning birovning bolasiga baqirishga nima haqi bor, qayerda uchishini belgilab berishiyu qanday uchishni o'rgatishga nima haqi bor? «Ha siz tushunmaysizda. Onaning bolasiga rahmi kelgandan qildi bu ishlarni» deyishingiz mumkin. Lekin men buni rahm kelishi deb nomlamagan bo'lardim. Nega deysizmi? Savolga men emas bolalariga yetarlicha rahmli, mehrli bo'lgan onam javob bersalar yaxshiroq bo'ladi, menimcha. Onam yoshligimizda ko'chada bolalar bilan o'rtamizda ishkal chiqadigan bo'lsa umuman aralashmasdilar. Qaytaga narigi bolaning onasi to'polon qilib tashlar, onam esa bolalarni o'rtasiga tushmaylik, bular yarashib, o'ynab ketadi deb murosaga chaqirar edilar. Narigi bolaning onasi meni urganda (qattiq emas albatta) ham indamaganlar. Vaqtlar o'tib mahalladagi o'sha ayol mendan uzr ham so'ragan o'sha vaqtdagi harakatlari uchun. Bolalik vaqtim mayli maktabda kaltak yeb (labim yorilib) kelganimda ham janjal ko'tarib urgan bolaga ko'rsatib qo'yaman deb borib yurmaganlar. Hozir o'sha labimni yorgan bola bilan yaxshi do'stmiz. Shu sabab onamdan juda yaxshi qoidani o'rganganman: Bolalar o'rtasiga bir yoqlamalikni yeg'ishtirib vaziyatning islohi uchun aralashish kerak. Yoki ichki rahm xudbinlikka aylanib ketadi. Bola o'z nomi bilan bola. Esidan chiqadi, yarashib o'ynab ketadi. Kattalarga o'xshab yillab adovat saqlash "imkoniyatlari" ularda hali mavjud emas. Bolalar va er-xotin mojarolari kabi masalalar xuddi shunday isloh talab bo'lib aralashmasang umuman aralashma. Er-xotin imi-jimida yarashib oladi, buyoqda o'rtaga tushgan, bolasiga "rahmi kelgan" kattalar yillab bir-birlariga adovat saqlab yashashadi. Zulm bo'lib ketsa ham yarashib ketadi deb o'tiriladimi? Yo'q, unday qilinmaydi, albatta. Bolalikda nima qilish kerkakligi haqidagi tavsiya shuning uchun edi. Bolalikdan shu qoidani qo'llashni boshlasangiz vaziyatlarda zulm bo'lyaptimi yoki o'tkinchi holatmi farqiga borishni boshlaysiz. Bolangiz katta bo'lguncha vaziyatni tahlil qilish, adolatli xulosa chiqarish degan narsalar ozgina bo'lsa ham rivojlanib qoladi. @Dilshod_Bahrom

  • Asli va nasli 😉 Hazil-hazil bilanku, lekin juda ajoyib toʻplam boʻlgan. Tatildagi bolalar oʻqishi mumkin boʻlgan ajoyib kitoblardan biri. Meni ham qiziqtirdi bu kitoblar.

  • Otamdan qolgan dalalar Togʻay Murod Tarixni bilish, oʻrganish hozirni qadrlashga va kelajak uchun toʻgʻri harakatlar qilishga sabab boʻladi. Taixni aniq dalillarga boy manbalardan oʻrganish insonga voqelik haqida butun ilmni taqdim qiladi. Tarixiy romanlar yoki badiiy asarlar esa voqelikni his qilishga yordam beradi. Togʻay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romani ham ayni shunday tarixni his qildiruvchi asarlar qatoriga kiradi. Uch avlod timsolida tariximizning ayanchli davrlari, zulmga toʻlgan tizimning kirdikorlari yoritib beriladi. Asarning yozilish tili voqealardagi dinamika bilan juda yaxshi uygʻunlashgan. Mutolaa ilovasi aktyorlar jamoasi bilan romanni yuqori darajadagi sifat va ijro bilan ovozlashtiribdi. Maroq bilan tingladim. Ajdodlarimizdagi vatanga muhabbat, hamiyat qay darajada boʻlganligi asarda juda goʻzal tarzda ochib berilgan. Romanda yoritilgan avlodning eng soʻnggi vakili Dehqonqul misolida esa chirib bitgan tuzumning chirkinliklari ochiqlangan. Roman asosida sahnalashtirilgan filmni ham koʻrdim. Kitobi asosida kino ishlanganlardan shunisi menga nisbatan maʼqul boʻldi. Kino baribir oʻsha tafovut va farqlardan holi emas. Audiokitobning esa kinodan kam joyi yoʻq. Oʻqishni ham, tinglashni ham maslahat beraman. #bitdi | #audiomutolaa @Dilshod_Bahrom

  • Toki inson halokatga duchor etuvchi shahvat pardasini yirtib, chin ubudiyatning sof havosidan toʻyib nafas olmas ekan, chekayotgan ruhiy azoblaridan najotni chalgʻituvchi shahvat va unuttiruvchi lazzatlarda koʻrib, ularga bogʻlangan holida qolaveradi. Ildizlarni anglash sari. Muhammad Said Ramazon Butiy @Dilshod_Bahrom

  • Umid qilaman yana oʻsha kitoblar haqiqiy bookblogerlar tomonidan tavsiya qilinadigan vaqtlar keladi. Hozir esa bookfluncerlar davrini boshimizdan oʻtkazyapmiz. Bu ikki yoʻnalishdagilarning farqi nimadaligini bilish uchun quyidagi havolaga bosing: Bookbloger • Bookfluncer

  • Oʻzi yashab turgan olamning mohiyati va dunyoga kelish siridan gʻofil insonning kun kelib o'z hayotidan zerikishi turgan gap. Bunday odamga keng olam torlik qilib, oʻzini yolgʻiz his etadi va bora-bora uning nazdida barcha narsa maʼnosini yoʻqotadi. Ildizlarni anglash sari. Muhammad Said Ramazon Butiy @Dilshod_Bahrom

  • Zalolatdan qutulish Abu Homid Gʻazzoliy Boshidan aytaman bu kitob Imomning boshqa kitoblaridan ancha farq qilar ekan. Kitobni olganimda, u haqida eshitganimda bu kitobni Imomning oʻzgacha uslubi bilan bezangan nafsni malomat qiluvchi, hidoyatga undab goʻzal nasihat qiluvchi bitiklardan iborat asar deb tahmin qilgan edim. Mutolaani boshlaganimdan soʻng adashganimni bildim. Birinchi marta kitob men kutganimdek chiqmaganidan xursand boʻldim. Shayx hazratlarining Aqoid ilmi va unga bogʻliq masalalar kitoblarida Imom Gʻazzoliyning hayotlari qisqacha bayon qilingan joyni oʻqiganimda juda taʼsirlangandim. Imom Gʻazzoliy qalblari taskin topadigan ilmni izlash jarayonida juda ham koʻplab ilmlarni chuqur oʻrganganlar. Muammosi bor deb bilgan ilmlarining kamchiliklarini topib, raqiblari eʼtiroz qilolmaydigan, soʻzsiz qoladigan darajada tanqid qilganlar, raddiyalar berganlar. Qalblarini xotirjam qiluvchi ilmni esa tasavvuf ilmida topganlar. Bu kitob ana shu bosib oʻtilgan yoʻl haqida. Qiziq tarafi shundaki, kitobda bu bosib oʻtilgan yoʻlni boshqa bir inson emas, balki Imom Gʻazzoliyning oʻzlari bayon qilib beradilar. Kitobni oʻqir ekansiz Gʻazzoliy bilan gaplashgandek boʻlasiz. Shu jihatdan kitobni maroq bilan mutolaa qildim. Kitobda jiddiy mavzular yoritilgan boʻlib asarning tili ham biroz ogʻirroq. Gʻazzoliyning boshqa kitoblaridan ancha farq qiladi. Aqoid va tasavvufga oid kitoblar bilan tayyorgarlik koʻrib oʻqilsa, kitobdan anchagina manfaatli bilimlar olsa boʻladi. Kitobni oʻqish jarayonida bir narsa koʻzga kirgan choʻpdek meni bezovta qildi. Bu kitobdagi imloviy hamda tahririy xatolar. Bu kabi ulugʻ olimlarning asarlarida juda ham ehtiyotkorlik bilan ishlash kerak deb oʻylayman. Bir ikkita yoki kichik kamchiliklar boʻlsa mayli edi, lekin... Umuman olganda Imom Gʻazzoliy bilan gaplashgisi kelgan odam yaxshilab tayyorgarlikni koʻrib shu kitobni olib mutolaa qilsa suhbat sermazmun hamda foydalarga bisyor boʻladi. #bitdi @Dilshod_Bahrom

  • Asar deganda barchaning ko‘z oldiga kitob, sheʼr, musiqa va hokazolar keladi, lekin hamma insonlarda ham yuqoridagi kabi asarlar yaratish uchun qobiliyat bo'lavermaydi. Ammo barcha insonlar eng yaxshi asar boʻlmish oʻz shaxsiyatlarini shakillantira oladilar. Eng yaxshi asar bu — shaxsiyatdir. Savash Shafak Barkchin @Dilshod_Bahrom

  • Baʼzida koʻchada yuurgan vaqtim kichkina qora sumkacha (kasmetichka desyam boʻladi) taqvogan 2009 lar oldimga kelib «oka oʻloʻ bomi» deb qoladyu... ✋😎 Bular gapiryaptimi hali deb yurgandim chakayotgan ham ekan. Nimaga siqiladiya bular. Goʻyoki bular siqilmasa yoki chakmasa yer shari aylanmay qoladigandek. Muammosi globaldan ham katta... Ukam hozir organizming koʻp xatolaringni kechirib yuboradi. Lekin baribir ehtiyotini qivur. Baʼzi xatolaringni «bir kun kelib yaxshilab eslataman» deb vaqt poylab turadigan odati bor bu organizmni. @Dilshod_Bahrom

  • Pul psixologiyasi Morgan Hausel Bu kitobni ikkinchi bor tingladim. Kitobning foydaliligi undagi mavzular qandaydir uslublar, hisob kitoblar orqali pul jamgʻarish kabi vaqtinchalik ish berib qanchadir vaqt oʻtgandan keyin eskiradigan gʻoyalar atrofida aylanmaydi. Oʻzi umuman olganda zamonlar osha oʻqiladigan, har oʻqiganingizda sizga foyda beradigan kitoblar zamon, vaqt va makonga tiqilib qolmagan yaʼni qamrovni kengroq olgan boʻladi. Pul psixologiyasi kitobi ham ayni shunday kitoblardan. Kitobdagi oldinga surilgan gʻoya pul bilan hisob kitob yoki uslub bilan emas, axloq va ong bilan muomala qilishdir. Nafsi buzuq odam nafsini tuzatmas ekan oyligidan qanchadir foiz ajratib yegʻsa ham baribir ishlatib qoʻyaveradi. Ziqna odam ham ushbu buzuq axloqni tuzatmas ekan topgan puli oʻziga ham boshqasiga ham foyda bermaydi. Pul bilan axloq va ong vositasida muomala qilish insonni yuqoridagi ikki xislatning oʻrtasida boʻlishga undaydi. Natijada inson hammaga foydasi tegadigan shaxsga aylanadi. Kitobda pul topib oʻzini boʻsh qoʻyib yubormaganlar hamda oʻzini boʻsh qoʻyib yuborib, telbalarcha pul sarflaganlarning yutuq va kamchiliklarini hayotiy misollar bilan ochib beradi. Bundan tashqari kitobdagi pul sarflash, sarmoya kiritish kabi odatlar insonlarning hayotlari davomida koʻrgan kechirganlariga qarab shakillanishi haqidagi mavzular qiziqarli va foydali boʻldi. Boylik nima ekanligi ajoyib tarzda tushuntirilgan. Boylik bu — taqilmagan taqinchoqlar, chiqilmagan sayohatlar, olinmagan mashinalar, villalar va shu kabi narsalardadir. Boylik choʻntak yoki hisob toʻla boʻlishida emas, qalbning toʻq boʻlishidadir. Kitobdan olgan xulosam: Pulingizni uzoq muddat jamgʻarmoqchi va insonlar uchun foydali shaxs boʻlmoqchimisiz unda hisob kitob bilan birgalikda axloq va tushuncha ustida ham koʻproq bosh qotiring. #bitdi | #audiomutolaa @Dilshod_Bahrom

  • Raqamlar uchun yaralgan idrok Barbara Oukli Bu kitob oʻqish va oʻrganish boʻyicha yaxshi qoʻllanma boʻla oladi. Kitobda Oʻrganilayotgan narsadan koʻproq foyda olish boʻyicha toʻgʻri yoʻllarni koʻrsatuvchi maslahatlar berilgan. Bundan tashqari kitobni mutolaa qilish jarayonida inson oʻzi uchun toʻsiq qilib qoʻyib olgan «bu soha, ish, odat, fan men uchun emas» kabi sunʼiy toʻsiqlarni oshib oʻtish mumkin ekanligini tushunib oladi. Muallif oʻzini misol tariqasida keltirib tabiiy va aniq fanlar u uchun qoʻrqinchli maxluqlar kabi koʻrinishini aytgan. Bunga sabab esa yuqoridagi kabi tushunchada boʻlganligi edi. Bu fanlarga oʻzgina qiziqib koʻrish va shugʻullanish asnosida muallif uchun maxluq kabi koʻringan fanlar jozibador boʻlishni boshlagan. Natijada aniq fanlar boʻyicha yaxshi mutaxassis boʻlib yetishgan Kitobdan olgan xulosam: Oʻqib, oʻrganib foyda ololmayotgan boʻlsak, «eplolmadim» degan xulosaga kelishdan avval boshqacha uslub va harakatlarni sinab koʻrish kerak. #bitdi | #audiomutolaa @Dilshod_Bahrom

  • Qutqaruvchi ilovalarim Ishim koʻpayib ketgan vaqt meni kitob oʻqimaslikdan qutqaradigan ilovalar haqida gaplashamiz. Mutolaa Mutolaa ilovasini koʻpchilik biladi deb oʻylayman. Ilovada juda ham turli yoʻnalishlardagi koʻplab kitoblar jamlangan. Ilova davra va marra kabi bir nechta imkoniyatlar bilan yanada qiziqarli boʻlgan. Storytel Bu ilovani qisqacha qilib «Turkiyaning Mutolaasi» desa ham boʻladi. Turk tilida kitoblar tinglash uchun shu ilovadan foydalanaman. Bu ilovada ham juda yaxshi kitoblar jamlangan. Ilovada ingliz, rus va boshqa tillardagi kitoblar ham bor lekin turk tilidagi kitoblar koʻproq. Ilovada baʼzi kitoblarni koʻrgandek eshitish mumkin. Kitoblar aktyorlar ijrosi hamda qoʻshimcha tovushbezaklar bilan professional tarzda ovozlashtirilgan. Ilovaning kamchiligi shundaki undan obunasiz foydalanib boʻlmaydi va mutolaa ilovasidagi kabi yillik obuna boʻlish imkoniyati yoʻq. Oyma-oy toʻlab, tinglab yuraverasiz. Yandex Books Bu ilova men uchun topilma boʻldi. Ilova haqida bilardim, lekin unchalik qiziqib koʻrmagandim. Yandex plusga obuna boʻlganimda obunaning afzalliklari qatorida shu ilovadan foydalanish ham koʻrsatilingan ekan. Qiziqib ilovaga kirib koʻrsam bu yer ham xazinaga toʻla ekan. Rus tilidagi koʻplab adabiyotlarning elektron va audio shakldagilarini yegʻishgan ekan. Yandex plusga yoʻlkiradan qaytaradigan keshbeki uchun obuna boʻlgandim Yandex Booksni koʻrganimdan keyin keshbekni qizigʻi qolmadi. Shunaqa gaplar. Bugun tinglab tugatgan ikkita kitob haqida yozgan xulosam bilan boʻlishaman. Ilova: Audiokitob qogʻoz bilan tenglasha olmaydi, albatta, lekin mutolaa uchun yaxshi yordamchi boʻla oladi. @Dilshod_Bahrom

  • Bolalar ota-onalari ulardan yashirincha nima qilayotganlariga juda qiziqishadi. Zavq bilan kitob oʻqiyotgan kattalarning oʻrnak boʻlishi bolalarni kitobga muhabbat qoʻyishlariga sabab boʻladi. Takuya Senda Ilova: Bolalarni tinchlantirib yoki oʻzi bilan oʻzini band qilib qoʻyib sekin telefon oʻynash hammaga yoqadi, lekin hammaga yoqadigan ishni qilib natijaga erishish biroz qiyin masala. @Dilshod_Bahrom

  • Inson oʻqishda bardavom boʻlsa, qiziqarli kitoblar u tomon kela boshlaydi. Takuya Senda @Dilshod_Bahrom

  • Rus tilida kitob oʻqiyman deydiganlar uchun toparuz kitob doʻkoni haqiqiy topilma. @Dilshod_Bahrom

  • Nechtaga oʻtardi bu? 😐 Quriguncha ketka oʻynab, bitta qarz olib yana hamma ketkalarini yutvoganlaga yuborib qoʻyamiz. #kulamiz

  • Ar-Rahiqul Mahtum (Muhrlangan jannat sharobi) Rasululloh alayhissalomga boʻlgan muhabbat qalbda yanada gullab yashnashi uchun siyrat kitoblari har yilgi mutolaa qilinadigan kitoblar roʻyxatida boʻlishi kerak. Maʼlumotlari ishonchli siyrat kitoblari qalbdagi muhabbatga qoʻshib ilmni ham mustahkamlaydi. Ar-Rahiqul Mahtum ham ayni shunday kitoblardan biri hisoblanadi. Kitobdan siyratga doir yangi bilmalar oldim. Kitobda berilgan maʼlumotlar ishonchli manbalardan olinib tushunish uchun juda oson va aniq holatda taqdim qilingani menga yoqdi. Avval boshda ishonchli maʼlumotlar bilan bilimingizni boyitib olsangiz sarani puchdan ajratish juda ham oson boʻlib qoladi. Bu kitob ham siyrat muxlislari sevib mutolaa qiladigan ana shunday adabiyotlardan hisoblanadi. Kitob Abdulqayyum Ismoyil tomonidan mahorat bilan ovozlashtirilgan ekan. Tinglash juda maroqli boʻldi. Ayniqsa, Uhud jangi va Rasululloh alayhissalomning soʻnggi damlari haqidagi joylar juda taʼsirli qilib oʻqilgan. #audiomutolaa @Dilshod_Bahrom